ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
43
O‘ZBEK TILIDA IMLOVIY QOIDALARNI O‘QUVCHILARDA SHAKLLANTIRISH
MUAMMOLARI
O‘roqova Yulduz Ortiqniyozovna
Oqdaryo tuman hokimining o‘rinbosari, Oila va xotin – qizlar bo‘limi boshlig‘i
https://doi.org/10.5281/zenodo.13980313
Annotatsiya:
Ushbu maqolada o‘quvchilarga ona tili fani darslarida fanning o‘qitilishiga
doir qarashlar keltirilgan, ya’ni fan doirasida o‘quvchilarning imloviy savodxonligini oshirish
uchun o‘qituvchi oldiga qo‘yiladigan talablar yoritilgan hamda ularning yechimlaridagi
imloviy lug‘atlarning tutgan o‘rni haqida batafsil xulosalar berilgan.
Kalit so‘zlar:
izohli lug‘at, ensiklopediya, diktant, ona tili fani, imloviy savodxonlik, imlo
lug‘ati, imlo qoidasi, orfografiya, orfoepiya.
Kirish.
So‘zlayotgan so‘zimiz, yozayotgan jumlalarimiz bexatoligi ana shu libos
ko‘rkamligini belgilaydi va xato qilmaslik uchun esa imlo qoidalaridan boxabar bo‘lish darkor.
Shu ma'noda leksemalar va so‘zlar doirasida imlo qoidalarining ishlab chiqilishi, tilimiz
sofligini ta'minlashda o‘ziga xos bosqich vazifasini o‘tagan va bu boradagi o‘rni va ahamiyati
beqiyosdir.
Hayotimiz tili bilan bevosita chambarchas bog’liqdir. Biz til orqali boshqalarga o’z
fikrlarimizni bayon qilamiz, ularga axborot yetkazamiz. Kerakli ma’lumotlarni bilib olamiz.
Tilimiz qancha chiroyli va ravon bo’lsa bu bizning nutq madaniyatimizdan darak beradi. Bu
fikrimizning isboti sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
tomonidan Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 30 yilligi munosabati bilan
soʻzlagan nutqini keltirishimiz mumkin
1
: “Kimda-kim oʻzbek tilining bor latofatini, jozibasi va
taʼsir kuchini, cheksiz imkoniyatlarini his qilmoqchi boʻlsa, munis onalarimizning allalarini,
ming yillik dostonlarimizni, oʻlmas maqomlarimizni eshitsin, baxshi va hofizlarimizning sehrli
qoʻshiqlariga quloq tutsin”.
Shu munosabat bilan biz bugungi tadqiqotimizni to‘g’ri yozish qoidalari mavzusi ustida
olib borishga qaror qildik.
Asosiy qism.
Yozma savodxonlikka erishgan har bir individ quyidagi ko‘nikma va
malakalarga ega bo‘lmog‘i darkor
2
:
orfografik savodxonlik;
punktuansion savodxonlik;
mustaqil fikrlar ketma-ketligida uzilmagan ijodiy matn tuzish savodxonligi;
davlat hujjatlaridan xabardorlik darajasidagi savodxonlik.
O‘quvchilarning og‘zaki va yozma savodxonligini uyg‘un ravishda oshirish maqsadida
qiziqarli o‘quv materiallari, didaktik o‘yinlar, muammoli vaziyat va bahsmunozaralar bilan
birga, to‘g‘ri yozishga o‘rgatuvchi turli xil qiziqarli mashqlardan foydalanish maqsadga
muvofiq. Shu ma’noda, ta’lim sohasi o‘qituvchidan doimiy izlanishni ,ijodkorlikni talab etadi.
O‘quvchi kichik hajmli matnlarni yaxshi o‘zlashtirib olishi uchun, unda matnni yaxshilab
1
S.A. Eshqulov O’ZBEK TILIDA IMLOVIY SAVODXONLIKNI OSHIRISHNING SAMARALI USULLARI. UNLI VA
UNDOSH HARFLAR TALAFFUZI VA IMLOSIDAGI FARQLAR // Вестник магистратуры. 2022. №4-2 (127). URL:
https://cyberleninka.ru/article/n/o-zbek-tilida-imloviy-savodxonlikni-oshirishning-samarali-usullari-unli-va-
undosh-harflar-talaffuzi-va-imlosidagi-farqlar (дата обращения: 21.10.2024).
2
https://nauchniyimpuls.ru/index.php/ni/article/download/3001/2218
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
44
o‘qish, mazmunida nimaga ishora qilinayotganini tushunish ko‘nikmasini shakllantirish lozim.
Matnlar o‘quvchilarning yozma nutq faoliyatini rivojlantirish, tushuncha va tasavvurlarini
boyitishga xizmat qiladigan mazmun kasb etishi kerak. Matn bilan ishlash jarayonida
o‘quvchilarga yozma nutqni rivojlantirishga oid vazifalar qo‘yilishi o‘quvchilarning nafaqat
fikrlash qobiliyatini shakllantiradi, balki yozma nutq ko‘nikmalarini ham rivojlantirib boradi.
O‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi, mustaqillikning qo‘lga kiritilishi yangi imlo
qoidalarini ishlab chiqish uchun qulay imkoniyat yaratdi. Lotin yozuviga asoslangan yangi
alifboning joriy etilishi esa bu jarayonni yanada tezlashtirib yubordi
3
. Shu maqsadda
O‘zbekiston Respub-likasi Vazirlar Mahkamasi 1995- yilning 24- avgustida 339-sonli «O‘zbek
tilining asosiy imlo qoidalarini tasdiqlash haqida» qaror qabul qildi. U 82 banddan iborat
bo‘lib, quyidagi bo‘limlarni o‘z ichiga oladi
4
:
Unlilar imlosi (1—7-bandlar);
Undoshlar imlosi (8—32-bandlar).
Asos va qo‘shimchalar imlosi (33—37-bandlar).
Qo‘shib yozish (38–50-bandlar).
Chiziqcha bilan yozish (51—56-bandlar).
Ajratib yozish (57—56-bandlar).
Bosh harflar imlosi (66—74-bandlar).
Ko‘chirish qoidalari (75—82-bandlar).
Xulosa.
Til har bir millat madaniyatining o‘zagi va ko‘zgusi, uning haqiqiy
sarchashmasidir. Til bor ekan, millat barhayotdir. Shu sababli ham tilning saqlanishi xalq
taraqqiyoti va kelajagini belgilaydi. Til xalqni birlashtiradi, tarbiyalaydi, o‘qitadi, urf-odat,
anʼanalarini saqlaydi. Tilni Onaga qiyoslanishi bejiz emas, inson o‘z onasini ko‘rmasdan, uning
sof muhabbatini, mehrini tuymasdan yashay olishi mumkin emas. Bu fikrimizning isboti
sifatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan O‘zbek tiliga
davlat tili maqomi berilganligining 30 yilligi munosabati bilan so‘zlagan nutqini keltirishimiz
mumkin
5
: “Kimda-kim o‘zbek tilining bor latofatini, jozibasi va taʼsir kuchini, cheksiz
imkoniyatlarini his qilmoqchi bo‘lsa, munis onalarimizning allalarini, ming yillik
dostonlarimizni, o‘lmas maqomlarimizni eshitsin, baxshi va hofizlarimizning sehrli
qo‘shiqlariga quloq tutsin”.
Xulosa sifatida, to’g’ri va xatosiz yozish har birimiz uchun muhimdir. Buning uchun esa,
avvalo, tovushlarning talaffuzi va imlosidagi farqlarda yaxshilab o’zlashtirishib olishimiz
kerak. Chunki harflarni to’g’ri yozish imlo qoidalarining dastlabkisi hisoblanadi. Bu qoidalarni
bilmasdan turib xatosiz yozishimiz mushkul. Shuning uchun yuqoridagi kabi qoidalarni
o’zlashtirib olish lozim.
References:
1.
https://nauchniyimpuls.ru/index.php/ni/article/download/3001/2218.
3
https://iht.uz/download/slides/1kurs/mothertongue/009_Onatili_1_kurs_9_mavzu.pdf
4
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 24.08.1995 yildagi 339-son,
https://lex.uz/docs/-1625271.
https://www.gazeta.uz/oz/2019/10/22/uzbhttps://www.gazeta.uz/oz/2019/10/22/uzbek-
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
45
2.
https://iht.uz/download/slides/1kurs/mothertongue/009_Onatili_1_kurs_9_mavzu.pdf.
3.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 24.08.1995 yildagi 339-son,
https://lex.uz/docs/-1625271.
4.
https://www.gazeta.uz/oz/2019/10/22/uzbhttps://www.gazeta.uz/oz/2019/10/22/u
5.
https://storage.academy.uz/source/1/nashrlar/Imlo%20o'quv%20lug'ati%2011.pdf
6.
S.A. Eshqulov O’ZBEK TILIDA IMLOVIY SAVODXONLIKNI OSHIRISHNING SAMARALI
USULLARI. UNLI VA UNDOSH HARFLAR TALAFFUZI VA IMLOSIDAGI FARQLAR // Вестник
магистратуры. 2022. №4-2 (127). URL: https://cyberleninka.ru/article/n/o-zbek-tilida-
imloviy-savodxonlikni-oshirishning-samarali-usullari-unli-va-undosh-harflar-talaffuzi-va-
imlosidagi-farqlar (дата обращения: 21.10.2024).
