ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
115
O‘QUVCHILARNI MURAKKAB IKKI AMALLI MASALALARNI YECHISHGA
O‘RGATISH USULLARI
Boymanov Hoshim Isroilovich
Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti katta o‘qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.16875470
Annotatsiya:
Boshlangʻich ta’limning birinchi sinflarida masalalar yechishda oʻquvchilar
yig‘indi va qoldiqni topishga doir, sonni bir necha birlik orttirish yoki kamaytirishga doir
yig‘indi va qo‘shiluvchilarni topishga doir, ayirmali taqqoslashga doir sodda masalalar,
ayirmani va kamayuvchini topishga doir, ayirmani va ayriluvchini topishga doir bir necha
koʻrinishdagi masalalarga duch kelishadi.
Boshlangʻich sinf oʻquvchilarni qobliyatini e’tiborga olsak, ularda matematik masalalarni
yechish shakllanmagan, oʻquvchilar sodda va murakkab masalalarni toʻliq oʻqiy olmaydilar. Bu
masalada oʻquvchilarga matnli masalalar yechishni oʻrgatishda nimalarga asosiy e’tiborni
qaratish kerakligi haqida soʻz yuritiladi.
Kalit soʻzi:
Masala, Umumiy masalalar, Bir amal bilan yechiladigan sodda masalalar, ikki
va uch amalli murakkab masalalar, Qoʻshish (orttirish) – bu surib keltirish, olib kelish,
yaqinlashtirish, Ayirish – bu surib yuborish, ketish, olib ketish, uzoqlashtirish, uchib ketish.
Boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilarning matematika fanini o’zlashtirishlari misol va
masalalar yechishga bog‘liq. Shuning uchun ham matematika darslarida o‘quvchilarni misol va
masalalar yechishga o‘rgatish muhum va dolzarb masala hisoblanadi.
Shuning uchun ushbu maqolada o‘quvchilarga tarkibli masalalarni yechishga
o‘rgatishning muhim tomonlariga e’tibor qaratish kerakligi haqidagi metodik fikrlarni bayon
etish maqsad qilib qo‘yilgan.
Hozirgi kungacha boshlang‘ich sinf matematika darslarida o‘quvchilar tayyor bilimlar
asosida masalalar yechishga o‘rgatib kelinmoqda. Maktab ta’limi tizimidagi islohatlar va
bugungi davr talabi shuni ko’rsatmoqdaki, o’quvchilar matematik bilimlarni o’zlari qidirib
topishligi lozimligi, o’qituvchilar esa bunga sharoit yaratishi va nazar qilinishini talab etmoqda.
Ma’lumki, matematika bolalarda fikrlash, diqqat, xotira, ijodiy fikrlash, kuzatuvchanlik
kabi fazilatlarni rivojlantirishga yordam beradi. Shuningdek masalalar yechish o’quvchilarga
mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini oshiradi, o’z fikrini aniq, to’g’ri va ravon bayon etishga
o’rgatadi, matematik tushunchalarni to’g’ri shakllantirishga, bolalarni o’rab turgan muhidning
o’zaro aloqadorligining turli tomonlarini chuqurroq anglashga yordam beradi.
Masala tushunchasidan berilgan ma’lum ikkitadan kam bo’lmagan sonlar bilan bitta yoki
birnecha no’malum sonlarni topish talab qilinishini tushunish mumkin.
Masalada o’quvchi ma’lum sonlar bilan noma’lum sonlar orasidagi bog’lanishlarni
masalaning mazmunidan o’zi topishi, masalani o’zi tanlashi va amallarning bajarilish
tartiblarini o’zi aniqlashi kerak.
Ma’lumki, boshlang’ich sinflarda matematik masalalar sodda va murakkab masalalarga
ajratiladi. Bitta amal bilan faqat bir marta yechish mumkin bo’lgan masalalar sodda masalalar
jumlasiga kiradi. Ikki, uch yoki undan ortiq amal yordamida yechiladigan masalalar murakkab
masalalar deyiladi.
Dastlab o’quvchilarga sodda masalalarni yechish atroflicha o’rgatishi maqsadga muvofiq.
Asosan sodda masalalar yechishda amallarning ma’nosi ochiladi.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
116
O’quvchilar bir qator sodda masalalar yechish jarayonida turli amallar bilan yechiladigan
masalalarni o’zlashtirib oladilar. Masalan, qo’shish amaliga doir masalalarda berilgan sonlarni
bir songa birlashtirish deb tushunishlari mumkin, berilgan sonni birnecha birlik orttirish deb
tushunish ham mumkin. Ayirish amaliga ham qoldiqni topish deb tushunish mumkin yoki
birnecha birlik kamayish deb tushunish mumkin. Shuningdek ayirmani topish ham deb
tushunish mumkin va hokazo.
O’quvchilarni sodda masalalar yechishga o’rgatish va o’quvchilarning bu bilimlarni to’liq
o’zlashtirib olishlari shunchalik zarurki, murakkab masalalar asosan sodda masalalarga
keltirilib yechilishi o’quvchilarga o’rgatiladi.
Haqiqatdan murakkab masalalarni yechish uchun dastlab murakkab masala sodda
masalalarga ajratib olinadi. So’ngra bu sodda masalalar ma’lum tartibga keltirilish kerak. Bu
xildagi jarayon o’quvchilarning mantiqiy fikrlashlarini taraqqiy ettiradi.
O’quvchilarni murakkab masalalar yechishga o’rgatish uchun masala mazmunidagi
hodisani ichiga chuqurriroq kirishlarini yoki masala mazmunidagi xolatni ko’z oldiga aniq
keltira olishlarini o’quvchilar anglashlari kerak. Agarda shunday qilinmasa masalani yechilishi
o’quvchilarga qiyinlik qiladi. Shuning uchun murakkab masalalarni mazmuni va mahiyati
hayotiy, texnika yo’nalishidan, qurilish sohasidan, tabiatdan olingan bo’lsa, o’quvchi masala
orqali hayotni, texnika yo’nalishiga doir, qurilish sohasiga doir va tabiatning turli tomonlari
bilan aniq sonlarda tanishadi va ularga doir ma’lum bilimlarga ega bo’ladilar.
O’quvchini murakkab masalalar yechishga o’rgatishda murakkab ikki amal bilan
yechiladigan masalalarni turlarga ajratib o’rgatish muhim ahamiyatga ega. Ikki amal bilan
yechiladigan murakkab masalalarni quyidagi turlarga ajratish mumkin:
1.
Ikki marta qo’shishga doir murakkab ikki amalli masalalar.
Masala, “O’quvchi yashikdan 15 ta olmani olib setkasiga soldi. So’ngra yana yashikdan 5 ta
olmani olib setkasiga soldi. Agar yashikda yana 7 ta olma qolgan bo’lsa, yashikda hammasi
bo’lib nechta olma bo’lgan.”
Masalani yechish uchun rejalashtirib olinadi va shu asosda yechiladi
1)
O’quvchi hammasi bo’lib, yashikdan nechta olmani olib setkasiga soldi?
15+5=20 ta olma
2)
Yashikda hammasi bo’lib, nechta olma bo’lgan?
20+7=27 ta olma
Javob: Yashikda hammasi bo’lib 27 ta olma bo’lgan.
2.
Qo’shish va ayirishga doir murakkab ikki amalli masalalar.
Masala, “Bir bidonda 18 litr, ikkinchi bidonda15 litr sut bore di. 16 litr sut ishlatildi. Necha litr
sut qoldi?”.
1)
ikkala bidonda hammasi bo’lib necha litr sut bo’lgan?
18+15=33 litr
2)
16 litr sut ishlatilgan bo’lsa, necha litr sut qoldi?
33-16=17 litr
Javob: 17 litr sut qoldi.
3.
Ayirish va qo’shishga doir murakkab ikki amalli masalalar.
Masala, “Kitob javonida 78 ta kitob bor edi. Shundan 15 ta kitop olinib, undan tanlab
olinganidan qolgani 12 ta kitob javonga qaytarib qo’yildi. Endi kitob javonida nechta kitob
bo’ldi?”.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
117
1)
Shkafdan 15 ta kitob olingan bo’lsa, shkafda nechta kitob qoldi?
78-15=63
2)
12 ta kitob kitob javoniga qaytarib qo’yilgan bo’lsa, kitob javonida nechta kitob bo’ldi?
63+12=75 ta
Javob: Kitob javonida 75 ta kitob bo’ldi.
4.
Bo’lish va ko’paytirishga doir ikki amalli masala.
Masala, 4 buxonka non 6 kg keladi. Magazinga shunday nondan 36 ta olib kelindi. Bularning
xammasi qancha kg keladi?
1)
1) 36:4=9
2) 9·6kg=54 kg
Javob: Hammasi 54 kg bo‘ladi.
5.
Ko’paytirish va qo’shishga doir ikki amalli masala.
Masala, Dam olish maskanida 48 tup chinor, undan 2 marta ko’p archa, archadan 12 tup tol
ekildi. Necha tup tol ekilgan? Masala shartining qisqa yozuvi bunday bo’ladi:
1) 48∙2=96 tup archa
2) 96+12=108 tup tol.
Javob: 108 tup tol ekilgan.
6.
Qo’shish va bo’lishga doir ikki amalli masala.
Masala, Bir tup behi daraxtidan 12 kg, ikkinchi behi daraxtidan 18 kg terib olindi. Hamma behi
16 kg dan qilib yashiklarga joylashtirildi. Buning uchun nechta yashik kerak bo’lgan?
1) 12+18=30 kg behi
2) 30:6=5 ta yashik.
Javob: 5 ta yashik kerak bo’lgan.
7.
Ko’paytirish va ayirishga doir ikki amalli masala.
Masala, Qurilishga 150 m sement, sementdan 4 marta ko’p qum keltirildi. Sementdan necha
tonna ko’p qum keltirilgan?
1) 150∙4=600 m qum
2) 600-150=450 m
Javob: Sementdan 450 tonna qum ko’p keltirilgan.
8.
Bo’lish va bo’lishga doir ikki amalli masala.
Masala, Kutubxonaga birinchi kuni 4 bog’lamda 56 ta, ikkinchi kuni shunday bog’lamda 42 ta
kitob olib kelindi. Ikkinchi kuni nechta bog’lam kitob olib kelindi?
1) 56:4=14 ta kitob.
2) 42:14= 3 bog’lam.
Javob: Ikkinchi kuni 3 bog’lamda kitob olib kelingan.
9.
Ayirish va bo’lishga doir ikki amalli masala.
Masala, Velosipedchi 3 soat yo’l yurgandan keyin, yana 48 km yo’l yurishi kerak. Agar hamma
yo’l 84 km bo’lsa, u qanday tezlik bilan yurgan.
1)
84-48=36 km.
2)
36:3= 12 km/h
Javob velosipedchi 12 km/h tezlik bilan yurgan.
10.
Qo‘shish va ko‘paytirishga doir masala.
Masala, To’g’ri to’rtburchakning bo’yi 8 sm, eni 4 sm. Shu to’g’ri to’rtburchak perimetrini toping.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
118
1)
8cm+4cm =12cm
2)
12cm∙2 =24cm
Javob: To’g’ri to’rtburchak perimetri 24cm
Boshlang‘ich sinflarda ikki amalli murakkab masalalarni yechishga o‘rgatishda asosan
o‘quvchilarning bilish kompetentligi oshadi, o‘quvchilarning mantiqiy fikrlash qobliyatlari
rivojlanadi, o‘quvchilarning matematika faniga bo‘lgan qiziqishi ortadi va hokazo. Murakkab
masalalarni yechish jarayonida amalga oshiriladi.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Jumayev M.E., Tadjiyeva Z. Boshlangʻich sinflarda matematika oʻqitish metodikasi. – T.:
”Fan va texnologiya”, 2005. – 312 b.
2.
Oʻrinboyeva [va boshq.]. Matematika 1-sinf [Matn]: darslik.–T.: Respublika ta’lim markazi,
2021 – 160 b.
3.
O‘rinboyeva L. [va boshq.]. Matematika 2-sinf [Matn]: darslik – T.: Respublika ta’lim
markazi, 2021. – 192 b.
4.
Boymurodova G., Sattorova X. O‘qish 2-sinf. O‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanma. – T.:
“O‘zbekiston”, 2015.
5.
Mavlonova R., Raxmonqulova N. Boshlangʻich ta’limda innovatsiya. Metodik qoʻllanma. –
T.: ”TDPU”, 2007.
6.
Abdullayeva B., Toshpulatova M. Matematika 2-sinf. O‘qituvchilar uchun metodik
qo‘llanma. – T.: ”Ozbekiston milliy ensklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti, 2015.