ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
65
YANGI KONSTITUTSIYA – TARAQQIYOT QOMUSI
Xolmamatova Risolat Bahodir qizi
Termiz iqtisodiyot va servis universiteti
KXT 9-23- guruh talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.13987267
Konstitutsiya – erkin va farovon hayotimiz,
mamlakatimizni yanada taraqqiy ettirishning
mustahkam poydevoridir.
Sh.M.Mirziyoyev
O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, islohotlarning ilk davri, albatta,
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinishi bilan boshlangan. Faxr va g’urur bilan
aytish mumkinki, yurtimizda olib borilayotgan barcha islohotlar bevosita qonun ustuvorligi
tamoyiliga asoslangan. Konstitusiya lotin tilidan tarjima qilinganda, qoidalar” yoki ,,nizom”
degan ma’noni anglatadi. Butun boshqaruv tizimida qonun roli va vazifasini kengaytirish, unga
bo’ysunib yashashni aholi turmush tarziga aylantirish, demokratik davlatning sifat ko’rinishi,
fuqarolik jamiyatining beqiyos afzalligidir. Bobokalonimiz Amir Temur ta’kidlaganlaridek,
,,Qonun hukmron joyda erkinlik bo’ladi.” Insonlar belgilangan tartib-qoidalarga amal qilsa,
ularning ishlari adolatli hal etiladi, jamiyatda erkinlik va sog’lom huquqiy muhit shakllanadi.
Bosh qomusimizda hozirgi zamon konstitutsiyalaridagi umuminsoniy qadriyatlar va
xalqaro huquqning eng muhim me’yorlari mujassamlashgan. 2023-yilning 30-aprel kuni
xalqimiz hayotida o’ziga xos voqelikka ega bo’lgan kun sifatida tarixga muhrlandi. Sababi, ko’p
millatli xalqimiz ko’nglidagi o’zgarish va islohotlarga zamin yaratib berishi bilan ahamiyatli
bo’lgan yangi Konstitutsiya qabul qilindi. Davlatimiz rahbari yangilangan Konstitutsiyamiz
,,Xalq – qonunlarning yagona manbai va muallifidir” hamda ,, Barcha muhim qarorlar bevosita
xalq bilan muloqot asosida va jamoatchilik fikrini hisobga olgan holda qabul qilinadi”, degan
tamoyillarga asoslangan holda ishlab chiqilsagina tom ma’noda xalqimiz xohish-irodasining
ifodasi – haqiqiy xalq Konstitutsiyasi bo’lishini alohida ta’kidlagan edi. Shu bois, hech
ikkilanmasdan aytish mumkinki, O’zbekistonning Yangi Konstitutsiyasi xalqimiz muallifligida
yaratildi.
Mamlakatimizning buguni va ertasiga befarq bo’lmagan fuqaro sifatida shuni ayta
olamanki, yangi Konstitutsiya, shuningdek, Bosh qomusimiz yangilanishida faol ishtirok etgan
ko’p millatli xalqimizning bugungi va ertangi farovon hayoti uchun muhim ahamiyat kasb
etishiga ishonaman.
