Авторы

  • O.S. Turayev
  • D.Sh. Erjigitov
  • N.M. Ibrohimova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.scin.46026

Аннотация

В данном тезисе изложены результаты фенологической и молекулярной оценки линий яровой пшеницы на засухоустойчивость. По данным статистического анализа молекулярно-фенологических данных, генотипы, имеющие в своем геноме аллель устойчивости ДНК-маркера Xgwm484 (190 пар оснований), показали более высокую устойчивость по сравнению другими.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

66

DNK MARKERLAR TEXNOLOGIYASI ASOSIDA QURG‘OQCHILIKKA CHIDAMLI

BAHORGI BUG‘DOY GENOTIPLARINI ANIQLASH

O.S. Turayev

1,2,3

D.Sh. Erjigitov

1,2

N.M. Ibrohimova

3

1

Orolbo‘yi xalqaro innovatsiya markazi, Nukus sh., Qoraqalpog‘iston

2

Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti, Toshkent sh., O‘zbekiston

3

O

‘zbekiston Milliy universiteti, Genetika kafedrasi, Toshkent sh., O‘zbekiston

*e-mail:

ozodturaev@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.13935956

Аннотация

В данном тезисе изложены результаты фенологической и молекулярной оценки

линий яровой пшеницы на засухоустойчивость. По данным статистического анализа
молекулярно

-

фенологических данных, генотипы, имеющие в своем геноме аллель

устойчивости ДНК

-

маркера

Xgwm

484 (190 пар оснований), показали более высокую

устойчивость по сравнению другими.

Ключевые слова:

Мягкая пшеница,

Triticum aestivum

L., засуха, толерантность,

маркеры SSR, CIMMYT

.

ABSTRACT

In this thesis, we have reported the results of the phenological and molecular assessment

of spring wheat lines for drought tolerance. According to the statistical analysis of the molecular
and phenological data, the genotypes with the resistance allele of the Xgwm484 DNA marker
(190 base pairs) in their genome showed higher resistance compared to others.

Keywords:

Bread wheat,

Triticum aestivum

L., drought, tolerance, SSR markers, CIMMYT.

Suv tanqisligi stressi tufayli butun dunyo bo‘ylab bug‘doy hosilining katta qismi

yo‘qotilmoqda. Qurg‘oqchilik (suv

stressi) barcha abiotik stresslar orasida eng muhim

ahamiyatlisi hisoblanadi. Qurg‘oqchilik hosildorlikning maksimal pasayishiga olib keladigan
abiotik stressdir [1]. Oldindan aytib bo‘lmaydigan yog‘ingarchilik tufayli, iqlim o‘zgarishi

natijasida dunyonin

g ko‘plab hududlarida donli ekinlar, shu jumladan bug‘doy hosildorligining

pasayishiga olib keladigan suv stressini yanada kuchaytirishi mumkin [2].

Ma’lumki, organizmdagi ko‘pgina xususiyatlar suv bilan bog‘liq holda tabiatan murakkab

va poligen holda ishlaydi [3]. Bug‘doy o‘simligida qurg‘oqchilikka chidamlilik bilan bog‘liq
belgilar uchun sezilarli genetik o‘zgarishlar namoyon bo‘ladi [4]. Qurg‘oqch

ilikka chidamlilik

bilan bog‘liq miqdoriy belgilar lokuslari (QTL)ga ega bug‘doy navlarini yaratishni
jadallashtirishda markerlarga asoslangan seleksiya (MAS) texnologiyasini qo‘llash muhim
hisoblanadi. Shu sababli, bug‘doy kolleksiyalarini molekulyar va f

enologik jihatdan baholash

yuqori mahsuldor va qurg‘oqchilikka chidamli bo‘lgan namunalarni aniqlash, ularni seleksiya

qilish hamda yangi navlarni yaratish muhim ilmiy va amaliy ahamiyatga ega.

Tadqiqotda CIMMYT (

ingl

. International Maize and Wheat Improvement Center - Xalqaro

makkajo‘xori va bug‘doyni yaxshilash markazi) va ICARDA (

ingl

. The International Center for

Agricultural Research in the Dry Areas -

Qurg‘oqchil hududlarda qishloq xo‘jaligi bo‘yicha

tadqiqotlar olib boruvchi xalqaro markaz) tashkilotlari qo‘shma loyihasi natijalari asosida


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

67

olingan yumshoq bug‘doyning (1) “41st Elite spring wheat YT”, (2) “42nd Elite spring wheat
YT”, (3) “20th High temperature wheat YT” hamda (4) “11th Stress adaptive trait YDT”
ko‘chatzorlariga mansub 33 ta tizma va mahalliy Semurg‘ navi (andoza nav)dan fo

ydalanildi:

Namunalarning suv tanqisligiga chidamliligini baholash nisbiy molekulyar massasi 50 va

70 Mr (g/mol) saxaroza muhitida olib borildi. Tajribada, 34 ta namunalarning xar biridan 20
tadan don, 10 ml dan saxaroza eritmasi solingan 3 qaytariqdagi jami 111 ta Petri idishlarga

joylashtirildi. Petri idishlar 25 °C haroratli termostatga 5 kunga qo‘yildi, so‘ngra unib chiqishi

donlar soni aniqlanib, ildiz tizimi 5 balli tizimda baholandi.

Bundan tashqari, bug‘doy namunalari qurg‘oqchilikka chidamlilik bilan genetik

bog‘langan DNK marker asosida PZR tahlili amalga oshirildi. Shuningdek,

olingan raqamli

ma’lumotlar ANCOVA usulida statitik qayta ishlandi.

Statistik tahlil natijalari shuni ko‘rsatdiki, donning unuvchanlik ko‘rsatgichi saxaroza

kontsentratsiyasining ortishi bilan kamayib bordi. Nazorat namunalarining 76% dan ko‘pida
unuvchank ko’rsatkichi 100% bo‘lganligi kuzatildi. Saxarozaning 50 Mr eritmas

da faqatgina

L138 tizmasining unuvchanligi 100% bo‘ldi. Saxarozaning 70 Mr eritmasida esa sezilarli

darajada farq qilib, L124, L030, L138, va L190 tizmalari yuqori natija qayd etdi.

PZR tahlili natijalariga ko‘ra, Xgwm484 DNK markerining chidamlilik bilan genetik

bog‘langan 190 juft asosli alleli bug‘doy namunalarining 15 tasida mavjudligi, shulardan 10
tasida (Semurg‘, L138, L106, L079, L095, L047, L035, L007, L165 va L190) gomozigot

a, 5 tasida

(L124, L062, L097, L040 va L030) geterozigota holatda ekanligi aniqlandi. Qolgan 19 ta
tizmalar genomida chidamlilik alleli uchramadi. PZR tahlili va saxarozali muhitidan olingan

ma’lumotlarning statistik tahlili natijalariga ko‘ra, genomida Xg

wm484 DNK markerining

gomozigota va geterozigota chidamlilik allelini tutgan bug‘doy tizmalarining chidamliligi nol

-

segregant (genomida chidamlilik alleli mavjud bo‘lmagan) tizmalarga qaraganda sezilarli
darajada yuqori bo‘ldi. Olingan natijalar, bug‘doyning qurg‘oqchilikka chidamli navlarini olish

uchun foydali manba sifatida xizmat qiladi.

References:

1.

Kang Y., Khan S., Ma X. Climate change impacts on crop yield, crop water productivity and

food security - A review. Prog. Nat. Sci. 2009, 19, 1665

1674.

2.

Collins N.C., Tardieu F. Tuberosa, R. Quantitative trait loci and crop performance under

abiotic stress: Where do we stand? Plant Physiol. 2008, 147, 469

486.

3.

Gupta P.K., Balyan H.S., Gahlaut V., Kulwal P.L. Phenotyping, genetic dissection, and

breeding for drought and heat tolerance in common wheat: Status and prospects. Plant Breed.
Rev. 2012, 36, 85

147.

4.

Joshi A.K., Mishra B., Chatrath R., Ortiz Ferrara G., Singh R.P. Wheat improvement in India:

Present status, emerging challenges and future prospects. Euphytica 2007, 157, 431

446.

Библиографические ссылки

Kang Y., Khan S., Ma X. Climate change impacts on crop yield, crop water productivity and food security - A review. Prog. Nat. Sci. 2009, 19, 1665–1674.

Collins N.C., Tardieu F. Tuberosa, R. Quantitative trait loci and crop performance under abiotic stress: Where do we stand? Plant Physiol. 2008, 147, 469–486.

Gupta P.K., Balyan H.S., Gahlaut V., Kulwal P.L. Phenotyping, genetic dissection, and breeding for drought and heat tolerance in common wheat: Status and prospects. Plant Breed. Rev. 2012, 36, 85–147.

Joshi A.K., Mishra B., Chatrath R., Ortiz Ferrara G., Singh R.P. Wheat improvement in India: Present status, emerging challenges and future prospects. Euphytica 2007, 157, 431–446.