Авторы

  • Inomjon Kudratov
    Adliya vazirligi, Yuridik xizmatlar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.scin.130117

Ключевые слова:

yuridik xizmat yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari huquqiy ekspertiza “E-huquqshunos” elektron tizimi sun’iy idrok.

Аннотация

ushbu maqolada davlat tashkilotlariga yuridik xizmat ko‘rsatish faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilik tizimining shakillanishi, rivojlanishi hamda mazkur sohani yanada takomillashtirishga oid taklif va mulohazalar berilgan.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

85

DAVLAT ORGANLARI VA TASHKILOTLARIGA YURIDIK XIZMAT KO‘RSATISH

FAOLIYATINI TARTIBGA SOLUVCHI QONUNCHILIK TIZIMINING

SHAKLLANISHI

Kudratov Inomjon Sattarkulovich

Adliya vazirligi, Yuridik xizmatlar faoliyatini

muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i

https://doi.org/10.5281/zenodo.16606262

Annotatsiya.

ushbu maqolada davlat tashkilotlariga yuridik xizmat ko‘rsatish faoliyatini

tartibga soluvchi qonunchilik tizimining shakillanishi, rivojlanishi hamda mazkur sohani
yanada takomillashtirishga oid taklif va mulohazalar berilgan.

Kalit so‘zlar:

yuridik xizmat, yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari, huquqiy ekspertiza,

“E-huquqshunos” elektron tizimi, sun’iy idrok.


Davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga

muvofiqlashtirish, huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va ekspertizadan o‘tkazish, sud-huquqiy
munosabatlarda tashkilot manfaatlarini huquqiy himoya qilishda yuridik xizmat muhim
ahamiyat kasb etadi.

Yuridik xizmat orqali davlat boshqaruvi tizimida qonuniylik, huquqiy aniqlik va

institusional javobgarlik ta’minlanadi, bu esa o‘z navbatida jamiyatda huquq ustuvorligini
mustahkamlashga xizmat qiladi.

Xususan, yuridik xizmat – davlat organi va tashkiloti faoliyatini huquqiy ta’minlash

maqsadida qonunchilikda belgilangan me’yor va mezonlarga muvofiq majburiy tartibda tashkil
etiladigan yoki joriy qilinadigan mustaqil tarkibiy tuzilma yoxud lavozim hisoblanadi [1].

Bugungi kunda mamlakatimizda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini, ayniqsa o‘rta

va quyi bo‘g‘inda huquqiy jihatdan ta’minlash hamda ularga sifatli va professional yuridik
xizmat ko‘rsatishga qaratilgan islohotlar bosqichma-bosqich amalga oshirib kelinmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 8-yanvardagi PF–314-son Farmonida

Adliya vazirligiga yuridik xizmat xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va attestatsiyadan
o‘tkazishni tashkil qilish vazifasi yuklatilgan bo‘lib, mazkur davrdan boshlab, adliya organlari
tomonidan davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat faoliyati muvofiqlashtirib
kelinmoqda [2].

Yuridik xizmatlar faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilik tizimi rivojlanish jihatidan to‘rt

bosqichni bosib o‘tdi.

1. O‘zbekiston Respublikasining davlat boshqaruv organlari va korxonalaridagi yuridik

xizmat to‘g‘risida nizom.

Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 2-martdagi 118-son qarori bilan tasdiqlangan

O‘zbekiston Respublikasining davlat boshqaruv organlari va korxonalaridagi yuridik xizmat
to‘g‘risida nizom yuridik xizmatlar faoliyatini tartibga soluvchi dastlabki normativ-huquqiy
hujjat hisoblanadi. Mazkur Nizomda yuridik xizmat xodimi lavozimlarini egallash tartibi,
yuridik xizmatlarning vazifalari, yuridik xizmatlarning huquqi va mas’uliyati belgilangan.

Shuningdek, yuqorida keltirilgan Nizomda yuridik xizmat xodimlari uchun (

yosh

mutaxassislar va homilador ayollardan tashqari

) 5 yilda bir marta Adliya vazirligiga,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining
adliya boshqarmalarida qayta tayyorlash va attestatsiyadan o‘tish majburiyat sifatida


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

86

belgilangan bo‘lib, ushu jarayon davlat organlari va tashkilotlari bilan tuzilgan shartnomalar
asosida amalga oshirilgan.

Attestatsiyadan o‘ta olmagan yuridik xizmat xodimlariga 6 oydan so‘ng qayta tayyorlash

va attestatsiyadan o‘tishga ruxsat berilishi nazarda tutilgan.

Biroq, yuridik xizmat xodimlarini lavozimiga tayinlash va ozod etishda adliya organlari

bilan kelishish, stajirovkadan o‘tkazish hamda martaba-daraja berish Nizomda ko‘rsatilmagan.

2. Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining yuridik

xizmati to‘g‘risida nizom.

Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 24-avgustdagi 182-son qarori bilan O‘zbekiston

Respublikasining davlat boshqaruv organlari va korxonalaridagi yuridik xizmat to‘g‘risida
nizom tasdiqlangan.

Ushbu Nizom maqsadlari uchun davlat organlari va tashkilotlari deganda, davlat

organlari, xo‘jalik boshqaruvi organlari, davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlari
tushuniladi.

Mazkur Nizom bilan mahalliy davlat hokimiyati organlari yuridik xizmat xodimlari adliya

organlari bilan kelishgan holda lavozimiga tayinlanishi va ozod etilishi, yuridik xizmat xodimi
lavozimiga birinchi marta tayinlangan shaxslar adliya organlarida stajirovka o‘tash tartibi
belgilangan.

Shu bilan birga, Nizomda yuridik xizmat xodimlarining davlat organining huquq

ijodkorligi va huquqni qo‘llash faoliyatida bevosita qatnashish, normativ-huquqiy hujjatlarning
tizimlashtirilgan hisobini belgilangan talablarga muvofiq yuritish, davlat organi xodimlarining
huquqiy madaniyati va huquqiy savodxonligini oshirishda, qabul qilinayotgan normativ-
huquqiy hujjatlarning mazmuni va mohiyatini ularga yetkazishda qatnashish, davlat organi va
uning tizimiga kiradigan bo‘linmalar, ularning mansabdor shaxslari faoliyatida qonuniylikni
ta’minlashga ko‘maklashish, davlat organining shartnomaviy-huquqiy va talabnoma-da’vo
ishlarini yuritishda qatnashish, xudlarda va boshqa idoralarda davlat organining mulkiy va
boshqa manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha 31 ta funksional vazifasi belgilangan.

Yuridik xizmat xodimi lavozimidan ozod etishda adliya organlari bilan kelishish hamda

yuridik xizmat xodimlariga martaba-daraja berish masalasi Nizomda ko‘rsatilmagan.

Bundan tashqari, yuridik xizmatlarni tashkil etishning tartibi, ularning shtat birliklarini

belgilash me’yor va mezonlarining mavjud emasligi turli davlat organlari va tashkilotlarida
yuridik xizmatlarning tashkiliy shtat tuzilmasini oqilona belgilashni ta’minlashga imkon
bermagan.

3. Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining yuridik

xizmati to‘g‘risida nizom.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 19-yanvardagi PQ–2733-son qarori

qabul qilinishi yuridik xizmatlar faoliyati yangi bosqichga ko‘tardi.

Mazkur qaror bilan tasdiqlangan Davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmati

to‘g‘risida nizom davlat rahbari tomonidan qabul qilingan yuridik xizmatlar faoliyatini tartibga
soluvchi dastlabki normativ-huquqiy hujjat hisoblanadi.

Shuningdek, yuridik xizmatning mavjud shtat birliklarini qisqartirishga va ularni davlat

organi va tashkilotining boshqa tarkibiy tuzilmalariga qayta taqsimlashga yo‘l qo‘yilmaydi,
yuridik xizmat xodimlari lavozimiga adliya organlari bilan kelishgan holda tayinlanadi va ozod
etiladi.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

87

Bundan tashqari, yuridik xizmat xodimlarining davlat organi va tashkilotining huquqni

qo‘llash faoliyatida qonun ustuvorligi va qonuniylikni ta’minlashni tashkil etish, davlat organi
va tashkiloti tomonidan ishlab chiqilayotgan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar
loyihalarining qonunchilikka muvofiqligi ustidan nazoratni olib borish, davlat organi va
tashkilotining qonun ijodkorligi faoliyatida ishtirok etish, qonunchilikni takomillashtirish
yuzasidan takliflarni tayyorlash masalalarida ularning tuzilmalari ishini muvofiqlashtirish,
davlat organlari va tashkiloti xodimlarining huquqiy madaniyati va huquqiy savodxonligini
oshirish, shartnomaviy-huquqiy va talabnoma-da’vo ishlarini yuritish, davlat organi va
tashkilotining mulkiy va boshqa manfaatlarini ishonchli himoya qilinishini ta’minlash bo‘yicha
40 ta funksional vazifasi belgilangan.

Mazkur Nizom bilan yuridik xizmat xodimlari uchun adliya organlari xodimlariga

belgilangan martaba darajalarini berish, ko‘p yillik xizmat uchun ustamalarni to’lash, sudgacha
va sudlarda davlat organi va tashkiloti foydasiga hal qilingan nizolar bo‘yicha mukofotlash
tartibi joriy etilgan.

Ma’lumot o‘rnida yuqorida keltirilgan qarorga muvofiq yuridik xizmat xodimlari har

chorakda sudgacha va sud tartibida davlat organi va tashkiloti foydasiga hal qilingan nizolar
yuzasidan undirilgan summaning 5 foizi, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 50 barobaridan
ko‘p bo‘lmagan miqdorda mukofotlanadi.

Yuqorida ko‘rsatilgan Nizomda yuridik xizmat xodimlarining davlat idoralariga kelib

tushayotgan normativ-huquqiy hujjatlarni bilan tanishish, xizmatda foydalanish uchun birinchi
navbatda olish, rahbariyat topshirig‘iga ko‘ra yoki tegishli tuzilma rahbarining roziligi bilan
ularning xodimlarini normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini tayyorlash
uchun, huquqiy ishlarni amalga oshirish bilan bog‘liq boshqa tadbirlarga jalb qilish kabi 9 ta
huquq belgilangan.

Bundan tashqari, yuridik xizmat xodimlari davlat organi va tashkilotida, shuningdek

uning tizimiga kiradigan tuzilmalarda qonun buzilishi holatlari aniqlanganligi to‘g‘risida zudlik
bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri yuqori turuvchi organga, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga va
boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar berishi, belgilangan tartibda va
muddatlarda malaka oshirishi va attestatsiyadan o‘tishi shartligi qayd etilgan.

4. Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari to‘g‘risida nizom.
Tashkilotlarga yuridik xizmat ko‘rsatish sohasidagi keyingi rivoji ularga markazlashgan

tartibda huquqiy xizmat koʼrsatish bilan bog‘liq.

Xususan, Namangan shahri, Qarshi va Marhamat tumanlarida sinov tariqasida jami 23 ta

tashkilotning hududiy bo‘linmalariga yuridik xizmatlar ko‘rsatuvchi markazlar faoliyati Adliya
vazirligi tizimida yo‘lga qo‘yilib, o‘zining ijobiy samarasini ko‘rsatdi. Sohaga tajribali
kadrlarning jalb qilinishidagi kamchiliklar hujjatlar loyihalarining iqtisodiy, moliyaviy va
huquqiy ekspertizadan o‘tkazilishi sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi.

Natijada qabul qilinayotgan qarorlar va boshqa hujjatlar ko‘p hollarda joylarda jismoniy

va yuridik shaxslarning e’tirozlariga sabab bo‘ldi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-fevraldagi PF–6155-son “2017 –

2021- yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha
Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash
yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi Farmoniga ko‘ra davlat organlari va
tashkilotlariga markazlashgan yuridik xizmat ko‘rsatish tizimini joriy qilish maqsadida


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

88

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-iyundagi PQ-5168-son qaroriga asosan
2021-yil 1-oktabrdan 12 ta davlat organlari va tashkilotlarining quyi bo‘limlariga hududiy
adliya organlari huzuridagi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari tomonidan huquqiy xizmat
ko‘rsatish yo‘lga qo‘yildi.

Markazlarning quyidagi asosiy beshta yo‘nalishi belgilab olindi:
davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini huquqiy jihatdan ta’minlash;
davlat tashkilotlariga sifatli va malakali yuridik yordam ko‘rsatish;
davlat tashkilotlari xodimlarining huquqiy savodxonligi va huquqiy madaniyatini

oshirish;

davlat tashkilotlarining mulkiy hamda boshqa huquqlari va qonuniy manfaatlari o‘z

vaqtida, har tomonlama va samarali himoya qilinishini ta’minlash;

davlat organlari va tashkilotlari tomonidan qabul qilinayotgan hujjatlarning

loyihalaridagi korrupsiyaviy omillarni bartaraf etishga ko‘maklashish.

Markazlar xodimlariga sud prosessida yuridik xizmat ko‘rsatiladigan tashkilotlarning

vakili sifatida qatnashish huquqi berildi.

Yuqoridagi qaror bilan birinchi marotaba yuridik xizmat xodimlari uchun yuridik xizmat

ko‘rsatish bilan bog‘liq barcha ma’lumot va jarayonlarni to‘liq elektron ravishda yig‘ish, qayta
ishlash, tahlil qilish va amalga oshirish imkonini beruvchi “E-huquqshunos” elektron tizimi
ishga tushirildi.

“E-huquqshunos” elektron tizimi quyidagi imkoniyatlarga ega:
elektron tizimga ichki buyruq, shartnomalar va boshqa yuridik tusdagi hujjatlarning

namunalarini kiritish hamda mavjud hujjatlar loyihalari namunalaridan erkin foydalanish;

elektron tizimdan foydalanuvchi tashkilotlar tomonidan shaxsiy kabinetga kirish, har

qanday hujjat loyihasi va unga tahliliy materiallarni tayyorlash, qayta ishlash va xulosa olish
uchun Markazlarga yuborish;

Markazlarning mas’ul xodimlari tomonidan, tegishli xulosa tayyorlash, hujjatlarni

elektron raqamli imzo bilan tasdiqlagan holda, elektron tizimga biriktirish hamda o‘zaro hujjat
almashish;

elektron tizim orqali tashkilotlar tomonidan Markazlardan ijobiy xulosa olinganidan

so‘ng takrorlanmaydigan maxsus raqam berish va elektron tarzda qabul qilish hamda ushbu
hujjatlarni avtomatik tarzda izchil ketma-ketlikda raqamlash;

davlat tashkiloti faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha takliflarni tizimga biriktirish, ularni

tahrir qilish, takliflarni elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash hamda yuborish;

targ‘ibot tadbirlari bilan bog‘liq materiallarni elektron tizim orqali almashish;
davlat tashkilotlariga talabnoma, sudlarga ariza yoki da’vo arizalarini kiritish uchun

ularning loyihalarini tayyorlash, tahrir qilish va elektron raqamli imzo bilan tasdiqlab kiritish;

xizmat ko‘rsatiladigan tashkilotlarga nisbatan o‘tkaziladigan tekshirishlarda masofaviy

tarzda ishtirok etish hamda ularga huquqiy maslahatlar berish;

Markazlar tomonidan yuridik va jismoniy shaxslardan kelgan murojaatlarni o‘rganib

chiqish va ularga asoslantirilgan javoblar yuborishda ishtirok etish.

Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari to‘g‘risida nizomda Markazlarga yuridik xizmat

ko‘rsatiladigan tashkilotlarning faoliyatini huquqiy jihatdan ta’minlash, yuridik xizmat
ko‘rsatiladigan tashkilotlarga sifatli va malakali yuridik yordam ko‘rsatish, yuridik xizmat
ko‘rsatiladigan tashkilotlar xodimlarining huquqiy savodxonligi va huquqiy madaniyatini


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

89

oshirish, yuridik xizmat ko‘rsatiladigan tashkilotlarning mulkiy hamda boshqa huquq va
qonuniy manfaatlari o‘z vaqtida, har tomonlama va samarali himoya qilinishini ta’minlash
bo‘yicha 49 ta funksiyasi belgilangan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-martdagi PQ–173-son qarori bilan

Markazlar qamrovi yanada kengaytirilib, maktablar, maktabgacha ta’lim tashkilotlari va
poliklinikalarga yuridik xizmat ko‘rsatish yo‘lga qo‘yildi.

Hozirda Markazlar tomonidan 18 turdagi tashkilotlarining 21 mingdan tashkilotlarga

xizmat ko‘rsatilmoqda. O‘tgan davr mobaynida 22 mln.dan ortiq yuridik tusdagi hujjat
loyihalari yuridik ekspertizadan o‘tkazildi.

Xulosa qilib aytganda, mamlakatimizda davlat idoralari faoliyatini huquqiy jihatdan

ta’minlash hamda ularga sifatli va professional yuridik xizmat ko‘rsatishga qaratilgan islohotlar
natijasida Markazlar davlat organlari va tashkilotlaridan mustaqil holda tashkil etildi hamda
amaldagi maoshlardan uch barobar ko‘p ish haqi bilan malakali huquqshunoslarni sohaga jalb
qilish imkoniyati paydo bo‘ldi.

Bu esa o‘z navbatida, eng olis hududlarda joylashgan tumanlarda ham huquqshunoslar

taqchilligiga barham berib, respublika miqyosida yagona huquqni qo‘llash amaliyotini yuzaga
keltirdi.

Shu bilan birga, Adliya vazirligi tomonidan sohaga innovatsiyalarni keng joriy

etilayotganligi va bu orqali yuridik tusdagi hujjat loyihalarini ishlab chiqish jarayoni
avtomatlashtirilganligi hamda “E-huquqshunos” elektron tizimida sun’iy idrok texnologiyasi
asosida ishlovchi “Yurist AI” chat-botini ishga tushirilganligi muhim yangiliklardan biri bo‘ldi.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 19-yanvardagi PQ–2733-son “Yuridik

xizmat faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori // URL:

https://lex.uz/docs/-3098964

2.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 8-yanvardagi PF–314-son “O‘zbekiston

Respublikasi Adliya vazirligining faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmoni // URL:

https://lex.uz/docs/-148097

3.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-maydagi PF–5997-son “Davlat

huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini yanada
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni // URL:

https://lex.uz/docs/-

4820060

4.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-fevraldagi PF–6155-son

“2017 – 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi
bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini
mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni // URL:

https://lex.uz/docs/-5260791

5.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-iyundagi PQ–5168-son “Davlat

organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat ko‘rsatish faoliyatini yanada takomillashtirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori // URL:

https://lex.uz/ru/docs/-5482934


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

90

6.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-martdagi PQ–173-son “Yuridik

xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyatini yanada kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-
tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori // URL:

https://lex.uz/ru/docs/-5914991

7.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yilning 17-sentabridagi 561-son

“Davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyatini
eksperiment tariqasida tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori // URL:

https://lex.uz/ru/docs/-5000814

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 19-yanvardagi PQ–2733-son “Yuridik xizmat faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori // URL: https://lex.uz/docs/-3098964

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 8-yanvardagi PF–314-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmoni // URL: https://lex.uz/docs/-148097

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-maydagi PF–5997-son “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni // URL: https://lex.uz/docs/-4820060

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-fevraldagi PF–6155-son “2017 – 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni // URL: https://lex.uz/docs/-5260791

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-iyundagi PQ–5168-son “Davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat ko‘rsatish faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori // URL: https://lex.uz/ru/docs/-5482934

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-martdagi PQ–173-son “Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyatini yanada kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori // URL: https://lex.uz/ru/docs/-5914991

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yilning 17-sentabridagi 561-son “Davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyatini eksperiment tariqasida tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori // URL: https://lex.uz/ru/docs/-5000814