Авторы

  • Murod Moyliyev
    Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti tayanch doktoranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.scin.45961

Ключевые слова:

sug’urta sug’urta bozori sug’urta kompaniyalari sug’urta brokerlari aktuariy sug’urta mukofotlari sug’urta to’lovlari yashil sug’urta.

Аннотация

Moliyaviy tizim moliyaviy barqarorligi bu moliyaviy tizimning, yaʼni moliya muassasalari, bozorlar va bozor infratuzilmalarining ehtimoliy shoklar va nomutanosibliklarga bardosh bera olishi, shu bilan birga moliyaviy vositachilik funktsiyalarini bajara olmaslik ehtimolini pasaytirish qobiliyatidir. Moliyaviy barqarorlik maqsadi alohida moliya muassasasi emas, balki butun moliya tizimi barqarorligini taʼminlashdan iborat.Moliyaviy barqarorlik iqtisodiyotning barqaror rivojlanish asosi hisoblanadi. Moliya tiziming ajralmas bo’g’ini bu sug’urta bozori hisoblanadi. O’zbekitonda iqtisodiyotning barqaror rivojlanishida sug’urta kompaniyalarining o’rnini alohida takidlab o’tish lozim. Sug‘urta bozorini rivojlantirish, yangi turdagi sug‘urta xizmatlarini joriy etish va shu orqali sug‘urta kompaniyalarining moliyaviy barqarorligini ta'minlagan xolda ularning raqobatbardoshligini oshirish  mamlakat  iqtisodiyoti rivoji uchun muxim dastaklardan biri bo‘lib xizmat qiladi. Bu esa o‘z navbatida mavzuning bugungi kundagi islohotlarning dolzarb masalalaridan biri ekanligi ko‘rsatadi.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

20

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA SUG‘URTA BOZORI RIVOJLANISHINING

ASOSIY TENDENSIYALARI

Moyliyev Murod Baxtiyorovich

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti tayanch doktoranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.14022145

Annotatsiya:

Moliyaviy tizim moliyaviy barqarorligi bu moliyaviy tizimning, yaʼni

moliya muassasalari, bozorlar va bozor infratuzilmalarining ehtimoliy shoklar va
nomutanosibliklarga bardosh bera olishi, shu bilan birga moliyaviy vositachilik funktsiyalarini
bajara olmaslik ehtimolini pasaytirish qobiliyatidir. Moliyaviy barqarorlik maqsadi alohida
moliya muassasasi emas, balki butun moliya tizimi barqarorligini taʼminlashdan
iborat.Moliyaviy barqarorlik iqtisodiyotning barqaror rivojlanish asosi hisoblanadi. Moliya
tiziming ajralmas bo’g’ini bu sug’urta bozori hisoblanadi. O’zbekitonda iqtisodiyotning
barqaror rivojlanishida sug’urta kompaniyalarining o’rnini alohida takidlab o’tish lozim.
Sug‘urta bozorini rivojlantirish, yangi turdagi sug‘urta xizmatlarini joriy etish va shu orqali
sug‘urta kompaniyalarining moliyaviy barqarorligini ta'minlagan xolda ularning
raqobatbardoshligini oshirish mamlakat iqtisodiyoti rivoji uchun muxim dastaklardan biri
bo‘lib xizmat qiladi. Bu esa o‘z navbatida mavzuning bugungi kundagi islohotlarning dolzarb
masalalaridan biri ekanligi ko‘rsatadi.

Kalit so‘zlar:

sug’urta; sug’urta bozori; sug’urta kompaniyalari; sug’urta brokerlari;

aktuariy; sug’urta mukofotlari; sug’urta to’lovlari; yashil sug’urta.


O‘zbekiston sug‘urta bozori bir necha yildan beri barqaror o‘sish sur’atiga ega bo‘lib

kelmoqda, bu esa o‘z navbatida uning mamlakat iqtisodiyotidagi rolini oshirib bormoqda.
Malumki, mamlakat moliya sektorining, shu jumladan, sug‘urta sohasining rivoji
mamlakatning umumiqtisodiy ahvoli bilan chambarchas bog‘langan. Sug‘urta sohasi
mamlakat iqtisodiyotining rivoji bilan uzviy bog‘liqligi sababli, ushbu soha mamlakatdagi
umumiqtisodiy o‘zgarishlarga juda tez ta‘sirchan hisoblanadi. So‘nggi yillarda milliy sug‘urta
bozorining rivojlanishi asosan yalpi sug‘urta mukofoti hajmi ancha oshishi bilan tavsiflanadi.
Monopoliyaga asoslangan davlat sug‘urta tizimidan bozor munosabatlariga o‘tildi.

2024-yil yanvar holatiga ko‘ra O‘zbekistonda sug‘urta kompaniyalari soni jami 37 ta

bo‘lib undan 31 tasi umumiy sug‘urtada, qolgan 6 tasi esa hayotni sug‘urta qilish sohasida
faoliyat yuritadi. 2024-yil 31-mart holatiga sug’urta brokerlari soni 9 taga yetgan, aktuarlar
soni esa o’zgarishsiz 5 taligicha qolgan.

1

Sug‘urta agentlari sonida esa 5 518 tadan 4 411 taga

kamayish kuzatilgan. To‘lovlarni kafolatlash jamg‘armasi a'zolari bo‘lgan sug‘urta
tashkilotlarining soni esa o’zgarishsiz 25 taligicha qolmoqda. 2023-yilda sug‘urta
tashkilotlarining investitsiyalar portfelida depozitlar 66 foizni, qimmatli qog‘ozlar esa 22
foizni egallagan.

2

Ushbu investitsion vositalarning o‘sish sur’atlari mos ravishda 39 va 5 foizlarni tashkil

etdi. Shuningdek, ko‘chmas mulkka bo‘lgan investitsiyalar hajmining o‘sish sur’ati 50 foizni
tashkil etib, jami investitsion portfelning 9 foiziga to‘g‘ri kelgan. Depozit sifatida

1

https://napp.uz/

2

https://cbu.uz/uz/statistics


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

21

investitsiyalarning o‘sish sur’atlarini yuqoriroq bo‘lishi sug‘urta tashkilotlari nisbatan xavfsiz
investitsiya vositalariga o‘z mablag‘larini yo‘naltirayotganini va ularni uzoq muddatli
barqaror daromad manbai sifatida ko‘rayotganligini ifodalaydi.

Sug‘urta tashkilotlarining jami mukofotlari 2023-yilda 29 foizga o‘sdi va 8,1 trln so‘mga

yetdi. Shunga qaramasdan, hayotni ixtiyoriy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta mukofotlari
kamayishi ta’sirida jami sug‘urta mukofotlarining 2023-yildagi yillik o‘sish sur’ati 2022-
yildagi ko‘rsatkichga nisbatan 38 foiz bandga pasaydi. Umumiy sug‘urta tarmog‘idagi ixtiyoriy
sug‘urta bo‘yicha sug‘urta mukofotlari katta ulushga ega bo‘ldi va 7,1 trln so‘mda shakllandi.
Shuningdek, umumiy sug‘urta mukofotlarining 1,9 trln so‘mi qayta sug‘urtalash uchun
to‘lovlar hissasiga to‘g‘ri keldi.

2023-yilda sug‘urta xizmatlari zichligi ko‘rsatkichi 27 foizga oshib, aholi jon boshiga 219

ming so‘mlik sug‘urta mukofotlari to‘g‘ri keldi. Shuningdek, 2023-yilda jami sug‘urta
mukofotlarining nominal YaIMga nisbatida o‘sish kuzatilib, yil yakuniga sug‘urta xizmatlari
ommalashish darajasi 7,6 promilleni tashkil etdi. Shunga qaramasdan, iqtisodiy rivojlanish
darajasi o‘xshash bo‘lgan ayrim mamlakatlar bilan solishtirganda O‘zbekiston uchun ushbu
ko‘rsatkich nisbatan past darajada saqlanib qolmoqda.

1-rasm. Sug‘urta to‘lovlarining mukofotlarga nisbati, %

3

Sug‘urta tashkilotlarining to‘lovlari kamayish tendensiyasiga ega bo‘ldi. Hayotni

ixtiyoriy sug‘urta qilishdagi sug‘urta to‘lovlarining keskin kamayishi natijasida 2023-yilda
jami sug‘urta to‘lovlari 22 foizga pasaydi va 2 trln so‘mni tashkil etdi. Sug‘urta to‘lovlari
asosan umumiy sug‘urta tarmog‘idagi ixtiyoriy sug‘urta shakliga to‘g‘ri kelgan va jami sug‘urta
to‘lovlarining 66 foizini tashkil yetgan.

3

https://napp.uz/


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

22

2-rasm. sug‘urta tashkilotlarining investitsiyalari (2024-yil yanvar-mart)

4

2024-yil birinchi kvartali holatiga sug‘urta kompaniyalaring umumiy ustav kapitali

2.327 trln. ni tashkil etgan va sug‘urta kompaniyalarining investitsiyalari 6.1 trln. somni
tashkil etgan. 2024-yil yanvar-mart oylaridagi sug‘urta kompaniyalarini investitsiyalaring 66
foizi depozitlar hissasiga, 22% esa qimmatli qog‘ozlar qolgan investitsiyalar esa ko’chmas
mulk, tashkilotlar ustav fondidagi ulushi va boshqa investitsiyalar hissasiga to‘g‘ri kelgan.

5

Xulosa o‘rnida shuni aytishimiz kerakki Sug‘urta bozorini yanada rivojlantirish,

zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etish orqali sug‘urta xizmatlarining
ommabopligini va sifatini oshirish, shuningdek, sohani tartibga solishni yanada
takomillashtirish dolzarbligicha qolmoqda. O‘zbekistonda sug‘urta kompaniyalarining oldiga
qo’yilishi kerak bo’lgan asosiy vazifalar takaful tamoyillarini va mahsulotlarini bosqichma-
bosqich joriy etish; yuklatilgan sug‘urta turlarini bosqichma-bosqich kengaytirish; «Yashil
sug‘urta» (Green insurance) mahsulotlarini joriy etish; ixtiyoriy tibbiy sug‘urtaning qamrovini
oshirish va yanada rivojlantirish va shular orqali O’zbekistonda sug’urta bozorini yanada
rivojlantirish hisoblanadi. O‘zbekistonda yashil sug‘urtani rivojlantirish istiqbollari bir qancha
omillar bilan bog'liq bo'lib, bu sektor ekologik muammolarni hal qilishda muhim ahamiyatga
ega. Aholi va korxonalar orasida ekologik muammolar va ularni hal qilish bo'yicha bilim
darajasini oshirish zarur. Yashil sug'urta, masalan, energiya samaradorligi, chiqindilarni
kamaytirish va tabiiy resurslarni muhofaza qilishni qo'llab-quvvatlaydi. Davlatning ekologik
siyosatida yashil sug'urtani rag‘batlantirishga qaratilgan dasturlar va qonunchilikni ishlab
chiqish. Davlat subsidiyalari va rag'batlar orqali bu sohani qo'llab-quvvatlashi mumkin.
Xorijiy mamlakatlar tajribasi va innovatsion yondashuvlarni o'rganish. Yashil sug‘urtani

4

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi rasmiy sayti malumotlari asosida muallif tomonidan yaratilgan.

5

https://napp.uz/

66%

22%

10%

2% 1%

sug'urta tashkilotlarining investitsiyalari (2024-yil

yanvar-mart)

Depozitlar
Qimmatli qog'ozlar
Ko'chmas mulk


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

23

rivojlantirish bo‘yicha xalqaro tashkilotlar va donorlar bilan hamkorlik qilish. Umuman
olganda, O‘zbekistonda yashil sug'urtani rivojlantirish istiqbollari mavjud bo'lib, bular davlat
va jamiyat tomonidan qo'llab-quvvatlansa, bu soha iqtisodiyotning barqaror rivojlanishiga
hissa qo‘shishi mumkin.