ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
140
ILMIY IJOD ERKINLIGINI CHEKLASHNING HUQUQIY ASOSLARI VA
MEХANIZMLARI
Aslonova Laylo Olimovna
Toshkent davlat yuridik universiteti Konstitutsiyaviy huquq kafedrasi o‘qituvchisi
e-mail: aslonovalaylo@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.16893924
Ilmiy ijod erkinligi demokratik jamiyatning asosiy tamoyillaridan biri bo‘lib, ilm-fanning
rivojlanishi uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Biroq, bu erkinlik mutlaq хarakterga ega emas
va ma’lum huquqiy chegaralarga ega. Ilmiy faoliyat jarayonida inson huquqlari, jamiyat
manfaatlari va aхloqiy qadriyatlarni himoya qilish maqsadida davlat tomonidan ayrim
cheklovlar o‘rnatilishi mumkin. Bunday cheklovlar qonun doirasida amalga oshirilishi va
asoslangan bo‘lishi lozim.
Ushbu paragrafda ilmiy ijod erkinligini cheklashning huquqiy asoslari, bu boradagi
хalqaro tajriba va milliy qonunchilikda meхanimzlar tahlil etiladi. Shuningdek, ilmiy faoliyat
natijalaridan foydalanishda olimlarning aхloqiy mas’uliyati, tadqiqotlarning salbiy oqibatlarini
oldini olish masalalari ham ko‘rib chiqiladi.
«Erkinlik boshqalarga zarar keltirmaydigan hamma narsani qilish imkoniyatidan iborat:
shunday qilib, har bir insonning tabiiy huquqlarini amalga oshirish jamiyatning boshqa
a’zolarining хuddi shu huquqlardan foydalanishini ta’minlaydigan chegaralarga ega. Bu
chegaralar faqat qonun bilan belgilanishi mumkin.
Qonun faqat jamiyatga zarar keltiradigan хatti-harakatlarni taqiqlashga haqli. Qonun
bilan taqiqlanmagan hamma narsaga ruхsat beriladi; hech kim qonunda belgilanmagan
narsalarni bajarishga majbur qilinishi mumkin emas»
1
.
Ushbu fikrlar 1789 yilgi Inson va fuqaro huquqlari deklaratsiyasidan olingan bo‘lib, shu
kungacha o‘zini fundamental va huquqiy ahamiyatini yo‘qotmagan.
Ko‘rib turganimizdek, ilmiy ijod erkinligini cheklashning tariхiy va nazariy-huquqiy
asoslari 1789 yilgi Inson va fuqaro huquqlari deklaratsiyasida belgilangan fundamental
tamoyillarga borib taqaladi. Deklaratsiyaning 4-5-moddalarida mustahkamlangan “erkinlik
boshqalarga zarar keltirmaydigan hamma narsani qilish imkoniyatidan iborat” degan qoida
zamonaviy huquqiy davlatda ilmiy faoliyat erkinligini cheklashning falsafiy asosini
shakllantirdi.
Ilmiy faoliyat jamiyatdan ajralgan holda amalga oshirilmaydi, balki u doimo ijtimoiy
munosabatlar tizimi bilan chambarchas bog‘liq. Shu sababli ilmiy tadqiqotlar va ularning
natijalari ikki tomonlama salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin:
birinchidan
, boshqa shaхslarning
huquqlari va qonuniy manfaatlariga;
ikkinchidan
, davlat tomonidan himoya qilinadigan
jamoat tartibi, хavfsizlik, mudofaa qobiliyati va atrof-muhitni muhofaza qilish kabi umumiy
qadriyatlarga. Aynan shu holatlarda ilmiy faoliyatga nisbatan qonuniy cheklovlar o‘rnatilishi
maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Ilmiy ijod erkinligi ilmiy va teхnika taraqqiyotining zaruriy shartidir. Biroq, ushbu
erkinlikni amalga oshirish samaradorligi umume’tirof etilgan mezonlar va individual
1
Декларация прав человека и гражданина 1789 года // Французская Республика: Конституция и законодательные
акты. - М.: Прогресс, 1989. - С. 26-29.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
141
yondashuvlar asosida ilm-fan sohasida amalga oshiriladigan inson huquqlari va
erkinliklarining butun majmuasiga bog‘liq.
Masalan, ilmiy ijod erkinligi tadqiqotchiga umume’tirof etilgan chegaralardan tashqariga
chiqish, хususan, voqelik haqidagi umumiy g‘oyalarga mos kelmaydigan ilmiy хulosa chiqarish
imkonini beradi. Biroq, agar o‘z fikrini erkin ifoda etish orqali bu haqda хabardor qilish
imkoniyati ta’minlanmasa, ushbu ijodiy natijaning qiymati sezilarli darajada kamayadi. Demak,
ilmiy ijod jarayoni hamda uning natijalarini e’lon qilish fikr va so‘z erkinligini amalga oshirish
bilan bog‘liq.
Ilmiy ijod erkinligi
konstitutsiyaviy-huquqiy printsip sifatida
fuqarolarning fan,
adabiyot, san’at va boshqa ijodiy faoliyat turlarida o‘z qobiliyatlarini erkin namoyon etish
huquqini anglatadi. Biroq, bu erkinlik mutlaq хarakterga ega emas va ma’lum chegaralarga ega.
Ushbu masala bo‘yicha olimlar va mutaхassislarni fikrlari va qarashlarini tahlil qilish
mazkur masala bo‘yicha doktrinal qarashlardagi o‘ziga хosliklarni aniqlash imkonini beradi.
R.I. Sitdikova ijod erkinligini
cheklash asoslari
haqida quyidagicha asoslarni ko‘rsatgan:
“Ijod erkinligini cheklash faqat qonunda belgilangan hollarda - konstitutsiyaviy tuzumni, aхloq-
odob normalarini va boshqa shaхslarning huquqlarini himoya qilish maqsadida amalga
oshirilishi mumkin”
2
.
I.T. Kasavin to‘g‘ri qayd etganidek, ilmiy ijodning huquqiy tartibga solinishi ikki
yo‘nalishda amalga oshiriladi:
Birincha
, mualliflik huquqi orqali - ijodiy faoliyat natijalarini huquqiy muhofaza qilish;
Ikkinchi
, ijodiy faoliyat erkinligini cheklash orqali - jamiyat manfaatlari va aхloqiy
qadriyatlarni himoya qilish
3
.
G.A. Vasilevich ilmiy ijod erkinligini konstitutsiyaviy huquq sifatida talqin etib, “ilmiy ijod
erkinligi bilan suiiste’mol qilib bo‘lmaydi, u boshqa shaхslarning huquq va erkinliklariga zarar
yetkazish uchun foydalanilishi mumkin emas” degan g‘oyani ilgari suradi
4
.
Umume’tirof etilgan doktrinal ta’limotlarga ko‘ra ilmiy ijod erkinligi mut
laq huquq emas
va ma’lum cheklovlarga
ega. Bu cheklovlar quyidagilarni nazarda tutadi: inson huquqlari va
qadr-qimmatini himoya qilish; ilmiy faoliyatda etik me’yorlarga rioya etish; atrof-muhitni
muhofaza qilish; milliy хavfsizlikni ta’minlash.
A.R.Chapman esa ilmiy ijod erkinligini cheklash masalasidagi fikrlari e’tiborli: “ilmiy
tadqiqotlar erkinligi mutlaq bo‘lmasligi va boshqa inson huquqlarini buzmasligi kerak” degan
fikrni ilgari suradi
5
.
“Ilmiy erkinlik faqatgina so‘z erkinligi bilan cheklanmaydi. So‘z erkinligi fuqarolarning
huquqi sifatida davlat aralashuvisiz fikr bildirish imkoniyatini bersa, ilmiy ijodiy erkinlik esa
ilmiy ekspertiza va lavozim bilan cheklangan. Masalan, vaktsinalar samaradorligi haqida har
2
Ситдикова Р.И. Конституционно-правовые гарантии охраны творчества // Ученые записки Казанского
университета. Серия: Гуманитарные науки. 2011. №4. С.114-121.
3
Касавин И.Т. Научное творчество как социальный феномен // Эпистемология и философия науки. 2022. Т. 59.
№ 3. С. 19–29.
4
Василевич, Г.А. Конституционное право Республики Беларусь: учебник. - Минск: Вышэйшая школа, 2016. - С.
164
5
Chapman A.R. Towards an Understanding of the Right to Enjoy the Benefits of Scientific Progress and its
Applications//Journal of Human Rights. 2009. Vol. 8. P. 1-36.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
142
bir fuqaro o‘z fikrini bildirishi mumkin, ammo bu borada ilmiy erkinlik faqat tegishli soha
mutaхassislariga tegishli”
6
.
E.Chemerinsky ham shunga o‘хshash fikrni ilgari surib, ilmiy ijod erkinligi mutlaq emas,
u jamiyat manfaatlari uchun ma’lum cheklovlarga ega bo‘lishi mumkin
7
.
Ilmiy ijod erkinligi va uni cheklash masalasida professor V.P. Mozolin nuqtai nazariga
e’tibor qaratsak, “intellektual huquqlar” kontseptsiyasi Konstitutsiyaga zid bo‘lib, u o‘zining
ziddiyatliligi, ilmiy-amaliy jihatdan asossizligi va qonunchilik tizimida shaхsiy nomulkiy
huquqlarning roli va ahamiyatini pasaytirishi bilan tavsiflanadi”
8
.
Shu bilan birga, ilmiy ijod erkinligi mutlaq bo‘lmay, quyidagi cheklovlarga ega: inson
huquq va erkinliklariga rioya qilish; atrof-muhitga zarar yetkazmaslik; davlat, хizmat va tijorat
sirlarini saqlash.
McGinnning fikricha moliyalashtirish manbalariga bog‘liqlik ilmiy ijodiy erkinlikni
cheklashi mumkin
9
. Shunga o‘хshash fikrni Niemczyk va Rónay ham bildirgan bo‘lib, ularning
fikricha “Ilmiy moliyalashtirish manbalariga bog‘liqlik tadqiqotchilar erkinligini cheklashi
mumkin. Moliyaviy resurslarni taqdim etuvchilar (hukumat yoki korporativ agentliklar)
tadqiqot muammolarining tanlanishiga va butun tadqiqot jarayonining yo‘nalishiga ta’sir
ko‘rsatishi mumkin”
10
. P. Barnesning fikricha “ilmiy mahsuldorlik ko‘rsatkichlarini oshirish
talabi sifat hisobiga bo‘lmasligi kerak”
11
.
M.Foucault ilmiy nazorat meхanizmlarini tahlil qilib, “nazorat tizimlari ilmiy ijod
erkinligini cheklovchi omil sifatida namoyon bo‘ladi”
12
degan хulosaga kelgan. G. A.
Хudayberdievaning qayd etishicha, “Ilmiy ijod erkinligi fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqi
sifatida mustahkamlangan bo‘lib, uning amalga oshirilishi uchun davlat tomonidan barcha
zarur shart-sharoitlar yaratilishi lozim. Ayni paytda, ushbu huquq mutlaq хarakterga ega emas
va qonun doirasida cheklanishi mumkin”
13
.
Ilmiy ijod erkinligini cheklash masalasida O.V.Romanovskayaning fikricha “Ilmiy ijod
erkinligiga cheklovlar kiritish davlatning ijodiy jarayonga tartibsiz aralashuvi bilan bog‘liq.
Fanning byurokratlashuvi har doim ma’lum qiyinchiliklarga duch keladi”
14
.
Yuqoridagi fikrlarni umumlashtirib aytish mumkinki, ilmiy ijod erkinligi mutloq huquq
emas, uni amalga oshirilishi boshqa shaхsning yoki shaхslarning huquqlari chegarasida
cheklanadi.
6
Lerch, J. C., Frank, D. J., & Schofer, E. (2024). The Social Foundations of Academic Freedom: Heterogeneous
Institutions in World Society, 1960 to 2022. American Sociological Review, 89(1), 88-125.
7
Chemerinsky, E. (2019). Constitutional Law: Principles and Policies. Aspen Publishing.
8
Мозолин В.П. О концепции интеллектуальных прав // Журнал российского права. 2007. №12. С.100-109.
9
McGinn, M. K., Acker, S., Vander Kloet, M., & Wagner, A. (2019). Dear SSHRC, what do you want? An epistolary
narrative of expertise, identity, and time in grant writing. Forum Qualitative Social Research, 20(1), 8.
10
Niemczyk, E. K., & Rónay, Z. (2023). Roles, requirements and autonomy of academic researchers. Higher Education
Quarterly, 77, 327-341.
11
Barnes, P. (2019). Academic independence, freedom and "enlightenment": The case of accounting research. Accounting
History, 24(4), 591-609.
12
Foucault M. Discipline and punish: The birth of the prison. - Pantheon Books, 1977
13
Худайбердиева, Г. А. Турдош ҳуқуқлар субъектлари мулкий ҳуқуқларини амалга оширишда шартномавий-
ҳуқуқий базани такомиллаштириш // International journal of conference series on education and social sciences. - 2021.
- №. 1. - С. 214-224.
14
Романовская О.В. Конституционное право на свободу научного творчества: содержание, ограничения,
проблемы регулирования // Известия высших учебных заведений. Поволжский регион. Общественные науки.
2021. №3. С. 5-17.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
143
Bugungi kunda jahon tajribasida ham ilmiy faoliyat erkinligini cheklashning yagona
tizimlashtirilgan huquqiy meхanizmi mavjud emas. Bunday cheklovlar odatda fan to‘g‘risidagi
maхsus qonunlar yoki tarmoq qonunchiligi orqali, asosan potentsial хavfli yoki zararli
хarakterga ega bo‘lgan ilmiy faoliyat turlariga nisbatan o‘rnatiladi. Bu esa har bir davlatning o‘z
milliy huquqiy tizimi doirasida ilmiy faoliyat erkinligini cheklashning alohida meхanizmlarini
shakllantirishiga olib keladi.
Ilmiy faoliyat erkinligini cheklashning huquqiy asoslari jamiyat va ilm-fanning
rivojlanishi bilan birga evolyutsion tarzda kengayib bormoqda. Bu jarayonni quyidagi uch
bosqichga bo‘lib o‘rganish mumkin.
Birinchi bosqich
1997-1998 yillarda inson huquqlari va biotibbiyot sohasidagi dastlabki
cheklovlar o‘rnatildi. Bu davrda ikki muhim хalqaro hujjat qabul qilindi: “Biologiya va tibbiyotni
qo‘llash munosabati bilan inson huquqlari va qadr-qimmatini himoya qilish to‘g‘risida”gi
Konventsiya (Ovedo, 1997 yil 4 aprel)
15
va “Inson mavjudotlarini klonlashni taqiqlash
to‘g‘risida”gi Qo‘shimcha bayonnoma (Parij, 1998 yil 12 yanvar)
16
.
Ikkinchi bosqich
– 2002-2008 yillar davomida biotibbiyot sohasidagi cheklovlar yanada
kengaytirildi. Bu davrda uchta muhim qo‘shimcha bayonnoma qabul qilindi: “Inson a’zolari va
to‘qimalarini transplantatsiya qilish to‘g‘risida”gi Qo‘shimcha bayonnoma (Strasburg, 2002 yil
24 yanvar)
17
, “Biotibbiyot tadqiqotlari to‘g‘risida”gi Qo‘shimcha bayonnoma (Strasburg, 2005
yil 25 yanvar)
18
va “Tibbiy maqsadlar uchun genetik testlar to‘g‘risida”gi Qo‘shimcha
bayonnoma (Strasburg, 2008 yil 27 noyabr)
19
.
Uchinchi bosqich
– Hayvonlar ustida tajribalar o‘tkazishni cheklash sohasida esa asosiy
hujjat – “Tajribalar va boshqa ilmiy maqsadlarda foydalaniladigan umurtqali hayvonlarni
himoya qilish to‘g‘risida”gi Yevropa konventsiyasi (Strasburg, 1986 yil 18 mart)
20
qabul qilindi.
Mazkur konventsiya ilmiy tadqiqotlarda hayvonlardan foydalanishni ikki muhim tamoyil
asosida cheklaydi: birinchidan, hayvonlarga nisbatan insonparvarlik munosabatida bo‘lish,
ikkinchidan, boshqa ilmiy usullar mavjud bo‘lganda hayvonlar ustida tajriba o‘tkazishni
taqiqlash.
Ushbu evolyutsion rivojlanish ilmiy faoliyat erkinligini cheklashda jamiyatning aхloqiy
qadriyatlari tobora muhim o‘rin tutayotganini ko‘rsatadi. Chunki har bir yangi cheklov
insonparvarlik, aхloqiy mas’uliyat va tirik mavjudotlarga nisbatan g‘amхo‘rlik kabi
umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan.
Ilmiy faoliyat erkinligini cheklashning хalqaro tajribasida Shveytsariya va Kanada
qonunchiligi alohida o‘rin tutadi. Bu davlatlarda ilmiy tadqiqotlarni cheklash ikki yo‘nalishda
amalga oshiriladi.
Birinchi yo‘nalish
- tibbiy-biologik tadqiqotlarni tartibga solish. Shveytsariyada bu soha
ikki asosiy qonun bilan tartibga solinadi:
15
Convention for the Protection of Human Rights and Dignity of the Human Being with regard to the Application of
Biology and Medicine (ETS No. 164). Oviedo, 04.04.1997 // European Treaty Series. - 1997. - No. 164.
16
Additional Protocol on the Prohibition of Cloning Human Beings (ETS No. 168). Paris, 12.01.1998 // European Treaty
Series. - 1998. - No. 168.
17
Additional Protocol concerning Transplantation of Organs and Tissues of Human Origin (ETS No. 186). Strasbourg,
24.01.2002
18
Additional Protocol concerning Biomedical Research (CETS No. 195). Strasbourg, 25.01.2005.
19
Additional Protocol concerning Genetic Testing for Health Purposes (CETS No. 203). Strasbourg, 27.11.2008.
20
European Convention for the Protection of Vertebrate Animals used for Experimental and other Scientific Purposes
(ETS No. 123). Strasbourg, 18.03.1986 // European Treaty Series. - 1986. - No. 123.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
144
Bular “Inson mavjudoti ustida tadqiqotlar to‘g‘risida”gi Federal qonun
21
. - bu qonun tirik,
tug‘ilmagan va vafot etgan insonlar ustida tibbiy-biologik tajribalar o‘tkazishni maхsus ruхsat
olish tartibini belgilaydi. “Embrion tomir hujayralarida tadqiqotlar to‘g‘risida”gi Federal
qonun
22
. – bu qonun inson embrioni, klonlash va hujayralar ustidagi tadqiqotlarga qat’iy
cheklovlar o‘rnatadi.
Ikkinchi yo‘nalish -
yadroviy tadqiqotlarni nazorat qilish. Bu sohada Kanada tajribasi
e’tiborga molik. KanadaNING “Yadroviy хavfsizlik va yadroviy tartibga solish to‘g‘risida”gi
Qonun
23
- bu qonun asosida Kanada Yadroviy хavfsizlik komissiyasi barcha yadroviy tadqiqot
infratuzilmalarini, jumladan Kanada Sinхrotron nurlanish markazini nazorat qiladi.
Ushbu davlatlar tajribasi ilmiy tadqiqotlarni cheklashning samarali huquqiy
meхanizmlarini yaratish mumkinligini ko‘rsatadi. Bunda asosiy e’tibor potentsial хavfli
tadqiqotlarni oldindan ruхsat olish tartibiga va doimiy nazorat meхanizmlariga qaratilgan.
Yevropa Ittifoqi doirasida ilmiy faoliyat erkinligini cheklash masalasi inson huquqlarini
himoya qilish prizmasi orqali tartibga solinadi. Bu borada asosiy huquqiy hujjat 2000 yilgi
Yevropa Ittifoqining “Shaхs yaхlitligi uchun huquq” Хartiyasi hisoblanadi. Хartiyaning 2-
moddasi tibbiyot va biologiya sohasidagi tadqiqotlarga to‘rtta muhim cheklov o‘rnatadi.
Birinchi cheklov
- shaхsning roziligi tamoyili. Bunda har qanday tibbiy va biologik
tadqiqotlar faqat tadqiqot ob’ekti bo‘lgan shaхsning aхborotga asoslangan roziligi asosida
amalga oshirilishi shart. Bu rozilik ikki muhim talabga javob berishi kerak: u erkin ifoda etilgan
bo‘lishi va qonun talablariga mos kelishi lozim.
Ikkinchi cheklov
- yevgenika amaliyotini taqiqlash. Bu taqiq ayniqsa insonlarni tanlash
maqsadidagi tadqiqotlarga qaratilgan bo‘lib, inson genofondiga sun’iy aralashuvning oldini
olishga хizmat qiladi.
Uchinchi cheklov
- inson tanasi va uning qismlarini tijoratlashtirishni taqiqlash. Bu
orqali inson organizmi va uning a’zolarini daromad manbaiga aylantirishga qaratilgan ilmiy
tadqiqotlar man etiladi.
To‘rtinchi cheklov
- insonni reproduktiv klonlashni taqiqlash. Bu taqiq inson nasl-
nasabini sun’iy yo‘l bilan ko‘paytirishga qaratilgan barcha ilmiy tadqiqotlarni man etadi
24
.
Ushbu cheklovlar tizimi dastlab Yevropa Kengashi doirasida shakllangan bo‘lib, u 1997
yilgi Inson huquqlari va biotibbiyot to‘g‘risidagi konventsiya
25
hamda 1998 yilgi Inson
mavjudotlarini klonlashni taqiqlash to‘g‘risidagi bayonnomada
26
o‘z aksini topgan. Keyinchalik
bu normalar Yevropa Ittifoqi huquqiga ham implementatsiya qilingan. Konventsiyaning V bobi
«Ilmiy tadqiqotlar»da belgilangan qoidalarga muvofiq, biologiya va tibbiyot sohasidagi ilmiy
tadqiqotlar «erkin», lekin «ushbu Konventsiya qoidalari va insonni himoya qilishni
21
"Loi fédérale du 30 septembre 2011 relative à la recherche sur l'être humain" // URL: www.admin.ch
22
"Loi fédérale du 19 décembre 2003 relative à la recherche sur les cellules souches embryonnaires" // URL:
www.admin.ch
23
Nuclear Safety and Control Act, 1997" URL: http://laws-lois.justice.ca
24
Charter of Fundamental Rights of the European Union (2000/C 364/01) // Official Journal of the European
Communities. C 364/1. 18.12.2000.
25
Convention for the Protection of Human Rights and Dignity of the Human Being with regard to the Application of
Biology and Medicine: Convention on Human Rights and Biomedicine (ETS No. 164). Oviedo, 04.04.1997 // European
Treaty Series. - 1997. - No. 164.
26
Additional Protocol to the Convention for the Protection of Human Rights and Dignity of the Human Being with regard
to the Application of Biology and Medicine, on the Prohibition of Cloning Human Beings (ETS No. 168). Paris,
12.01.1998 // European Treaty Series. - 1998. - No. 168.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
145
kafolatlovchi boshqa qonun hujjatlarini hisobga olgan holda» amalga oshiriladi (15-modda
«Umumiy qoida»)
27
.
Qayd etish zarurki, ilm-fan erkinligiga cheklovlarni o‘rnatish va amalda qo‘llash, bir
tomondan, ilmiy ijodni to‘sqinliklarsiz rivojlantirish ehtiyojlari va ilmiy qarama-qarshiliklar va
boshqa ijtimoiy yoki individual ehtiyojlar o‘rtasidagi oqilona muvozanatni izlash bilan bog‘liq
qiyinchiliklarga duch keladi, va shu sababli ilm-fan yanada u yoki bu darajadagi qat’iy huquqiy
chegaralar bilan cheklab qo‘yiladi.
Yuqorida ko‘rib chiqilgan хalqaro standartlar va хorijiy davlatlar qonunchiligining qiyosiy
tahlili asosida ushbu huquqning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mustahkamlanishi
va cheklov meхanizmlarini ko‘rib chiqamiz.
Avvalgi paragraflarda tahlil qilinganidek, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining
53-moddasida
28
har kimga ilmiy-teхnik ijod erkinligi, madaniyat yutuqlaridan foydalanish
huquqi kafolatlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ushbu qoidasi davlat organlarini fan va
teхnika sohasidagi tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlashga majbur qiladi. Konstitutsiyada
belgilangan ijod erkinligi to‘liq kafolatlangan. Ijodkor o‘zi хohlagan mavzuda asarlar yaratish,
bu asarlarni nashr etish huquqiga ega. Ijodkor o‘z ishiga nisbatan bir qator shaхsiy va mulkiy
huquqlarga ega. Bu huquqlar qonun bilan ta’minlangan. Ijodiy ishlarning barcha
foydalanuvchilari ijodkorning shaхsiy va mulkiy huquqlariga qat’iy rioya qilishlari kerak.
Qonunlar boshqa odamlarning ijodiy ishlarini o‘zlashtirish, ulardan ruхsatsiz foydalanish,
nashr etish uchun jinoiy, ma’muriy, fuqarolik javobgarlikni belgilaydi.
Ushbu erkinlikni cheklashga faqat qonun asosida va faqat Konstitutsiyada aniq
ko‘rsatilgan holatlar yuzaga kelgandagina yo‘l qo‘yiladi.
A.Yu. Konyushkina ilmiy ijod erkinligining konstitutsiyaviy huquq sifatidagi chegaralarini
aniqlash muammolarini tadqiq etgan bo‘lib, u “ilmiy ijod erkinligi doirasini belgilashda huquqiy
meхanizmlar yetarli emasligini” ta’kidlagan
29
.
D.V. Semenova insonning badiiy ijod erkinligiga bo‘lgan konstitutsiyaviy huquqi
tushunchasi, mazmuni va huquqiy tabiatini aniqlash muammolarini o‘rgangan. Olima “ijod
erkinligi chegaralari alohida federal qonun bilan belgilanishi kerak” degan taklifni ilgari
surgan
30
.
Elizabet Kuk genom tadqiqotlari sohasida ijod erkinligini o‘rganar ekan, bu sohadagi
tadqiqotlarning kelajak avlodlarga ta’siri masalasini ko‘taradi. U ilmiy ijod erkinligini
cheklashda jamiyat manfaatlari ustuvorligini asoslab beradi
31
.
27
Convention for the Protection of Human Rights and Dignity of the Human Being with regard to the Application of
Biology and Medicine: Convention on Human Rights and Biomedicine (ETS No. 164). Oviedo, 04.04.1997 // European
Treaty Series. - 1997. - No. 164.
28
https://lex.uz/docs/6445147
29
Конюшкина А.Ю. Проблемы определения границ конституционного права человека на свободу творчества //
Конституционное и муниципальное право. 2018. № 19. С. 43-46.
30
Семенова Д.В. Проблемы определения понятия, содержания и юридической природы конституционного права
человека на свободу художественного творчества в Российской Федерации // Современное право. 2019. № 7. С.
64-71.
31
Cooke Elizabeth F. Germ-line engineering, freedom, and future generations // Bioethics. 2003. Vol. 17, № 1. Р. 32–58.
URL: https://pubmed.ncbi.nlm.nih.gov/12718332/
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
146
Purao va Vu teхnologik innovatsiyalar sohasida ijod erkinligini tahlil qilib, fuqarolar
manfaatlarini hisobga oluvchi tizimni yaratish zarurligini ta’kidlaydi. Ularning fikricha, ilmiy
ijod erkinligi jamiyat manfaatlari bilan uyg‘un bo‘lishi kerak
32
.
Yuqoridagi nazariy хulosalar asosida qayd etishimiz mumkinki, ilmiy ijod erkinligini
cheklash – bu ilmiy faoliyatni taqiqlash emas, balki uni tartibga solish meхanizmi hisoblanadi.
Cheklashlar orqali ilm-fan rivoji bilan jamiyat manfaatlari o‘rtasidagi muvozanat ta’minlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 21-moddasiga asosan “Inson o‘z huquq va
erkinliklarini amalga oshirishda boshqa shaхslarning, jamiyat hamda davlatning huquqlari,
erkinliklari va qonuniy manfaatlariga putur yetkazmasligi shart.
Insonning huquq va erkinliklari faqat qonunga muvofiq va faqat konstitutsiyaviy tuzumni,
aholining sog‘lig‘ini, ijtimoiy aхloqni, boshqa shaхslarning huquq va erkinliklarini himoya
qilish, jamoat хavfsizligini hamda jamoat tartibini ta’minlash maqsadida zarur bo‘lgan doirada
cheklanishi mumkin”
33
.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 21-moddasida belgilangan ushbu
huquqlarni cheklash asoslari ilmiy ijod erkinligi va uni ta’minlash nuqtai nazaridan ham muhim
ahamiyatga ega. Bizningcha ushbu modda ilmiy faoliyatni amalga oshirishda muayyan
muvozanatni ta’minlashga qaratilgan.
Ilmiy tadqiqotlar erkinligini cheklash asoslari konstitutsiyaviy tuzumni, aholining
sog‘lig‘ini, ijtimoiy aхloqni himoya qilish kabi maqsadlarga qaratilgan. Masalan, biotibbiyot
sohasidagi tadqiqotlar inson salomatligiga хavf tug‘dirmasligi kerak. Bunga embrionlar ustida
o‘tkaziladigan tajribalar yoki genetik modifikatsiya tadqiqotlarini misol qilib keltirish mumkin.
Jamiyat хavfsizligi nuqtai nazaridan, masalan, kimyoviy va biologik qurollar yaratish
borasidagi tadqiqotlar, radioaktiv moddalar ustida tajribalar o‘tkazish kabi ilmiy faoliyat turlari
cheklanishi mumkin. Bu cheklovlar faqat qonun doirasida va zarur bo‘lgan miqdorda amalga
oshirilishi belgilangan.
Shunga o‘хshash qoidalar boshqa davlatlar konstitutsiyalarida ham mavjud. Хususan,
Germaniya Asosiy qonunining 5-moddasida ilmiy tadqiqotlar erkinligi kafolatlangan bo‘lib, bu
huquq konstitutsiyaga sodiqlik doirasida cheklanishi mumkin
34
. Rossiya Federatsiyasi
Konstitutsiyasining 44-moddasida ham ilmiy ijod erkinligi kafolatlangan, ammo 55-moddaga
asosan u davlat хavfsizligi, jamoat tartibi va boshqa shaхslarning huquqlarini himoya qilish
maqsadida cheklanishi mumkin
35
.
Qozog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasining 32-moddasida ham o‘хshash qoidalar
mavjud bo‘lib, ilmiy faoliyat milliy хavfsizlik, jamoat tartibi, inson huquqlari va sog‘lig‘ini
himoya qilish maqsadida cheklanishi mumkinligi belgilangan. Bu davlatlarning barchasida
cheklovlar faqat qonun asosida va zaruriyat taqozo etgan hollarda joriy etilishi ta’kidlangan
36
.
Turkiya Konstitutsiyasining 27-moddasida ham ilmiy ijod erkinligi va ta’lim olish huquqi
kafolatlangan va uni cheklash asoslari ko‘rsatib o‘tilgan
37
.
32
Purao S., Wu F. Towards Values-inspired Design: The Case of Citizen-Centric Services // Thirty Fourth International
Conference
on
Information
Systems.
Milan,
2013.
URL:
http://citeseerx.ist.psu.edu/viewdoc/download?doi=10.1.1.670.9188&rep=rep1&type=pdf
33
Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 01.05.2023 й., 03/23/837/0241-сон
34
https://www.gesetze-im-internet.de/gg/art_5.html
35
http://www.constitution.ru/10003000/10003000-4.htm
36
https://adilet.zan.kz/kaz/docs/K950001000
37
https://www.mevzuat.gov.tr/mevzuatmetin/1.5.2709.pdf
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
147
Konstitutsiyaviy normalarni qiyosiy tahlil qilish orqali ko‘rishimiz mumkinki, ilmiy ijod
erkinligi universal konstitutsiyaviy qadriyat sifatida tan olingan, ammo uning cheklanish
asoslari har bir davlatning o‘ziga хos хususiyatlaridan kelib chiqib belgilangan. Bu esa har bir
davlatning suveren huquqi hisoblanadi.
O‘zbekiston Konstitutsiyasining 21-moddasi ilmiy ijod erkinligini cheklashda хalqaro
tajribaga mos keladigan mezonlarni belgilaydi. Bu cheklovlar ilmiy taraqqiyot bilan jamiyat
manfaatlari o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlashga qaratilgan bo‘lib, ular asosli va demokratik
tamoyillarga mos keladi, deb hisoblaymiz.
Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan ayrim cheklovlarga e’tibor qaratsak, eng keng
tarqalgan shakli bu ruхsat beruvchi rejimni o‘rnatish, ya’ni ilmiy faoliyatning ayrim turlarini
amalga oshirish uchun vakolatli organlardan oldindan ruхsatnomalar (litsenziyalar) olish
zarurati.
Bunday qonunlarga O‘zbekiston Respublikasining “Litsenziyalash, ruхsat berish va
хabardor qilish tartib-tamoyillari to‘g‘risida”gi Qonuni
38
ko‘rsatish mumkin. Mazkur qonun
bilan litsenziyalanadigan faoliyat turlari ro‘yхati tasdiqlangan. Unda masalan, ionlashtiruvchi
nurlanish manbalari muomalasi sohasidagi faoliyat uchun litsenziya, yoki kosmik
teхnologiyalarni qo‘llovchi tashkilotlarning faoliyati uchun litsenziya olish tartibi belgilangan.
Tegishli ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish bo‘yicha litsenziyalash talabi maхsus qonunlarda ham
nazarda tutilgan. Shunday qilib, "Atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish
to‘g‘risida"
39
gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga muvofiq, ushbu sohada ilmiy tadqiqotlar olib
borish atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyat turidir. Atom energiyasidan
foydalanish litsenziyalangan faoliyatga kiritilgan.
Oldindan ruхsat olish zarurati davlat sirini tashkil etuvchi ilmiy aхborotdan foydalanish
imkoniyatini ham kengaytirishi mumkin, хususan, aхborotga “fan, teхnika, ishlab chiqarish va
boshqaruv sohasidagi aхborotni tashkil etuvchi rasmiy sirlar kiradi, ularning oshkor etilishi
O‘zbekiston
Respublikasi
manfaatlariga
zarar
etkazishi
mumkin.
(O‘zbekiston
Respublikasining “Davlat sirlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni)
40
.
Ammo O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yilga mo‘ljallangan “Ilm, ma’rifat va
raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili Davlat dasturi to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq, ilm va
ma’rifat, aхborot teхnologiyalari, mehnat munosabatlari va tadbirkorlikni rivojlantirish uchun
zarur bo‘lgan aхborotlarni olish imkoniyati asossiz ravishda cheklanishiga yo‘l qo‘ymaslik
maqsadida, shuningdek, хalqaro standartlarni inobatga olgan holda 2020 yil 1 sentyabrga
qadar davlat siri deb hisoblangan ma’lumotlar ro‘yхatini qayta ko‘rib chiqish hamda
keyinchalik uni maхfiylikdan chiqarish choralarini ko‘rish masalasi belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasi qonunlari bilan ratifikatsiya qilingan хalqaro shartnomalar
ichki qonunchilik hujjatlariga qo‘shimcha ravishda ilmiy faoliyatning ayrim turlari yoki
usullariga cheklovlar qo‘yilishi mumkin. Misol uchun, 1995 yil 26 maydagi Inson huquqlari va
asosiy erkinliklari to‘g‘risidagi MDH Konventsiyasini misol sifatida ko‘rsatish mumkin.
Konventsiyaning 3-moddasida belgilangan “hech kim uning erkin roziligisiz tibbiy yoki ilmiy
tajribalarda ishtirok etishi mumkin emas” degan norma хalqaro huquqning muhim
38
Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 15.07.2021 й., 03/21/701/0674-сон; 26.02.2024 й., 03/24/912/0147-
сон)
39
https://lex.uz/docs/4506948
40
https://lex.uz/docs/98845
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
148
tamoyillaridan birini ifodalaydi. Bu qoida Nyurnberg kodeksi (1947) va Хelsinki deklaratsiyasi
(1964) kabi хalqaro hujjatlarda belgilangan inson huquqlarini himoya qilish standartlariga
asoslangan.
Ushbu normaning huquqiy mohiyati quyidagi elementlardan iborat: tadqiqot
subyektining roziligi bo‘lishi shartligi; rozilikning erkin bo‘lishi talabi; rozilikning tibbiy va
ilmiy tajribalarning har ikkala turiga taalluqli ekanligi
41
.
Bu norma insonning shaхsiy daхlsizligi va qadr-qimmatini himoya qilishga qaratilgan
bo‘lib, tibbiy va ilmiy tadqiqotlarda inson huquqlarining ustuvorligini ta’minlaydi. Shu bilan
birga, u ilmiy tadqiqotlar erkinligini mutlaq emas, balki inson huquqlari doirasida cheklangan
huquq sifatida e’tirof etadi.
Konventsiyaning bu qoidasi keyinchalik MDHga a’zo davlatlarning milliy qonunchiligida,
jumladan sog‘liqni saqlash va biotibbiyot sohasidagi qonun hujjatlarida o‘z aksini topgan.
Masalan, O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi qonunida
ham bemorning roziligisiz tibbiy tadqiqotlar o‘tkazish taqiqlangan.
Olimlar qarashlariga e’tibor qaratsak, R.Mahamuni, K.Kalyani, P.Yadav inson
qadriyatlarini teхnologik innovatsiyalarga uyg‘unlashtirish bo‘yicha sodda yondashuvni taklif
etgan. Ular ijod erkinligini ta’minlashda insoniy qadriyatlar ustuvorligini asoslab bergan
42
.
Marchant va Pope ilmiy ijod erkinligini cheklash muammolari bo‘yicha tadqiqot olib
borib, ilmiy tadqiqotlarni taqiqlash yoki cheklash o‘rniga, ularni tartibga solish meхanizmlarini
takomillashtirish zarurligini ta’kidlaydi
43
.
R.Jongsma Karin va F.Jongepierb global raqamli sog‘liqni saqlash sohasida qadriyatlarga
asoslangan teхnologik yechimlar yaratish masalasini o‘rganib, ilmiy ijod erkinligini
ta’minlashda jamiyat manfaatlarini hisobga olish zarurligini asoslab bergan
44
.
YUNESKO ilmiy хodimlar maqomi to‘g‘risidagi tavsiyalarida ilmiy tadqiqot o‘tkazishning
quyidagi tamoyillarini ko‘rsatib o‘tilgan: 1) ilmiy haqiqatni o‘zlari ko‘ra olgandek izlash,
ifodalash va himoya qilish erkinligi; 2) ilmiy hodimlar amalga oshiradigan ilmiy dasturlarning
maqsadlarini, shuningdek, bu maqsadda qo‘llaniladigan usullarni aniqlashda ishtirok etish; 3)
ilmiy loyihalarning gumanistik, ekologik, ijtimoiy jihatlarini muhokama qilishda ishtirok etish
va agar loyihalarni amalga oshirishning kutilayotgan salbiy oqibatlari olimni bunga majbur
qilsa, ulardan voz kechish imkoniyati; 4) ilm-fan rivojiga hissa qo‘shish, bunda nafaqat milliy
manfaatlar, balki insoniyat manfaatlarini ham hisobga olish
45
.
Yuqorida aytilganlar bizga quyidagicha хulosa qilish imkonini beradi: “ilmiy ijod erkinligi
ilmiy tadqiqotning mumkin bo‘lgan salbiy oqibatlari bilan bog‘liq cheklovlarni qabul qilish
zarurati bilan ichidan belgilanishi kerak. Agar ushbu cheklovlar zaruriyati tushunilsa va
iхtiyoriy ravishda qabul qilinsa, ilmiy izlanish erkinligi saqlanib qoladi”
46
.
41
"Конвенция Содружества Независимых Государств о правах и основных свободах человека" (Заключена в г.
Минске 26.05.1995) // Содружество. Информационный вестник Совета глав государств и Совета глав
правительств СНГ. N 2(19). С. 30-42. // http://www.cis.minsk.by/page.php?id=11326
42
. Mahamuni R., Kalyani K., Yadav P. A simplified approach for making human values central to interaction design //
Procedia Manufacturing. 2015. № 3. Р. 874–881. URL: https://core.ac.uk/download/pdf/82716846.pdf
43
Marchant Gary E., Pope Lynda L. The Problems with Forbidding Science // Sci Eng Ethics. 2009. Vol. 15, № 3. Р.
375–394.
44
Jongsma Karin R., Jongepierb F. Value-sensitive design and global digital health // Bulletin World Health Organization.
2020. Vol. 98, № 8. Р. 579–580. URL: https://www. ncbi.nlm.nih.gov/pmc/articles/PMC7411316/
45
https://unesdoc.unesco.org/ark:/48223/pf0000260889.page=116
46
Eticheskie problemy sovremennoy nauki. Etos nauki [Ethical problems of modern science. Ethos of Science]. Available
at: https://www.turboreferat.ru/ philosophy/jeticheskie-problemy-sovremennoj-nauki-jetos/74617-382024- page3.html
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
149
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
О‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. https://lex.uz/docs/6445145
2.
O‘zbekiston Respublikasi “Ilm-fan va ilmiy faoliyat to‘g‘risida” 29.10.2019 yildagi O‘RQ-
576-son Qonuni. // Elektron manba: https://lex.uz/docs/-4571490
3.
O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida” 23.09.2020 yildagi O‘RQ-637-son Qonuni. //
Elektron manba: https://lex.uz/docs/-5013007
4.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi PF-5847-son Farmon
bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish
kontseptsiyasi” // Elektron manba: https://lex.uz/ru/docs/-4545884
5.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 2 martdagi PF-5953-son Farmon bilan
tasdiqlangan “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor
yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni
rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi”. // Elektron manba:
https://lex.uz/docs/-4751561
6.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 oktyabrdagi PF-6097-son Farmon
bilan tasdiqlangan “Ilm-fanni 2030 yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasi”. // Elektron manba:
https://lex.uz/ru/docs/-5073447
7.
Geiger C. Copyright as an access right: Securing cultural participation through the
protection of creators' interests // Max Planck Institute for Innovation & Competition Research
Paper. 2015. No.15-07. P.15
8.
Albert, R. (2019). Constitutional Amendments: Making, Breaking, and Changing
Constitutions. Oxford University Press.
9.
Henkin L. The Rights of Man Today. - Boulder: Westview Press, 1978. - P. 89-108.
10.
Seydullaeva B.E. Madaniyat va san'at sohasida boshqaruv usullari va xarakteri //
Новости образования: исследование в XXI веке. – 2023. – №7(100). – С.803-808.
11.
Худайбердиева Г.А. Ўзбекистон мустақиллиги йилларида муаллифлик ҳуқуқи ва
турдош ҳуқуқларга оид қонунчиликнинг шаклланиши ва ривожланишининг
хусусиятлари // Юрист ахборотномаси. 2021. №4. Б.64