ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
103
ODAM SAVDOSI JABRLANUVCHILARI BILAN ISHLASHNING PSIXOLOGIK
JIHATLARI
Raximov Muxammad Baxtyarovich
Urganch shahri bo‘yicha IIO FMB 3-son IIB boshlig‘i mayor
https://doi.org/10.5281/zenodo.14005420
Annotatsiya:
Ushbu maqolada odam savdosi jinoyatida jabrlanuvchining psixologik
hususiyatlari va ular bilan olib boriladigan chora tadbirlarning ilmiy nazariy jihatlari yoritib
berilgan.
Annatation:
This article examines the psychological characteristics of the victim of a
crime related to human trafficking and the scientific theoretical aspects of the measures
taken.
Аннотация:
В этой статье рассматриваются психологические особенности
жертвы преступления, связанного с торговлей людьми, и научные теоретические
аспекты принимаемых мер.
Kalit so‘zlar:
Odam savdosi, jinoyat, shaxs, psixologik usullar.
Key words:
Human trafficking, crime, person, psychological methods.
Ключевые слова:
Торговля людьми, преступление, жертва, идентификация,
юридическая помощь, психологические методы.
Kirish.
Mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar, eng avvalo, fuqarolarimizning tinch va
ossuda hayotini ta’minlash, ularning hech narsadan muhtoj va hech kimdan kam bo‘lmasligini
barqarorlashtirish bilan davlatimizni rivojlanishi yetuk bo‘lgan davlatlar qatoridan munosib
o‘rinni egallab, uning buyuk kelajagi sari yetaklashga qaratilgan. Afsuski, ushbu bunyodkor
maqsadlarga erishish oson kechmayapti, aksincha bu yo‘nalishda turli to‘siq va g‘ov bo‘lib
turganlar qatorida odam savdosi ham o‘rin egallagan.
Odam savdosining yurtimiz taraqqiyoti va jamiyat uchun xavfliyligi nafaqat uning
bugungi kunda dunyo mamlakatlarida, balki davlatimizda yashayotgan fuqarolarning hayoti,
sog‘lig‘i va erkinligiga tahdid solayotgani hamda buning natijasida yuzaga keluvchi salbiy
oqibatlar bilan ham tushuntiriladi.
Odam savdosi
– shaxsning ozodligi, sha’ni va qadr-
qimmatiga qarshi qaratilgan, uyushgan transmilliy xarakterga ega bo‘lgan jinoyat. Shunga
ko‘ra qonun chiqaruvchi sodir etilgan bunday jinoyatlar uchun eng og‘ir sanksiyalarini
nazarda tutadi. Bu holat o‘z-o‘zidan odam savdosi jinoyatlarini ochish bo‘yicha o‘tkaziladigan
tezkor-qidiruv tadbirlarini yo‘nalishi va ahvoliga ta’sir o‘tkazmasligi mumkin emas. Odam
savdosi jinoyatlarining oldini olish va ochishda, haqiqatni aniqlashda JQ va TQKB xodimlariga
katta mas’uliyat va talablar qo‘yilgan. Bu borada xatolarga yo‘l qo‘yilsa, gunohsiz odamni
jazolanishiga olib keladi. Shuning uchun odam savdosi jinoyatlari bo‘yicha o‘z vaqtida tezkor
yo‘llar bilan to‘plangan barcha dalillarni tekshirish kerak bo‘ladi.
Odam savdosi
- o‘g‘irlash, zo‘rlik ishlatish yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish,
majburlashning turli usullaridan foydalangan holda, xizmat mavqeidan foydalangan holda,
jabrlanuvchini O‘zbekiston Respublikasi davlat chegarasidan olib o‘tgan holda, chet-elda
qonunga xilof ravishda ushlab turgan, qalbaki hujjatlardan foydalangan holda jabrlanuvchini
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
104
shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarini olib qo‘yish, yashirish yoki yo‘q qilib yuborish harakatlarini
o‘z ichiga oladi.
Odam savdosi uchun javobgarlik O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-
moddasida ko‘rsatilgan. Ushbu 135-moddaga «Odam savdosiga qarshi kurashish
to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan
O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritish haqida»gi
Qonuniga asosan yangi taxrirda o‘zgartirish kiritildi.
Odam savdosining uyushgan transmilliy jinoiy faoliyat sifatida asosiy farq qiluvchi
xususiyati bo‘lib, uni sodir etish oqibatida jismoniy shaxslar
tovarga aylanadilar, ya’ni sotib
olish yoki sotib yuborish, hadya qilish, topshirish, tashish, foydalanish uchun yollash va
boshqalar uchun ob’ekt bo‘lishlari mumkin, ya’ni ular jonsiz buyumga tenglashtiriladilar. Bu
shaxslarga nisbatan barcha yoki ayrim ko‘rinishdagi huquqiy egalik alomatlari amalga
oshiriladi.
Odam savdosi jinoyatlarining o‘ziga va o‘zbekchilik mentalitetiga hos bo‘lgan
jihatlaridan biri, bu uning yuqori latentligidir. Ya’ni, xar doim ham xar bir odam savdosidan
jabr ko‘rgan shahs to‘g‘ridan-to‘g‘ri ushbu ko‘rgan jabri yoki uning boshlang‘ich bosqichlarida
huquqni muhofaza qiluvchi organlariga o‘z haq huquqlarining poymoliga bo‘lgan
tajovvuzlarni atrofdagilarga bildirishmaydi.
Lekin xar bir insonning ichidan o‘tib borayotganini aniqlab olish faqat uning tashqi ruhiy
xolatining o‘zgarishini, uning hiss-tuyg‘ularini ko‘zatish va maxsus bilimlardan foydalanib
o‘tkazilgan suhbatlardan anglash mumkin. Shuning uchun ham ushbu jinoyatlarga qarshi
kurashning samaradorligini oshirish eng avvalo, ularni o‘z vaqtida aniqlash va fosh etish
choralarini ko‘rish orqali erishiladi. Buning uchun esa, odam savdosi jabrlanuvchilarini
aniqlash va ular bilan ishlashning psixologik jihatlarini o‘zlashtirish lozim.
Bugungi kunda O‘zbekistonda odam savdosidan jabrlangan shaxslarning:
–
jinsi bo‘yicha
65 foizini erkaklar, 35 foizini ayollar tashkil etadi;
–
yoshi bo‘yicha
5,1 foizini voyaga yetmaganlar, 31,6 foizini 18-25 yoshdagi shaxslar,
28,6 foizini 25-30 yoshdagi shaxslar, 27,2 foizini 30-40 yoshdagi shaxslar, 14,7 foizini 40
yoshdan katta shaxslar tashkil etadi;
–
fuqaroligi bo‘yicha
99,9 foizini O‘zbekiston fuqarosi, 0,1 foizini chet el fuqarosi yoki
fuqaroligi bo‘lmagan shaxs tashkil etadi;
–
ekspluatatsiya qilingan joy bo‘yicha
9 foizi O‘zbekiston hududida, 91 foizi chet elda,
jumladan, 40,1 foizi Rossiya Federatsiyasida, 36,5 foizi Qozog‘istonda, 5,1 foizi Turkiyada,
4,3 foizi Birlashgan Arab Amirliklarida, 5 foizi boshqa davlatlarda ekspluatatsiya qilingan;
–
jalb qilingan ekspluatatsiya turi bo‘yicha
71,4 foizi mehnat ekspluatatsiyasidan, 26,6 foizi
shahvoniy ekspluatatsiyadan, 1,9 foizi chakaloq savdosidan, 0,07 foizi ekspluatatsiyaning
boshqa shakllaridan jabrlangan
1
.
Huquqni muxofaza qiluvchi, shu jumladan ichki ishlar organlarining xodimlari kundalik
xizmat faoliyati taqazosi bilan ba’zan murakkab, qaltis vaziyatlarga tushishlari to‘g‘ri keladi.
1
Ўзбекистон Республикаси Ички ишлар вазирлиги Тергов бош бошқармасининг
2013 йилда мамлакатимизда одам савдосидан жабрланган шахсларга доир статистик
маълумотларининг таҳлили.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
105
Bunday vaziyatlarning yuzaga kelishi ob’ektiv sabablarga bog‘liq bo‘lsa, bunday vaziyatlarda
xodimning psixologik holatining keskinlashuvi sub’ektiv sabablarga bog‘liq hisoblanadi.
Masalan, kishi o‘zidagi empatik ya’ni hamdardlik xissi orqali boshqa shaxslarga yordam
berishni istashi, xissiyotga berilishi yoki holatni atroflicha o‘rganmasdan turib unga sub’ektiv
baho berishi mumkin.
Bu ko‘pincha odam savdosi jabrlanuvchilari bilan ishlash jarayonida kuzatiladi.
Biz tadbiq qilmoqchi bo‘layotgan mazkur modul, odam savdosi jabrlanuvchilari bilan
ishlashda huquqni muxofaza qiluvchi organ xodimlari xizmat vazifalarini bajarishda
psixologik bilimlarga ega bo‘lishlari uchun kerakli bilimlar va malakalarni xosil bo‘lishiga
imkon yaratadi.
Bunda siz vaziyatni psixologik tahlil qilish malakasiga ega bo‘lasiz. Ishonamizki,
psixologik bilimlar sizning xizmat faoliyatingizni yengillashtiradi.
Bizga huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimi sifatida odam savdosidan
jabrlanganlarni aniqlash va ular bilan samarali ishlash malakasini egallash quyidagi
sabablarga ko‘ra muhim:
-
ularga qayta ozor berilishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun ularga jinoyatchi emas, balki
jabrlanuvchi sifatida qarash malakasini beradi;
-
bu zarur bo‘lgan va o‘rinli yordam olishlarini kafalatlaydi;
-
odam savdosi bilan shug‘ullanuvchi shaxslarga qarshi ko‘rsatmalar, yoki ularni
ushlashda kerak bo‘ladigan har qanday ma’lumotlar bilan o‘rtoqlashishlari uchun
jabrlanuvchilar bilan ishonchli aloqa o‘rnatish imkonini beradi.
Bizning vazifamiz odam savdosidan jabrlanganlarni aniqlash, ularga psixologik yordam
ko‘rsatish va ularning yordami va ko‘rsatmalariga qarab haqiqiy aybdorlarni aniqlashdir.
References:
1.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Tergov bosh boshqarmasining 2013 yilda
mamlakatimizda odam savdosidan jabrlangan shaxslarga doir statistik ma’lumotlarining
tahlili.
2.
Urazbayeva, D. (2023). OSHQOZON YARASI VA O ‘N IKKI BARMOQLI ICHAK YARASI
TASHXISLI BEMORLAR PSIXOEMOTSIONAL HOLATLARINI TADQIQ QILISH XUSUSIYATLARI.
O'ZBEKISTON OLIMLARINING ILMIY-AMALIY TADQIQOTLARI, 2(3), 47-50.
3.
Abdullayevna, U. D. (2022). ONKOLOGIK BEMORLAR PSIXOEMOTSIONAL HOLARLARINI
DIAGNOSTIKA QILISHNING O ‘ZIGA XOSLIGI. O'ZBEKISTON OLIMLARINING ILMIY-AMALIY
TADQIQOTLARI, 1(3), 43-47.
4.
Abdullayevna, U. D. (2022). ONKOLOGIK BEMORLAR PSIXOEMOTSIONAL HOLARLARINI
DIAGNOSTIKA QILISHNING O ‘ZIGA XOSLIGI. O'ZBEKISTON OLIMLARINING ILMIY-AMALIY
TADQIQOTLARI, 1(3), 43-47.
5.
УРАЗБАЕВА, Д. SOCIO-PSYCHOLOGICAL CHARACTERISTICS OF LIFE ACTIVITY OF
ONCOLOGICAL PATIENTS. O ‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI XABARLARI, 2022,[1/10]
ISSN 2181-7324.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
106
6.
Urazbayeva, D., & Radjapova, I. (2021). EKZISTENSIONAL PSIXOLOGIYADA SHAXS
MASALALARINING TALQIN QILINISHI. Central Asian Research Journal for Interdisciplinary
Studies (CARJIS), 1(Special issue), 294-300.
7.
Abdullaevna, U. D., Baxadirovna, K. S. H., & Ikramovna, A. Z. (2021). Features of the study
of the internal picture of the disease in patients with tuberculosis. ACADEMICIA: An
International Multidisciplinary Research Journal, 11(3), 2135-2140.
8.
Уразбаева, Д. (2017). ОНКОЛОГИК БЕМОРЛАРНИНГ ШАХСИЙ ЭМОЦИОНАЛ
СОҲАСИГА ПСИХОТЕРАПЕВТИК ТАЪСИР ҚИЛИШ. ВЕСТНИК КАРАКАЛПАКСКОГО
ГОСУДАРСТВЕННОГО УНИВЕРСИТЕТА ИМЕНИ БЕРДАХА, 35(4), 46-50.)