ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
61
OLIY TAʼLIMDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VA IJODIY YONDASHUVLAR
ORQALI TALABA MOTIVATSIYASINI OSHIRISH: "WORK ZONE"
KONSEPSIYASI
Ikromova Sevinch Elniyoz qizi
Buxoro davlat pedagogika instituti 3-bosqich talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.16810005
Annotatsiya:
Ushbu maqolada talabalarning oʻqishga boʻlgan motivatsiyasini oshirish
muammosi koʻrib chiqiladi. Oliy taʼlimda raqamli texnologiyalar va innovatsion yondashuvlar
orqali talabalarning mustaqil ishlashi, ijodiy fikrlashini rivojlantirishga qaratilgan “Work Zone”
konsepsiyasi taklif etilgan. Konsepsiya talabalarning oʻquv yuklamasi, moliyaviy muammolar
va boʻsh vaqtni samarali oʻtkazish bilan bogʻliq muammolarini hal etishga qaratilgan. Unda
zamonaviy infratuzilma, elektron resurslardan foydalanish imkoniyati, hamkorlik maydonlari
va qulay muhitni oʻz ichiga olgan makon yaratish gʻoyasi ilgari surilgan.
Kalit soʻzlar:
motivatsiya, innovatsiyalar, raqamli texnologiyalar, "Work Zone", mustaqil
taʼlim, ijodiy yyondashuv.
Islom Abdug‘aniyevichga xos bo‘lgan bukilmas iroda, fidoyilik, mardlik va vatanparvarlik,
insoniylik va adolatparvarlik, samimiylik va mehribonlik kabi olijanob fazilatlar barchamiz
uchun yorqin ibrat namunasi bo‘lib qoldi.
1
Millatimiz ta’lim-tarbiyasi rivojida Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning tutgan o‘rni
alohida. Mustaqillikning dastlabki yillarida xalqimizning ko‘p asrlik tarixga ega boy ma’naviy
salohiyati va umuminsoniy qadriyatlariga hamda hozirgi zamon ilm-fani madaniyati, texnikasi
va texnologiyasining so‘nggi yutuqlariga asoslangan jamiyat hayotiga doir g‘oya qarashlarni
yangilash, o‘zimizga xos va mos ta’lim tizimini barpo etish nihoyatda dolzarb vazifalardan biri
edi. Shuning uchun ham Islom Karimov tomonidan jamiyat rivojida ta’lim-tarbiya masalasiga
alohida e’tibor qaratildi. Barcha sohalardagi singari ta’lim-tarbiya sohasida ham tub islohotlar
amalga oshirildi, “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi ishlab chiqilib
bosqichma-bosqich joriy etildi.
2
Yaratilgan ana shunday mustahkam poydevor bugungi yoshlarga, ayniqsa, talabalarga
keng imkoniyatlar eshigini ochmoqda. Talabalik davri – inson hayotining eng muhim va hal
qiluvchi bosqichlaridan biridir. Bu davrda nafaqat bilim olinadi, balki shaxs shakllanadi, kelajak
poydevori quriladi. Mamlakatimizda yoshlarga, xususan, talabalarga ulkan imkoniyatlar
yaratilmoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta'kidlaganidek, "Mamlakatimizda yangi
Oʻzbekistonni, Uchinchi Renessans poydevorini barpo etishda yoshlarga tayanamiz. Bugun biz
yaratayotgan sharoitlar, imkoniyatlar — yoshlarimiz uchun". Ushbu e’tirof yoshlarning ilmiy
salohiyatini oshirishga, ularning orzulariga yetishishiga qaratilgan tizimli saʼy-harakatlarning
negizidir. Prezident stipendiyalari, grantlar, xalqaro dasturlarda ishtirok etish imkoniyatlari,
ilm-fan va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash – bularning barchasi yoshlarning zamonaviy
bilim va kasblarni egallashi uchun yaratilayotgan sharoitlardir. Aynan shu imkoniyatlardan
toʻliq foydalanish uchun talabalarda doimiy motivatsiya va oʻz-oʻzini rivojlantirish istagi boʻlishi
lozim.
1
Sh. Mirziyoyev. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi so‘zlagan nutqi. Xalq so‘zi. 2016-yil 9-sentabr.
179-son.
2
"O'zbekiston Respublikasi prezidentining asarlarida jamiyat rivoji va ta'lim-tarbiya masalalari" moduli bo'yicha o'quv uslubiy
qo'llanma. Toshkent-2017. 5-bet.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
62
Afsuski, baʼzida talabalarning motivatsiyasi pasayishi, oʻqishga boʻlgan ishtiyoqining
soʻnishi kuzatiladi. Buning sabablari turlicha boʻlishi mumkin: oʻquv yuklamasi, moliyaviy
muammolar, boʻsh vaqtni mazmunli oʻtkazish imkoniyatlarining yetishmasligi va boshqalar. Bu
holat oliy taʼlim tizimining asosiy muammolaridan biri boʻlib, uni hal etish uchun innovatsion
yondashuvlar talab qilinadi. Shu sababli, maqolada Oliy taʼlimda raqamli texnologiyalar va
ijodiy yondashuvlar asosida talaba motivatsiyasini oshirishga qaratilgan, yangi “Work Zone”
konsepsiyasi taklif etiladi. Bu konsepsiya talabalarning erkin ijodiy fikrlashini ragʻbatlantirish,
mustaqil ishlash uchun qulay va zamonaviy makon yaratish gʻoyasiga asoslangan.
Ushbu maqola gʻoyasi mavjud muammolarni tahlil qilish, talabalar oʻrtasida kuzatiladigan
motivatsiya pasayishining sabablarini oʻrganish, zamonaviy taʼlim trendlarini tahlil qilish va
innovatsion yechimlarni izlash metodlari asosida shakllantirilgan. Tadqiqot doirasida
talabalarning oʻquv muhiti, mustaqil ishlash sharoitlari va ularning ehtiyojlari oʻrganildi.
Maqolada motivatsiya nazariyalariga asoslanilgan holda, innovatsion taʼlim muhitini yaratish
zaruriyati koʻrsatilgan. Raqamli taʼlim texnologiyalarining talabalar motivatsiyasiga taʼsiri ilmiy
adabiyotlar tahlili orqali oʻrganib chiqilgan.
Tahlil va natijalar:
"Work Zone" – talabalarning erkin ijod va mustaqil ishlash makoni
“Work Zone” konsepsiyasi talabalar uchun shunday makonlar yaratishni nazarda tutadiki,
ular oʻzlarini erkin his qilib, oʻqish, ishlash va rivojlanish uchun qulay muhit topa olsinlar. Bu
zamonaviy, funksional va texnologik jihozlangan, ayni paytda ijodiy muhit yaratadigan joy
boʻlishi kerak. Bu yerda talabalar nafaqat maʼlumot oʻrganadi, balki raqamli texnologiyalardan
foydalanib, loyihalar ustida ishlaydi, yangi gʻoyalarni sinovdan oʻtkazadi.
"Work Zone"ning tarkibiy qismlari va funksional imkoniyatlari:
* Raqamli kutubxona va elektron resurslar markazi: Keng qamrovli adabiyotlar, ilmiy
jurnallar va elektron resurslar bilan boyitilgan, shinam va jimjit oʻqish joylari. Bu yerda
talabalar oʻz fanlari boʻyicha chuqur bilim olishlari, referat va kurs ishlarini yozishlari mumkin.
Elektron kutubxona tizimi orqali dunyoning yetakchi universitetlari maʼlumotlar bazalariga
kirish imkoniyati yaratiladi.
* Kompyuterlar va yuqori tezlikdagi Wi-Fi: Eng zamonaviy kompyuterlar bilan
jihozlangan ish joylari, yuqori tezlikdagi internetga ulangan holda. Bu talabalarga onlayn
resurslardan foydalanish, zamonaviy dasturlar yordamida loyihalar ustida ishlash, maʼlumot
izlash imkoniyatini beradi. Bu qism ayniqsa, muhandislik, IT va dizayn yoʻnalishidagi talabalar
uchun muhim.
* Hamkorlik maydonlari: Kichik guruhlarda ishlash uchun moʻljallangan stollar,
munozara xonalari, videokonferensiya uskunalari. Bu yerda talabalar birgalikda loyihalar
qilishlari, oʻzaro tajriba almashishlari, turli fanlarning integratsiyasi asosida innovatsion
gʻoyalar yaratishlari mumkin.
* Qahva va shirinliklar boʻlimi: Oʻqish yoki ish jarayonida charchoqni chiqarish uchun
qahva, choy, shirinliklar va engil taomlar taklif etiladi. Bu, talabalarning oʻzlarini yanada qulay
va erkin his qilishlariga yordam beradi va ijodiy jarayonni ragʻbatlantiradi.
* Aʼzolik tizimi: Kirish uchun talabalar bir martalik aʼzolik toʻlovini toʻlab, maxsus
guvohnoma oladilar. Bu ularga xohlagan vaqtda "Work Zone"ga kirib, oʻz ishlarini qilish
imkonini beradi. Raqamli aʼzolik tizimi orqali talabalar joydagi boʻsh oʻrinlarni bron qilishlari,
tadbirlar haqida maʼlumot olishlari mumkin.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
63
“Work Zone” konsepsiyasi quyidagi natijalarga erishishga yordam beradi:
* Talabalarning motivatsiyasini oshiradi, chunki ular oʻzlari uchun qulay va samarali
muhitda ishlay oladilar.
* Ijodiy va mustaqil fikrlashni rivojlantiradi, chunki talabalar zamonaviy texnologiyalar
va resurslardan erkin foydalana oladilar.
* Talabalar orasida hamkorlik va muloqotni kuchaytiradi, bu esa ularning ijtimoiy
koʻnikmalarini rivojlantiradi.
* Oʻz vaqtini samarali boshqarish koʻnikmasini shakllantiradi.
Bugungi kunda koʻplab talabalarning yotoqxonada yoki uyda oʻqish uchun munosib
sharoitlari yoʻq. Kutubxonalar doim ham barcha talabalarning ehtiyojini qondira olmaydi.
“Work Zone” esa aynan shu boʻshliqni toʻldiradi. Bu joy talabalarni mustaqil ishlashga, oʻz
vaqtini samarali boshqarishga undaydi. Ular bu yerda nafaqat bilim oladi, balki tengdoshlari
bilan muloqot qiladi, yangi gʻoyalar bilan tanishadi, bir-birini ilhomlantiradi.
“Work Zone” konsepsiyasi oliy taʼlimdagi innovatsiyalarni va raqamli texnologiyalarni
amaliyotga joriy etishning yorqin namunasidir. Bunday makonlar talabalarning motivatsiyasini
oshirishda, ularni faolroq boʻlishga undashda, zamonaviy bilim va koʻnikmalarni egallashda
katta rol oʻynaydi. Taklif etiladiki, bu gʻoya, ayniqsa, shaharlarda va universitetlar atrofida
davlat-xususiy sheriklik asosida koʻpaytirilishi kerak. Zero, Bugungi kunda,Prezidentimiz
tomonidan yoshlarga boʻlgan e’tibor va gʻamxoʻrlik koʻrsatish, ularga barcha sohalarda oʻz
iqtidori va salohiyatini toʻliq namoyon etishi uchun zarur sharoit va imkoniyatlar yaratib
berilmoqda. Buni davlatimiz tomonidan mudofaa, ta’limi va boshqada shunga oʻxshash
sohalarida yoshlarga berilayotgan imtiyozlar va yengiliklarda ham yaqqol koʻrishimiz
mumkin
3
.Bu esa bilimli va motivatsiyali yoshlarni tarbiyalashning dolzarbligini yanada
oshiradi.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Mirziyoyev Sh.M. Yangi Oʻzbekiston strategiyasi. – Toshkent: Oʻzbekiston, 2023. 230-bet.
2.
"O'zbekiston Respublikasi prezidentining asarlarida jamiyat rivoji va ta'lim-tarbiya
masalalari" moduli bo'yicha o'quv uslubiy qo'llanma. Toshkent-2017. 5-bet.
3.
Deci, E. L., & Ryan, R. M. (2000). The "what" and "why" of goal pursuits: Human needs and
the self-determination of behavior. Psychological Inquiry, 11(4), 227-268.
4.
Maslow, A. H. (1943). A theory of human motivation. Psychological Review, 50(4), 370-
396.
5.
Prensky, M. (2001). Digital Natives, Digital Immigrants. On the Horizon, 9(5), 1-6.
3
BUGUNGI KUNDA YOSHLARGA BERILAYOTGAN IMTIYOZLAR (YENGILLIKLAR) Янгиликлар 14март. 2022. Amudaryo tumani Yuridik
xizmat koʻrsatish markazi bosh yuriskonsulti J.O.Avezov