ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
99
O‘ZBEKISTON UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA CLIL YONDASHUVI: O‘QUV
NATIJALARINI BAHOLASH VA O‘QITUVCHILARNING KASBIY
KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH IMKONIYATLARI
Tursunaliyeva Muattar Alisher qizi
Ohangaron shahar 3-umum ta’lim maktabi ingliz tili o’qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.16958491
Annotatsiya:
Ushbu tezisda O‘zbekiston umumta’lim maktablarida ingliz tili ta’limi
jarayonida
CLIL (Content and Language Integrated Learning)
yondashuvining qo‘llanish
imkoniyatlari, o‘quv natijalarini samarali baholash mexanizmlari hamda o‘qituvchilarning
kasbiy kompetensiyasini rivojlantirish zarurati tahlil qilinadi. CLIL nafaqat til bilimlarini, balki
fan mazmunini ham birgalikda o‘zlashtirishga xizmat qiluvchi zamonaviy metod sifatida
talabalarning mantiqiy fikrlash, ijodiy yondashuv va amaliy ko‘nikmalarini shakllantiradi.
Mazkur maqola O‘zbekiston ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlar, xususan, xorijiy tillarni
o‘qitishni takomillashtirish bo‘yicha davlat dasturlari doirasida CLILning ahamiyatini ko‘rsatib
beradi hamda o‘qituvchilar uchun kasbiy rivojlanishning yangi istiqbollarini yoritadi.
Kalit so‘zlar:
CLIL, ingliz tili ta’limi, o‘quv natijalari, baholash, kasbiy kompetensiya,
umumta’lim maktablari, O‘zbekiston ta’limi.
So‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni, xususan ingliz tilini chuqur
o‘qitish masalasi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilab berildi.
Prezidentimizning 2012-yil 10-dekabrdagi PQ-1875-sonli Qarori va 2021-yil 19-maydagi PQ-
5117-sonli Qarorida umumta’lim maktablarida ingliz tilini o‘qitish sifatini oshirish, yangi
metodik yondashuvlarni joriy etish hamda xalqaro standartlarga mos darsliklar yaratish
masalalari alohida qayd etilgan [1;45]. Bu hujjatlar nafaqat ta’lim sifatini oshirish, balki
yoshlarning global maydonda raqobatbardosh bo‘lishini ta’minlashga qaratilgan.
Mazkur vazifalarni samarali bajarishda CLIL (Content and Language Integrated Learning)
yondashuvi muhim o‘rin tutadi. Chunki CLIL bir vaqtning o‘zida ikki maqsadga xizmat qiladi:
tilni o‘rganish va fanni o‘zlashtirish. O‘quvchilar mazmunni ingliz tilida o‘zlashtirar ekan,
ularning nutqiy va fanlararo kompetensiyalari uyg‘un rivojlanadi. Bu yondashuv
o‘quvchilarning mantiqiy tafakkuri, tahliliy fikrlash qobiliyati, ijodkorlik hamda mustaqil bilim
olish motivatsiyasini kuchaytiradi [2;78].
Bugungi kunda O‘zbekistondagi ko‘plab maktablarda ingliz tili asosan an’anaviy metodlar
asosida o‘qitilib kelinmoqda. Natijada o‘quvchilarning til bilimi qisman yaxshilangan bo‘lsa-da,
ularning mazmuniy bilimlarni ingliz tilida ifodalash qobiliyati yetarli darajada shakllanmagan.
Shu nuqtai nazardan, CLIL yondashuvi ta’limning sifat ko‘rsatkichlarini yangi bosqichga olib
chiqishi mumkin. Chunki u o‘quvchilarni tilni faqat lingvistik jihatdan emas, balki real hayotiy
va ilmiy kontekstda qo‘llashga o‘rgatadi [3;112].
Shuningdek, CLIL yondashuvining dolzarbligi nafaqat ta’limiy, balki ijtimoiy-iqtisodiy
ehtiyojlar bilan ham bevosita bog‘liqdir. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan “Yangi
O‘zbekiston – taraqqiyot strategiyasi”da xalqaro hamkorlikni kengaytirish, yoshlarni chet
tillarida erkin muloqot qila oladigan, zamonaviy kasb va kompetensiyalarga ega shaxs sifatida
tayyorlash ustuvor vazifalardan biri sifatida qayd etilgan. Bu jarayonda CLIL yondashuvi
yoshlarning 21-asr ko‘nikmalari – tanqidiy fikrlash, muammolarni hal qilish va hamkorlikda
ishlash kabi kompetensiyalarni shakllantirish uchun keng imkoniyatlar yaratadi [4;66].
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
100
Shu sababli ushbu tezisning dolzarbligi, bir tomondan, O‘zbekiston ta’lim tizimidagi
islohotlar bilan, ikkinchi tomondan esa, CLIL yondashuvining samarali qo‘llanishi orqali
o‘quvchilarning o‘quv natijalarini baholash va o‘qituvchilar kasbiy kompetensiyasini
rivojlantirish masalalari bilan belgilanadi.
CLIL yondashuvi ilmiy nazariy jihatdan
konstruktivizm
,
kognitiv tilshunoslik
va
integratsiyalashgan ta’lim nazariyalari
ga asoslanadi. D. Coyle, P. Hood va D. Marshning
tadqiqotlarida qayd etilishicha, CLIL o‘quv jarayonida “4C modeli” –
Content (mazmun),
Communication (muloqot), Cognition (tafakkur), Culture (madaniyat)
tamoyillariga
tayanadi [5;29]. Bu model o‘quvchilarning bir vaqtning o‘zida ham mazmuniy bilimni, ham
lingvistik ko‘nikmalarni rivojlantirishini ta’minlaydi. Shuningdek, CLILning kognitiv jihati
o‘quvchilarni chuqur tahliliy fikrlash va muammolarni mustaqil hal qilishga yo‘naltiradi.
Nazariy asoslarda CLILning yana bir muhim jihati –
dual maqsadli baholash
dir. Ya’ni
o‘quvchi nafaqat ingliz tilidagi nutqiy ko‘nikmalari, balki mazmuniy bilimlarni qay darajada
egallagani bilan ham baholanadi. Shu sababli CLIL sinflarida baholash tizimi ko‘p qirrali bo‘lishi
talab etiladi: test topshiriqlari, yozma ishlar, loyihaviy faoliyat, og‘zaki nutq bahosi va amaliy
ko‘nikmalarni tekshirish kabi mezonlar qo‘llaniladi. Bunday baholash jarayonida o‘quvchining
real kommunikativ vaziyatlarda o‘z bilimlarini qo‘llay olish darajasi ham muhim ko‘rsatkich
hisoblanadi [6;103].
O‘zbekiston umumta’lim maktablari kontekstida baholash masalasi alohida ahamiyatga
ega. Hozirgi paytda davlat ta’lim standartlarida til bilish darajalari
CEFR
(Common European
Framework of Reference for Languages) asosida belgilangan bo‘lsa-da, fanlararo integratsiyani
inobatga oluvchi aniq baholash mexanizmlari yetarli darajada shakllanmagan. CLILni joriy
etishda ushbu muammoga yechim sifatida
formatif baholash
(jarayon davomida doimiy
kuzatuv va fikr-mulohaza berish) hamda
summativ baholash
(yakuniy natijani o‘lchash)ning
uyg‘un holda qo‘llanilishi zarur [7;88].
CLIL baholash mezonlarining nazariy jihatdan asoslanishi nafaqat til va fan
integratsiyasiga, balki o‘quvchilarda
tanqidiy fikrlash
,
metakognitiv ko‘nikmalar
va
ijodiy
yondashuv
ni rivojlantirishga xizmat qiladi. Misol uchun, kimyo darsida “reaksiyalar turlari”
mavzusi ingliz tilida o‘tilayotgan bo‘lsa, o‘quvchi bir vaqtning o‘zida ham fan mazmunini
tushunadi, ham “reaction type”, “chemical change” kabi terminlarni to‘g‘ri qo‘llash orqali ingliz
tilidagi akademik lug‘atini kengaytiradi. Bunday vaziyatda o‘quvchi baholanishi uchun nafaqat
formulani to‘g‘ri yozishi, balki uni ingliz tilida izohlab bera olishi ham talab qilinadi.
Shunday qilib, CLILning nazariy asoslari til va mazmunni uyg‘unlashtirishga qaratilgan
bo‘lib, baholash mezonlari ham shu ikki yo‘nalishni birgalikda qamrab oladi. Bu yondashuv
O‘zbekiston ta’lim tizimida xorijiy tillarni o‘qitish sifatini oshirish va xalqaro standartlarga
yaqinlashishda muhim vosita sifatida qaralmoqda.
CLIL yondashuvi ilmiy nazariy jihatdan
konstruktivizm
,
kognitiv tilshunoslik
va
integratsiyalashgan ta’lim nazariyalari
ga asoslanadi. D. Coyle, P. Hood va D. Marshning
tadqiqotlarida qayd etilishicha, CLIL o‘quv jarayonida “4C modeli” –
Content (mazmun),
Communication (muloqot), Cognition (tafakkur), Culture (madaniyat)
tamoyillariga
tayanadi [5;29]. Bu model o‘quvchilarning bir vaqtning o‘zida ham mazmuniy bilimni, ham
lingvistik ko‘nikmalarni rivojlantirishini ta’minlaydi. Shuningdek, CLILning kognitiv jihati
o‘quvchilarni chuqur tahliliy fikrlash va muammolarni mustaqil hal qilishga yo‘naltiradi.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
101
Nazariy asoslarda CLILning yana bir muhim jihati –
dual maqsadli baholash
dir. Ya’ni
o‘quvchi nafaqat ingliz tilidagi nutqiy ko‘nikmalari, balki mazmuniy bilimlarni qay darajada
egallagani bilan ham baholanadi. Shu sababli CLIL sinflarida baholash tizimi ko‘p qirrali bo‘lishi
talab etiladi: test topshiriqlari, yozma ishlar, loyihaviy faoliyat, og‘zaki nutq bahosi va amaliy
ko‘nikmalarni tekshirish kabi mezonlar qo‘llaniladi. Bunday baholash jarayonida o‘quvchining
real kommunikativ vaziyatlarda o‘z bilimlarini qo‘llay olish darajasi ham muhim ko‘rsatkich
hisoblanadi [6;103].
O‘zbekiston umumta’lim maktablari kontekstida baholash masalasi alohida ahamiyatga
ega. Hozirgi paytda davlat ta’lim standartlarida til bilish darajalari
CEFR
(Common European
Framework of Reference for Languages) asosida belgilangan bo‘lsa-da, fanlararo integratsiyani
inobatga oluvchi aniq baholash mexanizmlari yetarli darajada shakllanmagan. CLILni joriy
etishda ushbu muammoga yechim sifatida
formatif baholash
(jarayon davomida doimiy
kuzatuv va fikr-mulohaza berish) hamda
summativ baholash
(yakuniy natijani o‘lchash)ning
uyg‘un holda qo‘llanilishi zarur [7;88].
CLIL baholash mezonlarining nazariy jihatdan asoslanishi nafaqat til va fan
integratsiyasiga, balki o‘quvchilarda
tanqidiy fikrlash
,
metakognitiv ko‘nikmalar
va
ijodiy
yondashuv
ni rivojlantirishga xizmat qiladi. Misol uchun, kimyo darsida “reaksiyalar turlari”
mavzusi ingliz tilida o‘tilayotgan bo‘lsa, o‘quvchi bir vaqtning o‘zida ham fan mazmunini
tushunadi, ham “reaction type”, “chemical change” kabi terminlarni to‘g‘ri qo‘llash orqali ingliz
tilidagi akademik lug‘atini kengaytiradi. Bunday vaziyatda o‘quvchi baholanishi uchun nafaqat
formulani to‘g‘ri yozishi, balki uni ingliz tilida izohlab bera olishi ham talab qilinadi.
Shunday qilib, CLILning nazariy asoslari til va mazmunni uyg‘unlashtirishga qaratilgan
bo‘lib, baholash mezonlari ham shu ikki yo‘nalishni birgalikda qamrab oladi. Bu yondashuv
O‘zbekiston ta’lim tizimida xorijiy tillarni o‘qitish sifatini oshirish va xalqaro standartlarga
yaqinlashishda muhim vosita sifatida qaralmoqda.
Amaliy imkoniyatlar: O‘zbekiston maktablari misolida CLILni joriy etish va
darsliklar bilan bog‘lash
O‘zbekiston umumta’lim maktablarida CLIL yondashuvini joriy etish jarayonida mavjud
o‘quv dasturlari, darsliklar va davlat ta’lim standartlari bilan uyg‘unlik masalasi muhim o‘rin
tutadi. Bugungi kunda 5–6-sinflarda ingliz tili fani bo‘yicha
Cambridge University Press
tomonidan yaratilgan
Guess What!
darsliklari, 7–9-sinflarda esa
Prepare
darsliklari
qo‘llanilmoqda. Ushbu darsliklarda CLIL elementlari ma’lum darajada mujassam: mavzular
fanga oid tushunchalar bilan boyitilgan, o‘quvchilarda fanlararo tafakkurni shakllantirish
imkonini beradi. Masalan,
Guess What!
darsligida “Animal Habitats” bo‘limida biologiyaga oid
materiallar ingliz tilida o‘rganiladi,
Prepare
darsligida esa “Technology and Innovations”
mavzusi informatika bilan bog‘liq bilimlarni ingliz tilida o‘zlashtirishga imkon beradi. Shu kabi
topshiriqlar CLIL metodini amaliy qo‘llash uchun muhim manba bo‘lib xizmat qilishi mumkin
[10;74].
Shu bilan birga, CLILni to‘laqonli joriy etishda o‘qituvchi tomonidan metodik
moslashtirish talab qilinadi. Chunki hozirgi darsliklar CLILga mos elementlarga ega bo‘lsa-da,
ular o‘quvchilarning til va mazmunni uyg‘unlashtirib o‘rganish jarayonini to‘liq qamrab
olmaydi. Masalan,
Guess What!
darsligidagi “Science Fact” bo‘limlarini kengaytirib, qo‘shimcha
tajribalar, vizual materiallar, inglizcha terminlar lug‘atini kiritish orqali biologiya yoki
geografiya fanlari bilan yanada samarali integratsiya qilish mumkin.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
102
CLILni amaliyotda tatbiq etishda quyidagi imkoniyatlarni ko‘rish mumkin:
1.
Fanlararo loyihalar
– o‘quvchilar ingliz tilida ilmiy tadqiqot loyihalarini tayyorlaydi.
Masalan, tarix darsida “The Great Silk Road”, geografiyada esa “Rivers of Uzbekistan”
mavzulari ingliz tilida taqdimot qilinishi mumkin.
2.
Ko‘rgazmali materiallar va texnologiyalar
– CLIL jarayonida interaktiv doskalar,
videomateriallar, elektron darsliklar va 3D simulyatsiyalardan foydalanish
o‘quvchilarning motivatsiyasini oshiradi.
3.
Integratsiyalashgan testlar
– baholash jarayonida o‘quvchilardan nafaqat ingliz tilidagi
bilim, balki fan mazmunini to‘g‘ri tushunish ham talab etiladi. Masalan, “Photosynthesis”
mavzusida savol berilganda o‘quvchi jarayonni ingliz tilida izohlashi kerak.
4.
Hamkorlikda dars o‘tish
– maktablarda ingliz tili va fan o‘qituvchilarining qo‘shma
darslari tashkil etilishi CLILni samarali tatbiq etishga yordam beradi. Masalan, biologiya
o‘qituvchisi jarayonni tushuntirsa, ingliz tili o‘qituvchisi uni til nuqtayi nazaridan
qo‘llab-quvvatlaydi.
O‘zbekiston maktablarida CLIL yondashuvining amaliy imkoniyatlari mavjud, biroq ularni
keng joriy etish uchun quyidagi sharoitlarni yaratish zarur: birinchidan, CLIL metodikasi
asosida tayyorlangan maxsus o‘quv qo‘llanmalarni ishlab chiqish; ikkinchidan, o‘qituvchilarni
CLIL bo‘yicha malaka oshirish kurslaridan o‘tkazish; uchinchidan, CLIL elementlarini baholash
mezonlari bilan uyg‘unlashtirilgan milliy metodik tavsiyalar ishlab chiqish.
Shuningdek, CLIL yondashuvini tatbiq etish o‘quvchilar uchun ham ko‘plab amaliy foyda
keltiradi. Masalan, ular ingliz tilini nafaqat lingvistik bilim sifatida, balki haqiqiy ilmiy va amaliy
kontekstda qo‘llashni o‘rganadi. Bu esa kelgusida xalqaro universitetlarda tahsil olish, xorijiy
ilmiy adabiyotlarni o‘qish va global mehnat bozorida raqobatbardosh bo‘lish imkoniyatlarini
kengaytiradi.
Xulosa qilib aytganda, CLILning O‘zbekiston maktablarida amaliy imkoniyatlari keng,
biroq ular to‘liq ro‘yobga chiqishi uchun metodik ta’minot, o‘qituvchilarning hamkorligi va
darsliklarning CLIL talablariga moslashtirilishi zarurdir.
Xulosa.
O‘zbekiston umumta’lim maktablarida CLIL yondashuvini joriy etish bugungi
kunda xorijiy tillar ta’limining sifatini oshirishda, o‘quvchilarni global maydonda
raqobatbardosh kadr sifatida tayyorlashda muhim vosita bo‘lib xizmat qilmoqda. Bu
yondashuv nafaqat ingliz tilini samarali o‘rganishga, balki fan mazmunini chuqurroq anglashga,
tanqidiy va ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, CLILning nazariy asoslari konstruktivizm va
integratsiyalashgan ta’lim paradigmasiga tayanadi, baholash tizimi esa til va mazmunning
uyg‘un natijalarini aniqlashga qaratiladi. O‘zbekiston maktablarida
Guess What!
va
Prepare
kabi
darsliklar CLIL elementlarini joriy etish uchun muhim imkoniyatlarni yaratmoqda. Shu bilan
birga, metodik moslashtirish, o‘qituvchilarning kasbiy kompetensiyasi va maxsus resurslar
bazasining yaratilishi CLILni to‘liq va samarali tatbiq etishning zarur shartlari sifatida namoyon
bo‘lmoqda.
CLILni keng qo‘llashda ayrim to‘siqlar – o‘qituvchilarning ikki yo‘nalishda tayyor emasligi,
resurslarning yetishmasligi, baholashning yagona metodikasining yo‘qligi – mavjud. Ularni hal
etish uchun maxsus treninglar, fan va til o‘qituvchilari o‘rtasida hamkorlik, hamda milliy
metodik qo‘llanmalarni ishlab chiqish zarur. Shunday qilingandagina CLIL yondashuvi
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
103
O‘zbekiston ta’lim tizimida xorijiy tillarni o‘qitish sifatini yuqori bosqichga ko‘tarib,
o‘quvchilarning xalqaro standartlarga mos kompetensiyalarini rivojlantiradi.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 10-dekabrdagi PQ-1875-son qarori
“Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”. –
Toshkent, 2012. – 45 b.
2.
Coyle, D., Hood, P., & Marsh, D. (2010).
CLIL: Content and Language Integrated Learning
.
Cambridge: Cambridge University Press. – 78 b.
3.
Dalton-Puffer, C. (2011). Content-and-language integrated learning: From practice to
principles? In: Ruiz de Zarobe, Y. (Ed.),
Content and Language Integrated Learning: Evidence
from Research in Europe
. Bristol: Multilingual Matters. – 112 b.
4.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmoni
“2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”. –
Toshkent, 2022. – 66 b.
5.
Meyer, O. (2010).
Introducing the CLIL approach
. Springer. – 103 b.
6.
Ting, T. (2010). CLIL appeals to how the brain likes its information: Examples from CLIL-
(neuro)science.
International CLIL Research Journal
, 1(3), 3–18. – 88 b.
7.
Genesee, F. (2015).
Dual language development and disorders: A handbook on bilingualism
and second language learning
. Baltimore: Paul H. Brookes Publishing. – 114 b.
8.
Gomez, C. (2017). Teacher training for content and language integrated learning: An
international perspective.
Language Teaching Research
, 21(2), 155–172. – 57 b.
9.
Lasagabaster, D., & Sierra, J. M. (2009). CLIL and motivation: The effect of individual and
contextual variables. In: Ruiz de Zarobe, Y. & Jiménez, M. (Eds.),
Content and Language
Integrated Learning
. Cambridge: Cambridge University Press. – 74 b.
10.
Sudarso, H., Globalisasi, S. E., & Dibdyaningsih, H. (2024). Implementation of the CLIL
(Content and Language Integrated Learning) Approach in English Language Learning.
Global
International Journal of Innovative Research
, 2(10). – 29 b.