ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
56
POETIK TAFAKKURGA XOS KONSEPTLARNING VERBALLASHUVI
Ibragimova Iroda Artikmashrabovna
Namangan davlat universiteti tayanch doktoranti
https://doi.org/10.5281/zenodo.13933134
Annotatsiya:
Ushbu maqolada poetik tafakkurga xos bo‘lgan tushunchalar va
konseptlarning verballashuvi masalasi Muhammad Yusuf va Shavkat Rahmon ijodi misolida
yoritilgan.
Kalit so‘zlar:
kognitiv poetika, konsept, verballashuv, individual muallif olami, poetik
matn.
Аннотация.
В данной статье рассматривается вербализация понятий и концептов,
присущих поэтическому мышлению, на примере творчества Мухаммада Юсуфа и
Шавката Рахмона.
Ключевые слова:
когнитивная поэтика, концепт, вербализация, индивидуальный
авторский мир, поэтический текст.
Abstract.
This article explores the verbalization of concepts and notions characteristic of
poetic thinking through the works of Muhammad Yusuf and Shavkat Rahmon.
Keywords:
cognitive poetics, concept, verbalization, individual author’s world, poetic
text.
Kognitiv fanlarning asosiy termini “konsept” sanaladi. Konsept kognitiv tilshunoslik,
lingvomadaniyatshunoslik yo‘nalishlari bilan bir qatorda kognitiv poetika uchun ham xos
termin sanaladi. Konseptni insonning ongida shakllantiruvchi va ifodalovchi vosita bu tildir.
Konsept inson ongidagi madaniyatning asosiy omilidir. Konseptlar har bir insonning ong osti
so‘zlarining lug‘aviy ma’nosi asosida, qolaversa butun bir xalqning milliy minitalitetidan, hayot
tajribalaridan madaniyatidan kelib chiqib shakllanadi.
Inson ongida mavjud konseptlar lisoniy vositalar yordamida verballashadi, tilga
yo‘g‘riladi. Inson ongida biror konseptning qay darajada saqlangani, qanday holda mavjudligi
masalaning bir tomoni bo‘lsa, uning lingvistik birliklar yordamida ifoda etilishi ijodkorning
lisoniy imkoniyatlari bilan bog‘langani holda masalaning ikkinchi tomonini tashkil etadi.
Konsept tilshunoslar tomonidan turlicha talqin qilinadi. Birinchi marta kontsept atamasi
1928-yilda S.A.Askoldovning “Konsept va so‘z” nomli maqolasida tilga olingan. U kontseptni
“tafakkur jarayonida biz uchun bir xil turdagi obyektlarning noaniq to‘plamini
shakllantiradigan aqliy hosila” deb ta’riflagan
1
.
Ko‘p hollarda konsept ham kognitiv tilshunoslik, ham lingvokulturologik nuqtayi
nazardan o‘rganilib, unga ikki fan doirasida umumiy ta’rif beriladi: “Konsept kollektiv ongning
har qanday diskret mazmunli birligi sifatida, haqiqiy yoki ideal dunyo predmetini aks
ettiruvchi, ona tilida so‘zlashuvchilarning milliy xotirasida idrok etilgan substrat shaklida
saqlanadi. Konsept so‘z bilan ifodalanadi, verballashadi, aks holda uning mavjudligi mumkin
emas”
2
. Demak, konsept verballashsagina, so‘z bilan voqelantirilsagina uning mavjudligi
konkretlashadi. Aks holda, ongdagi mavhum birlik sifatida qolib ketadi.
1
Аскольдов С.А. Концепт и слово / С.А. Аскольдов // Русская словесность: антология / под. ред. В.Н. Нерознака.
- М., 1997. - С. 267-280.
2
Бабушкин А. П. Типы концептов в лексико-фразеологической семантике языка, их личностная и национальная
специфика. Воронеж, 2006. – С. 29.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
57
Konsept – yuksak ma’naviy qadriyatlarga yetaklovchi, lisoniy ifodaga ega bo‘lgan va
etnomadaniy o‘ziga xoslik bilan ajralib turadigan kollektiv ong birligidir
3
.
T.Suxanova konseptga xos belgilarni keltirib o‘tadi:
•
bu inson tajribasining minimal birligi bo‘lib, so‘zlar yordamida verballashadi va maydoniy
tuzilishga ega;
•
inson tafakkurining murakkab birligi;
•
dunyo haqidagi bilimlarni qayta ishlash, saqlash va uzatishning asosiy birligi;
•
kontsept harakatlanuvchi chegaralarga ega va aniq vazifalarni bajaradi;
•
konsept ijtimoiydir;
•
madaniyatning asosiy birligi.
Konseptlar inson ongida dunyoni ifodalaydi, konseptual tizimni tashkil qiladi va inson
tilining belgilari bu tizim mazmunini so‘z bilan kodlaydi
4
.
Individual-muallif olamining tasviriga xos eng muhim tarkibiy qism badiiy konsept bo‘lib,
u yozuvchi yoki shoir ongida uning tajribasi, voqelik haqidagi bilimi, o‘ziga xos his-tuyg‘ulari,
g‘oyalari, hayotiy ma’lumotlari asosida shakllanadigan ma’lum bir psixik borliqdir, u badiiy
obrazlarni o‘z ichiga oladi va lisoniy vositalar bilan ifodalanadi. Individual muallif konseptlari
faqat so‘z san’atkorining individual uslubidagi matnlarning butun majmuasi bilan ifodalanishi
mumkin
5
.
Poetik matnlarda eng ko‘p murojaat qilinadigan konseptlardan biri muhabbat
konseptidir. Qancha shoir, qancha ijodkor bo‘lsa, ularning konseptual olamida muhabbat
tushunchasi o‘z holicha namoyon bo‘ladi. Albatta, bu namoyon bo‘lish lisoniy vositalar
yordamida verballashib, shoirlarga xos reprezentatsiya aks etadi. Mumtoz adabiyot
namunalaridan tortib zamonaviy o‘zbek she’riyatigacha deyarli barcha shoir muhabbat
mavzusiga murojaat qilib, uni o‘z tasavvuriga ko‘ra tasvir qilib keladi.
T.Dankova A.Axmatova ijodida muhabbat konseptining verballashuvi bo‘yicha tadqiqot
olib borib, “muhabbat” konseptining semantik maydoni ahamiyati va tarkibi bo‘yicha
turlichaligini e’tirof etadi: “Axmatova lirikasi kontekstida asosiy o‘rinni sevgini sevgiliga
nisbatan qizg‘in samimiy moyillik hissi sifatida tushunish egallaydi. Lirik “men”ning nomli
tuyg‘usi juda ko‘p qirrali va ziddiyatli ko‘rinadi; u sevgining xilma-xil tomonlarini: azob-
uqubatlarni, halokatni, baxtni, ma’naviyatni, muqaddaslikni, ehtirosni birlashtiradi. Ishqni
iztirob va azob-uqubat keltiruvchi tuyg‘u sifatida tushunish shoirning olam haqidagi individual
tasvirida eng yaqqol namoyon bo‘ladi. A.Axmatova lirik mavzuyidagi iztiroblar kuchli va keng
qamrovli bo‘lib, turli sabablarga ko‘ra yuzaga keladi: ayriliq, beg‘araz muhabbat, aldash,
ma’shuqaning tashvishli intizorligi, erkinlik yo‘qligi, rashk, xiyonat...
6
3
Шулятиков И. Термин «концепт» в современной лингвистике. https://cyberleninka.ru/article/n/termin-kontsept-
v-sovremennoy-lingvistike-1
4
Суханова Т.В. Концепт как основное понятие современной когнитивной лингвистики//
https://cyberleninka.ru/article/n/kontsept-kak-osnovnoe-ponyatie-sovremennoy-kognitivnoy-lingvistiki
5
Данькова Т. Концепт "любовь" и его словесное воплощение в индивидуальном стиле А. Ахматовой.
Автореф.дисс.канд.филол.наук// https://www.dissercat.com/content/kontsept-lyubov-i-ego-slovesnoe-
voploshchenie-v-individualnom-stile-akhmatovoi
6
Данькова Т. Концепт "любовь" и его словесное воплощение в индивидуальном стиле А. Ахматовой.
Автореф.дисс.канд.филол.наук// https://www.dissercat.com/content/kontsept-lyubov-i-ego-slovesnoe-
voploshchenie-v-individualnom-stile-akhmatovoi
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
58
D.Buzrukova his-tuyg‘ularning verballashuvi matn muallifi bilan chambarchas
bog‘liqligini e’tirof etadi: “Bаdiiy mаtnlаrdа his-tuyg‘ulаrni verbаllаshtirish meхаnizmlаri vа
usullаri lisоniy shахs – mаtn muаllifining hissiylik fenоmeni nuqtаyi nаzаridаn ifоdаlаnаdi.
Muhаbbаt, ey gо’zаl iztirоb,
Ey kо’hnа dаrd, ey kо’hnа tuyg‘u.
Kо’krаgimgа qо’lingni tirаb,
Yurаgimni tо’kib qо’yding-ku...
(M.Yusuf. Sаylаnmа)”
7
Muhammad Yusuf muhabbat konseptiga “go‘zal iztirob”, “ko‘hna dard”, “ko‘hna tuyg‘u”
birikmalari yordamida ta’rif berib, verballashtiradi. Shoir tafakkuricha, muhabbat – iztirob va
dard, muhabbat – shoirning yuragini to‘kib qo‘ygan og‘riqli iztirob. U shunday ko‘hna tuyg‘uki,
kim unga yaqinlashsa, azoblaydi. Bu – muhabbat borasida shoir konseptosferasida mavjud
tushunchalarning in’ikosidir. Shoir konseptosferasi esa o‘zidagi mavjud bilimlar, shaxsiy
tajribalar asosida shakllangan. Ma’lumki, adabiyotda, xususan, poetik matnlarda muhabbat
tuyg‘usi keng ifodalanadi va ko‘p hollarda aynan shoir Muhammad Yusuf kabi iztirob, dard,
og‘riqli tuyg‘u sifatida tasvirlanadi. Mavjud tushuncha va tasavvurlardan yaralgan, shuningdek,
shoirning shaxsiy tajriba va dunyoqarashi bilan boyitilgan muhabbat konsepti shoir ijodida
muallifga xos hissiyotlar bilan boyitilgan holda verballashadi.
Muhammad Yusuf ijodiga xos boshqa namunalarda ham muhabbat konseptining
verballashuvi o‘zgacha tarzda yuz berganini kuzatamiz:
Ey mening sevgilim,
Osmoningdan tush,
Sevgi – yomg‘ir bosgan
Kitobdagi bayt.
Sen – mening
Qo‘ynimda to‘lg‘ongan oqqush,
Men – sening dardingga
Yetmagan sayyod!.. (Muhammad Yusuf)
Shoir yuqoridagi she’rida muhabbatni ko‘hna dard, deya ta’riflagan bo‘lsa, mazkur
satrlarda sevgi “yomg‘ir bosgan kitobdagi bayt” tarzida verballashgan. Kitob yomg‘ir ostida
qolsa, yozuvlari o‘chib, uni o‘qish qiyinlashadi, yozuvlari butunlay ko‘rinmaydigan holga kelishi
ham mumkin. Shoir bunday ta’rif berish orqali sevgini ham tushunish qiyin bo‘lgan, anglash
qiyin bo‘lgan tuyg‘uga qiyos etadi.
Ilk sevgi - eng baland shoxdagi olma,
Men unga intildim, yetmadi qo‘lim.
Senga baxt tilayman, mayli, kim bo‘lma,
Kunlaring xayrli bo‘lsin, sevgilim.(M. Yusuf)
Ushbu satrlarda esa ilk sevgi baland shoxdagi olmaga o‘xshatilgan. Odatda, eng baland
shoxdagi, daraxtning eng uchidagi olma chiroyli ko‘rinadi. Xuddi shunday, ilk sevgi ham go‘zal
ko‘rinadigan, biroq qo‘l cho‘zsa yeta olmaydigan hislar bilan bog‘lanadi.
Demak, Muhammad Yusuf ijodida muhabbat konsepti dard, iztirob, tushunish, anglash
qiyin bo‘lgan, baribir yeta olmaydigan tuyg‘u sifatida verballashgan.
7
Buzrukova 26-27
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
59
Shoir Shavkat Rahmon ijodida ham “muhabbat” konsepti verballashgan holatni
uchratamiz:
Muhabbat – chiroyli kapalak,
qo‘rqaman sho‘rlikni tutgani.
Kapalak quvganim yodimda,
yodimda yo‘q ammo yetganim.
(Shavkat Rahmon. Saylanma. – T.: Sharq, 1997. – 41- b).
Shavkat Rahmon muhabbat konseptini tasvirlashda o‘zgacha o‘xshatishdan foydalanadi,
bu tuyg‘uni chiroyli kapalak sifatida tasavvur qiladi. Shoir tafakkuricha, muhabbat quvib yetib
bo‘lmaydigan kapalakka o‘xshaydi. Kapalakni hech ham quvib yetib bo‘lmaganidek,
muhabbatni ham quvib yetib bo‘lmaydi. Bu orqali muallif muhabbatga yetishish qiyinligini o‘z
shaxsiy tajribasi – kapalakni quvib, unga sira yeta olmaganiga mengzab tasvirlaydi. Bunda shoir
konseptosferasida shaxsiy tajriba muhabbat konseptining shakllansihiga va albatta, til orqali
verballashuviga asos bo‘lgan.
T.Solovyova K.Skvortsov ijodida muhabbat konseptining verballashuvi haqida tadqiqot
olib borishgan va quyidagi xulosaga kelishgan: “Muhabbat tuyg‘usining turli kategoriyali
so‘zlardan foydalangan holdagi timsoli bu tushunchaning semantik makonini kengaytiradi:
muhabbat lirik subyektning obyektga qaratilgan, lirik subyekt va obyekt harakatlarida
gavdalangan ko‘p qirrali, murakkab tuyg‘u sifatida taqdim etiladi”
8
.
References:
1.
Аскольдов С.А. Концепт и слово / С.А. Аскольдов // Русская словесность: антология
/ под. ред. В.Н. Нерознака. - М., 1997. - С. 267-280.
2.
Бабушкин А. П. Типы концептов в лексико-фразеологической семантике языка, их
личностная и национальная специфика. Воронеж, 2006. – С. 29.
3.
Шулятиков
И.
Термин
«концепт»
в
современной
лингвистике.
https://cyberleninka.ru/article/n/termin-kontsept-v-sovremennoy-lingvistike-1
4.
Суханова Т.В. Концепт как основное понятие современной когнитивной
лингвистики//
https://cyberleninka.ru/article/n/kontsept-kak-osnovnoe-ponyatie-
sovremennoy-kognitivnoy-lingvistiki
5.
1
Данькова Т. Концепт "любовь" и его словесное воплощение в индивидуальном
стиле
А.
Ахматовой.
Автореф.
дисс.
канд.
филол.
наук//
https://www.dissercat.com/content/kontsept-lyubov-i-ego-slovesnoe-voploshchenie-v-
individualnom-stile-akhmatovoi
6.
Данькова Т. Концепт "любовь" и его словесное воплощение в индивидуальном
стиле
А.
Ахматовой.
Автореф.
дисс.
канд.
филол.
наук//
https://www.dissercat.com/content/kontsept-lyubov-i-ego-slovesnoe-voploshchenie-v-
individualnom-stile-akhmatovoi
7.
Buzrukova 26-27
8
Соловьева, Т. Концепт "Любовь" и его лингвистическая репрезантация в лингвокультурном аспекте: на
материале лирических и драматургических произведений К. Скворцова. Автореф.дисс.канд.филол.наук. //
https://www.dissercat.com/content/kontsept-lyubov-i-ego-lingvisticheskaya-reprezantatsiya-v-lingvokulturnom-
aspekte-na-materia
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
60
8.
Соловьева, Т. Концепт "Любовь" и его лингвистическая репрезантация в
лингвокультурном аспекте: на материале лирических и драматургических
произведений
К.
Скворцова.
Автореф.дисс.канд.филол.наук.
//
https://www.dissercat.com/content/kontsept-lyubov-i-ego-lingvisticheskaya-
reprezantatsiya-v-lingvokulturnom-aspekte-na-materia