Авторы

  • Odina Mamirova
    Toshkent davlat agrar universiteti, ‘‘Qishloq xo’jaligi biotexnalogiyasi, standartlashtirish’’ magistranti, Toshkent
  • Mo‘tabar Xo‘janazarova
    Toshkent davlat agrar universiteti, ‘‘Qishloq xo‘jaligi biotexnalogiyasi, standartlashtirish va sertifikatlash’’ kafedrasi datsenti.

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.scin.46042

Ключевые слова:

Sho‘rlanmagan kuchsiz sho‘rlangan o‘rtacha sho‘rlangan kuchli sho‘rlangan gumus fosfor kaliy bo‘z-o‘tloqli och tusli mineral meleratsiya bakteriya.

Аннотация

Ushbu maqolada o‘rganilgan tadqiqotlar mobaynida Jizzax viloyati Zarbdor tumani sug‘oriladigan yerlari asosan bо‘z-о‘tloqi tuproqlar, о‘tloqi, о‘tloqi-bо‘z va och tusli bо‘z tuproqlar tarqalganligi o‘rganildi.Sug‘oriladigan tuproqlarning mehanik tarkibi,gumus miqdori,harakatcha fosfor va almashinuvchi kaliy miqdori o‘rganildi.Tuproq tarkibidagi foydali bakteriyalar ajratib olindi.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

18

JIZZAX VILOYATINING AYRIM TUPROQ SHAROITLARINI TAHLILI VA

TUPROQ TARKIBIDAGI MIKROORGANIZMLAR FAOLLIGI

Mamirova Odina Abdulxamidxon qizi

Toshkent davlat agrar universiteti, ‘‘Qishloq xo’jaligi biotexnalogiyasi,

standartlashtirish’’ magistranti, Toshkent

e-mail: odinaxonmamirova4@gmail.com tel: +998903094418

Xo‘janazarova Mo‘tabar Qo‘shoqovna

Toshkent davlat agrar universiteti, ‘‘Qishloq xo‘jaligi biotexnalogiyasi,

standartlashtirish va sertifikatlash’’ kafedrasi datsenti.

e-mail: https://orcid.org/0000-0003-4400-5818 tel: +998997607907

https://doi.org/10.5281/zenodo.13932536

Annotatsiya.

Ushbu maqolada o‘rganilgan tadqiqotlar mobaynida Jizzax viloyati Zarbdor

tumani

sug‘oriladigan yerlari asosan bо‘z-о‘tloqi tuproqlar, о‘tloqi, о‘tloqi-bо‘z va och tusli bо‘z

tuproqlar tarqalganligi o‘rganildi.Sug‘oriladigan tuproqlarning mehanik tarkibi,gumus
miqdori,harakatcha fosfor va almashinuvchi kaliy miqdori o‘rganildi.Tuproq tarkibidagi foydali
bakteriyalar ajratib olindi.

Kalit so‘zlar

.

Sho‘rlanmagan, kuchsiz sho‘rlangan, o‘rtacha sho‘rlangan, kuchli

sho‘rlangan,gumus,fosfor,kaliy,bo‘z-o‘tloqli,och tusli,mineral,meleratsiya, bakteriya.

Аннотация.

В ходе исследований, проведенных в данной статье, было изучено, что

орошаемые земли Зарбдарского района Джизакской области представляют собой
преимущественно серо-луговые почвы, луговые, лугово-серые и светло-серые почвы,
механический состав убранных почв, количество гумуса. исследовали количество
подвижного фосфора и обменного калия. В почве были выделены полезные бактерии.

Ключевые

слова:

незасоленные,

слабозасоленные,

среднезасоленные,

сильнозасоленные, гумус, фосфор, калий, серо-луговая, светлая тень, минерал,
мелерация, бактерии.

Annotation.

In the course of the research conducted in this article, it was studied that the

irrigated lands of the Zarbdar district of the Jizzakh region are predominantly gray-meadow
soils, meadow, meadow-gray and light gray soils, the mechanical composition of the harvested
soils, and the amount of humus. The amount of mobile phosphorus and exchangeable
potassium was studied, Beneficial bacteria in the soil were isolated.

Key words:

non-saline, slightly saline, moderately saline, highly saline, humus,

phosphorus, potassium, gray meadow, light shade, mineral, meleration, bacteria

KIRISH

Zarbdor tumani sug‘oriladigan tuproqlarining umumiy maydoni

53021,0 gektarni,

shundan bо‘z-о‘tloqi tuproqlar 19569,5 gektarni yoki tuman sug‘oriladigan yerlarining 36,9 %
ini, о‘tloqi tuproqlar 14815,5 gektarni (27,9 %), о‘tloqi-bо‘z tuproqlar 9966,7 gektar (18,8 %),
och tusli bо‘z tuproqlar esa 8669,3 gektar (16,4 %) maydonlarini tashkil etadi.

1.

Sug‘oriladigan bо‘z-о‘tloqi tuproqlar

– tumanning barcha massivlarida tarqalgan

bо‘lib, о‘rta, yengil qumloqli mexanik tarkibdan iborat. Tumandagi ayrim massivlardan tashqari
qolgan barcha massivlarda tarqalgan sug‘oriladigan bо‘z –о‘tloqi tuproqlar kam va ayrim
hollarda о‘rtacha gipslashgandir.

Sug‘oriladigan bо‘z-о‘tloqi tuproqlar - ona jinslari leyossimon, allyuvial-prolyuvial

yotqiziqlardan tashkil topgan, о‘rta Mirzachо‘l tekisligidan tarqalgan.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

19

2. Sug‘oriladigan о‘tloqi tuproqlar

– gidromorf tuproqlar hisoblanadi va avtomorf hamda

о‘tuvchi tuproqlardan yer osti suvlarining nisbatan ancha yuzada ya’ni yer yuzasidan 1,5-2 m
chuqurlikda joylashganligi bilan farqlanadi. Bu tuproqlar maydoni Zarbdor tumanida bо‘z-
о‘tloqi tuproqlarga nisbatan kam bо‘lib, ona jinsi lyossimon, allyuvial-prolyuvial yotqiziqlardan
tashkil topgan, о‘rta Mirzachо‘l tekisligidan tarqalgan.

3. Sug‘oriladigan о‘tloqi-bо‘z tuproqlar

– о‘tuvchi tuproqlar hisoblanib, bu tuproqlar

maydoni Zarbdor tumanida bо‘z-о‘tloqi tuproqlarga nisbatan kam bо‘lib, ona jinsi lyossimon,
allyuvial-prolyuvial yotqiziqlardan tashkil topgan, о‘rta Mirzachо‘l tekisligidan tarqalgan.
О‘tloqi-bо‘z tuproqlardan sizot suvlarining yuzaroq 3,0-3,5 metrgacha bо‘lgan chuqurlikda
joylashganligi bilan farqlanadi. Tumanda sug‘oriladigan bо‘z-о‘tloqi va о‘tloqi tuproqlar eng
kо‘p tarqalgan bо‘lib, asosan yengil, о‘rta qumoqli va qumloqli mexanik tarkibdan iborat.

Yuqorida qayd qilingan tuproqlarning mexanik tarkibiga kо‘ra, 999,1 ga og‘ir qumoqli,

12827,9 ga о‘rta qumoqli, 29751,1 ga yengil qumoqli va 9443,1 ga qumloqli mexanik tarkibdan
iborat ekanligi qayd qilindi.

Zarbdor tumanidaga barcha massivlarda tarqalgan tuproqlar gumus bilan asosan juda

kam (1% gacha) 52371,0 gektar va kam (1,1-2,0% gacha) 650,2 gektar kam darajada
ta’minlanganligi kuzatildi.

Harakatchan fosfor bilan 51870,8 gektari juda kam (0-15 mg/kg) va 1150,4 gektari kam

(16-30 mg/kg) darajada ta’minlangan.

Almashinuvchi kaliy bilan 254,4 gektari juda kam (0-100 mg/kg), 2415,6 gektari kam

(101-200 mg/kg), 25835,4 gektari о‘rtacha (201-300 mg/kg), 15159,3 gektari yuqori (301-
400 mg/kg) va 8516,1 gektari juda yuqori (>400 mg/kg) darajada ta’minlangan ekanligi qayd
qilindi.

Umuman olganda tumanda tarqalgan tuproqlarning 97,8 % i xarakatchan fosfor bilan

juda kam, 2,2 % i kam darajada ta’mingangan guruhga mansubligi qayd qilindi (1-rasm).

1-rasm

.

Jizzax viloyatining Zarbdor tumanida tarqalgan sug‘oriladigan tuproqlar

tarkibidagi xarakatchan fosfor miqdori, foiz hisobida

Jizzax viloyatining Zarbdor tumani sug‘oriladigan tuproqlarida amalga oshirilgan dala-

tadqiqot natijalari va kimyoviy tahlillar uchun olingan tuproq namunalari ma’lumotlarining
kо‘rsatishicha, shо‘rlanmagan maydonlar 9993,0 gektarni, kam shо‘rlangan maydonlar
35439,6 gektarni, о‘rtacha shо‘rlangan yerlar 6705,7 gektarni, kuchli shо‘rlangan maydonlar
643,9 gektarni, juda kuchli shо‘rlangan maydonlar 239,0 gektarni tashkil etgan.

97,8

2,2

жуда кам

кам


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

20

Ushbu maqolada biz tomonimizdan olib borilayotgan tadqiqotlar vazifalaridan biri,

Respublikamizda paxta yetishtirish bo‘yicha katta tajribaga ega bo‘lgan Jizzax viloyatining
Zarbdor tumanidagi paxta ekilgan maydonlarning tuprog‘ini tahlil qilish, tuproq tarkibidagi
foydali bakteriyalarni sof holatda ajratib olish va ajratib olingan baktriyalardan biolagik
preparatlar tayyorlash maqsad qilib olingan.Tuproq tarkibidagi foydali bakteriyalar
o‘rganilganda Zarbdor tumanida Bacillus megaterium bakteriyasi borligi aniqlandi va uning
foydalilik xususiyatlari o‘rganildi.

Xulosa

Sug‘oriladigan tuproqlarni sifat jihatdan baholashda uning mexanik tarkibi, shо‘rlanish

darajasi va tiplari, toshloqligi, gipslashganligi, eroziya jarayonlari, yuvilganligi, gumus, oziqa
elementlari bilan ta’minlanganligi va boshqa bir qator xossalari e’tiborga olinadi.O‘rganish
natijasida tuproqdan ojratib olingan foydali mikroorganizmlar o‘rganildi.Bacillus megaterium
dexqonchilik va bog‘dorchilikda bioo‘g‘itlarda qo‘llaniladigan gram-musbat tayoqchali
bakteriyalar turi tuproqda mavjud bo‘lgan eng katta bakteriyalardan biridir.Ushbu
bakteriyalarning guruhlari ko‘pincha zanjirlarda paydo bo‘ladi,bu yerda hujayralar hujayra
devorlaridagi polisaxaridlar bilan bog‘langan.Bacillus megaterium ba’zi ekstremal muhitlarda,
masalan, cho‘lsharoitlarda spora hosil bo‘lishi tufayli omon qolishga qodir.Bacillus megaterium
penitselin ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan ferment penitselin amidaz ishlab
chiqaradi.Bundan tashqari, kortikosteroid o‘zgartirish fermentlari va bir nechta
aminokislotalar degidrogenazlar ishlab chiqaradi.Kolbalamin biosintezini yaratuvchilardan
biri xisoblanadi.

References:

1.

Qо‘ziyev R. va boshqalar

. Davlat yer kadastrini yuritish uchun tuproq tadqiqotlarini

bajarish va tuproq kartalarini tuzish bо‘yicha yо‘riqnoma. Me’yoriy hujjat, Toshkent, 2013. 52
bet
2.

Nazarov R.S., Abdullayev A.Q., Xolbayev G.X

. О‘zbekistonda g‘о‘za agrotyexnikasi,

agroiqlimiy sharoitlari va resurslari. Toshkent. UzNIGMI nashr. 49-95, 2009
3.

Axmedov J. va boshqalar

. G‘о‘zani parvarishlash agrotyexnologiyalari bо‘yicha

tavsiyalar. О‘zPITI. Toshkent. 2010, 29 b.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

21

4.

Paxta maydonlarida tuproqlarning agrofizikaviy, agrokimyoviy va mikrobiologik

xossalarini о‘rganish uslublari. О‘zPITI. Toshkent. 1993.

Библиографические ссылки

Qо‘ziyev R. va boshqalar. Davlat yer kadastrini yuritish uchun tuproq tadqiqotlarini bajarish va tuproq kartalarini tuzish bо‘yicha yо‘riqnoma. Me’yoriy hujjat, Toshkent, 2013. 52 bet

Nazarov R.S., Abdullayev A.Q., Xolbayev G.X. О‘zbekistonda g‘о‘za agrotyexnikasi, agroiqlimiy sharoitlari va resurslari. Toshkent. UzNIGMI nashr. 49-95, 2009

Axmedov J. va boshqalar. G‘о‘zani parvarishlash agrotyexnologiyalari bо‘yicha tavsiyalar. О‘zPITI. Toshkent. 2010, 29 b.

Paxta maydonlarida tuproqlarning agrofizikaviy, agrokimyoviy va mikrobiologik xossalarini о‘rganish uslublari. О‘zPITI. Toshkent. 1993.