ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
70
YAQIN SHARQDA QATAR SIYOSATINING ZAMONAVIY HOLATI
Sh.Z.Davlatova
Toshkent Davlat Sharqshunoslik Universiteti “Tashqi siyosat va Xalqaro iqtisodiy
aloqalar instituti” fakulteti “Xalqaro munosabatlar” yo`nalishi
2- bosqich arab-ingliz guruh talabasi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.13939132
Annotatsiya:
Mazkur maqola, Qatar siyosatining Yaqin Sharq hududidagi roli. Shu
jumladan, davlat yuksalishining tashqi va ichki omillari haqida xulosa chiqariladi, Qatarning
Yaqin Sharq mintaqasida arab bo‘lmagan davlatlar: Turkiya, Eron va Isroil bilan munosabatlari
tashqi siyosatninig muhim va ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi
Аннотация:
Эта статья о роли катарской политики в ближневосточном регионе.
Кроме того, делается вывод о внешних и внутренних факторах подъема государства,
отношениях Катара с неарабскими странами ближневосточного региона: Турция, Иран
и Израиль считаются одними из важных и приоритетных направлений внешней
политики.
Ключевые слова:
внешняя политика, факторы влияния, Ближний Восток,
напряженность, Маленький гигант, современная реформа
Abstract:
This article is about the role of Qatari politics in the Middle East region. In
addition, a conclusion is made about the external and internal factors of the state's rise, Qatar's
relations with non-Arab countries in the Middle East region: Turkey, Iran and Israel are
considered one of the important and priority directions of foreign policy.
Key words:
foreign policy, influencing factors, Middle East, tension, Little giant modern
reform.
Yaqin Sharq allaqachon ilm-fan va tarixda yaxshi tanilgan tushuncha. O‘rta asrlarda va
zamonaviy davrda Evropaga yaqin bo‘lgan Sharq hozirgi davr bilan taqqoslaganda bir xil
mintaqani bildiradi. Shu bilan birga, o‘zgaruvchan atrof-muhit, mintaqadagi va dunyodagi
vaziyat, shuningdek, ilm-fan rivoji mintaqa chegaralari va hatto uning belgilanishi bilan bog‘liq
kelishmovchiliklarni oldindan belgilab qo‘ydi. Bir qator arab olimlarining fikriga ko‘ra, O‘rta
Sharq atamasi mintaqaga Kipr yoki Afg‘oniston kabi arab bo‘lmagan mamlakatlami kiritish
uchun yaratilgan. Bu, birinchidan, an’anaviy «arab dunyosi» tushunchasidan uzoqlashishini,
ikkinchidan, zamonaviy dunyo tartibida G‘arbning markaziy rolini namoyish etadi. Ushbu
nuqtai nazarni qo‘llab-quvvatlovchilar G‘arbga qaraganda mintaqaning turli xil xususiyatlarini
ta’kidlab, Yaqin Sharq o‘miga «Arab dunyosi» yoki «Arab mintaqasi» atamasidan foydalanishni
afzal ko‘rishadi [Ahmadullin V. 2014url],
Arabiston yarimorolidagi kichik davlatdan dunyodagi eng boy mamlakatlardan biriga
aylangan Qatar oxirgi ikki o’n yillikda Fors ko’rfazi mintaqasi va Yaqin Sharqda o’ziga xos o’rin
egallashga muvaffaq bo’ldi. Qatar bugungi boy davlatga aylanish uchun Britaniya protektorati
sifatida o'zining ildizlaridan uzoq yo'lni bosib o'tdi. U jahon miqyosida obro‘-e’tibor qozonish
uchun o‘zining neft va gaz sanoatidan tushgan katta daromadlardan maksimal darajada
foydalandi va foydalanib kelmoqda. Uning o’ziga xosligini shundan ko’rish mumkinki,
Qatarning rasmiy poytaxti bo’lgan Dohaning na ichki, na tashqi siyosatini muxtasar bir jumla
bilan ta’riflab bo’lmaydi. Biror bir hudud, biror bir masala, biror bir ixtilofga Qatar xech qachon
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
71
o’z e’tiborini davomiy qaratmagan. Uning tashqi siyosati doimo o’zgarishda va oldindan
bashorat qilib bo’lmaydi.
Qatar-Turkiya Respublikasi munosabatlari. Qatarning Yaqin sharq mintaqasidagi
siyosatida Turkiya muhim o‘ringa ega. Aynan Qatar va Turkiyaning Yaqin Sharq mintaqasida
Saudiya Arabistoni, Misr, BAAga nisbatan geostrategik raqobatlaridagi o‘xshashlik o‘zaro ikki
davlat aloqasini mustahkamlamoqda. Qatar va Turkiyaning arab mintaqasida, ayniqsa Misr,
Liviya inqirozi, shuningdek, Suriya fuqarolar urushida yetakchilik mavqeini mustahkamlash
borasidagi birgalikdagi sa’y-harakatlari ularning munosabatlarini ittifoq sifatida tavsiflash
mumkinligiga olib keldi
1
.
Qatar mustaqillikka erishgandan bir-yil o‘tib,1972-yilda Qatar Davlati va Turkiya
Respublikasi o‘rtasida elchilar darajasida diplomatik munosabatlar o‘rnatildi. Keyinchalik
Qatar hukumati 1979-yilda Anqarada o‘z elchixonasini ochdi. O‘sha-yili Dohada Turkiya
elchixonasi ochildi. 1980-yillarda ikki davlat o‘rtasida ikki tomonlama shartnomalar imzolana
boshladi. 1 Al-Haj S. Turkey and Qatar 216 Ikki davlat o‘rtasida birinchi texnik va iqtisodiy
hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma 1985-yilda imzolangan2 . Qatar amiri Hamad bin Xalifa Ol
Soniyning 2001-yil 25-26-dekabr kunlari Turkiyaga tashrifi oʻzaro soliqqa tortishni toʻxtatish,
sarmoyalarni oʻzaro ragʻbatlantirish va himoya qilish toʻgʻrisidagi bitimlarni imzolash orqali
iqtisodiy va harbiy hamkorlikning huquqiy asoslarini yaratishga zamin yaratdi. 2002-yil iyul
oyida Qatar va Turkiya o‘rtasida harbiy tayyorgarlik sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitim,
shuningdek, mudofaa sanoati sohasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi. Bu mudofaa
sohasida hamkorlikning asosiy sabablaridan biri Saudiya Arabistoni tomonidan 1995-yildagi
Qatar amiri Xamadan – at-Tanini hokimiyatdan ag‘darishga urinish bo‘lgan.1916-yilda Qatar
Britaniya protektoratiga aylantiriladi va Abdulla al-Tani hududni faqat inglizlarga berish
mumkinligi haqidagi shartnomani imzoladi. Bu shartnoma esa dengiz orqali har qanday
tajovuzdan himoya qilish va quruqlik hujumida yordam berish evaziga amalga oshdi. 1970-
yillarning boshida Qatar Birlashgan Arab Amirliklarining bir qismi bo'lish uchun qo'shni
davlatlarga qo'shilishi kerak edi. Biroq, Bahrayn bilan birga buni rad etib, o'rniga mustaqil
davlat tuzdi va Qatar 1971-yil 3-sentabrda o’z mustaqilligini e’lon qildi. Qatar islom aqidasi,
madaniyati bilan bir vaqtda g’arbona qarashlarni ham o’zida singdirgan alohida bir davlat.
Mamlakat Yaqin Sharqning boshqa davlatlaridan farqli o’laroq anchayin demokratik-liberal
ruhda yashasa ham, ichki va tashqi siyosat mutlaq hukmron oila, aniqrog’i, amirning qo’lida
to’plangan. Aynan amir mamlakatning barcha hayotiy yo’nalishlarini belgilab beradi. Qatarning
hozirgi tashqi siyosati sobiq amir Hamad bin Xalifa al-Tani tomonidan shakllantirilgan. Hamad
bin Xalifa al-Tani 1995-yil iyunida o’z otasi Abdulla bin Nosir bin Xalifa al-Tanini hokimiyatdan
ag’daradi. Qatar siyosiy jihatdan konstitutsiyaviy monarxiyadir, lekin aslida hukmdor (amir)
qonunlarni tasdiqlash yoki rad etish uchun ijro etuvchi hokimiyatga ega. Amir o'zining Bosh
vazirini (odatda u oila a'zosidan tayinlanadi) va qonun chiqaruvchi organlar a'zolarini
tayinlaydi. Va natijada, u har qanday qonunlar bo'yicha yakuniy qarorni o’zi qabul qiladi[1].
Qatarning amaldagi amiri Hamad bin Xalifa al-Tanining hokimiyatdagi roli katta va Vazirlar
Kengashini chaqirish va diplomatik xodimlarni tayinlashdan tortib, qonunlarni ratifikatsiya
qilish va amnitsiyalar berishgacha bo’lgan vazifalar uning qo’lida to’plangan. Xold bin Xalifa bin
1
Al-Haj S. Turkey and Qatar look to be building a new alliance // Middle East Monitor. 15 March
2015 - https://www.middleeastmonitor.com/20150315-turkey-and-qatar-look-to-be-building-a-new-
alliance/
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
72
Abdulaziz - Qatarning amaldagi Bosh vaziri. Uning asosiy vazifasi Qatar hukumatining asosiy
boʻlinmalari oʻrtasida birlikka erishish maqsadida Vazirlar Kengashi majlislariga raislik qilish
va Kengash nomidan qarorlarni imzolashdan iborat. Qatarda saylov tizimi ham to’liq
munitsipial tizimga o’tkazilgan deb aytish mumkin. 2021- yil oktabr oyida 45 o‘rinli Sho‘ro
kengashining 30 a’zosini saylash uchun mamlakat tarixidagi birinchi qonunchilik saylovlari
bo‘lib o‘tdi. Bu kengash amirga maslahatchi sifatida rol o'ynaydi va mudofaa, xavfsizlik,
iqtisodiy va sarmoyaviy masalalar bo'yicha cheklangan vakolatlarga ega. Shuningdek, 29
a'zodan iborat Markaziy shahar kengashiga saylovlar bo'lib o'tadi. CMC(Central municipial
council) ovoz berish har to'rt yilda bo'lib o'tadi, bu esa aholiga o’z mahalliy vakillarini tanlash
imkonini beradi[2]
Big politics (katta siyosat):
Qatar iqtisodiyotidagi eng muhim o'zgarish 1940-yillarda
katta neft zaxiralarining topilishi bilan sodir bo'ldi. Bu mamlakatga misli ko'rilmagan boylik
olib keldi. Bugungi kunga kelib, davlat eksport daromadining qariyb 85 foizi neftdan tushadi.
Bu esa dunyodagi aholi jon boshiga to'g'ri keladigan eng yuqori daromadlardan biridir. Qatar
o‘z mamlakatida va jahon miqyosida iqtisodiy muvaffaqiyatlarga erishganiga qaramay, yaqinda
o‘z tarixidagi eng katta inqirozlardan birini boshdan kechirdi. 2017-yil iyun oyida uning to‘rt
qo‘shnisi – Saudiya Arabistoni, Bahrayn, Misr va BAA Qatarni birin ketin bloklay boshladi.
Ushbu bloklashlar ortida, mamlakat terrorchi guruhlarga xayrixohlik bildirishda ayblovlar
turardi. Qatar importining 60% ga yaqini ushbu davlatlar bilan bevosita bog’liqligi va bu
davlatlarning savdo qilishdan bosh tortganligi o’z kuchini tezda ko’rsata boshladi. Qatar
fuqarolari ham qo‘shni davlatlardan chiqarib yuborildi. Natijada, diplomatik vositachilik orqali
2021- yilda blokada qilish yakunlandi. So'nggi yillarda Qatar tobora jahon arenasida munosib
o’rin egallamoqda. U 2022-yilda futbol bo‘yicha jahon chempionatiga mezbonlik qiladi. Ushbu
chempionat orqali Qatar dunyo hamjamiyatidagi o‘rnini mustahkamlab olishni ko‘zlagan.
Chempionatga tayyorgarlik uchun Qatar 200 mlrd AQSh dollari miqdorida mablag‘ ajratishni
e'lon qilgan. Jahon chempionatiga tayyorgarlik Qatarning iqtisodiy muvaffaqiyatlari sari o'z
yo'lini qurishga intilayotganini ko'rsatadi. Doha yaqinida joylashgan yangi Lusayl shahri
poytaxtdan so’ng o'zgarishlarning markazida turibdi. Natijada ushbu shaharni rivojlantirish
dasturi doirasida 200 milliard dollarlik infratuzilmani rivojlantirish dasturi ishlab chiqilgan.
2021-yilgi Iqtisodiy erkinlik indeksiga ko’ra, Qatar dunyodagi eng erkin mamlakatlar ichida 44-
oʻrinda, hukumat yaxlitligi va pul erkinligi boʻyicha esa undan ham yuqori o’ringa egaligi
ko’rsatilgan[2].
“Niche diplomacy” yoki “o’z o’rnini topish diplomatiyasi”:
“Niche diplomacy” yoki “o’z
o’rnini topish diplomatiyasi” Hamad bin Xalifa al-Tani tomonidan 18 yil davomida olib borildi.
Amir o’zining kichik davlatining ahamiyatini dunyoga isbotlash uchun “yumshoq kuch” (soft
power)dan faol foydalana boshladi. Bunga misol qilib, Afg’oniston barqarorligini ta’minlashda
ishtirok etish, xususan Yaman, Sudan, Livan, Afrika Burni kabi hududlardagi ixtiloflarni tinch
yo’l bilan hal etish yo’lidagi harakatlar birinchisi bo’ldi[2]. Qatarning Afg’oniston barqarorligini
ta’minlashdagi o’rni haqida gapiradigan bo’lsak, garchi Afg’oniston Qatar tashqi siyosatida
markaziy o’rin egallamasada, Afg’on muammosini hal qilishdagi ishtirok Qatarning xalqaro
maydondagi o’rni va ambitsiyalarini ochib beradi. Mintaqaviy va xalqaro muammolarda
vositachi rolini o’tash 2008-yilda Hamad bin Xalifa alTani tomonidan e’lon qilingan “Qatar
National Vision 2030” nomli 20 yilga mo’ljallangan milliy dasturda o’z aksini topgan. Dasturga
ko’ra, Qatar mintaqada Fors Ko’rfazi Kengashi, Arab Ligasi va Islom Konferensiyasi Tashkiloti
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
73
doirasida iqtisodiy, siyosiy va madaniy rolini oshirish hamda siyosiy tashabbuslar va
insonparvarlik tamoyili orqali xalqaro tinchlik va barqarorlikka xissa qo’shishda davom etishi
ko’zda tutilgan. Aslida Qatarning o’zgaruvchan va arab-islom dunyosida ajralib turuvchi ichki
va tashqi siyosati uning geosiyosiy joylashuviga ham qisman bog’liqdir. Chunki qudratli bo’lgan
qo’shnilar, Saudiya Arabistoni, Eron, BAA, Ummon tomonidan o’rab olingan va dunyodagi eng
notinch mintaqada joylashgan hamda yagona oila tomonidan boshqariladigan Qatar uchun
xavfsizlik doimo birinchi o’rinda bo’lib kelgan. Rivojlanayotgan mamlakatlar ro'yxatiga nazar
tashlaydigan bo’lsak, neft eksport qilish bo’yicha aholi jon boshiga YaIM 10 dan 20 ming
dollargacha yetishi mumkin. Ushbu roʻyxatdan esa Saudiya Arabistoni, BAA, Eron, Quvayt,
shuningdek, Bruney, Liviya va tabiiyki Qatar davlatlari o’rin olgan[3]
Ikki davlat o‘rtasida birinchi texnik va iqtisodiy hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma 1985-
yilda imzolangan
2
. Qatar amiri Hamad bin Xalifa Ol Soniyning 2001-yil 25-26-dekabr kunlari
Turkiyaga tashrifi oʻzaro soliqqa tortishni toʻxtatish, sarmoyalarni oʻzaro ragʻbatlantirish va
himoya qilish toʻgʻrisidagi bitimlarni imzolash orqali iqtisodiy va harbiy hamkorlikning
huquqiy asoslarini yaratishga zamin yaratdi. 2002-yil iyul oyida Qatar va Turkiya o‘rtasida
harbiy tayyorgarlik sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitim, shuningdek, mudofaa sanoati
sohasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi. Bu mudofaa sohasida hamkorlikning
asosiy sabablaridan biri Saudiya Arabistoni tomonidan 1995-yildagi Qatar amiri Xamadan – at-
Tanini hokimiyatdan ag‘darishga urinish bo‘lgan. Mamlakatlar o‘rtasidagi aloqalarni
mustahkamlashda “Musulmon birodarlar” harakati muhim rol o‘ynadi, bu ham Qatar
islomchilari, ham Turkiya islomchilari bilan yaqin aloqalar o‘rnatishda ifodalangan. Keyinchalik
“Musulmon birodarlar”ning moʻtadil islomchiligi Turkiya va Qatar hukumatlari oʻrtasida
umumiy tashqi siyosat yoʻnalishini barpo etishda mafkuraviy asos boʻldi. Turkiya bilan
yaqinlashishga urinishlar Qatar tomonidan “Adolat va tarqqiyot” partiyasi va R.T.Erdogʻon
hokimiyatga kelishidan oldin ham boʻlgan. Bu, asosan, Saudiya-Qatar munosabatlaridagi 1990-
yillardagi keskinlashuv bilan bog‘liq ediSaudiya Arabistonining 1992-yilda Qatarga bostirib
kirishga urinishi va 1995- yilda Shayx Hamadni agʻdarishga boʻlgan muvaffaqiyatsiz urinish
Qatar hukmron oilasiga ruhiy jarohatlar yetkazdi. Ular uchun Saudiya Arabistoni xavfsizligi
uchun asosiy tahdidga aylandi
3
. Bu Qatarni Yaqin Sharqdagi ittifoqchilarni Fors ko‘rfazidan
tashqarida izlashga majbur qildi. Qatar amiri Hamad bin Xalifa Ol Soniyning 2001-yil 25-26-
dekabr kunlari Turkiyaga tashrifi qator kelishuvlarni imzolash orqali iqtisodiy va harbiy
hamkorlikning huquqiy asoslariga zamin yaratdi. Ushbu bayonnomalar ikki tomonlama soliqqa
tortishning oldini olish to‘g‘risidagi bitim, Sarmoyalarni o‘zaro rag‘batlantirish va himoya qilish
to‘g‘risidagi bitim, Harbiy sohada hamkorlik to‘g‘risidagi bitimlardan iborat edi. 2002-yil iyul
oyida Qatar va Turkiya o‘rtasida harbiy tayyorgarlik sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitim,
shuningdek, mudofaa sanoati sohasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.
4
2
Хайруллин Т. Формирование Катарско-Турецкого Альянса // Азия и Африка сегодня. -–
2019. – №4. – С.30
3
Yaghi M.A Comparative Analysis of the role of Saudi Arabia, Qatar and United Arab Emirates in
the Syrian Crisis / Paper presented at 2018 Gulf Research Meeting. 31 July - 3 August 2018. –
University of Cambridge,2018. – P.22
.
4
Al-Harmi J. Qatar and Turkey ... Relations that transcend traditional diplomatic frames //
YeniSafak. 10 September - https://www.yenisafak.com/en/news/qatar-and-turkey-relations-that-
transcend-traditionaldiplomatic-frames-2297729 - 15.12.2018
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
74
Iqtisodiy aloqalarga ko‘ra, 2018-yil yakuniga ko‘ra ikki davlat o‘rtasidagi tovar
ayirboshlash hajmi 2017-yilga nisbatan 57 foizga o‘sib, 1,4 milliard dollar darajasiga yetdi.
Hozirda Qatarda 180 dan ortiq turk shirkati faoliyat yuritmoqda va turk kompaniyalari
tomonidan Qatarda amalga oshirilgan loyihalarning umumiy qiymati 17,4 milliard dollar
darajasiga yetdi. Bundan tashqari, Qatar turk pudratchilari tomonidan amalga oshirilgan
loyihalar soni bo‘yicha Fors ko‘rfazi davlatlari orasida birinchi o‘rinda turadi. Qatarning
Turkiyaga kiritgan sarmoyalari hajmi ham barqaror ravishda ortib bormoqda. Turkiyaning
Qatar bilan aloqalarini chuqurlashtirishga muvofiq, Turkiya qatarlik sayyohlar uchun muhim
manzilga aylandi
5
. 2020-yil may oyida Qatar moliyaviy barqarorlik va savdoni qo‘llab-
quvvatlash maqsadida o‘zining ilgari belgilangan kelishuvini uch barobarga oshirib, uni o‘n
besh milliard dollarga ko‘tardi. Keyingi noyabr oyida Qatar amirining Turkiyaga tashrifi
chogʻida ikki davlat oʻnta yangi bitimni imzoladi.
6
Rivojlanayotgan Qatar-Turkiya ittifoqi ancha
katta salohiyatga ega. Darhaqiqat, o‘zining ulkan iqtisodiy, demografik va harbiy salohiyatiga
(Eron, Saudiya Arabistoni yoki Misr bilan solishtirish mumkin) qaramay, Turkiya (arab
bo‘lmagan davlat sifatida) asosan arablar yashaydigan mintaqada mintaqaviy yetakchilikka
erishish uchun hech qanday real imkoniyatga ega emas. Boshqa tomondan, Qatar o‘zining ulkan
moliyaviy resurslari va inkor etib bo‘lmaydigan arab o‘ziga xosligiga qaramay, mintaqada
yetakchilik mavqeini egallashga jiddiy urinishlar qilish uchun juda kichikdir. Shu sababdan
Qatar-Turkiya alyansini shakllantirish geosiyosiy zarurat hisoblanadi.
Qatar-Eron Islom Respublikasi munosabatlari
.
Qatarning Fors Ko‘rfazi arab monarxiyalari tomonidan ma’qul ko‘rilmaydigan tashqi
siyosatining yo‘nalishlaridan biri Eron Islom Respublikasi bilan aloqalaridir. Eron 1972-yilgi
davlat to‘ntarishidan so‘ng amir Xalifa bin Hamad Ol-Soniy hokimiyatini tan olgan birinchi
davlatlardan biri hisoblanadi. Bu vaqtda Eronda Paxlaviylar sulolasi hokimiyatda edi.
Mamlakatlar oʻrtasidagi munosabatlar qisman geografik yaqinlik va oʻzaro manfaatlarga
asoslanadi. Shu bois Qatar FKADHKga a’zo bo‘lsada, BAA va Saudiya Arabistoni qaraganda
Eronning ichki va tashqi siyosatini keskin tanqid qilish siyosatini olib bormaydi. Ikki davlat
o‘rtasida yaqin iqtisodiy aloqalar mavjud bo‘lib, bu ularning diplomatik munosabatlariga,
xususan, neft va gaz sanoatiga ta’sir qiladi. Qatar neftining katta qismi Eron bilan bog‘liq bo‘lgan
kondan keladi. Eron va Qatar dunyodagi eng yirik tabiiy gaz konini birgalikda nazorat qiladi.
Qatar dunyodagi jami tasdiqlangan gaz zahiralarining 13 foiziga egalik qiladi. Qatar konning o‘z
qismidan kuniga 650 million kubometr gaz qazib oladi, Eron esa xuddi shu kondan kuniga 430
million kubometr gaz qazib oladi. Bu kon Qatar Shimoliy Pars, Eronda Janubiy Pars deb
nomalanadi. Eron va Qatar neft va tabiiy gaz sohasidagi aloqalardan tashqari, yuk tashish
sohasida ham hamkorlik qiladi. Eron-Iroq urishida Qatar davlati Iroqni qo‘llab-quvvatladi.
Natija 1989-yil may oyida Eron Qatardan Shimoliy/Janubiy Pars supergigant neft va gaz
konining 1/3 qismini talab qildi, tomonlar kondan birgalikda foydalanish bo‘yicha kelishuvga
erishdilar. Shuningdek, “Sovuq urush”dan keyin Qatar Eronni Fors ko‘rfazidagi mintaqaviy
xavfsizlik tizimiga jalb etishga intildi va 1991-yil ikki tomonlama shatnoma imzolandi. Ushbu
5
Turkey-Qatar Economic and Trade Relations // https://www.mfa.gov.tr/turkey_s-commercial-and-
economic-relationswith-qatar.en.mfa
6
Meliha Benli Altunışık. The end of the Gulf rift may not signal the end of Turkey-Qatar relations //
https://www.atlanticcouncil.org/blogs/turkeysource/the-end-of-the-gulf-rift-may-not-signal-the-end-
of-turkey-qatarrelations/ -Аpril 5, 2021
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
75
kelishuv arab monarxiyalari tomonidan jiddiy qarshilik bois amalga oshmadi. 1992-yilda Karun
daryosidan Erondan Qatarga suv yetkazib rejalashtirildi va bu oxiriga yetmadi. Qatar Eron
birgalikda gaz qazib olish borasida birgalikda faoliyat yuiritsha intiladi. 2009-yil 11-yanvarda
uch davlat (Qatar, Eron va Rossiya) vakillari Tehronda uchrashib, oʻzlarining gaz zaxiralarini
ishlab chiqarish boʻyicha kelishib oldilar. Garchi tomonlar o‘z geosiyosiy maqsadalarini ilgari
surishsada, umumiy kelishuv jahon gaz bozorida o‘z o‘rniga ega bo‘lishga qaratilgan. COVID-19
pandemiya davrida Qatar ikki marta 2020 mart va 2021-yil sentyabrda Eronga yordam
yubordi. 2022-yilning 12-aprelida Eron Qatarda bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha jahon
chempionati muxlislarini qabul qilish maqsadida Qatar bilan bir qator kelishuvlarga erishdi.
Qatar axborot agentligining xabar berishicha, ikki davlat Doha Flight Information Region
(FIR)ni Tehron FIR bilan bog‘lash bo‘yicha operatsiyalar bo‘yicha kelishuv imzolagan.
Shuningdek, ular oʻrtasidagi reyslar sonini kengaytirishga kelishib oldilar va transport
hamkorligini yaxshilash yoʻllari va port sektorida xususiy sarmoyaviy istiqbollar haqida
muzokaralar olib borildi
7
. Qatardagi Eron jamiyati anchagina katta, ammo bu jamiyatga
integratsiyalashgan va hukmron rejimga tahdid solmaydi. Boisi Qatar xavfsizligi bevosita AQSh
va Saudiya Arabistoni bilan bog‘liqdir. Bugungi kunda Qatar va Eron o‘rtasida taranglik
holatlari ham mavjud. Hatto Qatar 2016-yilda Eron bilan diplomati aloqalarni uzdi. Sababi:
Birinchidan, Saudiya Arabistoni bosimi kuchliligi va asosiy hamkorlari bo‘lgan Fors Ko‘rfazi
monarxiyalari manfaatlarini hisobga olish. Mazkur davlatlar Qatarning Eron siyosatini
muntazam jiddiy tanqid qilishadi. 2017-yil Qatar inqirozi va uning doirasida Eron bilan
aloqalarni uzish talabi qo‘-yilishidan ham buni kuzatish mumkin.; Ichchinchidan, Suriyadagi
Eron-Qatar raqobati. Ikki tomon ham qarama-qarshi pozisiyada turishi. Shu sabali ham 2021-
yilda Suriya muammosini hal qilish bo‘yicha Ostona formati: Rossiya-Turkiya-Eron o‘rniga
yangi Rossiya-Turkiya-Qatar formati shakllantirildi.
8
Biroq 2017-yilda qayta tikladi. 2018-yil
avgust oyida Eron prezidenti Hasan Ruhoniy Qatar amiri Tamim bin Hamad Ol Tani bilan
muzokaralar o‘tkazdi va Saudiya Arabistoni va uning ittifoqchilari bilan hozirgi qarama-
qarshilikda Qatarni so‘zsiz qo‘llab-quvvatlashini tasdiqladi. Lekin tovar aylanmasi bugungi
kunda ancha kam- 2017-yilgi ma’lumotlarga ko‘ra 250 million dollarni tashkil etadi. Dohaning
Tehron bilan normal munosabatlarni saqlab qolish istagi sabablari ham iqtisodiy, ham
siyosiydir. Ma’lumki, Qatarning iqtisodiy farovonligi suyultirilgan gaz (SNG) eksportiga
asoslanadi. Shu bilan birga, eronliklar va qatarlar Fors ko‘rfazining shelfidagi bir xil gaz konini
(eroncha variantda – Janubiy Pars, Qatar variantida – Shimoliy gumbaz) o‘zlashtirmoqda. Eron
bilan munosabatlarning har qanday keskinlashishi Qatar iqtisodiyotiga salbiy ta’sir qiladi.
Qolaversa, “Saudiya gegemonligi”dan cho‘chigan Qatarning hukmron oilasi Eronni kelajakda o‘z
xavfsizligi kafolatlaridan biri sifatida ko‘radi.
9
7
Iran hoping to host World Cup fans after agreement with Qatar //
https://www.aljazeera.com/news/2022/4/12/iranpreparing-to-host-world-cup-fans-after-agreement-
with-qatar - 12.04.2022
8
Россия, Турция и Катар создали новый формат по урегулированию в Сирии //
https://iz.ru/1135809/2021-03- 11/rossiia-turtciia-i-katar-sozdali-novyi-format-po-uregulirovaniiu-
v-sirii - 11 марта 2021
9
Кузнецов А.А. Разногласия между государствами Совета сотрудниче-ства арабских
государств Персидского Залива как фактор изменения политической ситуации в регионе
Ближнего Востока. // Международная аналитика. – 2017. – №.2. –С.72
.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
76
Isroil bilan aloqalar
. Qatar 1990-yillarning oʻrtalaridan beri Isroil bilan yuqori
darajadagi aloqalarga ega. U 1996-yilda Isroilning o'sha paytdagi Bosh vaziri Shimon Peresning
tashrifiga mezbonlik qilgan va Isroilga 2000-yildan 2009-yilgi IsroilHamas mojarosi
boshlanmaguncha Dohada rasmiy savdo ofisini ochishga ruxsat bergan. Xabar qilinishicha,
kichik miqyosdagi to'g'ridan-to'g'ri Isroil-Qatar savdosi, shuningdek, Isroil xavfsizlik
amaldorlari, sportchilar, shifokorlar va boshqa isroilliklarning Dohaga tashriflari o'sha
to'qnashuvdan keyin ham davom etgan. Shu bilan birga, Amir Tamim muntazam ravishda
Isroilni falastinliklarni suiiste'mol qilishda ayblaydi va Falastinning Birlashgan Millatlar
Tashkilotiga to'liq a'zo bo'lish va tan olinishi yo'lidagi sa'y-harakatlarini qo'llab-quvvatlaydi.
Qatar rasmiylari IsroilFalastin mojarosini hal qilishda sezilarli muvaffaqiyatga erishmaguncha,
Isroil bilan munosabatlarni normallashtirishda BAA va Bahraynga qo'shilishdan voz
kechishlarini aytishdi. Qatar 2007-yildan beri G‘azo sektorini amalda nazorat qilib kelayotgan
“Musulmon Birodarlar”ning sho‘basi bo‘lgan va AQSh tomonidan belgilangan terrorchilik
guruhi bo‘lgan Xamas guruhi bilan aloqada. Xamasning yuqori rahbarlarining ba'zilari Dohada
joylashgan va uning siyosiy byurosining amaldagi rahbari Ismoil Haniya 2020-yilda u erga
ko'chib o'tgan. Qatar 2021-yilning may oyida Isroil va XAMAS o‘rtasidagi o‘n bir kunlik
to‘qnashuvlarga barham berishda asosiy vositachi bo‘lgan va bu qisman G‘azoga qo‘shimcha
yordam va’dalari bilan yordam bergan .
10
XULOSA
Xulosa qilib ayganda, rivojlanayotgan Qatar-Turkiya ittifoqi ancha katta salohiyatga ega
edi. Darhaqiqat, o‘zining ulkan iqtisodiy, demografik va harbiy salohiyatiga (Eron, Saudiya
Arabistoni yoki Misr bilan solishtirish mumkin) qaramay, Turkiya (arab bo‘lmagan davlat
sifatida) asosan arablar yashaydigan mintaqada mintaqaviy yetakchilikka erishish uchun hech
qanday real imkoniyatga ega emas edi. Boshqa tomondan, Qatar o‘zining ulkan moliyaviy
resurslari va inkor etib bo‘lmaydigan arab o‘ziga xosligiga qaramay, mintaqada yetakchilik
mavqeini egallashga jiddiy urinishlar qilish uchun juda kichikdir. Qolaversa, “arab bahori”
voqealaridan bir necha-yil avval biz “Musulmon birodarlar”ning moʻtadil islomchiligiga
asoslangan Qatar-Turkiya ittifoqining aniq konturlari shakllanganini koʻramiz.
Bundan tashqari, faqat geografik "kichik"davlat hisoblangan Qatar endilikda mintaqaviy
miqyosda muhim o'yinchiga aylandi, nafaqat xalqaro darajada ham. Bu bilan birga faol tashqi
siyosat kurs asosiy omillar edi. Bu esa samaradorlik o'z resurslarini muvaffaqiyatli
taqsimlashning kalitidir xalqaro maydondagi ta'sirini kengaytirish. Mustahkamlashda muhim
rol o'ynaydi. Qatar jamiyatini isloh qilish, balki hujum strategiyasini ishlab chiqish
o'zgarishlarga hissa qo'shgan mamlakat tashqi siyosatida Qatar Yaqin Sharq va xalqaro
miqyosda nufuzli o'yinchiga aylandi.
References:
1.
About Qatar’s Constitution. Qatar's Constitution - Legal Information (2003)
https://hukoomi.gov.qa/en/about-qatar/the-constitution
2.
Stephen
Maunder
“The
government
and
Politicial
system
in
Qatar”
(2022.14.03)https://www.expatica.com/qa/living/gov-law-admin/government-and-political
10
Katzman K. Qatar: Governance, Security, and U.S. Policy // Congressional Research Service,
R44533- https://crsreports.congress.gov - April 11, 2022
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
77
system-in-qatar-70986/
3.
Avaz
Takhirov,
Yaqin
sharq
ruknidan
(2014.25.11)
https://geopolitika.uz/hududlar/yevrosiyo/yaqin-sharq/85-afg-on-muammosi-yechimi-
qatarning
4.
Bahodir Xo’jayev,O’zbekiston xalqaro islom akademiyasi tadqiqotchisi, O‘zbekiston Qatar:
hamkorlikning
yangi
ufqlari
–
YOSHLAR
OVOZI
(2021.22.04)
https://yoshlarovozi.uz/2021/04/22/ozbekiston-qatar-hamkorlikning
5.
Mehran Kamrava, Qatar:Small State, Big politics (Cornell University Press,2015)
https://books.google.co.uz/books?hl=en&lr=&id
6.
QATAR TASHQI SIYOSATI RIVOJLANISHINING ZAMONAVIY TENDENSIYALARI
https://www.supportscience.uz/index.php/ojhpl
7.
7.Подъем Катара на международной арене: причины, факторы, последствия, А.С.
Абу Хашаб, Н.С. Ахмедова ,2023 Vol. 15 No. 1 56–64.
8.
“Yaqin sharqda barqarorlikni ta`minlash bo`yicha Qatar siyosatining zamonaviy holat”i ,
M.X.Mamanazarova
9.
”Yaqin Sharq mamlakatlari tashqi siyosatining asosiy yo`nalishlari va uning o`ziga xos
xususiyatlari” ,G.SH. Qodirova