ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
130
MAKTABDA KIMYO FANI O‘QITISHDA YANGICHA YONDASHUVLARDAN
FOYDALANISH
A.S. Karimova
Navoiy viloyati Xatirchi tumani 80-maktab oliy toifali kimyo fani o‘qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.13928715
Annotatsiya:
Mazkur
tezisda o’quvchilarda kimyo faniga bo’lgan qiziqish va predmetga
mas’uliyatli munosabat uyg’otish haqidagi bilimlar, kimyo fanining hozirgi davrdagi roli va o’rni
haqida to’g’ri tasavvurni shakllantirish.Kimyo oʻqitishda oʻqituvchining ilmiy-metodik tajribasi
haqida tavsiyalar berilgan.
Kalit soʻzlar:
Kimyo fani, metodika, pedagogik mahorat, laboratoriya mashgʻulotlari.
Kirish:
Kimyo fani bo‘yicha ta’lim sifatini tubdan oshirish, umumta’lim maktablarida
ushbu fanlarni o‘qitishning mutlaqo yangi tizimini joriy etish, ta’lim muassasalarini zamonaviy
laboratoriyalar, darsliklar va boshqa o‘quv jihozlari bilan ta’minlash hozirda zamon
talablaridan biriga aylangan. Ushbu yo‘nalishlarga malakali o‘qituvchi-murabbiylarni jalb etish,
kadrlar tayyorlash va ilm-fan natijalaridan foydalanishda ta’lim, ilm-fan va ishlab chiqarish
sohalari o‘rtasida o‘zaro yaqin muloqot va hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bugungi kunda eng
dolzarb masalalardan biri boʻlib hisoblanadi.
Kimyo fani oʻqituvchisi – kimyo ta’limini amalga oshirishda integratsiya va
moslashuvchanlikni ta’minlash, oʻquvchilarda fan boʻyicha amaliy va nazariy koʻnikmalarni
shakllantirish qobiliyati boʻlishi, kimyoning boshqa fanlar bilan aloqadorligi haqida
maʼlumotlar berishi kabi muammolarni hal etish imkoniyatiga ega boʻlishi kerak.
Asosiy qism:
Maktabda kimyoni o'qitish uzluksiz ta'lim tizimi xususan, o'rta ta'limi oldiga
qo'ygan umumiy maqsadlarni amalga oshirishga yo'naltiriladi. Maktabda o'qitiladigan kimyo
o'quvchilarni o'quv fani asoslari bilan bog'liq bo'lgan umumiy qonuniyatlar, nazariyalar,
umumkimyoviy tushunchalar va atamalar bilan tanishtirish barobarida o'quvchi shaxsining
barkamolligini ta'minlashga muayyan hissa qo'shadi va kurs mazmuni bilan bog'lik holda
o'quv-tarbiyaviy jarayonlarni zamon talablariga mos holda tashkillantirish va boshqarish
imkonini beradi.. Maktabda kimyoni o'qitish ta'lim mazmuni, o'qitish shakllari, metodlari,
vositalarini oʻzaro bog'liq holda amaliyotga joriy etishni asosiy maqsad qilib qo'yadi. Uzluksiz
ta'lim tizimining o'rta ta'limi turida ta'lim-tarbiya jarayoniga qo'yilgan talablar tahsil
oluvchilarning yosh va psixologik xususiyatlari hisobga olingan holda, ta'lim mazmuni, o'qitish
shakli, metodi va vositalarining uzviyligini ta'minlash masalasi dolzarb muammo sanaladi.
Kimyo o'qitish metodikasining asosiy vazifasi o'quvchilarga kimyo o'quv fanlari bo'yicha DTS
bilan me'yorlangan bilim berish, rivojlantirish, tarbiyalash, ularning har tomonlama
rivojlangan shaxs sifatida kamol topishi, mustaqil hayotga tayyorlashga ko'mak beruvchi o'quv
fanlar mazmuni o'qitish shakllari, vositalari va metodlarini ishlab chiqishdan iborat.
Maktabda kimyoni o'qitishni takomillashtirish maqsadida quyidagi vazifalarni hal etish
nazarda tutiladi:
1.
Barkamol shaxsni kamolga yetkazish, o'qitish, rivojlantirish va tarbiyalash jarayonida
kimyo o'quv fanining o'rnini aniqlash va bu borada amalga oshirish lozim bo'lgan tadbirlarni
belgilash;
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
131
2.
Maktabda kimyoni o'qitishda dars, darsdan tashqari ishlar, sinfdan tashqari
mashg'ulotlar va ekskursiyalarning uzviyligini ta'minlash, bu jarayonda o'quvchilarning
mustaqil ishi va tahsilining ustuvorligini ta'minlash;
3.
O'quvchilarning bilim zaxirasi, yosh va psixologik xususiyatlariga mos ravishda o'quv
fanlarining mazmuni, undagi mavzularning oʻrganish izchilligi va mantiqiy bog'lanishlarni
belgilash;
4.
Kimyo o'quv fanlarining uziga xos xususiyatlarini e'tiborga olgan holda o'qitish metodlari,
vositalari va tashkiliy shakllarini ishlab chiqish;
5.
O'qitish jarayonida qo'llash uchun zarur jihozlar, kimyo va laboratoriya xonasini o'qitish
vositalari va reaktivlar bilan ta'minlash;
6.
Kimyodan o'quvchilaming o'zlashtirgan bilim va ko'nikmalarini nazorat qilish va
baholash reyting tizimining metodik ta'minotini ishlab chiqish;
7.
Kimyoni o'qitish samaradorligini orttirishga imkon beradigan elektron darslik va
kimyoviy jarayonlarni aks ettirgan animatsiyalar yaratish.
Maktab kimyo fan o'qituvchisi dars o'tish jarayonida qo'yidagilarni amalga oshirishlari
zarur:
1.
Darslarga tayyorlanish jarayonida moddiy ta'minotni (kerakli reaktiv va jihozlar, asbob
va materiallar) birinchi galdagi vazifa sifatida tan olish, oldindan taxtlash, zararli moddalarni
kam zararli yoki zararsiziga almashtirish, ularni oldindan sinab ko'rish hamda mahalliy
materiallardan foydalangan holda qo'l ostida bo'lmagan reaktivlar o'rnini to'ldirish.
2.
O'quvchilarning salomatligi uchun doimiy g'amxo'rlik qilish, zarur bo'lganida ularga
birinchi va tez yordam bera olish.
3.
Tajribalar va amaliy ishlarni bajarish bo'yicha o'quvchilarga yo'riqnomalar tayyorlab
berish hamda ularning to'g'ri bajarilishini uzluksiz nazorat qilish.
4.
Kimyoviy eksperiment o'tkazish texnikasi va metodikasining zarur elementlarini
o'quvchilar ongiga muntazam ravishda singdirib borish.
5.
Yo'l qo'yilishi mumkin bo'lgan xato va kamchiliklarning oldini ola bilish.
6.
Kimyo xonasining doimiy ozoda va sarishtaligiga erishish, sanitariya va gigiena
qoidalariga qat'iy rioya qilish hamda ularga tegishli talablarning to'liq bajarilishiga erishish.
7.
Texnika xavfsizligi (shu jumladan, yong'in xavfsizligi) qoidalarining so'zsiz bajarilishini
ta'minlash va o'zining o'quvchilar salomatligini muhofaza qilinishiga to'la mas'uliyatli
ekanligini bir zum ham unutmaslik va boshqalar.
Kimyo fani tabiiy fanlardan hisoblanib, qadim zamonlardan boshlab o'rganib kelingan.
Kimyo fani tugallanmagan fan hisoblanib, yildan yilga rivojlanib bormoqda. O'quvchilarga fanni
o'rgatishda hayotiy misollar, kundalik hayot tizimida ishlatish sohalari bilan tanishtirib
o'rgatiladi. Ayniqsa boshqa fanlar bilan bog'lab o'rgatish katta samara beradi. Maktablarda
kimyo fani 7-sinfdan boshlab o'rgatiladi. Men ko'pincha o'quvchilarga ilk bor maktabga
kelganida alifbodan foydalanib harf o'rganganligini eslatib o'taman. Kimyo fani asosi bo'lgan
D.I.Mendeleyev davriy jadvalini o'rgatishni boshlayman. Alifabitda 29 ta harf bo'lsa,
D.I.Mendeleyevning davriy jadvalida 118 ta element bor. Harflar o'zaro birikib qancha-qancha
so'zlarni hosil qiladi. 118 ta element ham o`zaro birikib turli xil moddalarni hosil qiladi
Xulosa:
Xulosa qilib aytadigan boʻlsam, kimyo fanini oʻqitishda ilgʻor texnologiyalardan
foydalanish, fanning boshqa fanlar bilan bogʻliqligini oʻquvchilarga tushuntirish, atrofdagi
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
132
barcha jarayonlar kimyoviy jarayonlar asosida kechishini fan tilida bolalarga yetkazishdan
iborat.
References:
1.
"Kadarlar tayyorlash milliy dasturi" To'g'risidagi O'zbekiston Respublikasi qonuni-1997-
yil
2.
Mirkomilov S H.M., Omonov X., Raxmarullayev N.G'. Kimyo o'qitish metodikasi. T.:
"Moliya iqtisod". 2013.
3.
M.Nishonov, SH.Mamajonov, V.Xujaev. Kimyo o'qitish metodikasi. T-2002.
4.
https://.uz.wikipedia.org