ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
107
AVTOMOBIL YO’LARIDA KO’NDALANG VA BO’YLAMA SHOVQIN
TASMALARINING QO’LLANILISHI
Jabbarova Moxira Kuvandikovna
“Barkamol avlod” bolalar maktabi to`garak raxbari
Email: jabbarovamoxira0@gmail.com , Тел: +998937438884
https://doi.org/10.5281/zenodo.13928010
Annotatsiya:
Yo’l transportining jiddiy muammolaridan biri uzoq vaqt davomida yuqori
va barqaror tezlikda harakatlanishiga imkon beradigan yo’l bo’laklarida haydovchilarning
hushyorligini yo’qotishi va uxlab qolishidir. Yo’ldagi vaziyatning bir xilligi (monoton), yo’l
qoplamasining ravonligi haydovchilar e’tiborining xiralashishiga, uxlab qolishlariga va natijada
asosiy harakatlanish tasmasidan chetga chiqib ketishiga yoki qarama-qarshi harakatlanish
tasmalariga chiqishiga olib keladi. Ushbu sabablarga ko’ra baxtsiz hodisalar jiddiy oqibatlarni
keltirib chiqaradi. Maqolada avtomobil yo’llaridagi yo’l-transport hodisalari kuzatilayotgan
xavfli uchastkalarida ko’ndalang shovqin tasmalarni joylashtirish hududlari, uning geometrik
elementlar va ularga qo’yilgan talablar keltirilgan va avtomobil yo’llarida qo’llaniladigan
bo’ylama shovqin tasmasi haqida ma’mulot berib o’tilgan. Bu tasmada harakatlanganda,
avtomobil haydovchisi kuchli shovqin va tebranish ta’sirini sezishi va diqqatini keskin oshirishi
haqida aytib o’tilgan.
Kalit so’zlar:
harakatlanish tasmasi, yo’l-transport hodisalari, ko’ndalang shovqin
tasmalari, tebranish, shovqin, termoplastika, shovqin tasmalari bloki, yo’l belgi chiziqlari,
shovqin tasmalari, ko’ndalang shovqin tasmalari, bo’ylama shovqin tasmalari, frezalash.
APPLICATION OF LONGITUDINAL AND TRANSVERSE RUMBLE STRIPS
NOISE ON AUTOMOBILE ROADS
Jabbarova Mokhira Kuvandikovna
Head of the club of "Barkamol Avlod" children's school
Email:
, Phone: +998937438884
Abstract:
One of the major problems in road transport is that drivers lose focus and fall
asleep on sections of the road that allow them to drive at high and consistent speeds for
extended periods of time. The uniformity of the situation on the road (monotony), the evenness
of the road surface leads to the distraction of drivers, drowsiness and, as a result, deviates from
the main lane or goes into oncoming lanes. For these reasons, accidents have serious
consequences.
The article provides information on the zones of the location of transverse rumble strips
noise at hazardous areas of road traffic accidents, their geometric elements and their
requirements, as well as on the longitudinal noise stripes used on highways. When driving in
this lane, the driver of the car will feel the impact of strong noise and vibration, and his attention
will increase dramatically.
Key words:
lane, traffic accidents, transverse rumble strips noise, vibration, noise,
thermoplastic, block of noise lanes, road markings, noise lanes, transverse noise lanes,
longitudinal noise lanes, milling.
KIRISH
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
108
Bugungi kunda avtomobil yollarida harakatlanayotgan avtomobillarning yuqori tezlikda
harakatlana olish imkoniyati kengligi hamda harakat jadalligini oshib borishi natijasida, yo’l-
transport hodisalari (YTH) ni ortishiga sabab bo’lmoqda. Yuqori toifali avtomobil yo’llarida
ushbu ko’rsatkich sezilarli darajada ortmoqda. Bundan ko’rinadiki, Respublikamiz avtomobil
yo’llaridagi YTH kuzatilayotgan xavfli uchastkalarida yo’l harakati xavfsizligini oshirish
bo’yicha keskin chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda amaliyotga tadbiq etishni taqazo etadi.
YTH ni kamaytirishning bir nechta usullari mavjud bo’lib, ulardan shovqin chiqaruvchi
tasmalarni joriy etish usuli samarali hisoblanadi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Yo’l harakati xavfsizligini oshirish vositalaridan biri – bu “Ko’ndalang shovqin
tasmalari”ni [9]) chizishdir [2]. 2003 yil Texasda o’tkazilgan YTH kamaytirish sifatida
ko’ndalang shovqin tasmalarini o’rnatgandan so’ng baxtsiz hodisalar yuqori darajada
kamayganligi (40% dan 100% gacha) qayd etilgan [7].
Avtotransport vositasi haydovchisi shovqin tasmasida harakatlanganda sezilarli
tebranish va shovqin ta’sirini seza boshlaydi, bu esa o’z navbatida uning yo’ldagi vaziyatga
e’tiborini kuchaytiradi, tanlangan tasmadan chiqib ketish yoki yo’lning xavfli qismiga
yaqinlashishi to’g’risida ogohlantiradi.
Shovqin tasmasining asosiy maqsadi-haydovchini uyg’otish, uning e’tiborini
kuchaytirishdir [2, 3].
Shovqin tasmalarni qo’llash sohasi - bu harakatlanish tezligi yuqori bo’lgan, tezlikni
cheklash yoki harakat yo’nalishini o’zgartirishni talab qiladigan avtomagistrallarning xavfli
uchastkalarida qo’llaniladi. Shahar ko’chalarida shovqin chiziqlari kamdan-kam qo’llaniladi,
chunki shaharda 70 km/soat dan kam tezlik bilan cheklanganda, shovqinning kutilgan
natijasiga erishilmaydi [3].
1-
rasm. Ko’ndalang chiziq ko’rinishidagi shovqin tasmasi Ko’ndalang shovqin tasmalarini
quyidagi yo’l bo’laklarida tashkil qilish tavsiya etiladi [3, 5-8]:
-
tartibga solinmagan piyodalar o’tish joylari oldida,
-
tartibsiz chorrahalar va tutashmalarda;
-
qachonki, chorrahada yoki qatnov qismida harakatni boshqarish moslamasiga rioya qilmaslik
natijasida avtohalokatlar sodir bo’lgan bo’lsa;
-
to’siqsiz temir yo’l kesishmalarining old qismida;
-
yo’l-transport hodisalari ko’p uchraydigan yo’l bo’lagida va ularga yaqinlashish joylarida;
-
rejadagi egri radiusi me’yordan kam bo’lgan yo’l uchastkalarida;
-
ko’rinishi ta’minlanmagan joylarda;
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
109
-
ko’tarilish va tushish yo’l bo’laklarida.
Ko’ndalang shovqin tasmalari uchun termoplastika, sovuq plastmassa va rangli
sirpanishga qarshi qoplamalari qo’llaniladi [4].
Rangli sirpanishga qarshi qoplamalardan yasalgan ko’ndalang shovqin tasmaning
kengligi (1,00 ± 0,05) m bo’lishi kerak. Gorizontal yo’l belgi chiziqlarining materiallaridan
tayyorlangan shovqin tasmalari kengligi (0,15 ± 0, 0 1) m bo’lgan to’rtta element yoki kengligi
(0,10 ± 0,01) m bo’lgan beshta elementdan iborat bo’lgan hamda ular orasidagi oraliq masofasi
(interval) bir biri bilan teng bo’lgan blokdan iborat bo’lishi kerak (2-rasmga qarang) [4].
2-rasm. Shovqin tasmasining umumiy ko’rinishi:
1.
Rangli sirpanishga qarshi qoplamalardan yasalgan ko’ndalang shovqin tasmasi;
2.
Blokdan iborat gorizontal yo’l belgi chiziqlarining materiallaridan tayyor-langan shovqin
tasmasi. Kengligi (0,15 ± 0, 0 1) m bo’lgan to’rtta elementdan iborat;
3.
Blokdan iborat gorizontal yo’l belgi chiziqlarining materiallaridan tayyorlangan shovqin
tasmasi. Kengligi (0,10 ± 0,01) m bo’lgan 5 ta elementdan iborat;
2-
rasm. Gorizontal yo’l belgi chiziqlarining materiallaridan tayyorlangan shovqin
tasmalari kompleksini joylashtirish sxemasi:
L
-ko’ndalang shovqin tasmasining kengligi;
a-
shovqin tasma blok elementining kengligi;
b-
ko’ndalang shovqin tasma bloklari elementlari orasidagi bo’shliq (interval)ning
kengligi.
l-
xavfli yo’l bo’lagidan birinchi shovqin tasmasigacha bo’lgan masofa;
l1-l3
-
shovqin tasmalari orasidagi tavsiya etilgan interval, mos ravishda 1- jadvaldan
olinadi [5, 6];
1-4
- ko’ndalang shovqin tasmalari bloki.
Xavfli joylar oldidagi shovqin tasmalarining parametrlari va ularning soni harakatlanish
tezligi talab qilinadigan pasaytirish qiymatiga (foiz hisobida, %) bog’liq ravishda 1-jadvalda
ko’rsatilganlarga mos kelishi kerak.
1-jadval.
Shovqin tasmalarining parametrlari
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
110
Talab
qilinayotga
n tezlikni
pasaytirish
qiymati,
%
Kerakli
ko’ndalang
tasmalar
soni,dona
Xavfli yo’l
bo’lagidan
birinchi
shovqin
tasmasigacha
bo’lgan masofa,
m
Tasmalar orasidagi masofa, m
-2
-3
-4
-5
-6
-7
-8
-9
20
4
10
0
5
0
25
5
6
0
5
0
30
6
6
0
5
0
40
8
3
0
5
0
50
9
3
0
5
0
Inson hayoti xavfsizligi barcha infratuzilma ob’yektlarini yaratishda eng ustuvor
vazifamizdir. Yo’l harakati xavfsizligini oshirish ushbu strategiyaning muhim qismidir. Yevropa
va AQSH mamlakatlarida shovqin tasmalarini chizish ularni qo’llash samarasini allaqachon
isbotlagan [7] va Rossiya Federatsiyasi va O’zbekiston Respublikasi yo’llarida ham tobora keng
tarqalmoqda.
Yo’l harakati xavfsizligini ta’minlashning ushbu muammosi davlat ahamiyati maqomiga
ega bo’ldi. Yo’llarga kelsak, yo’l harakati xavfsizligi deganda ishtirokchilarni yo’l-transport
hodisalari va ularning oqibatlaridan himoya qiladigan muhandislik, rejalashtirish va tashkiliy
yechimlar va choralar kompleksi tushunilishi kerak. Hozirda Respublikamiz avtomobil
yo’llarida turli materiallar va mahsulotlardan foydalanilgan holda gorizantal yo’l belgi
chiziqlari chizilmoqda: kraskalar, termoplast, polimer lentalar va boshqalar.
Ekspluatatsiya sharoitlariga qarab yo’l belgi chiziqlari uchun materiallarni to’g’ri tanlash,
ularning chidamliligini oshirish va yo’llarda avariya holatlarini kamaytirishning eng samarali
usuli hisoblanadi. Avtomobillarni harakatlanish tasmasidan chiqib ketishiga yo’l qo’ymaslik
uchun, haydovchini uyg’otadigan belgi moslamasi yordamida yo’l-transport hodisalarini
kamaytirish usullaridan foydalanishimiz zarur.
Yo’l-transport hodisalarini kamaytirishning usullaridan bir shovqin tasmalaridan
(rumble strip) foydalanishdir.
Bo’ylama shovqin tasmalari qoplamani frezalash usuli bilan bajariladi [1]. Bo’ylama
shovqin tasmalari quyidagi hollarda qo’llaniladi:
-
quvib o’tish taqiqlangan yo’l bo’laklarida (yo’lning o’qi bo’ylab);
-
yo’l yoqasining chetki mustahkamlangan tasmasida.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
111
4-rasm. Yo’l yoqasining chetki mustahkamlangan tasmasidagi shovqin tasmalari.
Bo’ylama shovqin tasmalari quyidagi hollarda o’rnatishga yo’l qo’yilmaydi:
-
yo’l o’tkazgichlarda, ko’priklar va ushbu ob’ektlarga yaqinlashadigan yo’llarda;
-
avtomobil yo’lining torayish zonasida;
-
ikki tasmali yo’l bo’laklarida, agar ularda quvib o’tish imkoniyati bo’lsa;
-
tutashma va chorrahalarda;
-
chorrahaning boshidan 10 m masofada;
3-
shovqin darajasi chegaralangan yo’l bo’laklarida.
4-
rasm. Yo’l oqi bo’ylab to’g’ri to’rtburcha shakldagi shovqin tasmasi sxemasi.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
112
5-
rasm. Yo’l cheti bo’ylab to’g’ri to’rtburcha shakldagi shovqin tasmasi sxemasi.
bu yerda:
A
-yo’l belgi chizig’idan shovqin tasmasigacha bo’lgan masofa.
B
-shovqin tasmasi kengligi;
C
-shovqin tasmasi uzunligi;
E
-elementlar orasidagi masofa (interval);
D
- shovqin tasmasining maksimal chuqurligi;
Frezalash usuli bilan tayyorlangan shovqin tasmalari, kengligi 0,20 dan 0,40 m gacha va
uzunligi 0,10 dan 0,20 m gacha bo’lgan alohida alternativ elementlardan iborat bo’lishi kerak.
Elementlarning chuqurligi 1,0 dan 2,0 sm gacha bo’lishi kerak, qo’shni elementlarning o’qlari
orasidagi interval kamida ikkita element uzunligi va 1,2 m dan oshmasligi kerak (5-6-rasmlarga
qarang) Shovqin tasmasining asosiy maqsadi - haydovchini uyg’otish, uning diqqatini
oshirishdir. Bunday tasmada harakatlanganda, mashina haydovchisi kuchli shovqin va
tebranish ta’sirini sezadi. Shunday qilib, shovqin tasmasi uni uyg’otishga majburlaydi, diqqatini
keskin oshiradi va o’z vaqtida transport vositasini harakatlanish tasmasiga qaytaradi [11].
XULOSA
Yo’l harakati xavfsizligini oshirishning istiqbolli chora-tadbirlarini takomillashtirish va
Respublikamizda qo’lanilayotgan shovqin tasmalarini yo’l bo’laklarida to’g’ri qo’llash uchun
quyidagi tavsiyalarni keltirish mumkin:
-
Respublika yo’l sharoitini inobatga olgan holda ko’ndalang va bo’ylama shovqin
tasmalarini qo’llash bo’yicha me’yoriy hujjat ishlab chiqish;
-
shovqin tasmalarini faqat ekspluatatsiya jarayonida emas, balki loyihalash bosqichida
ham (xavflilik ehtimoli yuqori bo’lgan yo’l bo’laklarida) ko’zda tutish
-
shovqin tasmalardan chiqadigan shovqin darajasini yo’l bo’yidagi aholi punktiga ta’sirini
baholash bo’yicha ilmiy tadqiqotlarni davom ettirish tavsiya etiladi.
References:
1.
Юшков В.С. Шумовые полосы для снижения аварийности на автомобильных
дорогах «Молодой учёный» № 3 (38) / 2012 г. Москва. С. 86–87.
2.
Xoliqov B. A., Raxmatov S. S. Avtomobil yo’larida bo’ylama shovqin tasmasi //
«O’zbekistonda ilm-fan va ta’lim: innovatsiya va tadqiqot» respublika konferensiya
materiallari/ Toshkent 2020 y. 42-45 bet.
3.
http://www.unidorstroy.kiev.ua/wiki-asphalting/shumovaya-polosa.html
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
113
4.
ГОСТ 33025-2014 /Дороги автомобильные общего пользования, ПОЛОСЫ
ШУМОВЫЕ. Технические условия/.
5.
Национальный стандарт РФ ГОСТ Р 52766-2007 "Дороги автомобильные общего
пользования. Элементы обустройства. ОT" (от 23 октября 2007 г. N 270-ст).
6.
ҚР СТ 2068-2010. Дороги автомобильные общего пользования. Элементы
обустройства. Общие требования. Астана 2010 г. 72-стр.
7.
Paul J. Carlson, P.E. Jeff D. Miles. Effectiveness Of Rumble Strips On Texas Highways: First
Year Report. Associate Research Engineer Texas Transportation Institute. Texas. 2003 year. 70
p.
8.
https://avtobd.ru/company/articles/1694/
9.
Darlene Gorrill. Transverse Rumble Strips // Transportation research synthesis.
Minnesota (USA). 2007. 5 p.
10.
Fontaine, Michael, Paul Carlson, and Gene Hawkins. Evaluation of Traffic Control Devices
for Rural High-Speed Maintenance Work Zones: Second Year Activities and Final
Recommendations. Report FHWA/TX-01/1879-2. Texas Transportation Institute, 2000.
11.
Габдуллин Т. Р. Шумовые полосы на дорожном покрытии// Известия КГАСУ, 2018,
№ 1 (43). С. 241–248.