ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
13
BANKLARNI TRANSFORMATSIYALASHUVIDA MOLIYAVIY
INNOVATSIYALARDAN FOYDALANISHNING ME’YORIY-HUQUQIY ASOSLARI
M.Q.Maxmudova
Ph.D. Bank ishi kafedrasi dotsenti
https://orcid.org/0000-0002-5777-6606
https://doi.org/10.5281/zenodo.14020932
Annotatsiya
Ushbu maqolada hozirgi kunda iqtisodiy tizimga jadal sur’atlar bilan ta’sir etib
kelayotgan innovatsiya tushunchasi va bunga yondosh tarzda moliaviy innovatsiyaning kelib
chiqishi va ularning banklarning transformatsiyalshuvi jarayonidagi me’yoriy–huquqiy
hujjatlarning zarurligi, mavjudlarini takomillashtirish borasida ma’lumotlar o’rganilgan.
Xorijiy olimlar fikri alohida keltirilgan va bunga qo‘shimcha tarzda innovatsiya, moliyaviy
innovatsiyalarga oid qo‘shimcha takliflar berilgan.
Kalit so‘zlar:
innovatsiya, moliyaviy innovatsiyalar, innovatsion axborot texnologiyalari,
takomillashtirilgan mahsulot.
Аннотация
В данной тезисе рассматриваются инновационные процессы, стремительно
влияющие на экономическую систему, и возникновение финансовых инноваций в
связанном с ними формате, необходимость нормативно-правовых документов в
процессе трансформации банков, а также информация об обеспечении существующих.
были представлены. Отдельным участникам были переданы мнения зарубежных
ученых и дополнительные предложения по качественным инновациям.
Ключевые слова:
инновации, финансовые инновации, инновационные
информационные технологии, улучшенный продукт, подход, теория.
Abstract
In this tethsis, the innovation processes that are rapidly influencing the economic
system and the origin of the financial innovation in the format related to it, the necessity of
regulatory and legal documents in the process of transformation of banks, and information on
ensuring the existing ones have been presented. Opinions of foreign scientists were given to
individual participants and additional proposals for quality innovations.
Key words:
innovation, financial innovation, innovative information technology,
improved product, approach, theory.
Mamlakatimizda hozirgi vaqtda deyarli har kuni ulkan yangilik va o‘zgarishlar sodir
bo‘lmoqda. Bu, o‘z navbatida taraqqiyotimiz sur’atlari naqadar tezlashib, ularning
natijadorligi ortib borayotganligini ko‘rsatadi. Eng muhimi, bunday keng ko‘lamli islohot va
yangilanishlar aniq maqsadga – “Yangi O‘zbekiston”ning rivojini yangi bosqichga olib chiqish,
xalqimiz farovonligini oshirishga qaratilgani bejiz emas.
Zamonaviy texnologiyalar bir joyda to‘xtab turmaydi. U muntazam takomillashgani
sayin, tabiiyki, sohaning qonunchilik asoslari ham mustahkamlanib boraveradi, jumladan,
2030 yilga qadar “Raqamli O‘zbekiston” konsepsiyasini ishlab chiqish yuzasidan chora-
tadbirlarni amalga oshirish belgilangan.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
14
Innovatsion texnologiyalar mamlakatning iqtisodiy sohasiga tadbiq etilganda ushbu
sektor
faoliyatini
takomillashtirish
uchun
xizmat
qiladi.
Bunda
banklarni
transformatsiyalshuvi hukumat darajasidagi holat bo’lganligi sababli ham raqamlashuv
jarayonlari juda intensiv darajada amalga oshayotganiga guvoh bo’lishimiz mumkin. Bunda
banklar mijozlar bilan bevosita aloqalarni kuchaytirish, xizmat ko’rsatishni bir muncha
soddalashtirish va qulayliklar yaratish, moliyaviy hisob-kitoblarni to’liqligicha
avtomatlashtirish va boshqa bir qancha imkoniyatlarga ega bo’lishadi. Shu bilan bir qatorda
banklar innovatsion texnologiyalr yordamida xavfsizlik va himoya sohasida ham noodatiy
usullardan foydalanish imkoniyatiga ega bo’ladilar. Bank mijozlari ma’lumotlarini muhofazasi,
kiberxavflardan himoyalanish choralari borasida ham aniq metodlarni ishlab chiqish hamda
ulardan keng foydalanish bo’yicha izlanishlar olib boorish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
O‘zbekiston respublikasi prezidentining “O‘zbekiston — 2030” strategiyasi to‘g‘risidagi
farmoniga asosan barqaror iqtisodiy o’sish orqali aholi farovonligini ta’minlash bo’yicha
belgilangan chora tadbirlar qatorida 2030-yilga qadar iqtisodiyot hajmini 2 barobarga
oshirish va “daromadini o’rtachadan yuqori bo’lgan davlatlar” qatoriga kirish vazifasi
yuklangan. Bu vazifani bajarishda banklar faoliyatini raqamlashtirish, zamon talabiga mos
raqamli mahsulotlar hamda xizmatlar taklifini beradigan banklar sonini oshirish zarurligini
ko’rish mumkin. Ushbu vazifani bajarish uchun pul-kredit, fiskal va tashqi savdo siyosatlarini
o’zaro muvofiqlashtirish hamda tovar va xizmatlar borasida raqobat muhitini yaxshilashga
qaratilgan tarkibiy islohatlarni davom etttirish orqali 2030-yilga borib yillik inflyatsiyani 5-6
foiz darajasiga tushirish maqsad qilib qo’yilgan. Iqtisodiyotda transformatsiya va
institutsional islohotlarni izchil davom ettirish, mamlakatda qulay investitsion va
ishbilarmonlik muhitini ta’minlash zarurligi ko’rsatib o’tilgan.
Ushbu strategiyada bank sektori uchun ham alohida rivojlantirish konsepsiyasi ishlab
chiqilgan bo’lib, bunda bank tizimida islohotlarni jadallashtirish, bank xizmatlari bozori
hajmini oshirish va sohada raqobatni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratish lozimligi
ko’rsatilgan:
-
Bank va moliya tizimida yillik kreditlash hajmini 40 milliard dollarga yetkazish;
-
bank omonatlari hajmini 4 barobarga oshirish;
-
banklarni xususiylashtirish va davlat ixtiyorida 3-4 ta bankni saqlab qolish;
-
bank bozoriga kamida 4 ta yirik nufuzli chet el banklarini jalb qilish;
-
banklarga xalqaro tan olingan minimal standart va talablarni joriy qilish orqali
me’yorlar va nazorat bazalarini takomillashtirish;
-
kamida 3 ta tijorat banklarida islom moliyasi mezon va tartiblarini joriy etish, islom
moliyasining qonuniy asoslarini shakllantirish.
Oxirgi yillarda mamlakatimiz bank tizimida ko‘plab ijobiy islohotlar amalga
oshirilmoqda. Ushbu islohotlarning katta qismi bank tizimi xizmatlarining ommabopligi va
qulayliklarini kengaytirish, aholini va iqtisodiyotni ko‘p yillar davomida qiynagan naqdsiz
hisob-kitoblardagi muammolarni bartaraf etishga qaratilgan. Xususan, O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-maydagi PF-5992-son “2020 — 2025 yillarga
mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida”gi
farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-sentyabrdagi PQ-3270-sonli
“Respublika bank tizimini yanada rivojlantirish va barqarorligini oshirishga doir chora-
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
15
tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori, 2019-yil 23-iyuldagi PQ-4400-sonli “Mikromoliyaviy xizmatlar
ommabopligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, 2018-yil 19-sentyabrdagi PF-
3945-sonli “Milliy to‘lov tizimini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, 2018-yil
7-maydagi PF-3698-sonli “Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalariga innovatsiyalarni joriy etish
mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori va
boshqa ushbu sohadagi normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga
oshirishga muayyan darajada xizmat qildi.
Yuqorida chora-tadbirlar natijasida mamlakatimizda naqd pulsiz hisob-kitoblarni
amalga oshirish, banklarning innovatsion mahsulotlarining kengayishi, aholi talablariga mos
naqd pullarning iqtisodiyotda mavjudligi borasida rivojlanishlar kuzatildi. Tahlilimizning
asosiy maqsadlaridan biri tijorat banklari tomonidan chiqarilayotgan plastik kartalar,
o‘rnatilayotgan terminallar, bankomatlar va infokiosklarning samaradorligini baholashdan
iboratdir.