Авторы

  • FAZLIDDIN NIZOMOV
    ANDIJON “SAYYID MUHYIDDIN MAXDUM” ISLOM BILIM YURTI MUDARRISI

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.scin.45945

Аннотация

Turli sabablarga ko`ra, ayollar masalasi Islomga qarshi ta`na toshi otishning asosiy nishonlaridan biriga aylanib qolgan. Hatto ba`zi musulmon ulamolar "Ayollar masalasi Islom ummati ko`ksiga sanchilgan zaharli xanjar", deb aytishga majbur bo`ldilar. Bu masala bo`yicha ko`plab kitoblar, maqolalar yozilgan, xutbalar, mav`izalar qilingan. Albatta, bizning bu masalaga ortiqcha to`xtashga imkonimiz yo`q. Ikkinchidan, Islom, o`z ta`limotlariga xilof qilish oqibatida kelib chiqqan noto`g`ri holatga javob berishga majbur ham emas. Eng muhimi, Islom hech kimning himoyasiga muhtoj ham emas. Faqat, tushuna olmay turgan kishilarga tushunganlar yordam berishi qabilida ish tutish mumkin, xolos. Islomdan oldin ayol kishi nafaqat huquqlari poymol qilinishiga, balki insonlik darajasidan mahrum qilinishiga mahkum qilingan edi. Misol uchun, Islom dastlab paydo bo`lgan yurt va zamonda qiz bola tug`ilgan oila motam tutar va keyinchalik or-nomus va iqtisodiy qiyinchilikka sabab bo`lmasin deb, qizni tiriklayin ko`mib yuborilar edi.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

72

ISLOM TA’LIMOTIDA AYOLLARNING ERKINLIKLARI VA IJTIMOIY

MAS’ULIYATLARI

NIZOMOV FAZLIDDIN BAXODIRBEK O‘G‘LI

ANDIJON “SAYYID MUHYIDDIN MAXDUM” ISLOM BILIM YURTI MUDARRISI

https://doi.org/10.5281/zenodo.14032824

Turli sabablarga ko`ra, ayollar masalasi Islomga qarshi ta`na toshi otishning asosiy

nishonlaridan biriga aylanib qolgan. Hatto ba`zi musulmon ulamolar "Ayollar masalasi Islom
ummati ko`ksiga sanchilgan zaharli xanjar", deb aytishga majbur bo`ldilar. Bu masala bo`yicha
ko`plab kitoblar, maqolalar yozilgan, xutbalar, mav`izalar qilingan. Albatta, bizning bu
masalaga ortiqcha to`xtashga imkonimiz yo`q. Ikkinchidan, Islom, o`z ta`limotlariga xilof qilish
oqibatida kelib chiqqan noto`g`ri holatga javob berishga majbur ham emas. Eng muhimi, Islom
hech kimning himoyasiga muhtoj ham emas. Faqat, tushuna olmay turgan kishilarga
tushunganlar yordam berishi qabilida ish tutish mumkin, xolos. Islomdan oldin ayol kishi
nafaqat huquqlari poymol qilinishiga, balki insonlik darajasidan mahrum qilinishiga mahkum
qilingan edi. Misol uchun, Islom dastlab paydo bo`lgan yurt va zamonda qiz bola tug`ilgan oila
motam tutar va keyinchalik or-nomus va iqtisodiy qiyinchilikka sabab bo`lmasin deb, qizni
tiriklayin ko`mib yuborilar edi.

Qur`oni Karim bu odatlarni qattiq qoraladi va man qildi. Musulmon oilalarda qiz tug`ilsa,

o`g`il tug`ilgandan ko`ra ko`proq xursand bo`lish joriy qilindi. Qizlarni yaxshilab tarbiya
qilganlarga, o`g`il bolalarni tarbiya qilganlarga nisbatan ko`p va`dalar qilindi.

Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda quyidagilar aytiladi:

ناتنث وا لجر لاقف نهايا هتمحر لضفب ةنجلا الله هلجدا نهءارس و نهءارض و نهءولا ىلع ربصف تاوخا وا تانب ثلاث هل ناك نم

لوسر اي ةدحاو وا لجر لاقف ناتنث وا لاق الله لوسر اي

ةدحاو وا لاق الله

"Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Kimning uchta qizi yoki singlisi bo`lsayu, u

ularning xarxashalariga, og`irliklariyu qiyinliklariga sabr qilsa, Alloh uni ularga ko`rsatgan
rahmati tufayli jannatga kiritur", dedilar.

Bir kishi:
-Ikkita bo`lsa-chi ey, Allohning Rasuli - deb so`radi.
-Ikkita bo`lsa ham, dedilar.
Bir kishi:
-Bitta bo`lsachi ey, Allohning Rasuli deb so`radi.
-Bitta bo`lsa ham, dedilar".
Qizlarning tarbiyasi, ta`limi va madaniyati hamda, yashab, o`sishi uchun zarur har bir

narsa otaning zimmasidagi farzdir. Ota bu farzdan faqat qiz turmushga chiqqandan keyingina
ozod bo`ladi. Chunki, endi bu farz erning zimmasiga o`tgan bo`ladi. Otasi yoki eri yo`q ayolning
nafaqasi aka yoki uning o`rnini bosuvchi boshqa shaxslarga vojib bo`ladi. Umuman, Islomda
ayol kishi nafaqasiz qolishi mumkin emas. Qizning nafaqasi otaga, xotinniki erga, singilniki
aka-ukaga, onaniki o`g`ilga vojib bo`ladi.

Islom ayol kishiga ta`lim olish va madaniy saviyasini oshirish haqqini berdi va erkaklarni

bu ishga mas`ul qiddi. Ilm talabi er-ayolga barobar farzligi, qizlari va singillariga ta`lim va
odob bergan kishi jannatga haqli bo`lishini yaxshi bilamiz.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

73

Avvalgi avlod musulmon ayollari erlaridan, boshqa ustozlaridan, Payg`ambar

sollallohu alayhi vasallamning ommaviy dars va xutbalaridan olayotgan ilm-ma`rifatga qanoat
hosil qilmay Payg`ambar alayhissalomdan ayollar uchun alohida ilm-ma`rifat majlislari
qilishni talab qilganlar va ularning bu talablari Payg`ambar sollallohu alayhi vasallam
tomonlaridan darhol qondirilgan.

Ayol kishi faqat ta`lim olish, dars, xutba va va`z eshitishgagina haqli emas, balki ta`lim

berish, dars aytish va boshqa ilmiy ishlar bilan mashg`ul bo`lish haqqiga ham egadir.

Muslima ayollar ilm, fan va madaniyat soha-sida ulkan yutuqlarga erishganliklari

hammaga ma`lum. Gapimiz quruq bo`lmasligi uchun, misol ham keltiraylik.SHifo binti
Abdulloh al-Adaviyya roziyallohu anhodan qilingan rivoyatda u kishi quyidagilarni aytdilar:

امك ةلمنلا ةيقر هذه نيملعتلاا ىل لاقف ةصفح دنع اناو ملس و هيلع الله ىلص الله لوسر ىلع لجد تلاق الله دبع تنب ءافشلا نع

دواد وبا هاور ةباتكلا اهيتملع

«Hafsaning oldida o`tirgan edim, Payg`am-bar sollallohu alayhi vasallam kirib

qolib menga: «Sen bunga xuddi yozishni o`rgatganingdek, namila damini ham
o`rgatmaysanmi?» -dedilar».

Abu Dovud rivoyat qilgan.

Olima ayollar vakilasi Oisha onamiz hadis rivoyat qilish bo`yicha ikkinchi o`rinda

turadilar. Ulkan sahobiylar o`zlari bilmagan narsalarini, hal qila olmay qolgan masalalarini
Oisha onamizdan so`rar edilar. O`sha vaqtning sharoitida bu narsalar dunyo miqyosida katta
o`zgarishlar edi.

Muslima ayolning jamiyat, siyosat va shariat maydonlarida ham keragicha o`z ulushi

bo`lgan. Muslima ayolning to`g`ri fikrini, haq ovozini za-bardast xalifa ham, Payg`ambar
sollallohu alayhi vasallam ham, Alloh taoloning O`zi ham eshitgan, qabul qilgan Dunyoga
Umari Odil nomi bilan mashhur bo`lgan zabardast xalifa Umar ibn Xattob o`z davrlarida mahr
miqdori ortib ketganini mulohaza qildilar. Bu ishni muolaja, qilish, uchun, ko`pchiilik, ichida.
xutba, qilib, mahrni cheklash maqsadida: «Ogoh bo`linglar, ayollarning mahrida haddan
oshmanglar. Agar u bu dunyoda ikrom, Allohning huzurida taqvo bo`ladigan bo`lsa, unga
sizning eng haqligingiz Payg`ambar sollallohu alayhi vasallamdir. Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam o`z ayollaridan birortasiga o`n ikki uvqiyadan ortiq mahr bermaganlar, U zotning
qizlarining birortasiga ham bundan ortiq mahr berilmagan», dedilar.

SHunda bir ayol o`rnidan turib: «Ey Umar! Alloh taolo:

«Va u(ayol)lardan biriga qintor — cheksiz mahr bersangiz ham”

, deydi-yu, sen

bizga buni chegaralaysanmi ?!» — dedi.

Xutbasi bu shaklda kesilgan xalifa: «Ayol to`g`ri aytdi, Umar xato qildi», deb o`z xatosini

hammaning oldida tan oldilar. O`sha jasur ayolning sharofati ila hozirgi kunimizgacha birov
ayollarning mahrini chegaralashga jur`at qila olgani yo`q. Bundoq ish ayol kishi mo``tabar
bo`lgan jamiyatdagina bo`lishi mumkin.

Payg`ambar sollallohu alayhi vasallam 6-hijriy yilda 1400 sahoba bilan Madiynadan

Baytullohning ziyorati uchun borganlarida mushriklar Hudaybiya nomli joyda yo`lni to`sdilar.

O`sha erda sulh tuzilib, musulmonlar Ka`bani ziyorat qilmay qaytib ketadigan bo`ldilar.

Payg`ambar sollallohu alayhi vasallam sahobalariga bu gapni e`lon qilib bo`lib, turinglar, shu
erda qurbonliklaringizni so`yib, sochlaringizni oldiringlar, dedilar. Sahobalar norozi bo`lib,


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

74

birortalari ham qimirlamadilar. Payg`ambar sollallohu alayhi vasallam amrni uch marta
qayta-qayta takrorlasalar ham biror kishi qimir etib qo`ymadi.

U zot g`oyat mahzun bo`lib, chodirga, jufti halollari Ummu Salama roziyallohu anhoning

yonlariga kirdilar. Bo`lgan voqe`ani u kishiga aytib, o`tgan ummatlar ham shundoq ishlar
tufayli halok bo`lganligi, shuning uchun g`oyat tashvishda ekanliklarini qo`shimcha qildilar.

Shunda Ummu Salama roziyallohu anho Payg`ambar sollallohu alayhi vasallamga har

qanday dono vazir ham bera olmaydigan maslahatni berdilar:

«Ey, Allohning payg`ambari, aytgan amringiz bo`lishini xohlaysizmi? Tashqariga chiqing.

Ulardan birortasiga bir kalima ham so`z aytmay qurbonlik tuyalaringizni so`ying. So`ng
sartaroshingizni chaqiring, sochingizni olsin», dedilar.

Payg`ambar sollallohu alayhi vasallam chiqib, xuddi Ummu Salama roziyallohu anho

aytganlaridek qildilar. Buni ko`rgan sahobai kiromlar ham shoshib qurbonliklarini so`yib,
sochlarini oldira boshladilar.

Shundoq qilib bir muslima ayolning tadbiri ila Islom ummati halokatdan qutulib qoldi.

Allohning payg`ambariga to`g`ri maslahat bera oladigan ayol faqatgina Islom ummatidan
chiqishi mumkin.

Endi muslima ayolning nidosini Alloh eshitib, fikrini tasdiqlaganini o`rganib chiqaylik.

Islomdan oldin arablarda «zihor» degan narsa bor edi. Bunda er xotiniga, sen menga
onamning belidek haromsan, desa, abadiy yarashib bo`lmaydigan taloq tushar edi. Xotin er
uchun uning onasidek hisoblanib qolar edi.

Kunlarning birida Xavla binti Sa`laba ismli ayolni uning eri Avs ibn Somit zihor qildi.

So`ngra, Avs achchig`idan tushgach, nadomat qildi va xotiniga, endi sen menga harom bo`lgan
bo`lsang kerak, dedi. Xavla bo`lsa, Allohga qasamki, bu taloq emas, dedi-da, qo`shni ayolning
kiyimini qarzga olib, bu masala hukmini oydinlashtirish uchun Rasululloh sollallohu alayhi
vasallamning huzurlariga yo`l oldi. U zotning oldilariga kelib:

— Ey, Allohning Rasuli, erim Avs ibn Somit yosh, boy va aqlu hushlik paytimda menga

uylandi. Molimni eb bitirdi, yoshligimni barbod qildi, aqlimni suslatdi va yoshim ulug` bo`lgan
bir damda mendan zihor qildi. Endi o`zi bu zihordan afsus-nadomatda. Bizlarning yana qayta
qo`shilishimizga biror yo`l bormi?—dedi.

Unga harom bo`libsan, — dedilar Payg`ambar alayhissalom.

Sizga Qur`onni tushirgan Zot bilan qasamki, u taloqni zikr qilgani yo`q. U mening bolamning

otasi, eng sevimli kishim-ku, axir?!—dedi Xavla.

Unga harom bo`libsan. — dedilar Payg`ambar alayhissalom.

Mushkulimni va yolg`izligimni Allohning O`ziga shikoyat qilaman, men erim bilan uzoq

hayot kechirdim, undan farzandlar ko`rdim,-dedi Xavla.

Unga harom bo`libsan, — dedilar Rasululloh sollallohu alayhi vasallam va «Sening

to`g`ringda biror amr kelgani yo`q», deb qo`shib qo`ydilar.

Xavla binti Sa`laba roziyallohu anho bo`lsa tinmay Rasululloh sollallohu alayhi vasallam

bilan tortishaverdi.

Qachon U zot alayhissalom, «Sen unga harom bo`libsan», desalar, Xavla, «Mushkulimni,

yolg`izligimni va holimning og`irligini Allohning O`ziga shikoyat qilaman», der edi.

Ushbu tortishuv chog`ida Xavla binti Sa`laba:


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

75

Axir, mening yosh bolalarim bor, men bilan bo`lsalar, och qoladilar, u bilan bo`lsalar, zoe`

bo`ladilar, der va boshini osmonga ko`tarib:

Ey bor Xudoyo! O`zingga yolvoraman. Ey bor Xudoyo! Payg`ambarning tiliga mening

mushkulimni oson qiluvchi narsani tushir», der edi.

Birdan Payg`ambar alayhissalom jim bo`lib qoldilar. Vahiy tushganda bo`ladigan holat

yuzaga keldi. Bir muddatdan keyin u kishi muborak boshlarini ko`tardilar-da:

«Alloh taolo sen va sening ering haqida oyat tushirdi», dedilar va, quyidagicha

boshlanadigan oyatlarni tilovat qildilar:

الله

1

" ريصب عيمسنا امكرواحت عمسي الله و الله ىلا ىكتشت و اهجوز ىف كلدجت ىتلا لوق الله عمس دق"

Albatta, Alloh sen bilan o`z eri haqida tortishayotgan va Allohga shikoyat

qilayotgan

(ayol)ning

so`zini

eshitdi.

Vaxolangki,

Alloh

ikkovingizning

gaplashuvlaringizni eshitmoqda. Albatta, Alloh eshituvchi va ko`ruvchi zot-dir»

(«Mujodala» surasi, 1-oyat).

Bu oyatlarda johiliyatning zihor hukmi botil qilingan, zihor qilgan er kafforot berib

xotini bilan yarashsa mumkinligi bayon qilingan edi. Mana, o`n to`rt asrki, o`sha oyatlar
Qur`on sifatida o`qilmoqda, ularga shariat —qonun sifa-tida amal qilinmoqda. Qiyomatgacha
shundoq bo`lishi shubhasiz. Oddiy bir ayolning nidosi Alloh taologa etib borishi, uning fikriga,
talabiga mos Qur`on oyatlari tushishi ayol zotining hurmati, e`tibori emasmi?! Qaysi tuzumda,
qaysi dasturda shunga o`xshash narsa bor. Zar qadrini zargar biladi, deganlaridek Xavla binti
Sa`laba roziyallohu anhoning qadrini ham hamasrlari yaxshi bilganlar.

Umar ibn Xattob roziyallohu anhu o`z xalifalik davrlarida bir guruh kishilar bilan

ketayotgan ekanlar, bir ayol u kishini uzoq to`xtatib qolibdi. Va`z, nasihat qilibdi.

«Ey Umar,—debdi ayol, — yaqindagina Umarcha, deb atalarding, ulg`ayganingdan so`ng,

ey Umar, deb ataladigan bo`lding. Endi esa, ey, amiral mo`minin, deb atalmoqdasan. Allohdan
qo`rqqin! Ey Umar! Kim o`limga ishonsa, umrini bekorga o`tkazishdan qo`rqadi, kim hisob-
kitobga ishonsa, azobdan qo`rqadi, deb yana so`zini davom ettiraveribdi ayol.

Hazrati Umar bo`lsalar, jim quloq solib turaveribdilar. Atrofidagilar u kishiga:

«Ey,mo`minlarning amiri! Bir kampirga ham shunchalik to`xtab turasizmi?»-deyishganda,
hazrati Umar ularga javoban: «Allohga qasamki, u kunning avvalidan oxirigacha ushlab tursa
ham, farz namoz vaqtidan boshqa vaqtda turaveraman. Bu kampirning kimligini bilasizlarmi
o`zi? Bu Xavla binti Sa`laba. Uning so`zini Alloh taolo etti osmonning ustidan eshitgan.
Olamlarning Robbisi uning so`zini eshitadi-yu, Umar eshitmasmidi ?!» — deganlar.

Ha, o`z so`zini Alloh taolo etti osmonning ustidan turib eshitadigan, fikrini qabul qilib,

istagini shariat qilib qiyomatgacha yuritib qo`yadigan ayollarni faqat Islomgina yetishtira
oladi. Olamga dong`i ketgan, har qanday botir ham nomini eshitganda titroqqa tushadigan
zabardast xalifani ko`chada to`xtatib olib xohlaganicha nasihat qila oladigan ayolni ham faqat
Islom yetishtiradi, xolos.

Islom ayollarning hurmat-ehtiromini o`rniga qo`yib, ularning ayollik latofatlarini saqlab

qolishlari uchun, ayollik vazifalarini to`liq ado etish orqali o`z jamiyatlariga, vatanlariga,
dinlariga kerakli xizmatni ado etishlari uchun barcha sharoitni yaratib bergan.

1

Mujodala surasi 1-oyat


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

76

Islom erkaklarga mos bo`lgan og`ir ishlarni ayollarga farz qilmagan, lekin ayollarga xos

ba`zi ishlarni erkaklarga xos ishlar ila tenglashtirib, ularning erkaklar bilan teng ajr olishlarini
joriy qilgan. Misol uchun, ayollarning tug`ishdagi qiynoqlarini erkaklarning dushmanga qarshi
jihodlariga tenglashtirilgan. Bu ma`nolar o`z haq-huquqini talab qilib chiqqan muslima ayollar
sharofati ila Payg`ambar sollallohu alayhi vasallam tomonlaridan bayon qilingan.

Imom Buxoriy va imom Muslimlar rivoyat qilgan hadisda shunday deyiladi: «Asma` binti

Zayd al-Ansoriyya roziallohu anho Payg`ambar sollal-lohu alayhi vasallamning huzurlariga
kelib:«Ey, Allohning Rasuli, men ortimdagi muslima ayollar jamoasining elchisiman. Ular
mening so`zimni aytadilar va mening fikrimga o`xshash fikrdalar: Albatta, Alloh sizni erkak va
ayollarga yuborgan. Biz sizga iymon keltirdik va ergashdik. Biz —ayollar jamoasi, tutilib,
o`ralib, uyda o`tirib qolganmiz. Erkaklarning shahvat mavze`si, bolalaringizning
ko`taruvchilarimiz. Erkaklar jamoat va janozaga hozir bo`lish ila afzal qilindilar. Qachon ular
jihodga chiqsalar, ularning mollarini muhofaza qilamiz, bolalarini tarbiya qilamiz, ularga ajrda
sherik bo`lamizmi?!» — dedi.

Shunda Payg`ambar sollallohu alayhi vasallam muborak yuzlarini o`z sahobalariga

o`girib qaradilar-da:

O`z dini haqida ushbu ayoldan ko`ra yaxshiroq savol bergan ayolning gapini

eshitganmisizlar? — dedilar.

Yo`q, ey Allohning Rasuli, — deyishdi ular.

Ey Asma`, qaytib borib, ortingdagi ayollarga bildirki, albatta, sizning biringizning yaxshi er

tutishi, uning roziligini istashi, muvofiq bo`lganiga ergashishi sen zikr qilgan narsalarga teng
keladi, — dedilar.

Asma` o`ziga Rasululloh sallohu alayhi vasallam aytgan narsalardan sevinganidan «Laa

ilaha illallohu»ni aytib qaytib ketdi».

Islomiy nuqtai nazardan bola tarbiyasi, kelajak avlodni ko`ngildagidek qilib yetishtirish,

oila mustahkamligi ayollarning ko`chaga chiqib o`ziga mos bo`lmagan ishlarni qilib, to`rt-besh
tanga pul topganidan, askarlik qilganidan yoki asfal’t yotqizganidan afzal hisoblanadi.

Islomdan oldin ayol kishi merosdan mutlaqo mahrum qilinar, eri o`lganda esa ayolni

meros tariqasida erning qarindoshlaridan biri olar edi. Keyin, xohlasa, o`zi xotin qilar, xohlasa,
boshqaga erga berib, mahrini o`zi olar edi. Islom bu zolim hukmlarni botil etib, ayol kishining
ham merosdan nasibasi borligini e`lon qildi.

Alloh taolo

«Niso»

surasida:

2

اضورفم ابيصن رثك وا هنم لق امم نوبرقلاا و نادلاولا كرت امم بيصن ءاسنلل و نوبرقلاو نادلاولا كرت امم بيصن لاجرلل

«Ota-onalar va qarindoshlar qoldirgan narsada erkaklarning nasibasi bor. Ota-

onalar va qarindoshlar qoldirgan narsada ayollarning nasibasi bor. U oz bo`lsin, ko`p
bo`lsin - farz qilingan nasibadir»,

degan

(7-oyat).

Islomda davlat rahbarini saylash, unga itoatni e`lon qilishni «bay`at» deyiladi. Bu eng

muhim siyosiy haq ekanligi hammaga ma`lum. Qur`oni Karimda erkaklar bilan bir qatorda
ayollarga ham bay`at qilish huquqi berilgan.

2

Niso surasi 7 oyat


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

77

Alloh taolo

«Mumtahana»

surasida:

ائيس لله اب نكرشي لا نا ىلع كنعيابي تانمؤملا كءاج اذا ىبنلا اهياي

لا و

الله نهل رفغتساو نهعيابف فورعم ىف كنيصعي لا و نهلجرا و نهيديا نيب هنيرتفي نتهبب نيتاي لا و نهدلاوا نلتقي لا و نينزي لا و نقرسي

نا

3

ميحر روفغ الله

«Ey Payg`ambar, agar mo`minalar senga Allohga hech narsani shirk keltirmaslik,

o`g`rilik qilmaslik, zino qilmaslik, bolalarini o`ldirmaslik, qo`llari va oyoqlari orasidan
bo`hton to`qib keltirmaslik va senga yaxshilik ishda isyon qilmaslikka bay`at qilib
kelsalar, bas, ularning bay`atini qabul qil. Va Allohdan ularni mag`firat qilishini so`ra.
Albatta, Alloh mag`firat qiluvchi va rahimlidir»,

degan

(12-oyat).

Endi, ayol kishining ishlashi haqida ikki og`iz gaplashaylik. Avvalo, erkak bo`lsin, ayol

bo`lsin, nima uchun ishlaydi, degan savolni beraylik. Albatta, tirikchilik qilish uchun, yaxshi
maishat o`tkazish uchun, degan javobni olamiz. Undoq bo`lsa, tirikchiligi o`tib turgan, maishati
yetarli bo`lib turgan ayol kishining bolalarini, oilasini tashlab qo`yib, ko`chaga chiqib o`ziga
mos bo`lmagan ishni qilishiga nima hojat bor? Ba`zilar «Ayol kishi o`z mehnati ila jamiyati
taraqqiyotiga hissa qo`shishi kerak emasmi», deyishi mumkin. Ularga «Ertayu-kech dalada
ezilib mehnat qilgan, paxta terib zaharlangan, bolasini emizadigan sutidan zahar chiqadigan
ayol jamiyat uchun foydalimi yoki mazkur og`ir ishlarni eriga qo`yib jamiyat uchun kerakli
farzandlarni yaxshilab tarbiyalab o`stirgan, oilasini mustahkam qilgan ayol jamiyat uchun
foydalimi?» degan qarshi savol beriladi.

Shu bilan birga, Islomda jamiyatga zarur bo`lib qolganda, erkaklar uddasidan chiqa

olmay qolganlaridagina ayollarni ham ishga taklif qilish, hatto urushda qatnashtirish ham
borligi eslatib o`tiladi.

Islomda ayollarni tug`ilganlaridan umrlarining oxirigacha kerakli maishat bilan

ta`minlash erkaklar zimmasiga yuklatilgani, shuningdek, jamiyat uchun kerakli og`ir ishlarni
bajarish ham erkaklarga yuklatilgani uchun, ayollarni hurmatlab, ularga ishlash mas`uliyati
yuklatilmagan.

Bundan keyin ayollarning zaruratsiz ishlashlarining yana bir sababi qoladi. U ham

bo`lsa, ish bahonasi bilan oila doirasida qila olmay yurgan harom-harish ishlarini qilish yoki
oddiy ko`ngil xushi uchun bo`ladi.Islomda harom-harish ishlar mutlaqo harom qilingani
hammaga ma`lum. Ko`ngil xushini esa ishlab turib qilgandan ishlamay qilganlari ayollarning
o`zi uchun yaxshi bo`lsa kerak.

Yana bir bor ta`kidlash lozimki, Islomda ayol kishining ishlashi man qilinmagan, balki bu

masala ayol kishining, uning oilasining, jamiyatining manfaatlaridan kelib chiqib tartibga
solingan.

Yosh bolalarning tarbiya va ta`lim ishlari ayollarning ishi hisoblanadi. Xotin-qizlarga

tibbiy xizmatlar ko`rsatish ayollarning ishi hisoblanadi.

Mutaqaddim Hanafiy faqihlardan Kamoliddin ibn al-Humam: «Agar ayolning xotinlarga

xos farzi kifoya ishda hunari bo`lsa, uning eri (ishga) chiqishidan man qila olmaydi», deganlar.

Shuningdek, ayol kishi erining ishida yordamchi bo`lishi, oilasi muhtoj bo`lganda halol

yo`l bilan, halol mehnat qilishi joiz. Ya`ni, o`zi xohlasa, ishlaydi, bo`lmasa, birov uni majbur qila
olmaydi. Ba`zi ulamolarimiz: nodir qobiliyatga ega bo`lib, jamiyatga foydasi ko`p bo`lgan
ayollar ham ishlashlari tavsiya qilinadi, deganlar.

3

Mumtahana surasi 12 oyat


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

78

Qolgan paytlarda ayol kishini ishlashga majbur qilish yo`q. Uni turli yo`llar bilan

tashviqot qilib, arzon ish kuchi sifatida ezishga ham hech kimning haqqi yo`q. Ayol-qizlarni
tong saharda dalaga haydab ketib, xohlaganicha ishlatib, tun qorong`usida qaytarib olib
kelishga ham hech kimning haqqi yo`q. Ayollarni o`zlariga mos bo`lmagan ishlarda ishlatib
ularning ayollik latofati va onalik qobiliyatiga futur etkazishga ham hech kimning haqqi yo`q.

References:

1.

“QUR’ONI KARIM”

ma’nolarining tarjima va tafsiri. Abdulaziz Mansur. “Toshkent islom

universiteti”.Toshkent 2004.
2.

“TAFSIRI HILOL”.

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. “SHARQ” nashriyoti.

Toshkent-2008.
3.

”IYMON”.

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. “SHARQ” nashriyoti. Toshkent-

2006.
4.

“HADIS VA HAYOT”,

25 – juz .”Nubuvvat xonadoni xonimlari” Shayx Muhammad Sodiq

Muhammad Yusuf. “SHARQ” nashriyoti.Toshkent-2007.
5.

“POKLIK IMONDANDIR”.

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Toshkent.

“O`zbekiston” nashriyoti. 1991.
5.

“JUMA MAV’IZALARI”.

Toshkent – 2007.

6.

“MISHKOTUL MASOBEH”.

Imomi Tabriziy. Bayrut shahri.

7.

“ISLOMIY OILA FAROG`AT QASRI”.

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf.9.

“NURUL YAQIN”. Shayx Muhammad Xuzariy.“Movarounnahr” nashriyoti. 1992
8.

Muhammad Ali as – Sobuniy

“Muxtasar – tafsiri Ibn Kasir”

Bayrut nashriyoti 1998 yil.

9.

“Din – nasihatdir”

, Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf, Toshkent Sharq

nashriyoti, 2003 yil
10.

“Saodat”

jurnali

,

1998-yil 3-soni

11.

“Xalq so‘zi”

gazetasi, 2004 yil 3-noyabr

12.

“Gulchehralar”

gazetasi, 2004-yil 28-noyabr

13.

“Ijtimoiy fikr inson huquqlari”

gazetasi, 2008 yil 3-soni

14.

“Ayollar sayyidasi”

Basila Abduxalil qizi, Toshkent “Movarounnahr” 2006 yil

Библиографические ссылки

“QUR’ONI KARIM” ma’nolarining tarjima va tafsiri. Abdulaziz Mansur. “Toshkent islom universiteti”.Toshkent 2004.

“TAFSIRI HILOL”. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. “SHARQ” nashriyoti. Toshkent-2008.

”IYMON”. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. “SHARQ” nashriyoti. Toshkent-2006.

“HADIS VA HAYOT”, 25 – juz .”Nubuvvat xonadoni xonimlari” Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. “SHARQ” nashriyoti.Toshkent-2007.

“POKLIK IMONDANDIR”. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Toshkent. “O`zbekiston” nashriyoti. 1991.

“JUMA MAV’IZALARI”. Toshkent – 2007.

“MISHKOTUL MASOBEH”. Imomi Tabriziy. Bayrut shahri.

“ISLOMIY OILA FAROG`AT QASRI”. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf.9. “NURUL YAQIN”. Shayx Muhammad Xuzariy.“Movarounnahr” nashriyoti. 1992

Muhammad Ali as – Sobuniy “Muxtasar – tafsiri Ibn Kasir” Bayrut nashriyoti 1998 yil.

“Din – nasihatdir”, Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf, Toshkent Sharq nashriyoti, 2003 yil

“Saodat” jurnali, 1998-yil 3-soni

“Xalq so‘zi” gazetasi, 2004 yil 3-noyabr

“Gulchehralar” gazetasi, 2004-yil 28-noyabr

“Ijtimoiy fikr inson huquqlari” gazetasi, 2008 yil 3-soni

“Ayollar sayyidasi” Basila Abduxalil qizi, Toshkent “Movarounnahr” 2006 yil