Авторы

  • Gulbahor Hasanova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.scin.46045

Ключевые слова:

Uzluksiz ta’lim pedagog ona-tili fani kompetentlik kadrlar tayyorlash Milliy dasturi.

Аннотация

Ushbu tezis, boshlangʻich sinf oʻquvchilarining oʻqish va tushunish kompetensiyasini takomillashtirish masalalariga qaratilgan bo‘lib, bugungi kunda yurtimizda amalga oshirilayotgan ta’lim tizimidagi islohotlar bilan tahlil qiliingan.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

8

BOSHLANGʻICH SINF OʻQUVCHILARINING OʻQISH VA TUSHUNISH

KOMPETENSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH

Hasanova Gulbahor Davlatmamatovna

1

E-pochta:

gkhasanova@gmail.com

Tel: +998 (99) 060 30 76

https://doi.org/10.5281/zenodo.13929211

Annotatsiya:

Ushbu tezis, boshlangʻich sinf oʻquvchilarining oʻqish va tushunish

kompetensiyasini takomillashtirish masalalariga qaratilgan bo‘lib, bugungi kunda yurtimizda
amalga oshirilayotgan ta’lim tizimidagi islohotlar bilan tahlil qiliingan.

Kalit so‘zlar:

Uzluksiz ta’lim, pedagog, ona-tili fani, kompetentlik, kadrlar tayyorlash

Milliy dasturi.


Jamiyat taraqqiyotida yosh avlod ta’lim-tarbiyasi alohida ahamiyat kasb etadi. Bunda

avvalo, maktabning boshlangʻich sinf oʻquvchilariga, jumladan, ona tili o’qish kitoblariga e’tibor
muhim rol oʻynaydi. Mustaqillik yillarida ta’limga berilayotgan e’tibor kelajakka e’tibor yangligʻ
davlat dasturi darajasiga koʻtarilgani e’tirofga loyiq. Oʻzbekistonda har yili ta’lim uchun
sarflanadigan xarajatlar yalpi ichki mahsulotning 10-12 foizini tashkil etishi fikrimiz dalilidir.
“Ta’lim toʻgʻrisidagi Qonun”, “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” ta’lim sohasida olib boriladigan
ishlarning mazmuni va istiqbolini belgilab berdi. Bular asosida Davlat ta’lim standartlari,
dasturlar va darsliklarning yangi avlodlari yaratildi. Ta’limda rivojlangan davlatlar
tajribalaridan foydalanilmoqda. Jamiyat va ilm –fan tinimsiz taraqqiy etaveradi. Darsliklarning
ham yangidan yangi avlodlari nashr etilaveradi. Yangiliklarni ta’lim jarayoniga olib kirish va
joriy etish bugungi kun oʻqituvchisining vazifasidir. Binobarin, oʻqish darslari atrof-muhit,
insoniy munosabatlar, Vatanning oʻtmishi va hozirgi kundagi hayoti, unda insonlarning oʻrni
haqidagi oʻquvchilar bilimlarini kengaytiradi, dunyoqrashlarining shakllanishiga, ma’naviy-
axloqiy tarbiyasiga katta ta’sir koʻrsatadi. Natijada, oʻquvchilarda ijobiy-axloqiy sifatlar
shakllana boshlaydi, vatanparvarlik, vatanga muhabbat, insonparvarlik hislari rivojlanadi.
Ta’kidlash joizki, ilmiy-ommabop maqolalarni oʻrganishda pedagogik texnologiyaning barcha
interfaol usullaridan keng foydalanish mumkin. Faqat bunda ijtimoiy real voqelik, ijtimoiy
hayotdagi hozirjavoblik hissi ustunligiga koʻra, ma’lumotlar yangilanib, almashtirib borilishini
e’tibordan soqit qilmaslik zarur. Shu nuqtai nazardan mavzu ancha dolzarb. Hali fanda o’zining
izchil tadqiqotiga, e’tirofiga ega boʻlmagan ilmiy-ommobop matn va maqolalar haqida yaxlit
monografik tizimda tadqiqot bajarish uning dolzarbligini toʻla asoslaydi.

Pedagogika va metodikada ona tili o’qish savodxonligi darsliklari va ularning yaratilish

tarixiga oid bir qator ishlar amalga oshirilgan.

Jumladan, Q. Abdullayeva, S.Rahmonbekovaning

oʻqish kitoblari va ularni oʻrganishga doir metodik qoʻllanmalarda ilmiy-ommabop matnlarning
oʻrganilishiga ham e’tibor qaratganlar[1]. Yirik uslubshunos olim Y. Abdullayev alifbe va oʻqish
kitoblarining turli avlodiga oid qarashlarini muntazam bayon etib kelgan. Jumladan,
muallifning “Abdulla Avloniy darsliklari”, “Mashhur ma’rifatparvarning ikki darsligi” kabi
maqolalarida oʻtgan asr boshlarida yaratilgan ilk oʻqish kitoblari va ularning mavzu-
mundarijasi haqida fikr yuritiladi.[2, 18-22] K. Qosimova boshliq mualliflar guruhi tomonidan
yaratilgan “Ona tili oʻqitish metodikasi” darsligida ham ilmiy-ommabop asarlarni oʻqish
metodikasiga alohida toʻxtab oʻtilgan.[3] Boshlangʻich sinf ona tili va o’qish savodxonligi va
oʻqish kitoblarining rang-barang xususiyatlari, ulardagi mavzu va matnlarning oʻrganish


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

9

usullari haqida uslubshunoslikda K.Qosimova, R.Safarova, S.Matchonov, T.Gʻafforova
X.Gʻulomova[4], O.Roziqov, M. Mahmudov, B. Adizov, Sh. Yoʻldosheva, Sh. Sariyev, A. Hamroyev
kabilarning ilmiy, metodik ishlari, darslik va monografiya hamda oʻquv qoʻllanmalari fikrimizni
tasdiqlaydi.

Istiqlol davrida yaratilgan turli xil nomdagi adabiyotlarda “kompetentsiya”,

“kompetentlik” atamalari keng qoʻllanilmoqda va barqarorlashmoqda.

N.A. Muslimov, A.I. Toʻraqulov, M.M. Qodirov, X.A. Umarov, Sh.N. Muslimovlarning fikriga

koʻra “Kompetentlik – inson tomonidan faoliyat predmetiga tegishli kompetentsiyalarni
egallaganlikdir”[5, 73], B.R. Adizovning ma’lumoti boʻyicha “Kompetentlik atamasi lotincha
“competo” soʻzidan olingan boʻlib, “erishayapman, munosibman” degan ma’noni anglatadi
hamda ma’lum sohadan xabardorligini, bilishini bildiradi”[6, 80], B.N. Navroʻz-Zodaning
talqiniga koʻra “Kompetentlik – oʻquvchining oʻzlashtirgan bilimi, oʻquv koʻnikmalari va
malakalarini kundalik hayotiy faoliyatida duch keladigan amaliy va nazariy masalalarni
yechishda foydalanishga tayyor ekanligi (qobiliyatiga ega ekanligi) ni koʻrsatishdir”[7, 86]
ma’nolarini anglatadi.

METODLAR

Maqolada umumiy qabul qilingan metodlar – xolislik, qiyosiy-mantiqiy tahlil, xronologik

ketma-ketlik tamoyillari asosida boshlangʻich sinf oʻquvchilarining oʻqish va tushunish
kompetensiyasini takomillashtirishning maqsad va vazifalarini ochib berishdan iborat.

NATIJALAR

Boshlangʻich ta’lim bosqichida oʻquvchilarning fanlar boʻyicha tayyorgarlik darajasiga

qoʻyiladigan talablar quyidagi uch parametr orqali aks ettiriladi: oʻqish texnikasi, oʻzgalar
fikrini va matn mazmunini anglash hamda fikrni yozma shaklda bayon etish. Ma’lumki hozirgi
kunda kishilar axborot dunyosida yashaydi. Oʻqish savodxonligida va kundalik faoliyatda
muvaffaqiyatlarga erishish uchun zaruriy axborotga ega boʻlish hamda ularni izlab topish,
undan keraklisini ajratib olish va foydalanaishni oʻrganish kerak.

Oʻzbekiston Respublikasida ta’limning uzluksizligi, uzviyligi, oʻquvchi shaxsi va

qiziqishlari ustuvorligidan kelib chiqib, ularning yosh xususiyatlariga mos ravishda quyidagi
tayanch kompetentsiyalarni shakllantirdi. Bular:

Kommunikativ kompetentsiya – ijtimoiy vaziyatlarda ona tilida hamda birorta xorijiy

tilda oʻzaro muloqotga kirisha olishni, muloqotda muomala madaniyatiga amal qilishni, ijtimoiy
moslashuvchanlikni, hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish layoqatlarini shakllantirishni
nazarda tutadi.

Axborotlar bilan ishlash kompetentsiyasi – mediamanbalardan zarur ma’lumotlarni izlab

topa olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning
xavfsizligini ta’minlashni, media madaniyatga ega boʻlish layoqatlarini shakllantirishni nazarda
tutadi.

Oʻzini oʻzi rivojlantirish kompetentsiyasi – doimiy ravishda oʻz-oʻzini jismoniy, ma’naviy,

ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayot davomida mustaqil oʻqib-
oʻrganish, kognitivlik koʻnikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib
borish, oʻz xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish koʻnikmalarini
egallashni nazarda tutadi.

Ijtimoiy faol fuqarolik kompetentsiyasi – jamiyatda boʻlayotgan voqea, hodisa va

jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, oʻzining fuqarolik burch va


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

10

huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va
huquqiy madaniyatga ega boʻlish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi. Milliy va
umummadaniy kompetentsiya – vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda
umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli boʻlish, badiiy va san’at asarlarini tushunish,
orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sogʻlom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini
shakllantirishni nazarda tutadi. Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan
xabardor boʻlish hamda foydalanish kompetentsiyasi - aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda
shaxsiy, oilaviy, kasbiy va iqtisodiy rejalarni tuza olish, kundalik faoliyatda turli diagramma,
chizma va modellarni oʻqiy olish, inson mehnatini yengillashtiradigan, mehnat unumdorligini
oshiradigan, qulay shart-sharoitga olib keladigan fan va texnika yangiliklaridan foydalana olish
layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi. Mazkur kompetentsiyalar umumta’lim fanlari
orqali oʻquvchilarda shakllantiriladi.

Har bir umumta’lim fanining mazmunidan kelib chiqqan holda oʻquvchilarda fanga

oid umumiy kompetentsiyalar ham shakllantiriladi.

Ta’lim

bosqichi

Bitiruvchilar

Standart

darajasi

Daraja

nomlanishi

Umumiy

oʻrta ta’lim

Umumiy oʻrta ta’lim maktablarining

boshlangʻich 4-sinf bitiruvchilari

A1

Fanning oʻrganishni

boshlangʻich

darajasi

Umumiy oʻrta ta’lim maktablarining fanning

chuqur oʻrganiladigan sinflar va

ixtisoslashtirilgan maktablarning 4-sinf

bitiruvchilari

A1+

Fanning oʻrganishni

kuchaytirilgan

boshlangʻich

darajasi

Umumiy oʻrta ta’lim maktablarining 9-sinf

bitiruvchilari

A2

Fanning oʻrganishni

tayanch darajasi

Umumiy oʻrta ta’lim maktablarining fanning

oʻrganishni chuqur oʻrganiladigan sinflar va

ixtisoslashtirilgan maktablarning 9-sinf

bitiruvchilari

A2+

Fanning oʻrganishni

kuchaytirilgan

tayanch darajasi

Oʻrta

maxsus,

kasb-

hunar

ta’limi

Fanning oʻrganishni chuqurlashtirilmagan

oʻrta maxsus, kasb-hunar ta’limi

muassasalari bitiruvchilari

B1

Fanning oʻrganishni

umumiy darajasi

Fanning oʻrganishni chuqurlashtirilgan oʻrta

maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari

bitiruvchilari

B1+

Fanning oʻrganishni

kuchaytirilgan

umumiy darajasi

MUNOZARA

Ta'limda yangi yondashuvlarni ilgari suradigan konsеpsiyalar (Boshlangʻich ta'lim

konsеpsiyasi), Davlat ta'lim standarti (DTSlari), oʻquv dasturi, darsliklar, oʻquv
adabiyotlarining yangi avlodi yaratilib, maktab amaliyotiga joriy etilmoqda.

Bunda oʻquv jarayonini zamonaviy talablar asosida tashkil etish va kafolatlangan

natijalarga erishish yoʻllarini koʻrsatish muhim ahamiyatga ega. Shunday dolzarb masalalar
sirasiga boshlangʻich sinf ona tili va oʻqish savodxonligi kitobidagi mavzular, shе'r va hikoyalar,
ular ustida samarali ishlash va ilgʻor pеdagogik tеxnologiyalarni faol qoʻllash muammosini
kiritish mumkin. Uzluksiz ta'limning boshqa bosqichlaridan farqli oʻlaroq, boshlangʻich


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

11

sinflarning oʻqish darslarida oʻquvchilarning oʻqish malakalarini shakllantirish, asar matni
ustida ishlash ta’limning didaktik maqsadi hisoblanadi. Oʻzbеkiston Rеspublikasi mustaqillikka
erishganidan soʻng, milliy, umuminsoniy va ma'naviy qadriyatlarni qayta tiklash, ularni
rivojlantirish uchun kеng imkoniyatlar ochildi. Yosh avlod ma'naviy hayot goʻzalliklariga oshno
boʻlar ekan, tarixan tarkib topgan muayyan qadriyatlar ta'sirida kamol topadi. Har bir
oʻqituvchining asosiy maqsadi bolada oʻqishga ixlos uygʻotish. Bolaning bir daqiqa vaqti ham
bеkor kеtmasligi kеrak. Unda sabot va chidam, kuch-quvvat, jismoniy mahoratni kamol
toptirish kеrak. Buning uchun esa oʻqituvchi oʻquvchiga «bu sеning qoʻlingdan kеladi», «sеn
qobiliyatlisan» kabi fikrlarni tеz-tеz takrorlashi, bolani ozgina muvaffaqiyatiga ham e'tibor
bеrishi, eng muhimi, uni maqtov soʻzlar bilan ragʻbatlantirib turishi kеrak. Aksincha, “dangasa”,
“shuni ham eplay olmadingmi”, “qobiliyatsizsan” dеgan qoʻpol soʻzlarni bolaga nisbatan
ishlatilsa, uning ruhiyati tushib, qiziqishi va oʻziga boʻlgan ishonchi soʻnadi. Insondagi istalgan
bir faoliyatga qiziqish unga ijobiy munosabat bilan bеlgilanadi. Oʻquvchilarning bilishga boʻlgan
qiziqishi oʻz-oʻzidan paydo boʻlmaydi. Ma'lumki, kichik maktab yoshidagi bola uchun oʻyin
faoliyatidan birdaniga aqliy faoliyat jarayoniga kirishi birmuncha qiyinchiliklarni vujudga
kеltiradi. Bilim egallash ishtiyohida boʻlgan va moddiy olamning turli qirralariga qiziquvchan
bu yoshdagi bolalarda bilimlarni oʻzlashtirish jarayonida, albatta, toliqish holati roʻy bеrishi
muqarrar. Ana shunday vaziyatni nazarda tutgan holda, maktabda madaniy koʻnikmalarni
shakllantiruvchi sharoitlar yaratish maqsadga muvofiqdir. Buning uchun maktabda qishki
bogʻ, suv havzasi va dam olish xonalari tashkil etish lozim. Bu esa kichik maktab yoshidagi
bolaning ona tabiatga ijobiy munosabatini shakllantirib, har bir faslning oʻziga xos koʻrkini
anglash va tabiat in'omlarini idrok eta olishiga undaydi. Oʻqituvchi oʻquvchilar bilan doimiy
suhbatda, hamkorlikda boʻlishi natijasida, ular bilan sirlashish, til topishish hamda qiziqish va
qobiliyatlarini aniqlab yoʻnaltirish imkoniyatiga ham ega boʻladilar. Bu esa, oʻz navbatida ta'lim-
tarbiya jarayonida oʻzlashtirish darajasining yaxshilanishi uchun muhimdir. hozirgi kunda
oʻquvchilarga zamonaviy bilimlarni bеrish uchun oʻqituvchining oʻzi bilimdon, boy pеdagogik
tajribaga ega boʻlishi lozimdir. Yangi davr oʻqituvchisi ijodkor, bilimdon, izlanuvchan boʻlish
bilan birga har bir oʻquvchi qalbiga yoʻl topib, ta'lim-tarbiya jarayonida ularning yosh va
individual xususiyatlari, imkoniyat va qiziqishlarini hisobga olgan holda, ijodiy hamkorlik qila
oladigan, kеlgusidagi hayotida oʻz oʻrnini toʻgʻri tanlashlarida ijobiy ta'sir koʻrsatadigan kasb
egasi boʻlishi kеrak. Buning natijasida oʻquvchining oʻzlashtirishi yaxshilanib, bilimdonlik
darajasi rivojlanadi.

Ta’limda rivojlangan davlatlar tajribalaridan foydalanish tobora ommalashmoqda.

Ta’limni pedagogik texnologiyalar asoisda tashkil etishga doir tajribalar toʻplanmoqda va
yaratilmoqda. Bugun biz yashayotgan globallashuv va tobora kuchayib borayotgan raqobat
asrida faqat chuqur islohotlar va modernizatsiya yoʻlidan tinimsiz va qat’iyat bilan rivojlanib
borish natijasida oʻz oldimizga qoʻygan istiqbolli maqsadlarga taraqqiy topgan, farovon
yashayotgan demokratik davlatlar qatoriga kirish, xalqimiz uchun munosib hayot darajasini
ta’minlashga erisha olamiz”. Zotan, tarixga murojaat, moziyni oʻrganish, buyuk shaxslar
hayotini oʻtishda, qolaversa barcha ilmiy-ommabop maqolalarni oʻtishda zamonaviy pedagogik
texnologiyalardan foydalanish muhim ahamiyatga ega.

References:

1.

Abdullayeva Q., Rahmonbekova S. 2- sinfda oʻqish darslari. Metodik qoʻllanma. –T., 1999.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

12

2.

Abdullayev Y. Mashhuur ma’rifatparvarning ikki darsligi. // Boshlang`ich ta’lim j. – 1993,

1-son, 20-22-betlar; yana: Abdulla Avloniy darsliklari. // Boshlang`ich ta’lim j., –1993, 7-8-
sonlar, 18-22-betlar.
3.

Qosimova K., S. Matchonov, X. G`ulomova, Sh.Yo`ldosheva, Sh. Sariyev. Ona tili o`qitish

metodikasi. T., “Noshir”, 2009.
4.

G`afforova T., G‘ulomova X. O‘qish darslari. 1-sinf o‘qituvchilari uchun metodik qo‘llanma.

T., “Tafakkur”, 2011; yana: T.G‘afforova. Boshlang‘ich ta’limda zamonaviy pedagogik
texnologiyalar. T., “Tafakkur”, 2011.
5.

Muslimov N.A va boshqalar. Kasb ta’limi o‘qituvchisining axborot olish kompetentligini

shakllantirish texnologiyasi. – Toshkent, 2017. – V.73.
6.

Adizov B.R. Innovatsion faoliyat – o‘qituvchilar kasbiy kompetentligini

takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishi. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi jarayonida sifat va
samaradorlikni oshirishning dolzarb muammolari. Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
materiallari. – Buxoro, 2015, 80-bet.
7.

Navro‘z-Zoda B.N. “Iqtisodiyot asoslari” fanini kompetentlik yondashuv asosida o‘qitish.

O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi jarayonida sifat va samaradorlikni oshirishning dolzarb
muammolari. Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari. – Buxoro, 2015, 86-bet.

Библиографические ссылки

Abdullayeva Q., Rahmonbekova S. 2- sinfda oʻqish darslari. Metodik qoʻllanma. –T., 1999.

Abdullayev Y. Mashhuur ma’rifatparvarning ikki darsligi. // Boshlang`ich ta’lim j. – 1993, 1-son, 20-22-betlar; yana: Abdulla Avloniy darsliklari. // Boshlang`ich ta’lim j., –1993, 7-8-sonlar, 18-22-betlar.

Qosimova K., S. Matchonov, X. G`ulomova, Sh.Yo`ldosheva, Sh. Sariyev. Ona tili o`qitish metodikasi. T., “Noshir”, 2009.

G`afforova T., G‘ulomova X. O‘qish darslari. 1-sinf o‘qituvchilari uchun metodik qo‘llanma. T., “Tafakkur”, 2011; yana: T.G‘afforova. Boshlang‘ich ta’limda zamonaviy pedagogik texnologiyalar. T., “Tafakkur”, 2011.

Muslimov N.A va boshqalar. Kasb ta’limi o‘qituvchisining axborot olish kompetentligini shakllantirish texnologiyasi. – Toshkent, 2017. – V.73.

Adizov B.R. Innovatsion faoliyat – o‘qituvchilar kasbiy kompetentligini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishi. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi jarayonida sifat va samaradorlikni oshirishning dolzarb muammolari. Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari. – Buxoro, 2015, 80-bet.

Navro‘z-Zoda B.N. “Iqtisodiyot asoslari” fanini kompetentlik yondashuv asosida o‘qitish. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi jarayonida sifat va samaradorlikni oshirishning dolzarb muammolari. Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari. – Buxoro, 2015, 86-bet.