ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
17
AKSIOLOGIK YONDASHUV ASOSIDA KREATIVLIKNI RIVOJLANTIRISH
TEXNOLOGIYASI
Abdullayeva Adiba Shokirjon qizi
Namangan davlat pedagogika instituti magistranti
Email: adibaabdullayeva99@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.16435747
Annotatsiya:
Mazkur tezisda kreativlikni shakllantirishda aksiologik (qadriyatlarga
asoslangan) yondashuvning zaruriyati yoritilgan. Shuningdek, bu yondashuv asosida ishlab
chiqilgan pedagogik texnologiyaning bosqichlari va u orqali o‘qituvchi shaxsida kreativ
salohiyatni rivojlantirish mexanizmi tahlil qilinadi.
Kalit so‘zlar
: aksiologik yondashuv, kreativlik, pedagogik texnologiya, qadriyatlar,
refleksiya.
Abstract:
This thesis substantiates the need for an axiological (value-based) approach to
the formation of creativity. It also analyzes the stages of pedagogical technology developed on
the basis of this approach and the mechanism for developing creative potential in the teacher
through it.
Keywords:
axiological approach, creativity, pedagogical technology, values, reflection.
Bugungi globallashuv sharoitida ta’lim tizimi faqat bilim berishga emas, balki ijodiy,
mustaqil, ijtimoiy mas’uliyatli shaxsni va har tomonlama yetuk, barkamol shaxni
shakllantirishga qaratilishi kerak. Bu borada kreativlikni rivojlantirish dolzarb masala
hisoblanadi va uni qadriyatlarga asoslangan, ya’ni aksiologik yondashuv orqali shakllantirish
pedagogik texnologiyalarni yangilashni talab etadi.
Aksiologik yondashuv — bu shaxsning individual, kasbiy va ijtimoiy qadriyatlariga
asoslanib ta’lim berish jarayonidir. Kreativlik esa faqat ijodiy topshiriqlar orqali emas, balki
ma’naviy-axloqiy asoslangan qarorlar qabul qilishda ham namoyon bo‘ladi. Shu bois,
kreativlikni rivojlantirishda aksiologik yondashuv asosida quyidagi texnologik bosqichlar
ishlab chiqildi:
- Qadriyatlarni aniqlash — shaxsning shaxsiy va kasbiy qadriyatlarini o‘rganish;
- Reflektiv muhit yaratish — ochiq, erkin fikrlashga asoslangan o‘quv muhiti tashkil
etish;
- Qadriyatga yo‘naltirilgan ijodiy mashqlar — real hayotiy vaziyatlar asosida kreativ
topshiriqlar berish;
- Aksiologik tahlil — bajarilgan ijodiy ishlarning ijtimoiy va axloqiy qiymatini tahlil
qilish;
- Kreativ qadriyatlarning integratsiyasi — o‘quvchining hayotiy pozitsiyasiga
mustahkamlab singdirish.
Ushbu texnologiya orqali shaxs nafaqat innovatsion yechimlar ishlab chiqishga, balki
ularni ijtimoiy foydali, qadriyatlarga mos tarzda qo‘llashga o‘rganadi.
Aksiologik yondashuv asosida kreativlikni rivojlantirish texnologiyasi — bu nafaqat
zamonaviy o‘qituvchini balki bugungi kun o‘quvchisi shaxsini intellektual va ma’naviy
jihatdan uyg‘un holda shakllantirishga qaratilgan samarali metodik modeldir. Bunday
yondashuv o‘qituvchining nafaqat ijodiy salohiyatini, balki kasbiy e’tiqodini ham
mustahkamlaydi.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
18
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
O`zbekiston Respublikasi prezidenti SH.M.Mirziyoyevning 20.12.2022 Oliy majlis va
O`zbekiston xalqiga qilgan murojaatnomasi
2.
Ж. Юлдашев Tалабаларда аксиологик дунжқарашни ривожлантиришнинг айрим
методологик масалалари
НамДУ илмий ахборотномаси - Научный вестник НамГУ 2020
йил 12-сон
.
3.
B.X.Xodjayev Pedagogik Aksiologiya O`quv qo’llanma T – fan -texnologiya nashyoti
2011
4.
Кайковус. Қобуснома ; Шайх Нажмиддин Кубро. Кўнглим кўзи билан кўрганларим
/ Бу ҳақда батафсилроқ қаранг: Жузжоний А. Ш. Тасаввуф ва инсон. – Тошкент: Адолат,
2001. – 89 б.
5.
B.S.Ne’matov “Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kreativ faoliyatini takomillashtirish”
pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (phd) dissertatsiya avtoreferati Termiz -2023