Авторы

  • Nodir Beknazarov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.scin.134183

Ключевые слова:

Sangzor-Zomin vohasi etnomadaniy muhit etnografizm etnik tarkib urug‘-elatlar Jizzax vohasi xalq og‘zaki ijodi tarixiy-etnografik tahlil.

Аннотация

Mazkur maqolada Sangzor – Zomin mikrovohasi etnomadaniy muhitining shakllanishi, tarixiy-etnografik o‘ziga xos jihatlari va xalq og‘zaki ijodidagi etnografizmlar tahlil qilingan. Tadqiqotchi Jizzax vohasining tarixiy-etnik tarkibini yoritib, bu hududda yashagan turli urug‘ va elatlarning madaniy merosi, urf-odatlari, so‘z boyligi orqali etnomadaniy qatlamlarning shakllanish bosqichlarini aniqlagan. Etnik guruhlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar, chorvachilik, hunarmandchilik kabi hayot tarziga oid etnografik tafsilotlar asosida vohaning tarixiy madaniy rivojlanish xususiyatlari ochib berilgan.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

39

SANGZOR – ZOMIN MIKRO VOHASI ETNOMADANIY MUHITI VA

ETNOGRAFIZMLARNING SHAKLLANISH ASOSLARI

Beknazarov Nodir Beknazar o‘g‘li

+998 91 809 26 95

https://doi.org/10.5281/zenodo.16779155

Annotatsiya.

Mazkur maqolada Sangzor – Zomin mikrovohasi etnomadaniy muhitining

shakllanishi, tarixiy-etnografik o‘ziga xos jihatlari va xalq og‘zaki ijodidagi etnografizmlar tahlil
qilingan. Tadqiqotchi Jizzax vohasining tarixiy-etnik tarkibini yoritib, bu hududda yashagan
turli urug‘ va elatlarning madaniy merosi, urf-odatlari, so‘z boyligi orqali etnomadaniy
qatlamlarning shakllanish bosqichlarini aniqlagan. Etnik guruhlar o‘rtasidagi o‘zaro
munosabatlar, chorvachilik, hunarmandchilik kabi hayot tarziga oid etnografik tafsilotlar
asosida vohaning tarixiy madaniy rivojlanish xususiyatlari ochib berilgan.

Kalit so

ʻ

zlar:

Sangzor-Zomin vohasi, etnomadaniy muhit, etnografizm, etnik tarkib,

urug‘-elatlar, Jizzax vohasi, xalq og‘zaki ijodi, tarixiy-etnografik tahlil.

Annotation.

This article explores the formation of the ethnocultural environment of the

Sangzor–Zomin micro-oasis, focusing on its historical-ethnographic features and ethnographic
lexicon preserved in oral traditions. The author analyzes the ethnic composition of the Jizzakh
oasis and the cultural heritage of various clans and tribes historically residing in the region.
Through detailed discussion of lifestyle, interethnic relations, and practices such as animal
husbandry and craftsmanship, the study reveals the key stages in the development of the
region’s ethnocultural identity.

Keywords.

Sangzor-Zomin oasis, ethnocultural environment, ethnographism, ethnic

composition, clans and tribes, Jizzakh oasis, oral tradition, historical-ethnographic analysis.

Аннотация.

В данной статье рассматривается формирование этнокультурной

среды микрокомплекса Сангзор – Зомин, его историко-этнографические особенности и
этнографизмы, зафиксированные в народном устном творчестве. Автор анализирует
этнический состав Джизакской оазисной зоны, раскрывая культурное наследие
различных родов и племён, проживавших на данной территории. Через призму быта,
межэтнических связей, занятий, таких как скотоводство и ремёсла, выявлены ключевые
этапы становления этнокультурной идентичности региона.

Ключевые

слова.

Сангзор-Зоминская

долина,

этнокультурная

среда,

этнографизмы, этнический состав, родо-племенные группы, Джизакский оазис, устное
народное творчество, историко-этнографический анализ.

Oʻzbek xalqi etnomadaniy muhitining shakllanishi va rivojida Jizzax vohasi etnografiyasi,

folklori va dialektologiyasining oʻrni beqiyos. Buni soʻnggi yillarda olib borilayotgan tadqiqotlar
natijasi hamda xalqaro tashkilotlar tomonidan berilayotgan eʼtiroflarda ham koʻrish mumkin.
Vohaning xilma-xil va boy etnomadaniy yarusini oʻrganish hamda tadqiq etish jarayonida
tarixchi va tilshunos olimlarimiz tomonidan qimmatli maʼlumotlar qoʻlga kiritilmoqda.

Xususan, K.Shoniyozovning taʼkidlashicha, “mintaqa hududida yashagan xalqlarning

shakllanishiga oid manbalarni oʻrganish jarayonida siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy hayot
mahalliy aholining etnik tarkibi, etnomadaniy aloqalari haqida maʼlum ilmiy bilimga ega boʻlish
imkonini beradi. Yurtimiz xududidan oqib o`tivchi ikki buyuk daryo va uning turli o`zanlari
atrofida aholi yashab o`zining boy qadimiy tarixini yaratgan. Qadimgi Oks (Amudaryo), Yaksart


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

40

(Sirdaryo) Zarafshondaryo oʻzanlarida oʻzbek xalqi ajdodlari – sak, massaget, xioniy, boxtar,
toxar va boshqa xalqlar yashaganligi manbalarda qayd etiladi”[1].

Jizzax vohasi tarixini o`rgangan va o`rganayotga ko`plab olim va tadqiqotchilar mavjud

bo`lib bularning ichida alohida ajratib ko`rsatadiganlarimiz M.Pardayev, F.Toshboyev,
Q.Almanov. F. Aqchayevlarning tadqiqotlaridir.

(Albatta, bu mavzuda koʻplab olimlarning fikr-

mulohazalari mavjud va ularning hammasiga toʻxtala olmaymiz).

Shunungdek mintaqa etnik

tarixi va etnolingvistikasi Jizzax vohasi bilan yaqin o`xshashlikka ega ekanligini alohida
takidlash o`rinli bo`lib, Jizzax vohasi etnomadaniy jarayonlar tarixini o`rgangan S.Tursunovning
qayd etishicha, Oʻzbek elati shakllanish jarayonining kuchayishi X-XII asrlarda
Movarounnahrga va unga tutash mintaqalarga oʻtadi. Uning tarkibiy qismi boʻlgan Jizzax
vohasida yashovchi turkiy va fors-tojik xalqlari madaniy-iqtisodiy aloqalari ancha rivojlangan.
Turgʻun aholi bilan yarim koʻchmanchi va yarim oʻtroq chorvadorlar orasida oʻzaro iqtisodiy
munosabatlar oʻrnatilgan. Savdo-sotiq tufayli dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlari bilan
ayriboshlash keng yoʻlga qoʻyilgan[2].

Jizzax vohasining etnomadaniy sathiga oid leksema (etnografizm)larga eʼtibor

qaratadigan boʻlsak,

qirqchiraq, tangri, oshxudayi, xudayi, xomtalash, bobochaqirish,

toʻqqiztobaq, sovchi, kiyit, yelqada, jarchi, qoʻnoq, tuvcha

kabi turkiycha;

xayrot

تاریخ

, xatim

متخ

,

patiya

هحتاف

(fotiha), janoza

هزانج

, dallol

للاد

, maraka

هکرَم

, mirasi

یثاریم

kabi arabcha;

gashtak

کتشگ

,

xolvaytar

رت یاولح

(halaytar),

piyoba

هوایپ

, poyandoz

زادنا یاپ

, soʻzana

هن هزوس

, ijap(

باجح

hijob),

chilla

هللهچ

, chori

یراچ

, panji

یجنپ

(qoʻchqor yoshi)

یشای راقچوق

, shirboz

زابریش

, dastroʻmol

تسد

لامور

kabi fors-tojikcha etnografizmlarni uchratish mumkin. Voha etnomadaniy hayotining

taraqqiyotida mazkur hududda yashab kelgan aholining etnik tarkibi va uning shakllanish
jarayoni alohida ahamiyatga ega.

Aytish kerakki, etnogenez va etnik tarixni oʻrganish alohida ilmiy mushohadani talab

qiladigan oʻta muhim ilmiy soha. Etnografiyada irqiy xususiyatlarni oʻrganish, urf-odatlarni
tahlil qilish, har bir etnik qatlamning oʻzaro farqini ajratish muhim sanaladi. Vohada qadimdan
yashab kelgan tub aholi sifatida turkiy xalqlar tushuniladi.

Yana-da aniqroq aytganda, oʻzbeklar (etnonim) tashkil qilgan. B.X. Karmishevaning

taʼkidlashicha, “XX asr boshlarida Sangzor- Zomin aholisining 64 foizini etnik oʻzbeklar tashkil
qilgan. Jumladan, Sherobod bekligida yashagan 29580 kishidan 23255 tasi, yaʼni 78 foizi,
Boysun bekligida yashagan 50495 kishidan 27914 tasi, yaʼni 55 foizi oʻzbeklardan iborat
boʻlgan”[3]. Bunday xolat Jizzax vohasiga xam tegishli bo`lib voha aholisi etnik tarkibi 70 foizini
o`zbeklar tashkil qilgan.

Bizga ayonki, oʻzbek urugʻlari bir vaqtda ham Dashti Qipchoqda, ham Movarounnahrda

yashashgan. Turk-moʻgʻul qabilalari Oltoydan Uralgacha boʻlgan hududlarda makon topishgan.
Shuning uchun baʼzi urugʻlarni qadimgi yoki oxirgi koʻchmanchi sifatida qarash notoʻgʻri. Ularni
bir-biridan farqlashda til xususiyatlari, tashqi koʻrinish, etnografik anʼanalar asosiy omil
sanaladi. B.X.Karmisheva Jizzax aholisi etnik tarkibini uchta guruhga ajratadi. Ular:

“Urugʻ-qabilalarga boʻlinmaydigan aholi, yaʼni “Sart-chigʻatoylar”, “Xoʻjalar”,

“qarshiliklar”; Qadimgi urugʻlar, yaʼni moʻgʻullar istilosiga qadar va moʻgʻullar bilan birga kelgan
turk-moʻgʻul qabilalari, yaʼni yuqorida tilga olingan turklar; Dashti qipchoqdan Shayboniyxon
bilan kelgan soʻnggi koʻchmanchi oʻzbek urugʻlari, yaʼni yuqorida aytib oʻtilgan “oʻzbeklar”[4]
(oʻzbek termini bilan bogʻliq koʻplab bahsli fikrlar mavjud).


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

41

Biroq bu tasnifni toʻliq deb boʻlmaydi. Sababi Jizzax vohasi aholisining etnik tarkibi

anchayin xilma-xil va murakkab tuzilishga ega. Qolaversa, olima vohaning tub urugʻlari haqida
maʼlumot bermagan.

Shuningdek, mazkur tasnif Jizzax vohasi xalqlarining etnik tarkibini aniq va mukammal

ifodalamasa-da, oʻsha davr uchun qimmatli va bugungi tadqiqotlar uchun muhim manba boʻlib
xizmat qiladi.

Oʻrganishlar tadqiq qilinayotgan mazkur hududda yuz, qirq, turk, toqchi, barlos, qayirma,

mo`gol,saroy, qoʻngʻirot, qovchin, doʻrmon, nayman, mangʻit, xitoy kabi urugʻlar, etnik tojiklar,
arablar hamda turkman millatiga mansub aholi, shu bilan birga kelib chiqishi Hindistonga borib
taqaladigan loʻlilar (mahalliy tilda joʻgilar yoki moʻltonilar) istiqomat qilib kelayotganligini
koʻrsatadi. Bu urugʻlar mushtarak etnomadaniy hayot tarzi bilan bir qatorda oʻziga xos urf-odat
va anʼanalari yashash tarzi va kundalik hayoti bilan ham farqlanadi.

Jizzax viloyatining turli mintaqalarida, xususan, cho‘l qishloqlaridan tortib, tog‘li

ovullarigacha bo‘lgan hududda oʻtkazilgan etnografik-dialektologik o‘rganishlar davomida
urugʻ-qabila, elat nomlari, ularning oʻziga xos feʼl-atvori, yashash tarzi, shugʻullanadigan kasbi
bilan bogʻliq etnografizmlarni koʻplab uchratdik.

Bundan maʼlum boʻladiki, voha aholisining urugʻ-qabila munosabatlariga oʻziga xos

yondashuvi hudud etnomadaniy hayotida alohida oʻrin tutadi. Vohada bo‘lib oʻtadigan turli xalq
oʻyinlarida, xususan, Kurash va Koʻpkari musobaqalarida polvon va chobagʻonlarning qaysi
urugʻdan va ovuldan ekanligi surishtiriladi. Har xil urugʻ va ovul vakillari bir-birining ori uchun
o‘zaro kurash tushadi hamda ot chopadi.

“Or-nomus uchun kurash bolalikdan boshlanadi!
Qishloq odamlari olchin, togʻchi, paritoʻp, qovchin, goʻrkov, yuz..., deya atalmish urugʻ-

aymoqlarga boʻlinib olishadi”[5].

Shuningdek, vohada turli urugʻ-aymoqlarning nomlari, ularning xarakteri, turmush tarzi

hamda etnomadaniyatini aks ettiruvchi etnografik maqol, matal va aytimlar ham talaygina.
Masalan,

Qotagʻan(h)am (qatagʻon) qotti jov (yov) oʻrtada juz (yuz) boʻmasa. Oʻtind(n)ing

yo(ya)xshisi jontaq (yantoq), xotind(n)ing yo(ya)xshisi qolmaq.

Urib boʻ(l)mas xoʻjani, soʻkib

boʻ(l)mas xoʻjani, Xuda ursin xoʻjani. Joʻgining yeshshagini suvla-da pulini o(l),[6] Ot olsang,
Oboqlidan ol, xotin olsang Irgʻalidan ol![7]

kabi.

Bundan tashqari, Jizzax vohasi etnomadaniy hayotining shakllanishi va rivojida qurilish,

hunarmandchilik, dehqonchilik, chorvachilik, ovchilik, bogʻdorchilik va boshqa bir qator
yashash manbai hisoblangan mashgʻulot turlari katta oʻrin egallaydi. Bu kasb va
mashgʻulotlarning aksariyat turlariga bugungi kunda hayot kechirish manbai emas, qadriyat
sifatida qaraladi.

Misol uchun oʻtovlardan (qora uy) oʻtgan asrning 70-80 yillarigacha voha chorvadorlari

faol foydalanishgan hamda oʻtovsozlik yaxshi rivojlangan. Uning qismlari bilan bogʻliq nomlar
oʻsha davrda dialekt sifatida tasniflangan boʻlsa, hozir etnografizm hisoblanadi. Biz uni asosan
milliy bayramlarda etnografiya namunasi sifatida namoyish etamiz, qadriyat sifatida yoshlarga
tanitamiz.

(temirchilik, boʻyrachilik, gilamdoʻzlik, kigiz toʻqish, chirozchilik, quroqchilik,

kashtachilik kabi)

.

Yuqorida sanab oʻtilgan faoliyat turlari orasida Jizzax vohasida chorvachilik alohida

ahamiyat kasb etadi. Aytish mumkinki, voha etnomadaniy hayotini chorvachiliksiz tasavvur
qilib boʻlmaydi. Hududda chorvadorlar va ularning faoliyati bilan bogʻliq juda koʻp termin,


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

42

ibora, matal va maqol, aytimlar, shuningdek, irim-sirim bilan bogʻliq etnografizmlarni
uchratamiz

(Hut keldi kadi-kadi sut keldi. Shishak (uch yoshli qoʻchqor) soʻyding, pishak soʻyding.

Qoʻy soʻyib mardlik qilding, kallapocha qoʻyib nomardlik...)

. Albatta, bu qadimdan vohada

koʻchmanchi chorvadorlarning yashab kelishi va hududning chorvaga qulayligi bilan bogʻliq.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Шониёзов К. Ўзбек халқининг шаклланиш жараёни. – Тошкент, 2001. – Б. 117-120.

2.

Турсунов С., Қобилов E., Муртазоев Б. ва б. Сурхондарё тарихи. –Тошкент, 2004. – Б.

46-48.
3.

Кармышева Б.Х. Очерки этнической истории южных районов Таджикистана и

Узбекистана. – М.: «Наука», 1976. – С. 34.
4.

Кармышева Б.Х. Очерки этнической истории южных районов Таджикистана и

Узбекистана. – М.: «Наука», 1976. – С. 66.
5.

Тоғай Мурод. Юлдузлар мангу ёнади. – Тошкент, 2019. – Б. 12.

6.

Омонтурдиев А. Рахмонов Б. Сурхондарё диалектал-этнографик мақолларининг

қисқача изоҳли луғати. –Тошкент, 2019. – Б. 21-39.
7.

Тоғай Мурод. От кишнаган оқшом. – Тошкент, 2017. – Б. 12.

Библиографические ссылки

Шониёзов К. Ўзбек халқининг шаклланиш жараёни. – Тошкент, 2001. – Б. 117-120.

Турсунов С., Қобилов E., Муртазоев Б. ва б. Сурхондарё тарихи. –Тошкент, 2004. – Б. 46-48.

Кармышева Б.Х. Очерки этнической истории южных районов Таджикистана и Узбекистана. – М.: «Наука», 1976. – С. 34.

Кармышева Б.Х. Очерки этнической истории южных районов Таджикистана и Узбекистана. – М.: «Наука», 1976. – С. 66.

Тоғай Мурод. Юлдузлар мангу ёнади. – Тошкент, 2019. – Б. 12.

Омонтурдиев А. Рахмонов Б. Сурхондарё диалектал-этнографик мақолларининг қисқача изоҳли луғати. –Тошкент, 2019. – Б. 21-39.

Тоғай Мурод. От кишнаган оқшом. – Тошкент, 2017. – Б. 12.