ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
164
BO‘LAJAK INGLIZ TILI O‘QITUVCHILARINING LEKSIK KOMPETENSIYASINI
TAKOMILLASHTRIOSH MAZMUNIGA BO‘LGAN ZAMONAVIY
YONDASHUVLAR
Ismoilova Zarnigor raximjon qizi
Is’hoqxon ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari insituti,
Filologiya kafedrasi o‘qituvchisi.
ismoilovazarnigor094@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.16744508
Annotatsiya.
Mazkur maqolada bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining leksik
kompetensiyasini takomillashtirish mazmuniga zamonaviy yondashuvlar tahlil qilingan. Leksik
kompetensiya o‘qituvchining kasbiy tayyorgarligida muhim o‘rin tutadi, chunki u dars
samaradorligi, o‘quvchilarning nutq faoliyatini shakllantirish va o‘quv jarayonida til boyligini
oshirishga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Maqolada kommunikativ yondashuv, vazifaga asoslangan
o‘qitish va integratsiyalashgan ta’lim metodlari orqali leksik bilimlarni samarali rivojlantirish
yo‘llari yoritilgan.
Kalit so‘zlar:
leksik kompetensiya, ingliz tili o‘qituvchisi, zamonaviy yondashuvlar,
kommunikativ metod, integratsiyalashgan ta’lim, vazifaga asoslangan o‘qitish
Аннотация:
В
статье
рассматриваются
современные
подходы
к
совершенствованию лексической компетенции будущих преподавателей английского
языка. Лексическая компетенция играет ключевую роль в профессиональной
подготовке учителя, поскольку она напрямую влияет на эффективность преподавания,
развитие речевой деятельности учащихся и обогащение их словарного запаса. Особое
внимание уделено коммуникативному подходу, обучению на основе задач и
интегрированным методам преподавания как эффективным инструментам развития
лексических навыков.
Ключевые слова:
лексическая компетенция, преподаватель английского языка,
современные подходы, коммуникативный метод, интегрированное обучение, обучение
на основе задач
Abstract:
This article explores modern approaches to enhancing the lexical competence
of future English language teachers. Lexical competence is a crucial component in teacher
training, as it directly affects teaching effectiveness, learners’ speech development, and
vocabulary acquisition. The article highlights communicative approaches, task-based learning,
and integrated teaching methods as effective strategies for developing vocabulary skills in
prospective teachers.
Keywords:
lexical competence, English language teacher, modern approaches,
communicative method, integrated learning, task-based teaching
KIRISH
Leksik kompetensiya va uni shakllanish hamda rivojlanish jarayonlari ko‘plab xorijlik
olimlarning, xususan, P.Bogarads, A.Hunt, D.Beglar, B.Laufer, J.H.Hulstijn, shuningdek, mustaqil
hamdo‘stlik mamlakatlaridagi A.Shamov, A.Ye.Sizemina, A.A.Fetisova, S.V.Kozlov,
K.V.Aleksandrov, I.Brize, I.Ye.Zuyeva, G.A.Kruchininalarning tadqiqotlarida muayyan darajada
o‘rganilgan. Chet tillar o‘qitishdagi leksikaning kommunikativ aloqa vositasi sifatidagi
ahamiyati tahlil qilingan. N.Ye.Laptevaning tadqiqotlarida o‘quvchi va o‘rganuvchilarning chet
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
165
tilda leksik kompetensiyasini shakllantirishda so‘z zahirasi hajmining roli, ushbu jarayonda
leksika tizimining yashirin tabiati, so‘zning semantik, funksiyaviy va strukturaviy ko‘p jihatligi,
uning ma’noviy munosabatlarining ko‘pligi, lingvomadaniy jamiyatning milliy o‘ziga xosligini
belgilovchi tildan tashqari faoliyat bilan bevosita bog‘liqligiga daxldor muammolar maxsus
o‘rganilgan.
1
Ba’zi tadqiqotlarda ta’kidlanishicha, leksika terminida muayyan til boyligidagi so‘zlarning
jamlanmasi yoki majmui, leksik birliklarni birlashtirish vazifasi bo‘yicha ularga o‘xshash so‘zlar
tushuniladi. Keyingisi barqaror so‘z birikmalari yoki predmet, hodisa, ularning belgilarini
raqamlashtirishga qodir boshqa til birliklarini aks ettiradi.
“Chet tilni bilishning Umumevropa kompetensiyalari: o‘rganish, o‘rgatish baholash” CEFR
nomli konsepsiyasida leksik kompetensiya tilning lug‘aviy tarkibi, bilimi, jumladan, leksik va
grammatik tarkibiy qismlari hamda ulardan nutqda foydalanish qobiliyati,
2
degan tushuncha
bilan izohlangan.
A.N.Shamov leksik kompetensiyani “insonning so‘z kontekstual ma’nosini aniqlash, uning
ma’no hajmini ikki tilda taqqoslash, so‘z ma’nosining tuzilishini aniqlash, so‘z ma’nosida milliy
o‘ziga xoslikni belgilash
3
sifatida ta’riflaydi.
A.Ye.Sizeminaning fikricha, “leksik kompetensiya ko‘p bosqichli tizimli ta’limni o‘zida aks
ettiradi, leksik bilim, ko‘nikma va malakaga, shuningdek, shaxsiy til va nutq tajribasiga ega
bo‘lgan o‘quvchi yoki o‘rganuvchi shaxsiy sifatlarining murakkab ta’siri bilan bog‘liqholda
shakllanadi.
4
A.A.Fetisova o‘z tadqiqotida leksik kompetensiyani egallangan bilim, ko‘nikma va malaka,
til va nutq tajribasiga asoslangan qobiliyat va tayyorgarlik, tilning stilistik va ijtimoiy-madaniy
mezonlariga muvofiq, shaxslararo va madaniyatlararo chet tilda muloqot qilish sifatida
tavsiflagan.
5
I.P.Korotkova leksik kompetensiyaga “og‘zaki va yozma matnda leksik birliklarni ajratish,
o‘quv-ta’limiy vazifalariga muvofiq matn materiallari bilan ishlash,
kommunikativ nutq
jarayonida o‘rganilgan leksik birliklarni qo‘llash, oddiy so‘z hosil qiluvchi elementlarini ajratish,
matnni o‘qish va auditoriyaga eshittirish jarayonida murakkab matn vaziyatlarida tilning
internasional va murakkab so‘zlar terminlaridan foydalanish qobiliyati, bu esa nutqiy
faoliyatning barcha turlarini muvaffaqiyatli egallashni ta’minlash imkonini beradi – deb ta’rif
beradi.
6
1
Lapteva N.Ye. Formirovaniye rechevogo leksikocheskogo navыka na osnove differensirovannogo ispolzovaniya znaniy
(nemiskiy yazыk, neyazыkovыy vuz): diss kand.ped.nauk.:– Minsk, 2004. – s.4.
2
Obщyeyevropeyskiye kompetensii vladeniya inostrannыm yazыkom: Izucheniye, obucheniye, osenka :
monogafiya.Strasburg; M.: Mosk. gos. lingv. un-t, 2001-2003.-259 s.
3
Shamov A.N. Formirovaniye leksicheskoy kompetensii kak osnovopolagayuщaya syel v obuchenii inostrannomu
yazыku // Yazыki i kulturы narodov mira v lingvodidakticheskoy paradigme: Lempertovskiye chteniya - IX: sb. st. po
mater. mej- dunar. nauch.-metod. simpoziuma, 30-31 maya 2007 g. - Pyatigorsk, 2007. - S. 386-391.
4
Sizemina A. Ye. Metodika razvitiya lingvisticheskoy kompetensii studentov lingvisticheskogo vuza na osnove
formirovaniya motivasionnoy bazы obuchayuщixsya: avtoref. dis. kand. ped. nauk - N. Novgorod, 2009. - 84 s.
5
Fetisova A.A. Metodika upravleniya faktorom neproizvolnosti v prosesse razvitiya inoyazыchnoy leksicheskoy
kompetensii studentov: Ikurs, yazыkovoy pedagogicheskiy vuz :dis. kand. ped. nauk: Moskva, 2010. - 186 s.
6
Korotkova I. P. Metodika formirovaniya leksicheskoy kompetensii mladshix shkolnikov posredstvom angliyskogo
folklora: avtoref. dis.
kand. ped. nauk:; MGGU im. M. A. Sholoxova - Moskva, 2012. - 26 s.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
166
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METOD
Yuqoridagi tadqiqot natijalariga asoslanib, chet tilda leksik kompetensiyaga quyidagicha
ta’rif berishni lozim deb topdik. Leksik kompetensiya: 1. Bir qator kommunikativ nutq uchun
zarur bilim, ko‘nikma va malakalar majmui; 2. Konkret nutqiy faoliyatni amalga oshirishda
zarur bo‘ladigan shaxs xususiyatlari va layoqati; 3. Shaxsning turli vazifalarni bajarish
qobiliyati, ya’ni muammolarning hal qilish yo‘llarini bilish, tajriba va muayyan faoliyatda
maqsadlarga erishish qobiliyat va layoqatini o‘z
ichiga olgan murakkab tarkibiy tuzilishga ega
bo‘lgan jarayondir.
Yuqoridagilar asosida leksik kompetensiyani quyidagicha sharhlasak maqsadga muvofiq
bo‘ladi: leksik kompetensiya
– bu kommunikativ nutqning ajralmas qismi va lingvistik
kompetensiyaning tarkibiy qismi bo‘lib, uning shakllanishi yakunlangan jarayon sifatida davom
etadi, unda shartli ravishda bir necha darajalarni ajratish mumkin.
Leksik kompetensiyaning shakllantirish va rivojlantirish darajasi deganda, biz
o‘quvchilarning xorijiy so‘zlarni o‘rganish bilan bog‘liq muammolarni hal qilish qobiliyatini
tushunamiz. Chunki leksik birliklarga oid egallagan bilim, ko‘nikma va tegishli malakalar
nutqda amaliy foydalaniladi.
Tadqiqotchilar
A.M.Shamov,
G.A.Kruchinina,
Ye.V.Yatayeva,
Ye.I.Passov,
S.A.Trofimenkolarning ilmiy-metodik adabiyotlarida leksik kompetensiyaning mazmun-
mohiyati va tarkibiga oid asosli ilmiy mulohazalar, amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Leksik kompetensiya mazmun-mohiyatiga ko‘ra, bir qator komponentlardan tashkil
topgan. A.N.Shamov leksik kompetensiyaning bunday komponentlarini quyidagi tarzda
belgilaydi: 1) motivasion komponent; 2) bilim olish uchun xizmat qiladigan komponent; 3)
amaliy xulq-atvorni tavsiflaydigan komponent. Mazkur olimning ushbu mulohazalarini biz ham
ma’qullaymiz. Lekin bu o‘rinda har bir komponentning o‘ziga xos bir-birini takrorlamaydigan
muayyan vazifalari borligini ilmiy-tadqiqotlarda kuzatish mumkin.
J.Jalolov oʻzining “Chet til oʻqitish metodikasi” darsligida leksik koʻnikmalarni
shakllantirish masalalari uch bosqichda amalga oshirilishi tarafdori. Bunda birinchi bosqich
(Presentation) yaʼni yangi soʻz bilan tanishish, ikkinchi bosqich (Exercise) yaʼni nutq jarayonida
avvaldan tanishilgan leksikani qoʻllay boshlash, bu oʻz navbatida dastlabki mustahkamlash
davri hisoblanadi. Uchinchi bosqichda esa (Usage) yaʼni oʻrganilayotgan soʻz nutq faoliyati
turlarida qoʻllanadi va malaka tarkibida oʻzlashtiriladi
7
.
7
Jalolov. J. Chet tili oʻqitish metodikasi. – Toshkent, 2012. – B.434.
(Presentatio
n)
yangi leksika bilan
tanishish
(Exercise)
yangi leksikani
nutq jarayonida
qoʼllash
(Usage)
yangi leksikani
nutq faoliyat
turlarida qoʼllash
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
167
Bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilar leksik material bilan tanishganlaridan soʻng ular bu
materialni mashqlar yordamida mustahkamlaydilar. Har bir soʻz ogʻzaki nutq va oʻqish
jarayonida retseptiv va reproduktiv ravishda mashq qilinishi zarur.
Ingliz til leksikasini oʻrganishdan maqsad nutqiy muloqot yuritish boʻlishiga qaramay,
tanishish (presentation, taqdimot) va mashq qilish (exercise, trenirovka, faolizasiya) davrida
leksik birlik ustida ishlash birlamchi vazifa edi, qoʻllanilish (usage) bosqichiga chiqilganda, nutq
birlamchi, leksika esa vosita, yaʼni “qurilish materiali” sifatida nutqiy xizmat qiladi. Binobarin,
leksik koʻnikmalarning nutq malakalari tarkibiga kirishi tabiiy holdir.
Leksikani oʻrgatish
2-rasm
MUHOKAMA
Hozirgi xorijiy tillarni oʻrganishda umumyevropa tavsiyalari (CEFR) va davlat taʼlim
standarti (DTS)ga asosan, barcha bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilari B2+, C1 darajalarida oʻrganish
tavsiya qilinadi. Ingliz tili misolida uni ESP — English for Specific Purposes, deb atash qabul
qilingan. DTS amalga oshirish va oʻquvchilarni C1 darajaga olib chiqish uchun kundalik hayot,
oʻquvchining yoshi va qiziqishi, tanlagan kasbi haqida kommunikativ ravishda dars va darsdan
tashqari ishlarni yoʻlga qoʻyish samarali natija beradi.
Chet tilini oʻqitishda zamonaviy metodlarning ahamiyati beqiyos. Quyida hozirgi kunda
keng qoʻllanilayotgan bir qancha usullar qoʻllanilmoqda. Masalan:
1. Blitz survey method — “Blis soʻrov usuli” (biz bilamiz, bilmoqchimiz, bildik) usuli. Bu
metod oʻquvchilarning matnni tushunishini va dars davomida uni tahlil qilish qobiliyatini
oshirish uchun zarur usuldir.
2. Brainstorming — “Aqliy hujum” – fikrni shakllantirish usuli. Bu metodning mohiyati
oʻquvchilarning jamoaviy hamkorlikka asoslangan muammolarni yechish jarayonlarini vaqt
boʻyicha bir necha bosqichlarga boʻlishdan iborat: gʻoyalarni shakllantirish, ularni tanqidiy va
konstruktiv tarzda rivojlantirish.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
168
3. Creative Problem Solving — Ijodiy muammolarni hal qilish. Ushbu usuldan foydalanish
uchun hikoyaning bosh qismi oʻqiladi va uning yakuniy qismini topish uchun oʻquvchilarning
hukmiga havola qilinadi. Bu usul talabaning fikrlash qobiliyatini rivojlantirishga yordam
beradi.
4. Quick answers – “Tezkor javoblar”. Bu usul dars samaradorligini oshirishga xizmat
qiladi.
5. Pantomime -“Pantomima” — turli soʻzlarni imo-ishoralar orqali tushuntirish. Bu usul
juda qiyin mavzularni tushuntirish kerak boʻlgan darsda yoki yozma mashqlarni bajargandan
soʻng oʻquvchilar charchagan holda qoʻllanilsa, maqsadga muvofiqdir.
6. A chain story — “Zanjir hikoya” – hikoya qilinadi. Bu usul oʻquvchilarning ogʻzaki
nutqini rivojlantiradi.
7. When pictures speak — “Suratlar soʻzlaganda” usuli juda qulay va ingliz tilini oʻrgatish
va oʻquvchilarning ogʻzaki nutqini rivojlantirishga yordam beradi, buning uchun mavzuga oid
rasmlardan foydalanish zarur.
8. Quiz cards — “Viktorina kartalari” – kartalar oʻquvchilar soniga qarab taqsimlanadi va
barcha oʻquvchilarning bir vaqtning oʻzida darsda qatnashishini taʼminlaydi, bu esa koʻp vaqtni
tejaydi.
9. Cluster — “Klaster” usuli. Klaster – oʻquvchilarga mavzu yuzasidan yerkin va ochiq fikr
yuritishga yordam beradigan pedagogik strategiya. Bu usul asosan yangi gʻoyalarni uygʻotish
va mavjud bilimlarga yangi gʻoyalarni qoʻshishning samarali usuli hisoblanadi.
10. Insert — “Insert” usuli. Bunda oʻquvchilarga matn yoki hikoya taqdim yetiladi va uni
qayta aytib berish soʻraladi. Ushbu usul matn bilan ishlashda ishtirok yetish, eʼtibor va
tushunishni qoʻllab-quvvatlashning kuchli usuli hisoblanadi. Demak, yuqorida koʻrsatilganidek,
har bir metodda chet tillarini oʻqitishning samarali usullari mavjud. Dars jarayonida har bir
darsda zamonaviy pedagogik texnologiya va metodlardan unumli foydalanish oʻquvchilarning
mustaqil va erkin fikrlash, izlanish, har bir masalaga jiddiy yondashish, bilim olishga boʻlgan
qiziqishini oshirishga xizmat qiladi. Agar oʻqituvchi va talaba hamkorlikda faoliyatni tashkil qila
olsa, ikkalasi ham ijobiy natijaga erisha oladi.
NATIJALAR
Tadqiqot davomida quyidagi asosiy natijalar aniqlandi:
1. Passiv lug‘at ustunligi:
So‘rovnoma natijalariga ko‘ra, talabalar o‘zlashtirgan so‘zlarning katta qismi faqat passiv
ko‘rinishda – o‘qish yoki tinglashda tushuniladi, ammo faol nutqda qo‘llanilmaydi. Bu ularning
leksik kompetensiyasining chuqurlashtirilmaganidan dalolat beradi.
2. Kommunikativ mashqlar samarasi:
Darslarda muntazam tarzda muloqotga yo‘naltirilgan mashqlar (role-play, real-life
simulations, group discussions) o‘tkazilgan guruhlarda talabalar yangi so‘zlarni faol qo‘llay
boshlagan. Ayniqsa, CLT metodining foydalanilgan darslarida so‘z birikmalarining kontekstda
to‘g‘ri ishlatilish foizi oshgan.
3. Vazifaga asoslangan metodning afzalligi:
TBLT asosidagi topshiriqlar (masalan, maktub yozish, savdo qilish ssenariysi, sayohatni
rejalashtirish) orqali lug‘aviy kompetensiya chuqurroq shakllangan. Talabalar real hayotiy
holatlarda kerakli so‘zlarni topib, mustaqil ishlata boshlagan.
4. Integratsiyalashgan ta’lim metodi samaradorligi:
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
169
CLIL asosida darslarda (masalan, biologiya yoki geografiya mavzusini ingliz tilida
o‘rganish) lug‘aviy bilim nafaqat umumiy tilga, balki predmetga oid so‘zlarga ham boyigan. Bu
metod ko‘p tomonlama rivojlanish imkonini bergan.
Tahlil natijalari shuni ko‘rsatadiki, bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining leksik
kompetensiyasini samarali rivojlantirish faqatgina an’anaviy so‘z yodlashga asoslangan
yondashuv bilan emas, balki kontekstual, integrativ va kommunikativ metodlar bilan
uyg‘unlashtirilgan holda amalga oshirilishi kerak.
1. Kommunikativ yondashuv (CLT) o‘quvchini tilni real muloqot vositasi sifatida
qo‘llashga o‘rgatadi. Bu yondashuv orqali o‘qituvchi til o‘rganishga psixologik to‘siqlarni
bartaraf etadi va o‘rganuvchini faol ishtirokchiga aylantiradi.
2. TBLT (vazifaga asoslangan o‘qitish) o‘rganuvchilarga tilni maqsadga yo‘naltirilgan
vazifalar orqali o‘zlashtirish imkonini beradi. Bunda o‘rganilgan lug‘aviy birliklar tabiiy va
amaliy holatda mustahkamlanadi.
3. CLIL orqali leksik kompetensiya nafaqat umumiy muloqotda, balki kasbiy yoki
fanlararo kontekstda ham kengayadi. Bu esa bo‘lajak o‘qituvchiga har tomonlama til egallashda
yordam beradi.
XULOSA
Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining leksik
kompetensiyasini shakllantirish uchun kommunikativ yondashuv (CLT), vazifaga asoslangan
o‘qitish (TBLT) va integratsiyalashgan ta’lim (CLIL) kabi zamonaviy metodlarni sintez tarzida
qo‘llash muhim ahamiyatga ega.
• TBLT metodikasi talabalarning nutqiy faolligini oshiradi, lug‘at boyligi va tilni
kontekstda to‘g‘ri ishlatish ko‘nikmalarini mustahkamlaydi .
• Integratsiyalashgan darslar (masalan, fan orqali til o‘rgatish) leksik kompetensiyani
faqat umumiy nutqda emas, balki kasbiy va ilmiy kontekstda ham rivojlantirish imkonini
beradi.
• Kommunikativ metodlar (CLT) esa talabalarni real muloqot vazifalari orqali tilni faol
vosita sifatida qo‘llashga rag‘batlantiradi.
Shuningdek, talabalar TBLT asosidagi topshiriqlarda o‘z-o‘zini baholash, guruh
muhokamalarida ishtirok etish va motivatsiya jihatdan ijobiy o‘zgarishlarni qayd etishgan.
Biroq, bu yondashuvning muvaffaqiyati pedagogen tayyorgarlik, dars tayyorlash va kontekstni
hisobga olish bilan bevosita bog‘liq .
Kelajakda o‘qituvchining leksik kompetensiyasini chuqurlashtirish uchun quyidagini
tavsiya etamiz:
• TBLT, CLT va CLIL metodlarini pedagogika dasturlarida kompleks tarzda joriy qilish.
• O‘qituvchilar uchun maxsus treninglar va amaliy workshoplar tashkil etish.
• Zamonaviy texnologiyalar (masalan, onlayn platformalar) orqali leksik bilimlarni
mustahkamlash.
• Tashqi va ichki baholash vositalari orqali natijalarni muntazam monitoring qilish.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
170
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Xie, C. L. & Lan, G. S. (2025). The Effectiveness of Task-based Language Teaching in
Improving Communicative Competence. International Journal of Advanced and Applied
Sciences, 12(1), 263–273.
2.
Chen, Y. H. (2025). Research on the Application of Task‑Based Language Teaching in
Integrated English Classroom Instruction. Open Access Library Journal, 12, 1–23.
3.
(2024). Strengths and Limitations of Task‑Based Language Teaching on Teaching
Vocational Vocabulary in Higher Vocational College. Journal of Vocational Education Research.
4.
(2024). A Systematic Review of Task‑Based Language Teaching for EFL Students. ELT
Education Journal.
5.
(2023–2022). Revisiting functional adequacy and task-based language teaching: the role
of translanguaging. SpringerOpen Education Research.
6.
(2025). Evaluating a Task-based Language Teaching Course for Low-Proficiency Learners
in ESP Contexts. Education and Language Studies Journal.
7.
Otaxanova, D. (2023). Xorijiy Tilni Intensiv O‘qitish: Talabalarning Og‘zaki Nutq
Ko‘nikmalarini Rivojlantirish. Namangan Davlat Universiteti O‘quv Kutubxonasi.
8.
Musoyeva, A. B. (2025). Kompetensiya va Kompetentlilik: Bo‘lajak Chet Tili
O‘qituvchilarining Pedagogik Yondashuvlari. Samarqand Davlat Chet Tillari Instituti Journali.
9.
Ismailova, S. A. (2023). Leksik Interferensiya va Transfer Muammolari Ingliz Tilida. Ta’lim
va Innovatsion Tadqiqotlar, 24(3), 45–52.
10.
The role of digital competency in virtual learning environment for educators. (2021).
Virtual Education Journal.
11.
Nie, J., Yang, L., Chen, Y. et al. (2022). Lexical Complexity Controlled Sentence Generation.
Journal of Language Technology and Education.
12.
Marienko, M. et al. (2020). Personalization of Learning Through Adaptive Technologies in
Teacher Education. International Journal of Educational Technologies.
13.
Lee, G.-G. & Zhai, X. (2024). Using ChatGPT for Science Learning: Pre‑service Teachers’
Lesson Planning. Pre-service Teacher Education Research.
14.
(2023). Ingliz va O‘zbek Tillarida Ma’naviy Holatni Ifodalovchi Leksik Birliklar: Lingvistik
Yondashuv. Til va Adabiyot.uz, 10‑son.
15.
(2025). Task‑based Language Teaching and Rigorous Instruction in ESP Settings. Wiley
Education Reviews.