ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
78
MAHALLIY VA XORIJIY SOYA NAVLARINING TUP SONI VA SAQLANISH
DARAJASIGA BIOPREPARAT VA BIOSTMULYATORLAR QO‘LLASHNING
TA’SIRI
Iminov Abduvali Abdumannobovich
1
Bo‘riboyev Bekzod Yetmish o‘g‘li
2
1
Qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor, Toshkent Davlat Agrar Universiteti
2
Tayanch doktorant, O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti
bekzod9225@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.16601225
Annotatsiya.
Ushbu ilmiy maqolada soyaning “Nafis” va “Vilana” navlari o‘simliklarining
unuvchanlik darajasi va vegetatsiya davrining oxirga qadar saqlanib qolish ko‘rsatkichlariga
turli biostimulyatorlar va biopreparatning ta’siriga oid ma’lumotlar keltirilgan. Soya navlariga
“Uz gumin”, “Fitovak” biostimulyatorlari hamda “Yer malhami” biopreparati bilan urug‘ga va
vegetatsiya davomida ishlov berilishi, ungan nihollarning saqlanib qolish darajasini oshirib,
o‘simliklarning nobud bo‘lish ko‘rsatkichini kamaytirgani aniqlandi. Ayniqsa, “Yer malhami”
biopreparati qo‘llanilgan variantlarda Nafis navida 334,2 ming tup/ga, Vilana navida esa
328,7 ming tup/ga gacha o‘simliklar saqlanib qolishi kuzatilib, nobud bo‘lgan o‘simliklar soni
mos ravishda 4,8% va 5,0% ni tashkil etganligi aniqlandi. “Fitovak” biostimulyatori ham
yuqori biologik faollik ko‘rsatib, o‘simliklarning vegetatsiya oxirigacha barqaror saqlanishini
ta’minladi. “Uz gumin” bilan ishlov berilgan variantlarda har ikki navda o‘simliklarning 5,3-
5,6% gacha nobud bo‘lishi qayd etilgan bo‘lib, bu nazorat variantiga nisbatan ancha ijobiy
natija berganligi aniqlandi. Nazorat variantlarida esa yuqori yo‘qotish 6,4-6,7% qayd etilib,
o‘simliklarning muhit omillariga chidamliligi pastroq bo‘lganligi kuzatildi.
Kalit so‘zlar.
Soya, biostimulyator, biopreparat, Uz gumin, Fitovak, Yer malhami,
soyaning Nafis va Vilana navlari, Unuvchanlik darajasi, Nobut bo‘lgan o‘simliklar.
ВЛИЯНИЕ ПРИМЕНЕНИЯ БИОСТИМУЛЯТОРОВ И БИОПРЕПАРАТОВ НА
КОЛИЧЕСТВО РАСТЕНИЙ И СТЕПЕНЬ ИХ СОХРАННОСТИ У МЕСТНЫХ И
ЗАРУБЕЖНЫХ СОРТОВ СОИ
Аннотация.
В данной научной статье представлены сведения о влиянии
различных биостимуляторов и биопрепаратов на степень всхожести и сохранность
растений сои сортов «Нафис» и «Вилана» до конца вегетационного периода.
Установлено, что обработка семян и применение в течение вегетации
биостимуляторов «Уз гумин», «Фитовак», а также биопрепарата «Ер малҳами»
способствовали повышению сохранности проросших всходов и снижению показателей
гибели растений. Особенно эффективным оказался биопрепарат «Ер малҳами», при
применении которого сохранность растений составила до 334,2 тыс. шт/га у сорта
Нафис и 328,7 тыс. шт/га у сорта Вилана, а уровень гибели составил соответственно
4,8% и 5,0%. Биостимулятор «Фитовак» также проявил высокую биологическую
активность, обеспечив устойчивое сохранение растений до конца вегетации. В
вариантах с применением «Уз гумин» гибель растений составила 5,3-5,6%, что
значительно лучше по сравнению с контролем. В контрольных вариантах
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
79
зафиксированы более высокие потери 6,4-6,7%, что свидетельствует о меньшей
устойчивости растений к факторам окружающей среды.
Ключевые слова:
Cоя, биостимулятор, биопрепарат, Уз гумин, Фитовак, Ер
малҳами, сорта сои Нафис и Вилана, степень всхожести, погибшие растения.
THE EFFECT OF BIOSTIMULANTS AND BIOPREPARATIONS ON PLANT
DENSITY AND SURVIVAL RATE OF LOCAL AND FOREIGN SOYBEAN
VARIETIES
Abstract.
This scientific article presents data on the effects of various biostimulants and
a biopreparation on the germination rate and plant survival until the end of the vegetation
period in soybean varieties “Nafis” and “Vilana”. It was found that seed and vegetative
treatments with the biostimulants “Uz gumin” and “Fitovak”, as well as the biopreparation
“Yer malhami”, increased the survival rate of the emerged seedlings and reduced the plant
mortality rate. In particular, in the variants treated with “Yer malhami”, the number of
surviving plants reached 334,2 thousand plants/ha in the Nafis variety and 328,7 thousand
plants/ha in the Vilana variety, with plant mortality rates of 4,8% and 5,0%, respectively. The
biostimulant “Fitovak” also demonstrated high biological activity by ensuring stable plant
survival until the end of the vegetation period. In the variants treated with “Uz gumin”, the
mortality rate ranged from 5,3% to 5,6% in both varieties, which showed significantly better
results compared to the control. In the control variants, higher losses of 6,4% to 6,7% were
recorded, indicating lower plant resistance to environmental factors.
Keywords:
Soybean, biostimulant, biopreparation, Uz gumin, Fitovak, Yer malhami,
Nafis and Vilana soybean varieties, Germination rate, Plant mortality.
Kirish.
Soya o‘simligi qishloq xo‘jaligidagi mavjud ayrim muammolarni hal qilishda
muhim rol o‘ynaydi. Soya donidan moy, margarin, pishloq, sut, un, qandolat mahsulotlari
olinadi. Soya uni non va kolbasa mahsulotlariga qo‘shiladi va ushbu mahsulotlarning
oziqaviyligi, ta’m sifatlari va quvvatini oshiradi. Soya mahsulotlari diabetga tavsiya etiladi.
Soya donida ko‘p miqdorda kaliy, kalsiy va fosfor kabi minerallar mavjud
[1].
Muammoning o‘rganilganlik darajasi.
Mamlakatimiz olimlari A.Iminov, Sh.Qo‘ziboyev
va S.Xatamov olib borgan tadqiqotlar natijasida, takroriy ekin sifatida yetishtiriladigan soya
urug‘larini ekishdan oldin Nitragin bilan ishlov berish va mineral o‘g‘itlarni optimal
me’yorlarda qo‘llash, nitragin bilan ishlov berilmagan variantlarga nisbatan soya
o‘simliklarining nobud bo‘lishini 0,5-1,5% darajasida kamaytirishini ko‘rsatgan [2].
Ko‘plab ilmiy tadqiqotlar natijasida aniqlanganidek, soya o‘simligidan yuqori hosil olish
uchun, ekin maydonida o‘simlikning to‘liq va sifatli tup soni mavjud bo‘lishi zarur. O‘simlik
tup sonining kamligi esa o‘z navbatida, o‘simlikning ozuqa moddalarini, namlikni va quyosh
nurini samarali o‘zlashtirish darajasini pasaytiradi. Tup soni ko‘payishi va azot bilan
ishlashning ijobiy ta’siri tufayli, Vilan va Leyta navlarida hosildorlik sezilarli darajada oshgan.
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, bu navlar uchun tuproqdagi tup soni ko‘payishi va azotli
o‘g‘itlardan foydalanish natijasida, hosil 200 mingdan 300-400 minggacha bo‘lgan
maydonlarda 4,0 sentnerdan 7,5 sentnergacha oshgan. Bu natijalar tup soni va azotli
o‘g‘itlarning soya hosildorligiga ta’sirini aniq isbotlab beradi, shuningdek, samarali agronomik
yondashuvlarning muhimligini ta’kidlaydi [7].
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
80
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining tannarxini pasaytirish va yalpi ko‘rsatkichlarni
oshirishning samarali usullaridan biri xelatlangan shakldagi biologik faol moddalar va
mikroelementlarni keng qo‘llashdir. Urug‘larni ekishdan oldin davolash va vegetativ
o‘simliklarni purkash uchun biologik faol preparatlarni qo‘llash orqali o‘simliklarning
mahsuldorligini oshirish, urug‘larning sifatini yaxshilash va ularning xususiyatlarini
rivojlantirish mumkin. Ushbu usullar, vegetatsiya davrida o‘simliklarning fiziologik
jarayonlarini faollashtirib, noqulay sharoitlarga moslashish qobiliyatini oshiradi, shuningdek,
o‘simlik mahsuldorligini barqarorlashtirib, mahsulot sifatini yaxshilash imkonini beradi [5].
Van Oosten va boshqalarning olib borgan tadqiqotlariga ko‘ra biostimulyatorlar
o‘simliklarning o‘sishi va rivojlanishini yaxshilaydi, bunda ildiz, barg va gul rivojlanishini
rag‘batlantirish orqali o‘simliklarning umumiy salohiyatini oshiradi. Shuningdek, ular ozuqa
moddalarini samarali o‘zlashtirish va assimilyatsiya qilishni qo‘llab-quvvatlaydi, atrof-muhit
sharoitlariga, masalan, qurg‘oqchilik, yuqori yoki past haroratlar va sho‘rlanish kabi
stresslarga chidamliligini oshiradi, hamda og‘ir metallarning toksik ta’sirini kamaytiradi.
Biostimulyatorlar o‘simlikda tabiiy immunitet mexanizmlarini faollashtirib, zararkunandalar
va patogenlarga qarshi tabiiy himoya to‘siqlarini yaratadi, shu bilan birga o‘simlik hujayra
devorini mustahkamlaydi [8].
Tadqiqot o‘tkazish sharoiti va uslublari.
Dala tajribalari Toshkent davlat agrar
universitetining o‘quv-ilmiy tajriba xo‘jaligi dalalarida olib borildi. Tajriba xo‘jaligi Toshkent
viloyati, Qibray tumani, Chirchiq daryosining o‘ng sohili, dengiz sathidan 550-570 metr
balandlikda joylashgan.
Tajriba xo‘jaligining tuprog‘i qadimdan sug‘orib kelinadigan tipik bo‘z tuproq.
Tajriba 20 variantni o‘z ichiga olib, har bir variant 4 qatorda joylashtirilgan va soya
qator oralig‘i 70 sm, tajriba variantining maydoni 70 m
2
, eni 2,8 m, bo‘yi 25 m, shundan
hisobga olinadigan maydon 35 m
2
va umumiy maydoni 4200 m
2
ni tashkil qilib, variantlar
rendomizasiya usulida 3 qaytariqda joylashtirildi.
Tadqiqotlar dala va laboratoriya sharoitida olib borilib, “Dala tajribalarini o‘tkazish
uslublari” (O‘zPITI), [4], “Методика полевого опита” (B.Dospexov), [6], “Методика
Государственного сортоиспитания селскохозяйственних культур” [3], “Методи
агрохимических, агрофизических исследований почви Средней Азии”, tuganaklar soni va
vaznini aniqlashda G.S.Posipanov [9] uslublaridan foydalanildi.
Tadqiqot natijalari.
Hosildorlik unib chiqqan nihollarning saqlanish darajasiga bog‘liq
bo‘lib, amal davrining oxirida saqlanib qolgan o‘simliklar soni kutilayotgan hosil me’yorini
belgilaydi. Ekishdan so‘ng qaydorlar bo‘ylab maysalarning rivojlanishi kuzatilib, uning
dinamikasi aniqlanadi. Tajribada urug‘ sifati yuqori bo‘lganligi sababli, amal davrining
boshida ekilgan urug‘larga nisbatan nihollarning unish darajasi yuqori bo‘ldi.
Soya ekinining “Nafis” va “Vilana” navlari urug‘lariga ekish oldidan hamda vegetatsiya
davomida turli davrlarda biostimulyatorlar hamda biopreparat bilan ishlov berish
o‘simliklarning unuvchanlik darajasi va vegetatsiya davrining oxirga qadar saqlanib qolish
ko‘rsatgichlariga sezilarli ta’sir ko‘rsatganligi aniqlandi. Tadqiqotlar qishloq xo‘jaligi ekinlarini
yetishtirish texnologiyalariga oid zamonaviy agrobiologik yondashuvlarni chuqur tahlil qilish,
ekologik jihatdan xafsiz va samarali biostimulyatorlardan foydalanish imkoniyatlarini
aniqlash maqsadida olib borildi.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
81
“Nafis” navi bo‘yicha o‘rganilgan 10 ta variantlar orasida nazorat sifatida hech qanday
biostimulyator bilan ishlov berilmagan urug‘lar olindi. Ushbu variantda 316,5 ming tup/ga
o‘simliklar unib chiqqan bo‘lib, vegetatsiya oxirida bu ko‘rsatgich 296,2 ming tup/ga ni tashkil
etganligi aniqlandi. Shu tariqa, nobut bo‘lgan o‘simliklar soni 20,3 ming tup/ga ni, yo‘qotish
darajasi esa 6,4% ni tashkil etganligi kuzatildi. Bu esa biostimulyatorlar qo‘llanilmagan
sharoitda o‘simliklarning vegetatsiya davomida muhit omillariga nisbatan kamroq chidamli
ekanligini ko‘rsatdi.
Shunga qarama-qarshi ravshda, aynan shu nav uchun Uz gumin biostimulyatori urug‘ga
300 ml/t, shonalashda 500 ml/ga hamda gullash va dukkak hosil qilish davrida 800 ml/ga
me’yorda qo‘llanilgan variantda amal davrining boshda 345,2 ming tup/ga o‘simliklar ungan
bo‘lib, amal davrining oxirda 326,9 ming tup/ga o‘simliklar saqlanib qolganligi aniqlandi.
O‘simliklar nobud bo‘lishi esa 18,3 ming tup/ga yoki 5,3% ni tashkil etganligi kuzatildi.
Fitovak biostimulyatorining 200 ml/t urug‘ga, 300 ml/ga shonalash davrida va 500
ml/ga gullash va dukkak hosil qilish davrida qo‘llanilgan 6-variantlarda eng yuqori o‘simlik
saqlanish darajasi kuzatildi. Amal davrining boshida 350,6 ming tup/ga o‘simliklar ungan
bo‘lib, oxirda 333,4 ming tup/ga o‘simliklar saqlanib qolganligi aniqlandi. O‘simliklar nobud
bo‘lishi atigi 17,2 ming tup/ga yoki 4,9% ni tashkil etdganligi kuzatildi.
Bundan tashqari “Yer malhami” biopreparatining 2,0 ml/t me’yorda ekishdan oldin
urug‘ga ishlov berilishi va vegetatsiya jarayonining shonalsh 2,0 ml/ga me’yorda, gullash va
dukkak hosil qilish davrida ham 2,0 l/ga me’yorda qo‘llanilgan 10-variant ham yuqori
natijalarni ko‘rsatdi. Unda o‘simliklarning saqlanish darajasi 334,2 ming tup/ga ni tashkil etib,
yo‘qotish darajasi 4,8% atrofida bo‘lganligi kuzatildi. Ushbu ko‘rsatgichlar asosida ushbu
biopreparatning soya o‘simligiga nisbatan biologik faoligi yuqori ekanligini kuzatildi.
“Vilana” navi bo‘yicha o‘tkazilgan tajribalarda ham yuqorida keltirilgan holatlarga yaqin,
ammo nisbatan pastroq unuvchanlik ko‘rsatgichlari kuzatildi. Nazorat variantida 315,9 ming
tup/ga o‘simliklar unib chiqqan bo‘lsa, vegetatsiya oxirida 294,8 ming tup/ga o‘simlik
saqlanib qolganligi kuzatildi. Nobut bo‘lgan o‘simliklar soni 21,1 ming tup/ga yoki 6,7%
bo‘lganligi aniqlandi.
Vilana navining vegetatsiya davrida saqlanish ko‘rsatgichlarini tahlil qilganda, Fitovak
biostimulyatorining urug‘ga 200 ml/t, shonalashda 300 ml/ga, gullash va dukkak hosil qilish
davrida 500 ml/ga me’yorlarda qo‘llanilishi eng yaxshi natijalarni ko‘rsatgan variantlardan
biri sifatida ajralib turdi. Xususan, 16-variantda Fitovak biostimulyatori urug‘ga 200 ml/t
me’yorda, vegetatsiya davrida esa mos ravishda shonalash bosqichida 300 ml/ga va gullash va
dukkak hosil qilish fazasida 500 ml/ga me’yorida ishlatildi. Bu holatda ekinlarning unish
bosqichida 348,6 ming tup/ga o‘simlik aniqlangan bo‘lib, vegetatsiya davri yakuniga kelib bu
ko‘rsatgich 330,5 ming tup/ga gacha kamayganligi kuzatildi. Ya’ni 18,1 ming tup/ga o‘simlik
nobud bo‘lgan bo‘lib, bu 5,2% yo‘qotish darajasi aniqlandi. Ushbu ko‘rsatgich, ayniqsa nazorat
variant bilan solishtirganda (294,8 ming tup/ga saqlangan o‘simliklar va 6,7% yo‘qotish)
ancha yuqori samaradorlikni namoyon etdganligi aniqlandi.
Tajribada o‘zining foydali tasirini ko‘rsatgan yana bir biostimulyator “Uz gumin” bo‘lib,
bu biostimulyatorning har ikki navda ham qo‘llanilishi unuvchanlik va o‘simliklarning
vegetatsiya davomida saqlanish ko‘rsatgichlarini yaxshilagan.
1-jadval
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
82
Soya navlarining tup soni va saqlanish darajasiga biostmulyatorlarning ta’siri,
tup/ga, %
№
vari
ant
lar
Soya
navlar
i
Bio
st
im
ul
yat
orlar
nom
lar
i
Eki
sh old
idan
ur
uqq
a
is
hl
ov
beri
sh
m
e’y
or
i
Sho
nal
as
hda
Gullas
h v
a dukk
ak
ho
si
l q
ili
shda
A
m
al dav
ri
b
os
hi
da
,
m
in
g t
up/g
a
A
m
al dav
ri
ox
irda
,
m
in
g t
up/g
a
N
obud b
o‘lg
an
o‘si
m
liklar
soni,
m
in
g
tup/g
a
N
obud b
o‘lg
an
o‘si
m
liklar
soni,
%
1
Nafis
Nazorat
Ishlov berilmaydi
316,5
296,2
20,3
6,4
2
Uz gumin
300
ml/t
500
ml/ga
800
ml/ga
345,2
326,9
18,3
5,3
3
Fitovak
200
ml/t
-
-
348,1
328,9
19,2
5,5
4
200
ml/t
300
ml/ga
-
349,9
331,6
18,3
5,2
5
200
ml/t
-
500
ml/ga
350,8
333,2
17,6
5,0
6
200
ml/t
300
ml/ga
500
ml/ga
350,6
333,4
17,2
4,9
7
Yer malxami
2,0
ml/t
-
-
351,7
333,9
17,8
5,1
8
2,0
ml/t
2,0 l/ga
-
352,1
334,6
17,5
4,9
9
2,0
ml/t
-
2,0 l/ga 353,6
336,2
17,4
5,0
10
2,0
ml/t
2,0 l/ga 2,0 l/ga 351,2
334,2
17,0
4,8
11
Vilana
Nazorat
Ishlov berilmaydi
315,9
294,8
21,1
6,7
12
Uz gumin
300
ml/t
500
ml/ga
800
ml/ga
340,6
321,5
19,1
5,6
13
Fitovak
200
ml/t
-
-
345,1
325,3
19,8
5,7
14
200
ml/t
300
ml/ga
-
345,5
326,4
19,1
5,5
15
200
ml/t
-
500
ml/ga
348,9
329,7
19,2
5,5
16
200
ml/t
300
ml/ga
500
ml/ga
348,6
330,5
18,1
5,2
17
Yer malxami
2,0
ml/t
-
-
347,3
327,9
19,4
5,6
18
2,0
ml/t
2,0 l/ga
-
347,8
329,1
18,7
5,4
19
2,0
ml/t
-
2,0 l/ga 345,8
327,7
18,1
5,2
20
2,0
ml/t
2,0 l/ga 2,0 l/ga 346,1
328,7
17,4
5,0
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
83
Xususan ushbu “Uz gumin” biostimulyator urug‘ga 300 ml/t me’yorda, shuningdek,
shonalash davrida 500 ml/ga va gullash fazasida 800 ml/ga me’yorida qo‘llanilgan
variantlarda yuqori natijalar qayd etilganligi kuzatildi. Masalan ushbu biostmulyator bilan
berilgan ishlov natijasida 340,6 ming tup/ga o‘simliklar ungan va 321,5 ming tup/ga
o‘simliklar vegetatsiya oxirgacha saqlanib qolganligi aniqlandi. Yo‘qotish darajasi 19,1 ming
tup/ga yoki 5,6% ni tashkil etganligi kuzatildi. Nafis navida esa xuddi shu biostimulyator
qo‘llanilganda, 345,2 ming tup/ga o‘simlik unib chiqib, vegetatsiya oxirida 326,9 ming tup/ga
saqlanib qolgan bo‘lib, yo‘qotish darajasi 18,3 ming tup/ga yoki 5,3% ni tashkil etganligi
aniqlandi.
“Yer malhami” biopreparati 17-variantda faqat ekishdan oldin urug‘ga 2,0 ml/t
me’yorda ishlov berilgan. Bu holatda amal davrining boshida 347,3 ming tup/ga o‘simliklar
unib chiqqan bo‘lsa, vegetatsiya oxirida 327,9 ming tup/ga o‘simliklar saqlanib qolganligi
kuzatildi. Shu tariqa, 19,4 ming tup/ga o‘simliklar nobud bo‘lgan bo‘lib, yo‘qotish darajasi
5,6% ni tashkil etganligi aniqlandi. Bundan tashqari, 18-variantda esa ushbu biopreparat
urug‘ga 2,0 ml/t me’yorda, shuningdek, shonalash bosqichida 2,0 l/ga me’yorida qo‘llanilgan.
Ushbu variantda amal davrining boshida 347,8 ming tup/ga o‘simliklar unib chiqqan bo‘lib,
vegetatsiya oxiriga kelib bu ko‘rsatkich 329,1 ming tup/ga gacha kamayganligi kuzatilib,
Nobud bo‘lgan o‘simliklar soni 18,7 ming tup/ga ni, yo‘qotish darajasi esa 5,4% ni tashkil
etganligi aniqlandi. Shuningdek, 19-variantda biopreparat urug‘ga 2,0 l/ga me’yorida ishlov
berish bilan birga, gullash va dukkak hosil qilish davrida 2,0 l/ga me’yorida qo‘llanilgan. Amal
davrining boshida 345,8 ming tup/ga o‘simliklar unib chiqqan bo‘lib, yakunida 327,7 ming
tup/ga o‘simliklar saqlanib qolganligi kuzatildi. O‘simliklarning nobud bo‘lishi 18,1 ming
tup/ga ni tashkil etgan bo‘lib, bu 5,2% yo‘qotish darajasi kuzatildi.
Eng yuqori natija 20-variantda qayd etildi. Bu variantda “Yer malhami” biopreparati
kompleks tarzda ekishdan oldin urug‘ga 2,0 ml/t, shonalash davrida 2,0 l/ga, gullash-dukkak
hosil qilish davrida 2,0 l/ga me’yorlarida qo‘llanilgan variantda. Unuvchanlik 346,1 ming
tup/ga ni tashkil etgan bo‘lsa, vegetatsiya oxirida 328,7 ming tup/ga o‘simliklar saqlanib
qolganligi aniqlandi. Bu holda o‘simliklarning nobud bo‘lishi 17,4 ming tup/ga ni tashkil etib,
yo‘qotish darajasi eng past 5,0% ni tashkil etganligi aniqlandi. Bu esa ushbu preparatning
kompleks qo‘llanilishi orqali o‘simliklarning muhit omillariga nisbatan barqarorligini oshirish
mumkinligi kuzatildi.
Xulosa.
Uch yillik dala tadqiqotlari natijalari shuni ko‘rsatdiki, soya o‘simligining “Nafis”
va “Vilana” navlari uchun biostimulyator va biopreparatlarning unuvchanlik hamda
vegetatsiya davomida o‘simliklarning saqlanishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi aniqlandi. “Yer
malhami” biopreparatining urug‘ga va vegetatsiya davrlarida qo‘llanilishi o‘simliklarning
muhit omillariga chidamliligini oshirib, yo‘qotish darajasini kamaytirdi. Ayniqsa, 20-variantda
unuvchanlik 346,1 ming tup/ga ni, saqlanib qolgan o‘simliklar soni esa 328,7 ming tup/ga ni
tashkil etdi, yo‘qotish darajasi esa eng past 5,0% bo‘ldi. Bu esa biopreparatning kompleks
qo‘llanilishi orqali yuqori biologik samaradorlikka erishish mumkinligini ko‘rsatadi. “Uz
gumin” va “Fitovak” biostimulyatorlari ham nazorat variantiga nisbatan yuqori samaradorlik
namoyon etdi. Nazorat guruhlarida esa o‘simliklarning yo‘qotish darajasi yuqori bo‘lib,
biostimulyatorlarning qo‘llanilishi o‘sish va yashovchanlikni ta’minlashda muhim omil ekani
aniqlandi.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
84
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Атабаева Х.Н. - Сoя. Монография // Ўзбекистoн миллий энциклoпедияси. давлат
илмий нашриёти. 2004. Б. 96.
2.
Иминов А, Қўзибоев Ш, Хатамов С. Такрорий экин сояда нитрагин ва минерал
ўғитлар қўллашнинг кузги буғдой кўчат қалинлиги ва қишлаш даражасига таъсири //
Агро илм-Ўзбекистон қишлоқ хўжалиги журнали. 2020. №5. Б. 75
3.
Методика государственного сортоиспытания селскхозяйственнқх наук.Вып.2,
Москва, 1989, Б.194.
4.
Dala tajribalarini o‘tkazish uslublari. Tashkent, O‘zPITI, 2007, B.125-131.
5.
Ramis N. Saniev, Alexey V. Vasin, N.V. Vasina, Anatoly N. Prosandeev and Elena S.
Makarova International Scientific-Practical Conference “Agriculture and Food Security:
Technology, Innovation, Markets, Human Resources”. 2020. B. 1-9.
6.
Доспехов Б.А.-Методика полевого опита, М.Колос, 1985, С.249-251.
7.
Подобед Лю Сравнителная осенка разных видов корневых соепродуктов. 2-я
Международная конференция. 1-3 июня. 2016. Санкт-Петербург. С. 14
8.
Van Oosten, M.J.; Pepe, O.; De Pascale, S.; Silletti, S.; Maggio, A. The role of biostimulants
and bioeffectors as alleviators of abiotic stress in crop plants. Technol. Agric. 2017, 4, 5.
[Google Scholar] [CrossRef].
9.
Посипанов Г.С. –Методи изучения биологической фиксатсии азота воздуха,
М.Агропромиздат. 1991, С.27-30.