ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
11
FALSAFIY TERMINLARNING SEMANTIK XUSUSIYATLARI
Berdibekova Hulkar Mavlonovna
Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika universiteti
tayanch-doktoranti
https://doi.org/10.5281/zenodo.14015997
Annotatsiya.
Ushbu maqolada izohli lug`atlarda falsafaga oid terminlarning semantik
xususiyatlari haqida so`z yuritiladi.
Kalit so`zlar:
termin, falsafa, semantik, sema, semema, leksik kontekst, tilshunoslik,
metafora, metonimiya, sinekdoxa, vazifadoshlik.
Аннотация
: В данной статье говорится о семантических особенностях
философских терминов в толковых словарях.
Ключевые слова
: термин, философия, семантика, сема, семема, лексический
контекст, лингвистика, метафора, метонимия, синекдоха, функция.
Abstract
: This article talks about the semantic features of philosophical terms in
explanatory dictionaries.
Key words
: term, philosophy, semantic, sema, semema, lexical context, linguistics,
metaphor, metonymy, synecdoche, task.
Tilshunoslikda so`z semantikasidagi o`zgarish metafora, metonimiya, sinekdoxa,
vazifadoshlik kabi ma`no ko`chish yo`llari bilan amalga oshiriladi. O`zbek tilida falsafiy
terminlarning semantik usul bilan paydo bo`lishi o`zbekcha ko`pincha, o`zlashma so`zlar:
arabcha, lotincha, yunoncha, fransuzcha so`zlarni yangi falsafiy termin ma`nosida qo`llashdan
iborat. Bunga misol qilib quyidagilarni keltirish mumkin:
Tilshunoslikka oid terminlar falsafa termini vazifasida kelishi mumkin:
analogiya,
kategoriya, sabab ergash gap, sifat, substrat, nisbiy, ikkilamchi, zamon, harakat nomi;
-Iqtisod terminlari falsafa termini vazifasida kelishi mumkin: bazis,
-Huquqshunoslikka oid falsafa termini vazifasida kelishi mumkin:
analogiya, qonun;
-Matematik terminlarning falsafa termini vazifasida kelishi mumkin:
miqdor, irratsional;
-Diniy terminlarning falsafa termini vazifasida kelishi mumkin:
vahdat, haqiqat, panteizm.
Semantik valentlikning yuzaga kelishida falsafiy terminlarning ham ahamiyati katta
hisoblanadi. Semantik valentlikning vujudga kelishi uchun bir- biri munosabatga
kirishayotgan, bog`lanayotgan ikki semamaning tarkibida bir xil semalar bo`lishi kerak.
Masalan,
kechki payt
bog`lashuviga asos bo`lgan umumiy semani toppish uchun, birinchi
navbatda, ikkala sememaning semik strukturasini toppish lozim.
Kechki
– “vaqt”, “tunning
boshlanishi”, “kunning tugashi”, “quyoshning botishi”;
payt
- “vaqt”, “fursat, on”, “davr,
zamon”, “qulay imkoniyat”. Shunday ekan, yuqoridagi “vaqt” semasi aynan, umumiy bo`lib, u
kechki payt
uchun asos bo`lgan.
Semantik bog`langan ikki semema bir biri uchun belgilovchi leksik kontekst hisoblanadi.
Polisemem leksema anglatayotgan barcha ma`nolarning-sememalarning sintagmatik
imkoniyatlari, leksik kontekstlari bir-biridan farqli bo`ladi
40
. Demak, bundan ko`rinadiki,
leksemalarning mazmun plani, sememalar va semalarning yuzaga chiqadigan imkoniyatlari
farq qiladi. Buni
tajriba
falsafiy termini misolida ko`rib chiqamiz va leksik kontekstlari
quyidagicha bo`lishi mumkin:
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
12
Semema
Leksik kontekst
Tajriba 1, muayyan maqsadda amalga
oshiriladigan, bilish, aniqlash, sinash
va sh.k.ga qaratilgan ish, faoliyat.
Tajriba o`tkazmoq, tajriba natijalari,
tajribada sinab ko`rmoq,…
Tajriba 2, amaliy ishda, hayotda
o`zlashtirilgan, orttirilgan bilimlar,
malakalar, o`quvlar majmui.
Hayotiy tajriba, pedagogik tajriba,
ilg`orlarning tajribasini o`rganmoq,
tajribalarni o`rtoqlashmoq,…
Tajriba 3, obyektiv dunyoni, voqelikni
amaliy jihatdan hissiy-empirik bilish
jarayoni; obyektiv dunyo va ijtimoiy
amaliyot qonunlarining kishi ongidagi
inkiosi.
Hissiy tajriba, san`atkorning estetik
tajribasi,…
Tajriba 4, bir masala, yo`nalishda
dastlabki tarzdagi ish, harakat va
uning mahsuli.
Yosh ijodkorning birinchi tajribasi, o`z
g`azallariga o`zi taxmis yozish tajribasi,..
Sememalarni semalarga ajratishda izohli lug`atlardan foydalanish maqsadga muvofiq
bo`ladi. Chunki, bugungi kungacha leksik ma`noni ma`no bo`lak;arga bo`lishda, sememalarni
semalarga ajratishda O`zbek tilining izohli lug`ati muhim manbaa bo`lib xizmat qilmoqda.
Quyidagi falsafiy terminlarni semik tahlilga tortamiz. Sabab
- “vaj’, “bahona”, “bois”, “hodisa”.
Tasavvur-
“o`ylash”, “xayol qilish”, “ko`z oldiga keltirish”, “o`ylab zehnda gavdalantirish”.
Semik
tahlilda
semalarni farqlovchi va birlashtiruvchi miqdori aniqlansa asosiy vazifa amalga
oshirilgan bo`ladi. Bu falsafiy terminlarning birlashtiruvchi semalari yuzaga chiqqan.
References:
1.
A.Hojiyev. O`zbek tilining ko`p jildli izohli lug`atini tuzish uchun qo`llanma
2.
O`zbek tilining izohli lug`ati 1981-y
3.
O`zbek tilining izohli lug`ati 2008-y
4.
M.Abdullayeva Falsafa ensiklopedik lug`at T-2010-y
5.
S. Xolmirzayeva. Terminlarning yasalish usul va yo‘llari.Toshkent. 2022-y
6.
М. Хакимова. Семасиология. Тошкент. 2008-й