Авторы

  • Ilimjon Beknazarov
    Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti assistenti, Meva-sabzavotchilik va uzumchilik kafedrasi assistenti
  • Muzafar Aramov
    Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti, Meva-sabzavotchilik va uzumchilik kafedrasi q.x.f.d., professor

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.scin.134201

Ключевые слова:

handalak plyonkali qoplamalar urug‘ ochiq dala yon shox asosiy poya meva vazni meva etining qalinligi hosildorlik.

Аннотация

Ushbu maqolada handalakni urug‘idan ochiq dalalarga va plyonkali qoplamalar ostida yetishtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijasi keltirilgan. Handalakni erta bahorda plyonkali qoplamalar ostida yetishtirish ertachi poliz mahsulotlariga bo‘lgan ta’labni qondirishda muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Handalak Kichkintoy navini plyonka ostida yetishtirilganda ochiq dalaga nisbatan mevalari biroz bo‘lsada yirikroq, eti esa  qalinroq bo‘lganligi kuzatildi. Plyonka ostida yetishtirilgan o‘simliklarning asosiy poya va yon novdalar  uzunligi, yon yon shoxlar soni ko‘rsatgichlari  ham yuqori bo‘lganligi aniqlandi. Plyonka ostida yetishtirilganda umumiy va tovarbop hosildorlik ham yuqori bo‘lganligi kuzatildi.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

100

HANDALAKNI URUG‘LARI ORQALI YETISHTIRISH

Beknazarov Ilimjon Olimjon o‘g‘li

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti assistenti, Meva-

sabzavotchilik va uzumchilik kafedrasi assistenti

ilimjonbeknazarov@gmail.uz (97-431-77-40)

Aramov Muzafar Xoshimovich

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti, Meva-sabzavotchilik va

uzumchilik kafedrasi q.x.f.d., professor

aramov-muzaffar@mail (91-235-61-61)

https://doi.org/10.5281/zenodo.16837685

Ushbu maqolada handalakni urug‘idan ochiq dalalarga va plyonkali qoplamalar ostida

yetishtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijasi keltirilgan. Handalakni erta bahorda
plyonkali qoplamalar ostida yetishtirish ertachi poliz mahsulotlariga bo‘lgan ta’labni
qondirishda muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Handalak Kichkintoy navini plyonka ostida
yetishtirilganda ochiq dalaga nisbatan mevalari biroz bo‘lsada yirikroq, eti esa qalinroq
bo‘lganligi kuzatildi. Plyonka ostida yetishtirilgan o‘simliklarning asosiy poya va yon novdalar
uzunligi, yon yon shoxlar soni ko‘rsatgichlari ham yuqori bo‘lganligi aniqlandi. Plyonka ostida
yetishtirilganda umumiy va tovarbop hosildorlik ham yuqori bo‘lganligi kuzatildi.

Kalit so‘zlar:

handalak, plyonkali qoplamalar, urug‘, ochiq dala, yon shox, asosiy poya,

meva vazni, meva etining qalinligi, hosildorlik.

Аннотация

. В данной статье представлены результаты исследований по

выращиванию хандаляка из семян в открытом грунте и под пленочными укрытиями.
Выращивание хандаляка под пленочными укрытиями ранней весной имеет важное
значение для удовлетворения спроса на раннеспелую продукцию. При выращивании
сорта Хандаляк Кичкинтой под пленкой наблюдалось, что плоды были немного крупнее,
а мякоть толще по сравнению с открытым грунтом. Установлено, что длина основного
стебля и боковых ветвей, а также количество боковых ветвей у растений, выращенных
под пленкой, также были высокими. Было замечено, что при выращивании под пленкой
общий и рыночный урожай также был высоким.

Ключевые слова:

хандаляк, пленочные покровы, семена, открытый грунт, боковая

ветвь, главный стебель, масса плода, толщина мякоти, урожайность.

Annotation.

This article presents the results of research on growing khandalak from

seeds in open ground and under film covers. Growing khandalak under film covers in early
spring is important to meet the demand for early ripening products. When growing the
Khandalak Kichkintoy variety under film, it was observed that the fruits were slightly larger
and the pulp thicker compared to open ground. It was found that the length of the main stem
and lateral branches, as well as the number of lateral branches in plants grown under film, were
also high. It was observed that when grown under film, the total and market yield was also high.

Key words:

khandalak, film covers, seeds, open ground, lateral branch, main stem, fruit

weight, pulp thickness, yield.

Kirish.

«

Dunyo bo‘yicha bugungi kunda aholining sog‘lom ovqatlanishini ta’minlash

dolzarb vazifa bo‘lib bormoqda. Bu borada poliz mahsulotlarining o‘rni beqiyos bo‘lib, tibbiy
me’yorga ko‘ra har bir insonning yillik poliz iste’mol me’yori 98 kg dan kam bo‘lmasligi kerak.
Poliz mahsulotlari orasida qovun yetakchilik qiladi va shu bois dunyoning ko‘plab


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

101

mamlakatlarida qovun katta (774,8 ming ga) maydonlarda yetishtiriladi». Dunyo bo‘yicha
bugungi kunda qovun 6,2 mln gektar maydonga yekilib 142,4 mln tonna atrofida mahsulot
yetishtirilmoqda, o‘rtacha hosildorlik 24,5 t/ga ni tashkil yetgan. Eng ko‘p poliz ekinlarini ishlab
chiqaruvchi davlatlar Xitoy, Turkiya, Ispaniya, Hindiston, AQSh, Eron, Misr, Rossiya kabilar
hisoblanadi

1

.

Shu bilan birga, AQSh, Rossiya va Yevropaning bir qator mamlakatlarida aholini ekologik

toza poliz mahsulotlari, xususan, qovun mahsulotlari bilan ta’minlashda import hajmi
oshmoqda.

Ushbu mamlakatlarda qovunning ultra tezpishar, shuningdek turli muddatlarda yekib

yetishtirishga yaroqli, uzoq saqlanuvchan, mevalarining hajmi kichik, ammo serhosil va
uglevodlarga boy navlarini yaratish, yetishtirish texnologiyalarini yanada takomillashtirish
asosida maydon birligidan olinadigan hosildorlikni oshirish dolzarb vazifalardan hisoblanadi.

Dunyoda qovun yetishtirish bo‘yicha etakchilik qilayotgan mamlakatlarda qovunni turli

muddatlarda, ayniqsa ertagi va himoyalangan joylarda yetishtirishga mos navlarini yaratish,
yetishtirish texnologiyalarini takomillashtirish borasida ko‘plab ilmiy tadqiqotlar olib
borilmoqda. Bir qator mamlakatlarda qovunni qishki mavsumda issiqxonalarda yetishtirish
texnologiyasi va issiqxonalarda yetishtirishga mos navlari yaratilgan, ultra tezpishar va
eksportbop qovun navlari yetishtirilmoqda. Qovun genofondini yanada boyitish, uning
eksportbop navlar assortimentini kengaytirish asosida qovun eksporti salohiyatini yanada
oshirish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi.

O‘zbekistonda 2022-yilda umumiy 63 ming gektar maydonga qovun ekilgan bo‘lib,

shundan 51,5 ming gektar fermer va qishloq xo‘jaligi korxonalari hissasiga to‘g‘ri keladi (37,4
ming gektar asosiy maydon, 1,9 ming gektar bog‘-tok qator orasi va 12,2 ming gektar takroriy
maydon).

Ushbu ekilgan maydonlardan joriy yilda jami 1,3 mln tonna qovun yetishtirish

rejalashtirilgan. Shundan yetishtirilgan 1 mln tonna qovun fermer va qishloq xo‘jaligi
korxonalari hissasiga to‘g‘ri keladi.

Mamlakatimizda so‘nggi yillarda aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash

va eksport salohiyatini tubdan oshirishga alohida e’tibor berilmoqda. O‘zbekistonda ham olib
borilayotgan ilmiy izlanishlarda qovunni hududlarda yetishtirish bo‘yicha tadqiqotlar amalgan
oshirilgan. Biroq, qovun mevalarini mahalliy usullarda saqlash bo‘yicha ilmiy izlanishlar
etarlicha emas. O‘zbekiston Respublikasining “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi
O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi”da “Qishloq xo‘jaligini ilmiy asosda intensiv
rivojlantirish orqali dehqon va fermerlar daromadini kamida 2 baravar oshirish, qishloq
xo‘jaligining yillik o‘sishini kamida 5 foizga etkazishda, ayniqsa, 2026 yilga borib oziq-ovqat
mahsulotlari hajmini 7,4 mln tonnaga, qayta ishlash darajasini meva-sabzavot bo‘yicha 28
foizga etkazish”ga alohida e’tibor qaratilgan.

Shu o‘rinda poliz ekinlari, jumladan handalak yetishtirishni ko‘paytirish muhim o‘rin

tutadi. Poliz ekinlaridan qovoq uzoq vaqt saqlanish xususiyatiga ega. Handalak ekinlarini
yetishtirish esa erta bahorda poliz mahsulotlari taqchil vaqtda ularga bo‘lgan talabni qondiradi.

Keying yillarda havo haroratining keskin oshib ketishi, havo nisbiy namligini juda pastga

tushishi, changli shamollarni tez-tez esib turishi deyarli barcha qishloq xo‘jalik ekinlarining

1

https://www.atlasbig.com/ru/stranы-po-proizvodstvu-dыni


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

102

hosildorligini va hosil sifatini keskin pasayib ketishiga va ularni yetishtirilgandan olinadigan
iqtisodiy samaradorlikni kamayishiga olib kelmoqda. Shuning uchun ko‘pgina sabzavot va poliz
ekinlari isitilmaydigan issiqxonalar va plyonkalar ostida erta muddatda ekib innovatsion
usullarda qo‘llab yetishtirilmoqda. Xususan, Qashqadaryo viloyatida ertagi muddatda qovun va
tarvuzni plyonkali qoplamalar ostida yetishtirish, ertagi va yuqori hosil yetishtirib eksportga
va ichki bozorga chiqarish borasida juda katta tajriba to‘plangan.

Tadqiqot metodologiyasi.

Ushbu tadqiqotda urug‘lar ochiq dalaga aprel oyining birinchi

o‘n kunligida va plyonkali qoplamalar ostiga 15 martda ekildi. Tajriba to‘rt qaytariqli. Hisob
bo‘lmachasi maydoni 14 m

2

. Bo‘lmacha ikki qatorli, undagi o‘simliklar soni 20 ta. Amal

davrida 1 va 2 tajribada finologik kuzatuv va o‘lchov ishlari olib borildi.

Tadqiqotning usullari.

Tajribalar quyidagi uslub va uslubiy ko‘rsatmalar asosida olib

borildi: Методика полевого опыта в овощеводстве (Литвинов С.С. М.,2011.) [3], Методика
полевого опыта (Б.А.Доспехов, 1985) [2], Руководство по апробации овощных култур и
кормовых корнеплодов (М., 1982) [4], Sabzavot, poliz va kartoshka ekinlarida tajribalar
o‘tkazish uslubi (SPE va KITI, 2023) [1].

Tadqiqot natijalari.

Handalak urug‘lari erta bahorda plyonka ostiga va ochiq dalaga ekib

o‘rganildi, 1-jadval. Urug‘lar plyonka ostiga 15-mart kuni, ochiq dalada esa aprel oyining
birinchi o‘n kunligida ekildi.

Ko‘chatlarning yoppasiga unib chiqishi ochiq dalalarda 9 kunda, plyonka ostida ekilganda

8 kunda kuzatildi. Plyonka ostida urug‘idan ekilganda otalik gullarining dastlabki gullashi unib
chiqgandan so‘ng 26 kunda, yoppasiga esa 29 kunda kuzatildi. Ochiq dalaga urug‘idan ekilganda
esa bu davrlarning davomiyligi biroz uzun bo‘lib, muvofiq ravishda 31 va 34 kunni tashkil etdi.

1-jadval
Handalakning Kichkintoy navi urug‘idan plyonga ostiga va ochiq dalada yetishtirishda

rivojlanish davrlarining davomiyligiga ta’siri, 2022-2023 y.y.

Onalik gullarining dastlabki gullashi plyonka ostidagi o‘simliklarda unib chiqgandan so‘ng

30 kunda va yoppasiga gullashi esa 34 kunda kuzatildi. Ochiq dalalarda urug‘idan ekib
yetishtirilganda o‘simliklarda onalik gullarini dastlabgi gullashi unib chiqqandan so‘ng 34
kunda, yoppasiga gullashi 38 kunda kuzatildi.

т/р

Tajriba

variantlari

Urug‘

ekilgan

sana

Ekish-unib

chiqish, kun

Unib chiqqanidan, kun

birinchi

chinbarg

paydo

bo‘lishigacha

otalik

gullar

ochilish

igacha

onalik

gullar

ochilish

igacha

meva

hosil

bo‘lishi

gacha

Meva

pishishi

gacha

10% 75%

10%

75%

10

%

75

%

10

%

75

%

10

%

75

%

10

%

75

%

1

Plyonka

ostida

urug‘idan

15.03

6

8

7

10

26 29 30 34 33 39 68 72

2

Ochiq

dalada

urug‘idan,

nazorat

05.04

8

9

10

12

31 34 34 38 37 42 71 73


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

103

Mevalarning dastlabki pishishi urug‘idan plyonka ostiga ekilgan o‘simliklarda unib

chiqqandan so‘ng 68 kunda, yoppasiga pishishi esa 72 kunda amalga oshdi. Ochiq dalalarda
yetishtirilgan o‘simliklarda mevalarning dastlabki pishishi unib chiqqandan so‘ng 71 kunda,
yoppasiga pishishi esa 73 kunda amalga oshdi. Yetishtirish usullari handalak o‘simliklarining
biometrik ko‘rsatkichlariga ham sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatdi.

Yetishtirish usuliga qarab handalak o‘simliklarining biometrik ko‘rsatkichlari ham turli

xil bo‘ldi, 2-jadval.

2-jadval
Plyonka ostida va ochiq dalada urug‘idan yetishtirilgan xandalak o‘simliklarining

biometrik ko‘rsatgichlari, 2021-2023 y.y.


Yetishtirish usuliga qarab handalak o‘simliklarining biometrik ko‘rsatkichlari ham turli

xil bo‘ldi, 2-jadval.

Asosiy poya uzunligi plyonka ostiga ekilganda 143,0 sm ni, ochiq dalaga ekilganda esa

135,5 sm ni tashkil etdi. Plyonka ostiga ekilgan o‘simliklarda asosiy poya ochiq dalaga nisbatan
7,5 sm ga uzun bo‘ldi. Yon shoxlar soni plyonka ostiga ekilganda esa 381,0 sm ni, ochiq dalarda
– 344,0 sm ni tashkil etdi. Yon shoxlar uzunligi plyonka ostida yetishtirilganda ochiq dalaga
nisbatan 37 sm ga ko‘p bo‘ldi. Asosiy poya va yon shoxlarning umumiy uzunligi bo‘yicha ham
xuddi shunday holat kuzatildi.

Yetishtirish usullari handalak ekinining hosildorligiga ham sezilarli darajada tasir

ko‘rsatdi, 3 jadval.

Bitta o‘simlikda shakllangan meva soni plyonka ostida yetishtirilgan o‘simliklarda 3,4

donani, ochiq dalada yetishtirilganda esa 3,2 donani tashkil etdi. Mevaning o‘rtacha vazni
plyonka ostida yetishtirilgan o‘simliklarda 1,0 kg ni, ochiq dalada yetishtirilgan o‘simliklarda
0,87 kg ni tashkil etdi. Plyonka ostida yetishtirilganda o‘simliklarda meva soni, vazni biroz
yuqori bo‘lishi kuzatildi.

3-jadval
Handalakning Kichkintoy navini plyonka ostida va ochiq dalada urug‘idan ekilganda

hosildorlik ko‘rsatkichlari, 2021-2023 y.y.

T/r Tajriba variantlari

Mevaning

o‘rtacha

Hosildorlik, t/ga

T/r

Tajriba variantlari

Asosiy

poya

uzunligi, sm

Yon

shoxlar

uzunligi,

sm

Umumiy

uzunligi,sm

Yon

shoxlar

soni,

dona

1

Plyonka ostida

143,0

381,0

524,0

4,3

2

Ochiq dalada,

nazorat

135,5

344,0

479,5

3,5


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

104

Soni,

d

ona

/o‘siml

ik

V

az

ni

, k

g

Umum

iy h

osild

otlik,

Naz

or

at

gaga ni

sb

at

an

, %

To

varbop

ho

sil,

To

varbop

ho

sil um

um

iy

ho

silga nisb

at

an

, %

To

varbop

ho

sil n

az

or

at

ga

ni

sb

at

an

, %

1

Plyonka ostida

3,4

1,0

48,5

122 45,6

94

123

2

Ochiq dalada

urug‘idan, nazorat

3,2 0,87 39,7

100 36,9

93

100

ЭKMF

05

2,5

3,4

Sx%

1,9

2,2


Eng yuqori umumiy hosildorlik plyonka ostida yetishtirilganda kuzatildi va u 48,5 t/ga ni

tashkil etdi, 3 jadval. Bu nazorat sifatida olingan ochiq dalalarda yetishtirilganga nisbatan 122
% ni tashkil etdi. Tovarbop hosil ham plyonka ostida yetishtirilganda eng yuqori bo‘ldi va 45,6
t/ga ni tashkil etdi. Tovarbop hosil ham plyonka ostida yetishtirilgan o‘simliklarda yuqori
bo‘lib, ochiq dalada yetishtirilganga nisbatan 123,5 % ni tashkil etdi.

Xulosa.

Xulosa qilib aytganda tadqiqotlar handalakni plyonkali qoplamalar ostida

yetishtirish samarali ekanligini ko‘rsatdi. Plyonka ostida yetishtirilganda rivojlanish
davrlarining qisqarishi, biometrik ko‘rsatkichlarning yuqori bo‘lishi va pirovardida
hosildorlikni yuqori bo‘lishi aniqlandi.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Sabzavot, poliz va kartoshka ekinlarida tajribalar o‘tkazish uslubi (SPE va KITI, 2023).

2.

Доспехов Б.А. Методика полевого опыта. -М.: “Колос”, 1985. -416 с.

3.

Литвинов С.С. Методика полевого опыта в овощеводстве.-М-2011. -650 с.

4.

Руководство по апробации овощных култур и кормовых корнеплодов (М., 1982)

Библиографические ссылки

Sabzavot, poliz va kartoshka ekinlarida tajribalar o‘tkazish uslubi (SPE va KITI, 2023).

Доспехов Б.А. Методика полевого опыта. -М.: “Колос”, 1985. -416 с.

Литвинов С.С. Методика полевого опыта в овощеводстве.-М-2011. -650 с.

Руководство по апробации овощных култур и кормовых корнеплодов (М., 1982)