ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
22
NEFTSHLAMLARINING PAYDO BO‘LISHI VA TARKIBIY TAHLILI
S.K. Aytmuratov
1
A.A. Nurxanov
2
t.f.d., prof.
B. Z. Adizov
3
t.f.d., k.i.x.
N. X. Yuldashev
4
t.f.d., dots.
A.A. Ochilov
5
1. Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti assistenti
2. Buxoro neftni qayta ishlash zavodi MChJ direktor o‘rinbosari
3. OʻzR FA UNKI laboratoriya mudiri
4. Energetika vazirligi boʻlim boshlig‘i
5. Buxoro davlat texnika universiteti, dotsenti
https://doi.org/10.5281/zenodo.16519830
Mahalliy konlarda mahsulot qazib olinayotgan neft quduqlarini, ulardan olinayotgan
mahsulotlarni tayyorlash, tashish va saqlash jarayonlarida turlicha emulsiyalar hosil bo‘lish
muammosi bilan bir vaqtda, neft shlamlarining hosil bo‘lishi orqali atrof-muhit bilan bog‘liq
muammoli holatlar ham paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Neftshlamlari - bu neft va gaz sanoati
korxonalari hamda zavodlarda ko‘p hajmdagi neft chiqindilarini to‘plash, xomashyo va neft
mahsulotlarini qayta ishlash, texnologik qurilmalarni yuvish tozalash, temir yo‘l vagon
sisternalar va avto sisternalarni bug‘lanishi natijasida hosil bo‘ladi. Neft shlamlarining hosil
bo‘lishiga asosiy sabab quyidagi uchta turga bo‘linadi: tuproq shlamlari, tabiiy shlamlar va
rezervuar shlamlari.
Neft shlamlari saqlanadigan havzalar va omborlari borasidagi o‘tkazilgan tadqiqotlardan
ma’lum bo‘ladiki: neft shlamlari saqlanadigan omborlar ostki qismidagi qatlam gruntlarining
sizilish tezligi qiymati odatda 0,05 m
3
/kun atrofidagi bo‘lishi kuzatiladi, oqibatda esa yer ostki
qatlam suvlarining tarkibidagi minerallar miqdorini 3-50 martagacha hamda neftdan olinish
mumkin bo‘lgan mahsulotlarning miqdorini 6-12 martagacha ortishiga olib keladi.
Nеft shlаmlаrini qаytа ishlаsh hozirgi kunning аsоsiy muаmmоsigа аylаngаn. Hоzirgi
kundа Buхоrо nеftni qаytа ishlаsh zаvоdidа tехnоlоgik jаrаyonlаrni аmаlgа оshirish
mоbаynidа hоsil bo‘lаdigаn nеft shlаmlаri qаytа ishlаnmаsdаn, bitum tаrkibigа qo‘shib
yubоrilmоqdа yoki chiqindi sifatida ambarlarda to‘planib kelinmoqda. Nеft shlаmlаrini qаytа
ishlаsh nаtijаsidа qo‘shimchа to‘yingаn vа to‘yinmаgаn uglеvоdоrоdlаr, pаrаfinli
uglеvоdоrоdlаr, оltingugurt vа bоshqа nеft mahsulotlаri оlish imkоniyatlаri mаvjud. Buning
nаtijаsidа kаttа iqtisоdiy sаmаrа оlish vа аtrоf-muhit ekоlоgiyasigа ham ijоbiy ta’sir ko‘rsаtish
mumkin. Bugungi kundа ekоlоgik vаziyatni yaхshilаsh uchun ushbu chiqindilаrni
utillаshtirishning sаmаrаli usullаrini ishlаb chiqish zаrur bo‘lib, birоq O‘zbеkistоndа vа
umumаn MDH mаmlаkаtlаridа ulаrni rеgеnеrаtsiyalаshning ishlаb chiqilgаn usullаri hаmоn
mаvjud emаs.
Neft shlamlarining tarkiblari juda o‘zgaruvchan hisoblanib, ularda uglevodorod
mahsulotlari, suv va mineral moddalar hamda mexanik aralashmalardan iborat bo‘ladi.
Tarkibdagi komponentlarning nisbatlari katta miqdorda keng o‘zgarib turadigan
tizimlarni tashkil qiladi. Shlamlarning tarkibining bunday keng o‘zgarib turishiga ularni qayta
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
23
ishlab chiqarish xomashyolarning turlari va ularni qayta ishlash texnologik tavsifiga,
uskunalar turiga va boshqa omillarga bog‘liligi bilan izohlanadi.
Shlamlarning komponent tarkiblari odatda og‘irligi bo‘yicha (10÷56) % gacha UV
mahsulotlari, (30÷85) % suv hamda (1,3÷45) % og‘ir komponentlar bo‘lgan neft
chiqindilaridan iborat hisblanadi. Umumiy olganda neft shlamining tarkibi, uning turiga,
olingan joyiga va saqlash sharoiti va boshqa ko‘plab omillarga qarab turlicha o‘zgarib turadi.
Neft shlamlarining tarkibi qimmatbaho xomashyolardan iborat bo‘lib, ular bugungi kunda
afsuski chiqindi holatda korxonalardagi shlam saqlagichlarda, omborlarda foydalanilmasdan
turibdi. Shuningdek ishlab chiqarish korxonalari tomonidan, ushbu chiqindilarni saqlash
tartib qoidalariga rioya qilinmagan holatlar uchun millionlab so‘m jarimalar to‘lab
kelinmoqda.
Shlamlarni qayta ishlash ham iqtisodiy, ham ekologik jihatdan samarali bo‘ladi. 1-
jadvalda turli manbalardan olingan neft shlamlarining tarkibi keltirilgan.
1-jadval
Neft shlamlarining tarkibi
Neft shlamlari
manbalari
Tarkibiy ko‘rsatkichlar nomlari va miqdori, %
M
ex
an
ik
ara
la
sh
ma
U
glevod
orod
la
r
Asf
alt
en
, smol
ala
r
P
ara
fi
n
Su
v
Tuproqqa aralashgan
neftlar
50,0-90,0
10 gacha
-
-
1,0-20,0
Ostki neft shlamlari
15,0-20,0 10,0-30,0
6,5
0,5-2,5
5,0-60,0
Rezervuar shlamlar
5,0-10,0
50,0-70,0
20,0-42,0
0,5-5,6
25,0-40,0
Neftlovushka (tuzoq)
shlamlari
0,05-0,5
70,0-90,0
4,0-45,0
2,0-10,0
0,5-15,0
Burg‘ulash shlamlari
11,0-25,0
7,0-14,0
-
-
75,0-90,0
Ombor neft shlamlari
0,6-2,0
90,0-95,0
1,5-9,5
0,2-3,0
1,5-5,0
Suvneftli emulsiyalar
1,5-15,0
30,0-80,0
5,0-10,0
3,0-9,0
3,0-70,0
1- jadvalda keltirilgan ma’lumotlardan ko‘rinadiki neft shlamlari chiqindi emas aksincha
ishlab chiqarish jabhalarida ikkilamchi mahsulot yoki yoqilg‘i sifatida ham ishlatish
imkoniyati mavjud.
Sanoat chiqindilarini to‘plash maqsadida aniq belgilangan hududlarda yoki bunkerlarda,
chiqindilarni hech qanday saralamasdan yoki turlarga ajratmasdan saqlanadi.
Shlam to‘plagichlarida quyidagicha tabiiy holatlar kuzatilishi mumkin bo‘ladi – turli xil
tabiiy yog‘ingarchiliklarning to‘planishi, har xil turdagi mikroorganizmlarning bo‘lishi va
ularning o‘zaro ta’sirlashishidan ortib borishi, oksidlanishi va shu singari boshqa jarayonlar
sodir bo‘ladi.
Ko‘p yillar mobaynida shlam to‘plagich havzalarda to‘planib qolayotgan
neftshlamlarning tarkibiy tuzilmasi yangi hosil bo‘layotgan neftshlamlarining tarkibidan
keskin farqlanadi. Shuningdek, neftlar saqlanayotgan yirik rezervuarlarining tubida hosil
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
24
bo‘lishi mumkin bo‘lgan neft shlamlarining ham tarkibi hamda fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlari
bilan tozalash qurilmalarida ajratib olinayotgan neftshlamidan keskin farqlanishi mumkin.
Neft shlamlaridan foydalanishda keng qo‘llaniladigan, ammo samaradorligi past
hisoblanadigan usul bu ularni turli xil pechlarda yoqish bilan energiya olish hisoblanadi.
Bug‘latish kolonnali pechlar, shlam tarkibida qattiq chiqindili komponentlarning ulushi 20%
gacha bo‘lgan vaziyatlarda samarador hisoblanadi. Yangi shakllangan shlamlar tarkibida
65÷85% suv, 7÷10% neft mahsulotlari, 5-18% mineral komponentlar bo‘lganda, quyidagicha
tarkibli kul paydo bo‘ladi: SiO
2
-23,5 %, CuO-0,21 %, ZnO-0,6 %, Al
2
O
3
-1,21 %, Fe
2
O
3
-44,6 %,
CaO-16,8 %, MgO-1,7 %, Na
2
O-1,2 %, P
2
O
5
-4,66 %, H
2
O-0,25 %. Shlamning yonishi natijasida
hosil bo‘lgan kul turli xil sanoat mahsulotlari (ayniqsa qurilish materiallari ishlab chiqarish)
sifatida utilizatsiyalaniladi.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Самигуллина Л.М. Анализ состава и источников образования нефтешламов на
нефтеперерабатывающих заводах // Молодой ученый. - 2022. № 48 (443). - С. 70-73.
2.
Голдовская Л.Ф. Химия окружающей среды: учебник для вузов // Л. Ф. Голдовская
– М.: Мир, 2005. – 296 с.
3.
Шангареев P.P. Ликвидация донных отложений нефтешламовых амбаров с
применением новой плазмохимической технологии // Дис. канд. техн. Наук. Уфимский
гос. нефт. техн. ун-т. – Уфа, 2000. – 110 с.
4.
Ochilov A.A., Axmedova O.B. Neft-gazkimyo sanoati chiqindilarini tozalash texnologiyasi
// Darslik. Buxoro. 2022. 340 bet.
5.
ГОСТ 6370-2018 «Нефть, нефтепродукты и присадки. Метод определения
механических примесей». Москва Стандартинформ 2019, C. 13.
6.
Методы анализов водонефтяных и нефтешламовых эмульсий
тяжелых нефтей // Universium: Технические науки. электрон. научн. журн. Москва,
2021. №9 (90). С. 18-21.
7.
А.А.Очилов Разруюшение устойчивых водонефтяных и нефтешламовых эмульсий
местных нефтей. Universium: Технические науки. Москва.2020. 12(81) 2020. С.24-26.
8.
Очилов А.А. Методы анализов водонефтяных и нефтешламовых эмульсий
тяжелых нефтей // Universium: Технические науки. электрон. научн. журн. Москва,
2021. №9(90). С. 18-21.