ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
91
GAZ SANOATI KORXONALARINING MOLIYAVIY BARQARORLIGINI
BAHOLASHDA KO‘RSATKICHLAR TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH
Ergashev Muhibbek Aslam o’g’li
Mustaqil izlanuvchi PhD
https://doi.org/10.5281/zenodo.16606361
Bugungi kunda energetika sohasi, jumladan, gaz sanoati korxonalarining moliyaviy
barqarorligini ta'minlash iqtisodiy taraqqiyot va strategik xavfsizlikning muhim omilidir.
Ammo mavjud baholash ko‘rsatkichlari ushbu korxonalarning kompleks moliyaviy holatini
to‘liq ifodalashga doimo imkon bermaydi. Shu sababli, indikatorlar tizimini takomillashtirish
dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Korxonalar faoliyati sharoitida moliyaviy
barqarorlikning ahamiyati ortib bormoqda. Global iqtisodiy o‘zgarishlar, raqobat kuchayishi va
texnologik yangilanishlar korxonalarning moliyaviy holatiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda.
Moliyaviy barqarorlik, asosan, korxona aktivlari bilan majburiyatlari o‘rtasidagi muvozanatni
saqlash, sarmoyadorlar uchun jozibadorlikni oshirish va moliyaviy tavakkalchiliklarni
boshqarish orqali erishiladi. Moliyaviy barqarorlik esa aktivlar va majburiyatlarning
muvozanatini saqlash, investitsion jozibadorlikni oshirish va moliyaviy xavflarni samarali
boshqarish orqali ta’minlanadi.
BMTning hisobotida barqaror rivojlanish tushunchasiga "Barqaror rivojlanish – bu
hozirgi avlod ehtiyojlarini qondirish bilan birga, kelajak avlodlarning ham o‘z ehtiyojlarini
qondirish imkoniyatlarini saqlab qolishdir." deya ilk bor rasmiy ravishda ta’riflangan.
Barqarorlik konsepsiyasi zamonaviy moliyaviy vositalarni takomillashtirish, faoliyat
mexanizmlarini yangilash va ularning moslashuvchanligini oshirishga qaratilgan. Moliyaviy
barqarorlik deganda xo‘jalik yurituvchi subyektning ichki va tashqi omillarga qaramasdan o‘z
moliyaviy faoliyatini barqaror, uzluksiz va samarali olib borish tushuniladi. Mazkur tushuncha
iqtisodiyotning barcha tarmoqlari uchun dolzarb bo‘lib, u tijorat banklari, sanoat korxonalari,
davlat byudjeti va xalqaro moliyaviy tizimlar uchun birdek muhimdir. Moliyaviy barqarorlik
moliyaviy resurslarning holatini anglatadi, bu yerda aktivlar va majburiyatlar o'zaro
muvozanatlangan ichki va tashqi muhitda, moliyaviy qobiliyatni saqlab qolish va investorlarni
jalb qilish, hamda boshqariladigan xavf chegarasida faoliyat yuritishni o‘z ichiga oladi. Bunday
ko'rsatkichlarni tahlil qilish korxonaning qarzlarini to'lashga tayyorligini, moliyaviy
mustaqilligini va o'z va qarzga olingan mablag‘larni samarali boshqarishni baholash imkonini
beradi.
Moliyaviy barqarorlik nazariyasi iqtisodiy fanlarda turli yondashuvlar va konseptual
asoslar orqali shakllangan bo‘lib, u makroiqtisodiy va mikroiqtisodiy tahlillar, risklarni
boshqarish, tizimli barqarorlik va moliyaviy inqirozlar oldini olish kabi ko‘plab yo‘nalishlarni
o‘z ichiga oladi. Quyida bu nazariyaning asosiy yondashuvlari keltirilgan:
Makroiqtisodiy barqarorlik – davlat iqtisodiyotining moliyaviy mustahkamligi, inflatsiya
va deflyatsiyaning oldini olish, davlat qarzini nazorat qilish.
Mikroiqtisodiy barqarorlik – korxonalarning moliyaviy tahlili, likvidlikni saqlash, kapital
tuzilishini optimallashtirish.
Bank tizimi barqarorligi – tijorat banklari va moliyaviy institutlarning kreditlash, risklarni
boshqarish va investitsion barqarorligi.
Amerikalik James Van Horne o'zining "Financial Management and policy" (Moliyaviy
boshqaruv va siyosat) kitobida siyosatni boshqarish uchun kapitalni boshqarish, likvidlik va
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
92
risklarni muhimligini ta'minlaydi. Uning fikriga ko'ra, qobiliyatlilik faollar va boshqaruvlar
o'ziga xos balansni saqlashga bog‘liqlikligini ta`kidlab o‘tilgan.
Moliyaviy barqarorlikning asosiy tamoyillari – aktivlar va majburiyatlar muvozanatini
saqlash, investitsion jozibadorlikni oshirish va moliyaviy xavflarni samarali boshqarish –
barqaror rivojlanishning barcha sohalarida ishonchli iqtisodiy muhit yaratishda asosiy omil
hisoblanadi. Ushbu tamoyillar orqali davlat va korporatsiyalar iqtisodiy inqirozlardan saqlanib,
uzoq muddatli barqaror o‘sishni ta’minlashlari mumkin.
Korxonaning moliyaviy barqarorligi uning iqtisodiy faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlari –
miqdoriy (likvidlik, rentabellik, qarz yuklamasi va boshqalar) va sifatli (boshqaruvning
samaradorligi, risklarni boshqarish tizimi, innovatsiyalar va shaffoflik) parametrlar tizimi
orqali baholanadi. Quyidagi jadvalda ko‘rsatilgan miqdoriy parametrlar korxonaning moliyaviy
holatini raqamli ko‘rsatkichlar orqali o‘lchashga asoslangan indikatorlar hisoblanadi.
Moliyaviy barqarorlikning parametrlar tizimi
№
Miqdoriy parametrlar
Sifatli parametrlar
1
Korxonaning aktiv va passivlari,
daromad va xarajatlar tuzilishi
Korxonaning boshqaruv tizimi
2
Qarz va kapital tuzilishi
Risklarni boshqarish qobiliyati
3
Likvidlik va rentabellik ko‘rsatkichlari
tahlili
Innovatsion salohiyati va
regulyatorlarga rioya qilish darajasi
Ularning asosiy xususiyatlari quyidagicha:
Raqamli ifodalanishi - miqdoriy parametrlar aniq raqamlar bilan ifodalanadi. Masalan,
daromad, foyda, xarajatlar, aktiv va passivlar miqdori kabi ko‘rsatkichlar.
Obyektivlik - hisob-kitob va moliyaviy hisobotlardan olinadigan ma`lumotlar asosida
hisoblanadigan parametrlar bo‘lgani uchun, ularning natijalari subyektiv baholardan qat’iy
nazar aniq va ishonchli bo‘ladi. O‘lchov birliklari – ko‘rsatkichlar odatda pul birliklarida
(masalan, so‘m, dollar, yevro) ifodalanadi, shuningdek, nisbatlar (rentabellik, likvidlik
ko‘rsatkichlari) sifatida ham olinishi mumkin.
Trendlari aniqlash imkoniyati - miqdoriy parametrlar vaqt davomida kuzatilib, o‘zgarish
tendensiyalarini aniqlashga yordam beradi. Bu korxonaning o‘sishi yoki kamayishi, risklar va
imkoniyatlarni baholashda muhimdir.
Solishtirish imkoniyati - raqamli ko‘rsatkichlar yordamida korxona o‘zining ichki
ko‘rsatkichlarini vaqt o'tishi bilan yoki boshqa korxonalar bilan solishtirish imkoniga ega
bo‘ladi. Bu tahliliy qarorlar qabul qilishda qo‘llaniladi.
Aniqlik va o‘lchovliligi - moliyaviy hisobotlar asosida hisoblanadigan miqdoriy
parametrlar yuqori aniqlikka ega bo‘lib, korxonaning moliyaviy holatini aniq aks ettiradi.
Sifatli parametrlar korxonaning moliyaviy barqarorligini faqat raqamlar bilan emas, balki
uning boshqaruv tizimi, risklarni boshqarish, innovatsiyalar, korporativ madaniyat va boshqa
noquantitativ omillar orqali baholashni taqozo etadi. Ularning asosiy xususiyatlari
quyidagilarda o‘z aksini topadi:
Boshqaruv tizimi samaradorligi. Korxonaning strategik qarorlar qabul qilish jarayoni,
rahbarlik sifatlari, ichki nazorat tizimlari va operatsion jarayonlarning samaradorligi
baholanadi. Bu parametr korxonaning moliyaviy barqarorligiga ta'sir ko‘rsatadigan eng muhim
omillardan biridir.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
93
Risklarni boshqarish qobiliyati. Moliyaviy inqirozlar va bozor o‘zgarishlariga qarshi
qanday choralar ko‘rilayotgani, xavflarni aniqlash, tahlil qilish va ularni minimallashtirish
bo‘yicha qabul qilingan strategiyalar baholanadi.
Innovatsion imkoniyatlar va texnologiyalarni tatbiq etish orqali korxonalar o‘z
raqobatbardoshligini oshirishga intilmoqda. Ilmiy-tadqiqot ishlari va zamonaviy yechimlar
ishlab chiqarish samaradorligini ta’minlaydi.
Gaz sanoati korxonalarining moliyaviy barqarorligini baholashda ko‘rsatkichlar tizimi
muhim analitik vosita hisoblanadi. Ushbu tizim orqali korxonaning moliyaviy holati, qarzga
bog‘liqlik darajasi, to‘lovga layoqatliligi, foydalilik darajasi va kapital tarkibi holati aniq
ko‘rsatkichlar asosida tahlil qilinadi. Biroq amaldagi ko‘rsatkichlar tizimi ayrim hollarda gaz
sanoati xususiyatlarini to‘liq hisobga olmaydi, natijada baholashda noaniqlik va cheklovlar
yuzaga keladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, gaz sanoatida faoliyat yurituvchi
korxonalar uchun moliyaviy barqarorlikni aniqlashda klassik ko‘rsatkichlar bilan bir qatorda
tarmoqka xos qo‘shimcha indikatorlarni ham qo‘llash zarur. Xususan, investitsiyalarning uzoq
muddatli rentabelligi, tabiiy gaz zaxiralarining mavjudligi, infratuzilma amortizatsiyasi darajasi
kabi tarmoqka xos ko‘rsatkichlar tizimga kiritilishi kerak. Shuningdek, muqobil
moliyalashtirish manbalari (masalan, yashil obligatsiyalar, davlat-xususiy sheriklik moliyaviy
modellari) bilan bog‘liq ko‘rsatkichlar ham moliyaviy barqarorlik bahosini to‘ldiruvchi muhim
mezon sifatida taklif qilinmoqda. Amaliy jihatdan, takomillashtirilgan ko‘rsatkichlar tizimidan
foydalanish orqali gaz sanoati korxonalarining moliyaviy xavfini oldindan aniqlash, moliyaviy
oqimlarni barqaror boshqarish va investitsiya qarorlarini asosli qabul qilish imkoniyati oshadi.
Bu esa umumiy iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.