Авторы

  • M. Rahmatullayeva
    Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekistonMilliy unversitetining Jizzax filiali Psixologiya fakulteti “Oila psixologiyasi” yo‘nalishi o‘qituvchisi
  • Mohinur Ulug‘bekova
    Mirzo Ulug‘bek nomidagi O’zbekiston Milliy Unversiteti Jizzax filiali Psixologiya fakulteti oila psixologiya yo’nalishi talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.scin.46050

Ключевые слова:

Kreativlik innovatsion mahorat ko‘nikma tarbiya intellekt.

Аннотация

Ushbu maqolani yozishdan maqsad, boshlang`ich ta`lim – bu har bir bolaning hayotida chuqur iz qoldiruvchi ta`lim turidan biri bo`lib, ta`limning bu bosqichida pedagog o`qituvchilarga katta mas`uliyat yuklatiladi


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

133

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA KREATIVLIKNI SHAKLLANTIRISH

M. Rahmatullayeva

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekistonMilliy unversitetining Jizzax filiali Psixologiya

fakulteti “Oila psixologiyasi” yo‘nalishi o‘qituvchisi

Ulug‘bekova Mohinur

mushtariyraxmatullayeva38@gmail.com

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O’zbekiston Milliy Unversiteti Jizzax filiali Psixologiya

fakulteti oila psixologiya yo’nalishi talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.13928808

Annotatsiya:

Ushbu maqolani yozishdan maqsad, boshlang`ich ta`lim – bu har bir

bolaning hayotida chuqur iz qoldiruvchi ta`lim turidan biri bo`lib, ta`limning bu bosqichida
pedagog o`qituvchilarga katta mas`uliyat yuklatiladi

Kalit so‘zlar:

Kreativlik, innovatsion, mahorat, ko‘nikma, tarbiya, intellekt.

O`zbekiston Respublikasining ta`lim sohasini isloh qilishdagi sa`y harakatlarining biri –

bu pedagog kadrlarning zamon talablariga hamnafas tarzda faoliyat yuritishlari, har
tomonlama rivojlangan komil shaxsni tarbiyalashga doir chuqur bilim, pedagogik mahorat,
ko`nikma, malaka va madaniyatga ega bo`lishlarini talab etmoqda. Bu esa o`z-o`zidan ta`lim va
tarbiya ishlarining qonuniyatlarini o`rganuvchi pedagogika faniga «kreativlik» degan
tushunchani olib kirdi. Ayniqsa, umum ta`lim maktablarida o`qituvchi kadrlarning kreativligini
rivojlantirishga bo`lgan ijtimoiy buyurtma vujudga kelmoqdaki, bu borada ilmiy pedagogik
izlanishlar olib borish talab etiladi. Shu bilan bir qatorda kreativlik masalasini ilmiy
tushunishda turli fikrlarning mavjudligi, yaxlit xulosaga kelinmaganligi maqolamiz mavzusi
dolzarbligining yana bir ko`rinishi hisoblanadi. Vaholanki, bu muammo bugungi kunga qadar
ko`plab G`arb mamlakatlarida turlicha tahlil etilgan va o`rganilgan. Masalan, N.N. Nechaev, Y.A.
Ponomarev, D.V. Ushakov singari olimlar kreativlik masalasini umumiy tarzda o`rgangan
bo`lsalar, N.A. Berdyaev, V.S. Bibler, V.N. Drujinin, P.A. Florenskiylar kreativlikning ma`naviy,
psixologik jihatlarirni tahlil etgan.

XXI asrga kelib O`zbekiston Respublikasining ta`lim sohasida ham ushbu termin ishlatila

boshladi. Ayniqsa, pedagogika fanining alohida va yosh tarmog`i sifatida shakllanib boshlagan
Innovatsion pedagogikada Ushbu terminga bod-bod duch kelmoqdamiz.

R.A.Mavlanova

o`zining

«Boshlang`ich ta`limda pedagogika, innovatsiya, integratsiya»

nomli o`quv

qo`llanmasida kreativlikning o`zi nima, uning shakllanishi masalalariga alohida to’xtalib o`tgan.
Qo`llanmada kreativlik tushunchasining mazmuni va mohiyati chuqur tahlil etilgan. Ammo
kreativlik masalasining ilmiy-nazariy, ilmiy-pedagogik jihatlari maxsus ilmiy tatqiqot ob`ekti
sifatida tatqiq etilmagan. Bugungi kundagi zamonaviy uzluksiz ta’lim tizimi kreativ
yondoshuvni talab etadi. Ayniqsa, boshlang`ich ta`lim – bu har bir bolaning hayotida chuqur iz
qoldiruvchi ta`lim turidan biri bo`lib, ta`limning bu bosqichida pedagog o`qituvchilarga katta
mas`uliyat yuklatiladi. Ya`ni boshlang`ich sinf o`qituvchilarining kreativlik faoliyati hali maxsus
o`rganishni talab etmoqda. Ko’plab ilmiy adabiyotlarning tahlili shuni ko`rsatadiki, kreativlik
tushunachiga nisbatan bir-biriga zid bo`lgan quyidagi turli xil qarashlar majud. Bular:
1.

Kreativlik – bu insonning butun hayoti davomidagi sifatlari majmuidir.

2.

Kreativlik – bu insonning o`ziga topshirilgan muayyan topshiriq va vazifalarni bajarish

usulidir.
3.

Kreativlik – bu intellekt (aql) ning mahsulidir.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

134

4.

Kreativlik – bu insonga xudo tomonidan berilgan qobiliyat, kashfiyotlardir.

5.

Kreativlik – bu ijodiy faoliyatdir.

6.

Kreativlik – bu ijodkor insonlarning ma`naviy-axloqiy va ijtimoiy adaptatsiyalanishidir.

7.

Kreativlik – bu madaniyat bilan uzviy bog`liq bo`lgan kategoriyadir.
Pedagog olima R.A.Mavlanova an`anaviy psixologiya va pedagogikada kreativlikka shaxs

kategoriyasi sifatida qaralishini, uni talqin qilish, aniqlash borasida bahslar yuritilganligi
haqida quyidagicha fikr bildirganlar:
- kreativlik tafakkur sifatida (J.Gilford, Y.K.Tixomirov) yoki intellektual faollik sifatida
(D.B.Bogolevskaya, L.B.Yermolayeva-Tomina),
- yoki shaxs sifatlarining integratsiyalashuvi (Y.A.Ponomarev va boshqalar). Kreativlikni
o`rganishda amalga oshirilgan nazariy tahlil uni kasbiy anrogogikada qo`llashning umumiy
qonuniyatlari va o`ziga xosligini aniqlash imkonini beradi (V.M.Morozov). Biz kreativlikning
tizimlilik tuzilishidan kelib chiqib, unga shaxsning o`ta intellektual-evristik jihati sifatida emas,
balki shaxsni qadrlovchi, tabaqalashtirilgan ta`lim sifatida qaraymiz.

Kreativlik

- shaxsni rivojlantiruvchi kategoriya sifatida inson ma`naviyatining ajralmas

qismi bo`lib, shaxsni o`z-o`zini rivojlantirish omili, shaxsiy jonbozlikning asosi, shaxs ega
bo`lgan bilimlarning ko`p qirrali ekanligida emas, balki yangi g`oyalarga intilishda va
o`rnatilgan stereotiplarni yangilik yaratish jarayonini isloh qilish va o`zgartirishda, hayotiy
muammolarni yechish jarayonida kutilmagan va noodatiy qarorlar chiqarishda namoyon
bo`ladi.

Kreativlik bevosita innovatsiyalar bilan bog`liq jarayondir. Negaki o`qituvchining

kreativlik faoliyat yuritishi uchun, u albatta o`zining sohasidagi eng so`nggi yangiliklardan, shu
bilan bir qatorda butun jamiyatdagi voqea va hodisalardan boxabar bo`lishi, innovatsion
yangiliklarni o`z faoliyatida o`rinli foydalana olishi lozim. Demak, boshlang’ich sinf o’qituvchisi
har qanday vaziyat, har qanday jarayon va har qanday paytda eng samarali yo’lni izlab topishi
va uni amaliyotga joriy qilish orqali dars jarayonini samarali tashkil etishi, boshlang’ich sinf
o’quvchilari ongiga tez, tushunarli, qulay, oson va samarali tarzda yetkazib berishi ham
kreativlikning bir ko’rinishi deyish mumkin. O`qituvchining kreativligi, ushbu kreativlikning
mohiyatini beruvchi ijodkorlik ustuvor xarakterga egadir. Bu esa bizning maqolamiz ob`ekti
bo`lgan o`qituvchining kreativlik faoliyatining naqadar muhimligidan dalolat beradi.
Yuqoridagi pedagog olimlar, ayniqsa olima

R.A.Mavlanova

tomonidan olib borilgan tatqiqotlar

bilan tanishar ekanmiz, ularning barchasini umumlashtirgan holda

biz

quyidagi fikrlarni

e`tirof etmoqchimiz:

1.

Kreativlik o`qituvchilarni innovatorlikka undovchi pedagogik kategoriya hisoblanadi.

2.

Kreativlik o`qituvchining kasbiy va shaxsiy sifatining integratsiyasidir. Chunki tabiatan

qiziquvchan, intiluvchan bo`lmas ekan, o`qituvchi hech qachon ijodkorlikni namoyon eta
olmaydi.

3.

Kreativlik o`qituvchilarda o`z-o`zidan paydo bo`ladigan sifat emas, u o`qituvchining

yangiliklarga intilishi, yangiliklarni o`zlashtirish va o`zining pedagogik faoliyatida qo`llay olish
jarayonlarida duch keladigan qiyinchiliklarni yenga olishi, innovatsion yangiliklarni o`z
faoliyatida faol, ijodkorona foydalana olish va o`z mualliflik g`oyalariga, echimlarni (evristik)
topa olishi bilan bog`liqdir.

4.

O`qituvchining kreativligining shakllanishi «ehtiyojlar, yo`nalishlar va «Men»

kontseptsiya»laridan kelib chiqadi. O`qituvchining kreativlik faoliyati pedagogik faoliyatning


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

135

barcha turlarida namoyon bo`lishi davr talabidir. O’qituvchining kreativlik faoliyati, avvalo,
pedagogik mahorat bilan bog`liq degan xulosaga kelishimiz mumkin.