Авторы

  • Inobat Toshpo'latova
    Namangan davlat universiteti 1-bosqich tayanch doktoranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.scin.45965

Ключевые слова:

maktabgacha ta’lim tarbiyachi kreativlik qobiliyat pedagogik texnologiya innovatsiya ta’lim tarbiya interfaol metod.

Аннотация

Mazkur maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarni innovatsion pedagogik texnologiyalar yordamida kreativ fikrlashga o’rgatishga doir zaruriy ma’lumotlar keltirilgan. Shuningdek maqolada kreativlik, innovatsion texnologiya, maktabgacha ta’lim, maktab Yoshi kabi tushunchalar mazmuni ham yoritilgan.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

8

MAKTABGACHA KATTA YOSHDAGI BOLALARNI KREATIV

KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH USULLARI VA METODIKASI

Toshpo'latova Inobat Ulug'bek qizi

Namangan davlat universiteti

1-bosqich tayanch doktoranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.14013051

Annotatsiya.

Mazkur maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarni innovatsion pedagogik

texnologiyalar yordamida kreativ fikrlashga o’rgatishga doir zaruriy ma’lumotlar keltirilgan.
Shuningdek maqolada kreativlik, innovatsion texnologiya, maktabgacha ta’lim, maktab Yoshi
kabi tushunchalar mazmuni ham yoritilgan.

Kalit so’zlar:

maktabgacha ta’lim, tarbiyachi, kreativlik, qobiliyat, pedagogik

texnologiya, innovatsiya, ta’lim, tarbiya, interfaol metod.


Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida maktabgacha yoshdagi bolalarning har tomonlama

rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan pedagogik jarayon murakkab, shu bilan birga
rangbarangdir.

Ta’lim-tarbiya

samaradorligiga

erishishda

maktabgacha

ta’lim

tashkilotlaridagi har bir faoliyat turini to’g’ri tashkil etish lozim. Hozirgi davr ta’lim
taraqqiyotida yangi yo’nalish innovatsion pedagogikani maydonga olib chiqdi. Innovatsion -
bu yangilik kiritish, yangilik degan ma’noni anglatadi. Innovatsion texnologiyalar pedagogik
jarayon hamda pedagog faoliyatiga yangilik bo’lib, uni amalga oshirishda asosan interfaol
metodlardan to’liq foydalaniladi. Interfaol metodlar - bu jamoa bo’lib fikrlash deb yuritiladi,
ya’ni pedagogik ta’sir etish usullari bo’lib ta’lim mazmunining tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu
esa maktabgacha ta’lim tashkiloti mashg’ulotlarida ta’lim-tarbiya berishda iterfaol usullardan
foydalanishdan maqsad shundaki, bolalarni ijodiy fikrlashga o’rgatish, muammoli vaziyat-
larni yecha olish ko’nikmasini rivojlantirish, bolalarni faollashtirish va ularda do’stona
munosabatlarni shakllantirish.

Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tashkil etilayotgan mashg’ulotlarda qo’llanilayotgan

interfaol usullar ta’lim samaradorligi hamda muhitini yaxshilaydi. Tarbiyachining kasbiy
mahorati oshadi. Bolalar ijtimoiy muhitda, jamoasida o’z o’rnini his qila boshlaydi. Hozirgi kun
talabi tez o’zgaruvchan, murakkab va o’zaro bir-biriga bog’liq dunyoda o’z o’rnini topa
oladigan shaxsni tarbiyalashdir. Ta’lim innovatsiyasi deyilganda avvalo mashg’ulotlarda
pedagogik texnologiyalardan foydalanish nazarda tutiladi. Texnologik yondashuv asta-sekin
takomillashib innovatsion xarakterga ega bo’ldi. Har qanday yangilik egtiyoj natijasida yuzaga
keladi. Ehtiyoj qanchalik yuqori bo’lsa, uning samaradorlik darajasi ham ko’tarilaveradi.
Masalan maktabgacha ta’lim tizimida an’anaviy yo’nalishdagi mashg’ulotlar sistemasiga
e’tibor berilganda , bu faoliyatda tarbiyachi obyekt bola subyekt rolini o’ynagan edi . Ya’ni
faqat bola tinglovchi, tarbiyachi notiq sifatida gavdalangandi. Ammo barcha tajribalar ta’lim
berishdagi bunday harakatlar samarali bo’la ololmasligini tasdiqladi. Natijada ta’limni
samaraliligini belgilay oladigan yondashishlarni yuzaga keltirish zarurati tug’ildi. Ta’lim
innovatsiyalari deyilganda ko’z oldimizga albatta yangi pedagogik texnologiyalar gavdalanadi.
Pedagog ta’lim jarayonini innovatsiyalashda texnologiyani qo’llashni nazarda tutadi.
Innovatsiya yangilik kiritish bo’lsa, texnologiya- mahorat, san’at sifatida gavdalanib,


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

9

innovatsion texnologiyalar yuzaga keladi. Demak, tarbiyachining innovatsion faoliyati, bu
uning pedagogik mahorati belgisidir. Innovatsion texnologiyalarning har bir turi bolalarda
faqatgina yangi bilim hosil qilishga xizmat qilibgina qolmasdan, balki ularda har tomonlama
rivojlanish xizmat qila oladi. Ma’naviy savodxonligi sust bo’lgan inson hayot davomida
uchrashi mumkin bo’lgan qiyinchiliklar oldida esankirab qolishi mumkin.

Maktabgacha yoshdagi bolalarda kreativ tafakkurni rivojlantirishning muammosi

ko‘pgina pedagog va tadqiqotchilarni qiziqtirgan muammo sifatida uzoq yillardan buyon
o‘rganilib kelinmoqda. Boshqa ko‘pgina, sifatlar (fazilat) singari kreativlik ham birdaniga
shakllanmaydi. Kreativlik muayyan bosqichlarda izchil shakllantirib va rivojlantirib boradi.
Bolaning kreativligi uning tafakkurida, muloqotida, histuyg‘ularida, muayyan faoliyat
turlarida namoyon bo‘ladi. Maktabgacha yosh davri ijodiy faol shaxsni shakllanishi uchun eng
samarali davri, chunki aynan manashu davrda psixik jarayonlar progressive o‘zgarishlar
kechadi va shaxsiy fazilatlar tezkor rivojlanadi. Maktabgacha ta’lim muassasalarida ijodni
rivojlantirish bolalarning turli faoliyatlari orqali, masalan, kommunikativ, amaliy o‘yinlar
yordamida amalga oshadi.

Maktabgacha yoshi

- bu bolaning atrofida dunyoni faol o'rganadigan davr.

Maktabgacha yoshdagi bolalar o'zlarining psixologik rivojlanish xususiyatlariga ega. Yurish
boshlaganida, bola juda ko'p kashfiyotlar qiladi, xonada, ko'chada, bolalar bog'chasida
joylashgan narsalar bilan tanishadi. Turli narsalarni yig'ish, ularni o'rganish, mavzudan kelib
chiqqan tovushlarni tinglash, bu ob'ektning qaysi fazilatlari va xususiyatlari borligini biladi.
Ushbu davrda bolaning ingl. - figurativ va ingl. Effektiv fikrlash shakllari yaratilgan

Maktabgacha yoshdagi bolalar ko'pincha kamchiliklarini tanqid qilishadi, tengdoshlariga

shaxsiy xususiyatlar beriladi, bolalar va kattalar o'rtasidagi munosabatlar, shuningdek,
kattalar va kattalar o'rtasidagi munosabatni qayd qiladi. Biroq, ota-onalar bolalarga misol
bo'la oladi. Shuning uchun, ota-onalar bolaga ijobiy ma'lumotni kiritish, shaxsiy yoki
intellektual ma'lumot bo'lsin, u bolaga qo'rquv, xavotir va haqoratni keltirmasliklari kerak
Maktabgacha ta`lim uzluksiz ta`limning boshlang'ich qismi hisoblanadi. U bolaning sog’lom va
rivojlangan shaxs bo’lib shakllanishini ta`minlab, o’qishga bo'lgan ishtiyoqini uyg’otib, tizimli
o’qitishga tayyorlab boradi.

Shunday qilib, kreativ fikrlashni shakllantirishda quyidagi aniq vazifalarni hal qilish

kerak:
1.

Bolalarning estetik va hissiy tajribasini boyitish, ularning atrofdagi voqelik haqidagi

g‘oyalai hajmini oshirish, ufqlarini kengaytirish.
2.

Bolalar nutqini, majoziy iboralarni rivojlantirish, so‘z boyligini boyitish.

3.

Bolalarda qayta loyihalash, tajriba elementlarini birlashtirish qobiliyatini rivojlantirish.

Bolalarda “inklyuziya” asosid rekonstruksiya qilish kabi operatsiyani shakllantriishga alohida
e’tibor beriladi, bu turli xil tasvirlarni yaratish uchun bir xil elementdan foydalanishga imkon
beradi.
4.

Rivojlanayotgan muhitni ma’lum bir tarzda jihozlash. Tasavvurning kombinatsion

mexnizmlarini shakllantirish uchun sharoit yaratish lozimdir.

Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlab o‘tish joizki, kreativlikni faollashtirish usullaridan

foydalangan holda tashkillashtirilgan ijodiy o‘yin vazifalari, hayotiy vaziyatlar kreativ o‘yin va
mashg‘ulotlardan foydalanish maktabgacha yosh davridagi bolalarda kreativ yondashuv


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

10

asosida estetik tarbiyani shakllantirishda katta ahamiyat kasb etadi. Kreativ tafakkurga ega
bo‘lgan bola mashg‘ulotlarni tez o‘zlashtirish, berilgan har bir ta’limiy va tarbiyaviy
ta’limotlarni tezda ilg‘ab oladilar va hayotga tatbiq etish xusuusiyatiga ega bo‘ladilar.
Maktabgacha yoshdanoq kreativ fikrlay oladigan estetik tafakkurga ega bo‘lgan bolalar
kelajakda buyuk inson bo‘lib, yetishadilar va o‘z navbatida kelajakda vatani ravnaqiga o‘z
hissalarini qo‘shadilar. Shunday qilib, maxsus ta’lim jarayonida barcha bolalar kreativ va
ijodiy konstruktiv muammolarni hal qilishning umumiy tamoyillarini shakllantiradilar.

References:

1.

Abduqodirov A.A., Begmatova N.X. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida multimedia

texnologiyasidan foydalanish uslubiyoti (o’quv-uslubiy qo’llanma). - Qarshi : Nasaf, 2011.
2.

Ziyamuhammedov, Bo'ri, Mamarajab Tojiyev. Pedagogik texnologiya-zamonaviy o'zbek

milliy modeli. Toshkent. 2009.y
3.

Alimov N. Maktabgacha yoshdagi bolalarni matematik ta’limga tayyorlash .

Maktabgacha ta’lim - T.:2005.
4.

R.G‘.Qodirov “Yosh davrlari va pedagogik psixologiya”(2005)

5.

“Bolalar

iqtidorini

erta

aniqlashning

psixologik-pedagogik

metodikalari

majmuasi”.(2010)

Библиографические ссылки

Abduqodirov A.A., Begmatova N.X. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida multimedia texnologiyasidan foydalanish uslubiyoti (o’quv-uslubiy qo’llanma). - Qarshi : Nasaf, 2011.

Ziyamuhammedov, Bo'ri, Mamarajab Tojiyev. Pedagogik texnologiya-zamonaviy o'zbek milliy modeli. Toshkent. 2009.y

Alimov N. Maktabgacha yoshdagi bolalarni matematik ta’limga tayyorlash . Maktabgacha ta’lim - T.:2005.

R.G‘.Qodirov “Yosh davrlari va pedagogik psixologiya”(2005)

“Bolalar iqtidorini erta aniqlashning psixologik-pedagogik metodikalari majmuasi”.(2010)