Авторы

  • Munira Marufova
    O'zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti Maktabgacha taʼlim kafedrasi oʻqituvchisi
  • Feruza Rustamova
    Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti. Maktabgacha va boshlang'ich talim fakulteti. 3-kurs talabasi.

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.scin.46012

Ключевые слова:

STEAM “Ilk qadam”maktabgacha ta’lim texnologiya tarbiya konsepsiya rivojlanish markaz kompetensiya.

Аннотация

Maktabgacha taʼlim tashkiloti –bu o‘ziga xos olam, unda bola o‘zini qulay, xavfsiz va manzur sezishi lozim. O‘sish va rivojlanish sharoitlari mohiyati juda oddiydir. Ushbu maqolada STEAM ta’lim texnologiyasi asosida maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim-tarbiya berish muammolari haqida so‘z boradi.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

46

STEAM TA’LIM TEXNOLOGIYASI ASOSIDA MAKTABGACHA YOSHDAGI

BOLALARGA TA’LIM-TARBIYA BERISH

IMKONIYATLARI

Marufova Munira Egamquovna

O'zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti

Maktabgacha taʼlim kafedrasi oʻqituvchisi

Rustamova Feruza Ilxomovna

Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti.

Maktabgacha va boshlang'ich talim fakulteti. 3-kurs talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.13982335

Annotatsiya:

Maktabgacha taʼlim tashkiloti –bu o‘ziga xos olam, unda bola o‘zini qulay,

xavfsiz va manzur sezishi lozim. O‘sish va rivojlanish sharoitlari mohiyati juda oddiydir.
Ushbu maqolada STEAM ta’lim texnologiyasi asosida maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim-
tarbiya berish muammolari haqida so‘z boradi.

Kalit so‘zlar:

STEAM, “Ilk qadam”maktabgacha ta’lim, texnologiya, tarbiya, konsepsiya,

rivojlanish, markaz, kompetensiya.


O‘sib kelayotgan yosh avlodni ehtiyotkorlik bilan zinama-zina –tepaga rivojlanish

zinapoyasidan olib boradilar. Biz esa faqatgina ushbu harakatning xususiyatlarini
tushunishimiz va bolani vaqtida qo‘llab-quvvatlash, ushbu o‘sish uchun muvofiq sharoit
yaratishimiz darkor.Bu borada taʼlim jarayoni muxim ahamiyatga ega. “Ilk qadam” dasturi
maktabgacha taʼlim tizimini takomillash- tirishda ilk dadil qadam hisoblanadi.Maktabgacha
taʼlim tashkilotining “Ilk qаdаm” davlat o‘quv dasturi O‘zbekiston Respublikasining ilk va
maktabgacha yoshidagi bolalarni rivojlantirish borasidagi Davlat talablariga muvofiq ishlab
chiqilgan meʼyoriy-huquqiy hujjat bo‘lib, unda maktabgacha taʼlim muassasasining maqsad va
vazifalari, o‘quv-tarbiyaviy faoliyatning asosiy g‘oyalari ifodalangan, shuningdek, bolaning
taʼlimning keyingi bosqichiga o‘tishidagi asosiy kompetentsiyalari belgilangan.О’zbekiston
Respublikasi prezidentining «Maktabgacha ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish
konsepsiyasini tasdiqlash tо’g‘risida»gi qarori qabulqilindi.Asosiy qism. Qaror maktabgacha
ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, bolalarning sifatli maktabgacha ta’limdan teng
foydalanishini ta’minlash, maktabgacha ta’lim xizmatlarining nodavlat sektorini rivojlantirish
maqsadida, qabul qilinmoqda.Prezident qaroriga kо’ra, О’zbekiston Respublikasi
maktabgacha ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlangan va u
quyidagilarni nazarda tutadi:

maktabgacha ta’lim sohasidagi normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish;
maktabgacha yoshdagi bolalarning har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va

jismoniy rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish;

sifatli maktabgacha ta’lim bilan qamrovini oshirish, undan teng foydalanish

imkoniyatlarini ta’minlash, mazkur sohada davlat-xususiy sherikligini rivojlantirish;

maktabgacha ta’lim tizimiga innovatsiyalarni, ilg‘or pedagogik va axborot-

kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

47

maktabgacha ta’limni boshqarish tizimini takomillashtirish, maktabgacha ta’lim

muassasalari faoliyatini moliyalashtirish shaffofligi va samaradorligini ta’minlash;

maktabgacha ta’lim tizimiga maktabgacha ta’lim tizimi xodimlarini tayyorlash, qayta

tayyorlash, malakasini oshirish, tanlab olish va rivojlantirishga mutlaqo yangi yondashuvlarni
joriy etish;

maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarning sog‘lom va balanslashtirilgan

ovqatlanishini, sifatli tibbiy parvarishini ta’minlash; Shungingdek, О’zbekiston Respublikasi
maktabgacha ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini 2019 yilda amalga
oshirish bо’yicha

«Yо’l xaritasi»;
2019–2024-yillarda

О’zbekiston

Respublikasi

maktabgacha

ta’lim

tizimini

rivojlantirishning maqsadli kо’rsatkichlari;

2025–2030-yillarda

О’zbekiston

Respublikasi

maktabgacha

ta’lim

tizimini

rivojlantirishning

maqsadli

kо’rsatkichlari

tasdiqlangan.О’zbekiston

Respublikasi

Maktabgacha ta’lim vazirligi har yili 1-dekabrga qadar о’tayotgan yilning «Yо’l xaritasi»
bajarilishi yakunlarini batafsil о’rganish asosida keyingi yil uchun «Yо’l xaritasi»ni ishlab
chiqadi va tasdiqlash uchun О’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi,
shuningdek, «Yо’l xaritalari»ning bajarilishi ustidan doimiy monitoring olib boradi.
Tadbirlarni moliyalashtirish manbalari etib quyidagilar belgilanmoqda:

О’zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari;
О’zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’limni

rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari;

jismoniy va yuridik shaxslarning xayriya mablag‘lari;
xalqaro moliya tashkilotlari, xorijiy davlatlar va boshqa donorlar kreditlari (qarzlar),

grantlari va texnik kо’maklashish mablag‘lari;

qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar. Maktabgacha ta’lim tashkilotining

davlat о’quv dasturi (quyida: «MTT davlat о’quv dasturi») О’zbekiston Respublikasining ilk va
maktabgacha yoshidagi bolalarni rivojlanishiga qо’yiladigan Davlat talablariga muvofiq ishlab
chiqilgan me’yoriy-huquqiy hujjat bо’lib,unda maktabgacha ta’lim muassasasining maqsad va
vazifalari, о’quv-tarbiyaviy faoliyatning asosiy g‘oyalari ifodalangan, shuningdek, bolaning
ta’limning keyingi bosqichiga о’tishidagi asosiy kompetensiyalaribelgilangan.

MTT davlat о’quv dasturini О’zbekiston Respublikasi hududida joylashgan quyidagi

ta’lim muassasalarida qо’llash uchun majburiy: -davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari; -
maktabgacha ta’lim sohasida xizmat kо’rsatuvchi nodavlat tashkilotlari; -maktabgacha
yoshdagi bolalar guruhlariga ega bо’lgan «Mehribonlik» bolalar uylari; -maktabgacha va
boshlang‘ich ta’limni nazorat qiluvchi boshqaruv organlari.

MTT davlat о’quv dasturi variativ о’quv dasturlarini yaratishda majburiy tayanch hujjat

hisoblanadi. О’quv-tarbiyaviy jarayonning maqsadi bolalarda umumiy asosiy kompetensiyalar
va rivojlanish sohalari kompetensiyalarini shakllantirish uchun tegishli sharoitlar yaratishdan
iboratdir. Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim berishda kompetensiyaviy yondashuv о’sib
borayotgan bola shaxsini hayotga tayyorlash, unda hayotiy muhim masalalarni hal qilish
uchun zarur bо’lgan, axloqiy meyor va qadriyatlarni о’zlashtirish, boshqa insonlar bilan
muloqot qilish, «Men» obrazini qurish bilan bog‘liq bо’lgan faoliyat usullarini shakllantirishga


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

48

tayyorgarlikni kо’zda tutadi. Boshlang‘ich muhim kompetensiyalar bolaning faoliyat va axloq
subyekti sifatidagi yaxlit rivojlanishini talab etadi. Kompetensiya bolaning bilim, kо’nikma,
malaka va qadriyatlari majmuidir. Boshlang‘ich kompetensiyalar, rivojlanish sohasidan qat’i
nazar, bola shaxsi shakllanishi uchun asos bо’lib xizmat qiladi.

Maktabgacha yoshdagi (6-7 yosh) bolaning umumiy muhim kompetensiyalari

Kommunikativ kompetensiya –muloqot vositalaridan turli vaziyatlarda foydalana bilish
kо’nikmasi. О’yin kompetensiyasi –bolaning о’yin jarayoni va uni tashkil qilishda tajriba, bilim
va kо’nikmalardan ijodiy foydalanishi. О’quv-tarbiyaviy jarayon uchun asos hisoblanadi.
Ijtimoiy kompetensiya –hayotiy vaziyatlarda kattalar va tengdoshlar bilan muloqotda axloq
qoidalari va meyorlariga rioya qilgan holda о’zini tuta olish mahorati. Bilish kompetensiyasi –
atrofdagi olamni ongli ravishda idrok qilish va olingan bilim, kо’nikma, malaka va
qadriyatlardan о’quv va amaliy vazifalarni hal qilish uchun foydalanish. Bolaning rivojlanish
sohalari kompetensiyalari.Bolaning kompetensiyalari bola rivojining quyidagi sohalarida
belgilanadi: -jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzining shakllanishi; - ijtimoiy-hissiy
rivojlanish; -nutq, muloqot, о’qish va yozishmalakalari; -bilish jarayonining rivojlanishi; -
ijodiy rivojlanish. Bolaning rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan markazlar faoliyati nafaqat
bolani mustaqil hayotga tayyorlaydi balki bugungi kunni samarali о’tishi, о’sish va rivojlanish
jarayoni tabiiy holda kechishi uchun zarur shar-sharoitlar yaratishni kо’zda tutadi.

STEAM texnologiyasi ta’limdan farqli ravishda bilimlarni alohida emas, o’zaro

mutanosib holda olib borishni ta’minlab beradi. Bola o’zidanostandart fikrlash, muammoga
bir nechta yechim topish va ijodkorlik ko’nkmalarini shakllantiradi va bu uning kelajakdagi
faoliyatida juda qo’l keladi.

STEAM ta'lim tizimi o’zi nima? S-science
T-technology E-engineering, A-art
M-math.
Ushbu yo’nalishlar zamonaviy dunyoda eng mashhur bo’lib kelayotganini unutmang.

Shuning uchun bugungi kunda STEAM tizimi asosiy tendentsiyalardan biri sifatida
rivojlanmoqda. STEAM ta’limi yo’nalishi va amaliy yondashuvni qo’llash, shuningdek, barcha
beshta sohani yagona ta’lim tizimiga integratsiyalashuviga asoslangan.STEAM ta’lim
texnologiyasining boshqa texnologiyalardan farqi shundaki, bolalar turli xil mavzularni
muvaffaqiyatli о’zlashtirishlari uchun bir vaqtni о’zida aqliy faoliyat bilan birga amaliy
faoliyatni uyg‘unligini ta’minlaydilar. Bunda ―aql va qо’l iborasiga amal qiladilar. Olgan
bilimlarini amaliy faoliyatda kо’rib tezda o’qib, о’zlashtirib oladilar. О’yin, qurilish, kognitiv va
tadqiqot faoliyati orqali badiiy va ijodiy faoliyat turlari rivojlanadi. Har bir modul STEAM
ta’lim maqsadlarini amalga oshirishni ta’minlaydigan aniq vazifalarni kompleks ravishda hal
qilishga qaratilgan:kognitiv tadqiqotlar jarayonida bolalarni intellektual qobiliyatlarini
rivojlantirish va ilmiy- texnik ijod qilishga о’rgatadi.

Maktabgacha yoshdagi bolalarda badiiy-texnik ijodiyotni sintezqilish, umuman AKT

(axborot kommunikatsiya texnologiyalari) va raqamli texnologiyalarni rivojlantirish, media
ma’lumotlarni takomillashtirish asosida animatsion samarali foydali mustaqil faoliyatini
tashkil etish, bolalarni mantiqiy va algoritmik fikrlashi, rejalashtirish va modellashtirish
qobiliyatlarini rivojlantirishdan iborat. STEAM ta’lim texnologiyasining asosiy pedagogik
ahamiyatli jihati shundaki, bolani integratsiyalashgan rivojlanish imkoniyatidir. Integratsion


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

49

yondashuv turli xil faoliyat turlari –о’yin, texnika, nutq, vizual, kommunikativ, kognitiv va
boshqalarning о’zaro bog‘liqligida namoyon bо’ladi.

Muhokama va natijalar.

maktabgacha yoshdagi bolalarning kommunikativ

kompetensiyalarini shakllantirish jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy hayotidagi faol
jarayonlari bilan bog‘liq bо’lib, maktabgacha ta’lim tizimida bola shaxsini shakllanishida
zamonaviy yondashuvlarni tatbiq etish, turli shakl, usul va vositalarini ishlab chiqishni, ularni
har tomonlama rivojlanishi va ijtimoiy moslashuvini talab etadi. Maktabgacha ta’limda
faoliyatning yetakchi turi о’yin deb hisoblanadi lekin STEAM texnologiyasi tadqiqotchilarining
fikriga kо’ra bolalarning yetakchi faoliyat turi bu tajriba deb hisoblanadi. О’yinchoqlar
yordamida bolalar о’qish, о’lchash, tekislash, hisoblash, bо’yash, muloqot qilishni о’rganadilar
va jamoa malakalarini egallaydilar. Bu ularga zarur matematik, filologik va muhandislik, san’at
kо’nikmalarini olishga yordam beradi.

STEAM ta’lim texnologiyasi bolalarda quyidagi muhim xususiyatlar va kо’nikmalarni

rivojlantirishga yordam beradi: muammolarni keng qamrovli tushunish, ijodiy fikrlash,
muhandislik yondashuv, tanqidiy fikrlash, ilmiy metodlarni tushunish va qо’llash, dizayn
asoslarini tushunish. Bugungi kunda STEAM ta’lim dunyodagi asosiy tendensiyalardan biri
sifatida rivojlanmoqda va amaliyot yondashuvni qо’llashda beshta sohani yagona о’quv
sxemasiga integratsiyalashga asoslangan. Bunday ta’limning shartlari uning uzluksizligi va
bolalarning guruhlarda о’zaro muloqot qilish qobiliyatini rivojlantirish bо’lib, bunda ular
fikrlarni tо’playdilar va fikrlar almashadilar. Shuning uchun, asosiy ta’lim dasturiga
Legotexnologiyalar, bolalar tadqiqotlari kabi mantiqiy fikrlashni rivojlantirish modullari
kiritilgan.

Xulosa.

Bugungi kunda STEAM-ta’lim dunyodagi asosiytendensiyalardan biri sifatida

rivojlanmoqda va amaliyot yondashuvni qо’llashda beshta sohani yagona о’quv sxemasiga
integratsiyalashga asoslangan. Bunday ta’limning shartlari uning uzluksizligi va
bolalarning guruhlarda о’zaro muloqot qilish qobiliyatinirivojlantirish bо’lib, bunad ular
fikrlarni tо’plashi va fikrlar almashadi. Shuning uchun, asosiy ta’lim dasturiga quyidagilar
Lego-texnologiyalar, bolalar tadqiqotlari kabi mantiqiy fikrlashni rivojlantirish modullari
kiradi. STEAM farzandlarimizga -ixtirochilar, kashfiyotchilarning kelajak avlodi, olim sifatida
tadqiqotlar olib borish, texnologiyani shakllantirish, muhandis sifatida loyihalash, rassom
sifatida yaratuvchi, matematik sifatida analitik fikr yuritishni о’yin orqali yuzaga keltiradi.

References:

1.

Baxtiyorovna E. G. Factors that Increase Lesson Effectiveness in Primary Education

//European journal of innovation in nonformal education. –2022. –т.
2.

–No. 2. –с. 231-235.2.Ergasheva G. Личностное отношение-условие учебной и

професиональной деятельности учителья //Центр научных публикаций (buxdu. uz). –
2021. –Т. 5. –No. 5.
3.

Ergasheva G. B. Zamonaviy jamiyatda fan va taʼlimning rivojlanishida innovatsion

pedagogik texnologiyalarning o‘rni //Scientific progress. –2021. –Т. 2. –No. 7. –С. 969-974.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

50

4.

Ergasheva G. B., Tohirova S. Mustaqillik ne’matiga shukrona qilish va uning

mustahkamligini shaqlash //Scientific progress. –2021. –Т. 2. –No. 7. –С. 1196-1200.
5.

Ergasheva G. Некоторые вопросы обеспечения взаимосвязи методов и средств

обучения в учебном процессе //центр научныхпубликаций (buxdu. uz). –2020. –Т. 1. –No.
1.
6.

Ergasheva G. Maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari

to‘g‘risida //центр научных публикаций (buxdu. uz). –2020.–Т. 1. –No. 1.

Библиографические ссылки

Baxtiyorovna E. G. Factors that Increase Lesson Effectiveness in Primary Education //European journal of innovation in nonformal education. –2022. –т.

–No. 2. –с. 231-235.2.Ergasheva G. Личностное отношение-условие учебной и професиональной деятельности учителья //Центр научных публикаций (buxdu. uz). –2021. –Т. 5. –No. 5.

Ergasheva G. B. Zamonaviy jamiyatda fan va taʼlimning rivojlanishida innovatsion pedagogik texnologiyalarning o‘rni //Scientific progress. –2021. –Т. 2. –No. 7. –С. 969-974.

Ergasheva G. B., Tohirova S. Mustaqillik ne’matiga shukrona qilish va uning mustahkamligini shaqlash //Scientific progress. –2021. –Т. 2. –No. 7. –С. 1196-1200.

Ergasheva G. Некоторые вопросы обеспечения взаимосвязи методов и средств обучения в учебном процессе //центр научныхпубликаций (buxdu. uz). –2020. –Т. 1. –No. 1.

Ergasheva G. Maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida //центр научных публикаций (buxdu. uz). –2020.–Т. 1. –No. 1.