Авторы

  • Mehriddin Sobirjonov
    Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi oʻquvchisi
  • Charos Safarova
    Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tuman 42-umumta'lim maktabi oʻquvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.scin.134202

Ключевые слова:

Vatan zamonaviy oʻzbek she’riyati Nilufar Ergasheva Shohsanam Nishovova tarixiy xotira vatanparvarlik badiiy tahlil obrazlar tizimi.

Аннотация

Ushbu maqolada zamonaviy oʻzbek yosh shoirlari — Nilufar Ergasheva va Shohsanam Nishovova ijodida Vatan mavzusining turfa talqinlari keng yoritiladi. Shoirlarning she’riy asarlarida milliy g‘urur, tarixiy xotira, vatanparvarlik ruhining badiiy ifodasi, obrazlar tizimi hamda poetik vositalardan foydalanish mahorati atraflicha tahlil qilinadi. Maqolada she’rlardan olingan parchalar asosida badiiy tahlillar berilib, ularning zamonaviy oʻzbek adabiyotidagi oʻrni aniqlanadi.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

98

OʻZBEK YOSH SHOIRLARI IJODIDA VATAN MAVZUSI TAHLILI (NILUFAR

ERGASHEVA VA SHOHSANAM NISHOVOVA IJODI TALQINIDA)

Sobirjonov Mehriddin Gʻayratjon oʻgʻli

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi oʻquvchisi

Safarova Charos Jamshid qizi

Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tuman 42-umumta'lim maktabi oʻquvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.16831534

Annatatsiya:

Ushbu maqolada zamonaviy oʻzbek yosh shoirlari — Nilufar Ergasheva va

Shohsanam Nishovova ijodida Vatan mavzusining turfa talqinlari keng yoritiladi. Shoirlarning
she’riy asarlarida milliy g‘urur, tarixiy xotira, vatanparvarlik ruhining badiiy ifodasi, obrazlar
tizimi hamda poetik vositalardan foydalanish mahorati atraflicha tahlil qilinadi. Maqolada
she’rlardan olingan parchalar asosida badiiy tahlillar berilib, ularning zamonaviy oʻzbek
adabiyotidagi oʻrni aniqlanadi.

Kalit soʻzlar:

Vatan, zamonaviy oʻzbek she’riyati, Nilufar Ergasheva, Shohsanam

Nishovova, tarixiy xotira, vatanparvarlik, badiiy tahlil, obrazlar tizimi.

Vatan mavzusi o‘zbek adabiyotida eng qadimiy va eng muhim mavzulardan biridir.

Alisher Navoiy davridan boshlab, Cho‘lpon, Usmon Nosir, Zulfiya kabi shoirlar ijodida Vatan
tushunchasi ozodlik, mustaqillik, milliy birlik g‘oyalari bilan uyg‘unlashgan. Mustaqillikdan
keyingi davrda esa bu mavzu yangi zamon talqinlari bilan boyidi. Nilufar Ergasheva va
Shohsanam Nishovova — mustaqillik ruhida ijod qilayotgan yosh avlod vakillari bo‘lib, ularning
she’rlarida Vatan g‘oyasi tarixiy xotira, milliy g‘urur, zamonaviy yoshlar ruhiyati bilan birga aks
etadi.

Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sovrindori Nilufar Ergasheva ijodiga nazar tashlasak,

Nilufar Ergasheva she’riyati mardlik, fidoyilik va Vatan uchun kurash g‘oyalariga boy. Uning
“Temur Malik” she’rida tarixiy qahramon obrazi o‘zbek xalqining ozodlik uchun olib borgan
kurashining timsoli sifatida yaratilgan. Shoira kuchli epitet va takrorlardan foydalangan:

Ona Sayhun,
ona Sayhun,
ona Sayhun!
Bu takrorlar xalqning ichki faryodini, tarixning og‘ir sinovlarini ifodalaydi.
She’rda tabiat obrazlari bilan tarixiy voqealar uyg‘unlashtiriladi:
“Xo‘jand uchun daryolari misli qilich,
G‘anim kelsa, baland tog‘lar asl qalqon.”
Bu misralarda daryolar va tog‘lar Vatan himoyachisiga aylangan kuchli ramzlar sifatida

tasvirlangan.

“Tengdoshlarimga aytarim” she’rida shoira yoshlarni Vatan himoyasiga, fidoyilikka

chorlash bilan birga, ularga tarixdan saboq olish zarurligini uqtiradi:

“Biz axir oxirgi avlod emasmiz,
Biz faqat oxirgi umidmiz xolos.”
“Qadam” she’rida esa Vatan muhabbati oddiy mehnat jarayoni — tikan sug‘urish, bog‘

sug‘orish kabi obrazlar orqali ifodalanadi. Shoira uchun Vatan sevgisi balandparvoz so‘zlardan
ko‘ra, amaliy ishda namoyon bo‘lishi muhim. Yoki “Oq ketmonga” she'rini oʻqisak ,she’rida


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

99

dehqon mehnati, ota vasiyati va kelajak avlod farovonligi uchun qilinadigan fidokorona xizmat
badiiy obrazlar orqali yoritilgan. Shoira she'rlarida Vatan eng pok boʻlgan hamma narsadir!

Oʻzbekning yana bir umidli shoirasi Shohsanam Nishovova ijodida esa Vatan mavzusi

ko‘proq samimiyat, oilaviy muloqot va tarbiyaviy ohang bilan talqin etiladi. “Vatanni sev!”
she’rida ona-bola muloqoti orqali milliy g‘urur va Vatan sevgisi avloddan avlodga o‘tadigan
muqaddas meros sifatida tasvirlanadi: “Vatanni sev, sevgini O‘zgalardan ko‘chirma.” yoki
“Chempionlarga” she’rida esa sportchilar Vatan sha’ni, xalqning g‘ururini ko‘taruvchi ramz
sifatida beriladi. Bu she’rda g‘alaba va birlashish g‘oyalari yetakchi o‘rinda turadi.

Nilufar Ergasheva va Shohsanam Nishovova ijodida Vatan mavzusi turli uslubda

yoritilgan. Ergasheva tarixiy qahramonlar, mardona kurash, jasorat timsollariga tayanadi,
Shohsanam esa mehr-muhabbat, samimiyat va tarbiyaviy ohangni ustuvor qiladi. Har ikkisi
uchun Vatan nafaqat tuproq va geografik hudud, balki xalqning ruhiy uyi, tarixiy xotira va
kelajak avlod orzularining timsolidir.

Xulosa qilib aytsak,Har ikki shoira ijodida Vatan mavzusi zamonaviy o‘zbek she’riyatida

muhim o‘rin egallaydi. Ularning asarlarida milliy g‘urur, tarixiy xotira, fidoyilik va muhabbat
badiiy obrazlar orqali ifodalanadi. Nilufar Ergasheva qahramonlik ruhini, Shohsanam
Nishovova esa mehr va samimiyatni ilgari suradi. Bu ijod namunalarida Vatan — o‘tmish va
kelajakni bog‘lovchi ruhiy ko‘prik sifatida gavdalanadi.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

htpps://t.me/Shohsanam_Nishonova

2.

https://t.me/Nilufar_Ergasheva

3.

Khakimov, M. K., & ugli Melikuziev, A. L. (2022). The History of Paralinguistic

Researches.

International Journal of Culture and Modernity

,

13

, 90-95.

Библиографические ссылки

htpps://t.me/Shohsanam_Nishonova

Khakimov, M. K., & ugli Melikuziev, A. L. (2022). The History of Paralinguistic Researches. International Journal of Culture and Modernity, 13, 90-95.