Авторы

  • Ziyo Jabborov
    TDSHU Sharq xalqlari tillari va adabiyoti instituti tyutori
  • Nargiza Jabborova
    Toshkent shahar Yunusobod tumani 239-sonli ayrim fanlari chuqur o’qitiladigan sinflari mavjud umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.scin.46054

Аннотация

Axborot xavfsizligi va kiberxurujlarning oldini olish masalalari global miqyosda dolzarb muammo boʻlib, Oʻzbekiston ham ushbu tahdidlarga qarshi kurashda faol siyosat yuritmoqda. Ushbu tezisda Oʻzbekiston Respublikasining axborot xavfsizligi sohasidagi davlat siyosati va normativ-huquqiy asoslari tahlil qilinadi. Tezisda Oʻzbekiston hukumati tomonidan kiberxurujlarga qarshi kurashish bo‘yicha qabul qilingan chora-tadbirlar, strategiyalar va texnologik yangiliklar ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, xalqaro tajribalar asosida milliy axborot tizimlarini himoya qilishda samarali usullar taklif etiladi. Ushbu siyosatning maqsadi davlat va jamoat manfaatlarini himoya qilish, davlat boshqaruvi va fuqarolar axborot tizimlarining barqaror va xavfsiz ishlashini taʼminlashdir.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

120

OʻZBEKISTONDA AXBOROT XAVFSIZLIGI VA KIBERXURUJLARNING OLDINI

OLISHGA DOIR DAVLAT SIYOSATI

Jabborov Ziyo Burxon o‘g‘li

TDSHU Sharq xalqlari tillari va adabiyoti instituti tyutori

Jabborova Nargiza Baxtiyor qizi

Toshkent shahar Yunusobod tumani 239-sonli ayrim fanlari chuqur o’qitiladigan

sinflari mavjud umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchisi

Tel. (90) 9010904

https://doi.org/10.5281/zenodo.13928051

Annotatsiya:

Axborot xavfsizligi va kiberxurujlarning oldini olish masalalari global

miqyosda dolzarb muammo boʻlib, Oʻzbekiston ham ushbu tahdidlarga qarshi kurashda faol
siyosat yuritmoqda. Ushbu tezisda Oʻzbekiston Respublikasining axborot xavfsizligi sohasidagi
davlat siyosati va normativ-huquqiy asoslari tahlil qilinadi. Tezisda Oʻzbekiston hukumati
tomonidan kiberxurujlarga qarshi kurashish bo‘yicha qabul qilingan chora-tadbirlar,
strategiyalar va texnologik yangiliklar ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, xalqaro tajribalar asosida
milliy axborot tizimlarini himoya qilishda samarali usullar taklif etiladi. Ushbu siyosatning
maqsadi davlat va jamoat manfaatlarini himoya qilish, davlat boshqaruvi va fuqarolar axborot
tizimlarining barqaror va xavfsiz ishlashini taʼminlashdir.

ASOSIY QISM

Bugun dunyo shiddat bilan rivojlanayotgan, har qadamda yangidan yangi texnologiyalar,

innovasion ixtirolar hayotimizga kirib kelayotgan zamonda yashamoqdamiz. Dunyoning
istalgan tomonida sodir boʻlayotgan voqea-hodisalardan soniyalar ichida xabardor boʻlish
soʻnggi yillarda xech kimning hayratiga sazovor boʻlmayapti. Chunki, XXI asr insoniyat tarixiga
texnika va texnologiyalarning rivojlangan asri sifatida kirib keldi. E’tibor qaratadigan boʻlsak,
axborot texnologiyalari rivojlangani sayin, insoniyatning axborotga boʻlgan extiyoji ham oshib
bormoqda. Hozirgi kunda axborot texnologiyalarining jadal rivojlanishi, shu bilan birga
butunjahon Internet tarmogʻidan keng foydalanish, kundalik hayotimizning bir qismini tashkil
etib, xizmat koʻrsatish, ilm-fan, talim sohasi va har bir insonning fikrlash tarziga ijobiy tasir
koʻrsatmoqda. Axborotlashtirish, bu umumjahon jarayon boʻlib, taraqqiy etgan
mamlakatlarning jahon bozoridagi peshqadamligi, iqtisodiy oʻsishi va milliy xavfsizligini tamin
etadi. Globallashuv davri ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda dunyo mamlakatlari bilan oʻzaro
bogʻliqlik, masofa va vaqt tanlamas axborotning keng yoyilishi, axborot texnologiyalarining
rivojlanishi va undan gʻarazli maqsadlarda foydalanish singari salbiy holatlarning kundalik
hayotimizga kirib kelishi, har bir davlat oldiga axborot va axborot texnologiyalari orqali sodir
etilishi mumkin boʻlgan salbiy hatti-harakatlarga jiddiy e’tibor qaratish lozim ekanligini taqozo
etmoqda. Ma’lumotlarga qaraganda, soʻnggi yigirma yillikda dunyodagi koʻplab mamlakatlar
qonunchiligida, xalqaro huquq sohasida kompyuter jinoyatlarini oldini olish va kiber-fazoda
kiberxavfsizlikni ta’minlash muhim ahamiyatga ega boʻlgan masalaga aylandi. Axborot
xavfsizligi sohasidagi jinoyatlarni tahlil qilish, ularning kelib chiqish sabablarini oʻrganish
natijasida ma’lum boʻldiki, ushbu sohada jinoyatchilikni amalga oshirish jinoyat
qonunchiligidagi boshqa jinoyatlardan shiddatliligi, oʻzidan iz qoldirmaslikning yetarlicha
imkoniyatlariga egaligi, jinoyatni sodir etuvchi shaxsdan jinoyatga doir yuqori darajadagi aqliy
salohiyatni talab etishi bilan ham ahamiyatlidir. Ushbu jinoyatlarning rivojlanib borishi


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

121

insoniyatning soʻnggi yillarda internet tarmogʻidan foydalanish koʻlamining kengayib borishi
bilan asoslanadi. Ma’lumotlarga koʻra, 2023 yil boshida 5,1 milliarddan ortiq inson bu
tarmoqning faol foydalanuvchisi deb topilgan. Bu 2022 yilga nisbatan 7 foizga koʻpdir. Tahlillar,
dunyoda internet tarmogʻidan foydalanuvchilarning 26,5 foizini 10-24 yoshdagilar, 26,7 foizini
25-34 yoshdagilar tashkil etishni koʻrsatdi. [1]

Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarni oldini olishga doir davlat siyosati quyidagi

yoʻnalishlarda amalga oshiriladi:

Birinchidan, davlat tomonidan oʻrnatilgan tartib-qoidalarga zid hatti-harakatlarni amalga

oshirishga qarshi - qonunchilik tizimini yaratish;

Ikkinchidan, davlat tomonidan belgilangan huquqiy normalarga boʻysunmagan

shaxslarga nisbatan yuridik javobgarlik belgilash;

Uchinchidan, sohada amalga oshirilayotgan jinoyatlarni ham axborot texnologiyalari

sohasidagi, ham huquqiy sohadagi bilimlariga tayangan holda tahlil eta oladigan, ularni oldini
olishga qodir kadrlar tayyorlash, bunda davlat organlari foaliyatini va hamkorligini
takomillashtirish;

Toʻrtinchidan, oʻsib kelayotgan yosh avlodga axborotdan foydalanish, internet va elektron

qurilmalardan gʻarazli maqsadlarda foylananmaslik, ular orqali sodir etiladigan jinoyatlarning
huquqiy oqibatlari haqida ma’naviy-ma’rifiy targʻibot ishlarini amalga oshirish.

Oʻzbekiston Respublikasining “Axborotlashtirish toʻgʻrisida”gi Qonunining 19-

moddasida, axborot resurslari va axborot tizimilarini muhofaza qilish avvalombor, shaxs,
jamiyat va davlatning axborot xavfsizligini taminlash maqsadida amalga oshirilishi belgilab
qoʻyilgan[2]. Qonunda nazarda tutilgan axborot resurslari va axborot tizimlari tushunchasi
nafaqat axborot xavfsizligi muammosini, balki, internet va elektron qurilmalar yordamida
amalga oshirilayotgan kiberjinoyatchilikni oldini olish davlat siyosatida e’tiborga olingan
masalalar qatorida ekanligidadir. Keyingi yillarda Oʻzbekiston Respublikasining “Ommaviy
axborot vositalari toʻgʻrisida”gi, Axborot erkinligi prinsplari va kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonuni,
Vazirlar Mahkamasining “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot
kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori, “Aloqa va
axborotlashtirish sohasida boshqaruvni tashkil etishni takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Qarori,
“Axborotlashtirish sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Qarorlari
oʻrganilayotgan mavzuni huquqiy jihatlarini oʻzida namoyon etadi. Bundan tashqari, Jinoyat
Kodeksining XX bobi “Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlar”ni tavsiflashga qaratilgan
boʻlib, bunda axborot xavfsizligi qoidalariga amal qilmaslik, telekommunikatsiya
tarmoqlaridan ruxsatsiz foydalanish, kompyuter axborotini modifikasiyalashtirish, zarar
keltiruvchi dasturlar yaratish kabi harakatlar jinoyat deb topiladi va qonunga binoan
javobgarlikka tortish uchun asos boʻladi[3].

“Kiberjinoyatchilik” tushunchasi axborot-kommunikasiya texnologiyalari vositalaridan

foydalangan holda, virtual tarmoqda daxshat solish, virus va boshqa zararli dasturlar, Qonunga
zid axborotlar tayyorlash va tarqatish, xakerlik xujumi, firibgarlik, mualliflik huquqini buzish
va kredit kartochkalari va bank rekvizitlarini oʻgʻirlash singari huquqbuzarliklar koʻrinishida
namoyon boʻlmoqda. Kiberjinoyatchilik nafaqat alohida shaxslar yoki tashkilotlar, balki
iqtisodiyotning muhim tarmoqlari toʻliq kompyuterlashtirilgan har qanday davlatning milliy
xavfsizligiga tahdiddir. Shundan kelib chiqqan holda, Oʻzbekiston axborot-kommunikasiya
texnologiyalari sohasida xalqaro xavfsizlik tizimiga Markaziy Osiyoda birinchi boʻlib qoʻshilgani


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

122

diqqatga sazovordir. Shuningdek, “Uzinfocom” kompyuter va axborot texnologiyalarini
rivojlantirish hamda joriy etish markazi huzurida “UZCERT” kompyuter hodisalariga chora
koʻrish xizmati tashkil etilgani muhim ahamiyatga ega[4]. Bundan tashqari, Oʻzbekiston
Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikasiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi
huzuridagi Axborot xavfsizligin taminlash markazi “Elektron hukumat” tizimining axborot
tizimlari, resurslari va malumotlar bazalarining, shuningdek Internet tarmogʻi milliy
segmentining axborot xavfsizligini taminlash boʻyicha takliflar ishlab chiqish, davlat organlar
tizimlari va axborot rerurslarida axborot xavfsizligini taminlash singari muhim vazifalarni
amalga oshiradi. Axborot xavfsizligi va kiberjinoyatlarga qarshi kurashishida huquqni
muhofaza qiluvchi organlar, jumladan, ichki ishlar vazirligi alohida vazifa va funksiyalarni
amalga oshiruvchi davlat organi sanaladi.

XULOSA

Bugungi kunda mamlakatimizda joriy etilayotgan zamonaviy raqamli texnologiyalarning

hayotimizga jadal kirib kelishi, endilikda axborot tizimlarining xavfsizligini taminlash yanada
dolzarb ahamiyat kasb etayotganligini taqozo etadi. Bunda soha boʻyicha puxta bilim va
koʻnikmalarga ega kadrlarni etishtirish har qachongidanda muhimdir. Zero, global taraqqiyot
sharoitida axborot texnologiyalaridan foydalanish madaniyatini va undagi turli xujumlardan
himoyalanish mexanizmlariga amal qilish, elektron qurilmalardan foydalanishning yanada
zamonaviy, innovasion usullarini izlab topish davr talabidir.

References:

1.

A.Tursunov, A.Rasulev. Kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish – bu borada kadrlar

tayyorlashning muhim masalalari. //“Postda” gazetasi. № 8(4494) 2023 yil 28-fevral.
2.

Oʻzbekiston Respublikasining “Axborotlashtirish toʻgʻrisida”gi Qonuni. Lex.uz

3.

Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat Kodeksi. 1994.22.09. Lex.uz

4.

A.Xasanov. Internetdagi tahdidlardan himoya. –T.: “Movarounnahr”, 2016. – B. 204-206.

Библиографические ссылки

A.Tursunov, A.Rasulev. Kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish – bu borada kadrlar tayyorlashning muhim masalalari. //“Postda” gazetasi. № 8(4494) 2023 yil 28-fevral.

Oʻzbekiston Respublikasining “Axborotlashtirish toʻgʻrisida”gi Qonuni. Lex.uz

Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat Kodeksi. 1994.22.09. Lex.uz

A.Xasanov. Internetdagi tahdidlardan himoya. –T.: “Movarounnahr”, 2016. – B. 204-206.