ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
102
MAMLAKATNI IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANTIRISHNING STRATEGIK
VAZIFALARI VA SAMARADORLIGINI OSHIRISHNING ZARURIY SHART-
SHAROITLARI
Abduraxmonov Mirsaid Muzaffarovich
NavDKTU “Ijtimoiy-gumanitar fanlar
va jismoniy tarbiya” kafedrasi assistenti
https://doi.org/10.5281/zenodo.13927860
Bugungi kunda biz keng ko’lamli ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot hamda hayotimizning har
bir jabhasida rivojlanish va yangilanishlarning guvohi bo’lmoqdamiz. Shu o’rinda,
ta’kidlashimiz joizki, bunday keng ko’lamli o’sishga xalqimizning fidokorligi va birdamligi,
millatlararo totuvlik kabi bir qator oliyjanob, ezgu intilishlarimiz muhim ahamiyat kasb
etmoqda. Yurtboshimiz tomonidan ilgari surilayotgan yangicha yondashuvlar, muammolarni
hal qilishda tashabbuskorlik, sabr-matonat kabi jihatlar ham mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirish muammolarini hal qilishda o’ta muhim ahamiyatga ega bo’lmoqda. Prezidentimiz
Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek, “Yangi O’zbekiston – bu, avvalo, yangicha iqtisodiy
munosabatlar, yangicha iqtisodiy dunyoqarash demakdir.[1]
Mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning strategik vazifalari va samaradorligini
oshirishning bir qancha qonuniy asoslari yaratildi. Jumladan, “Mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirishning strategik vazifalari amalga oshirilishi samaradorligi uchun O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mas’uliyatini oshirishga doir birinchi navbatdagi chora-
tadbirlar to‘g‘risida”
[2]
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni qabul qilindi. Farmonda,
jumladan, iqtisodiyotda davlatning ishtirokini qisqartirishga, davlat-xususiy sheriklik
prinsiplarini rivojlantirishga, investitsiya siyosatini faollashtirishga, eksport salohiyatini va
tashqi iqtisodiy aloqalarni kengaytirishga, erkin tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘lidagi
byurokratik to‘siqlarni olib tashlashga yo‘naltirilgan bir qator kompleks dasturlar amalga
oshirish ko’zda tutilgan.
Ijtimoiy soha har doim davlatimiz diqqat-e’tibor markazida bo’lib kelmoqda. Ayniqsa,
qishloq joylarda va chekka hududlarda aholining yashash sharoitlarini yaxshilash, kompleks
infratuzilmani rivojlantirish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish
kabi bir qator masalalar ijrosi ta’minlanmoqda. Birgina “Obod qishloq” va “Obod mahalla”
dasturlari doirasida 2021-yilda shahar va tumanlarda jami 7 ming 794 ta qishloq va mahallada
umumiy qiymati 20,8 trillion so’mlik qurilish, ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari amalga
oshirildi.[3]
Ma’lumki, amalga oshirilayotgan islohatlarning sezilarli qismi ijtimoiy-iqtisodiy
muammolarni hal qilishga, ularning tub negizini aniqlashga va bartaraf etishga qaratiladi.
“Kambag‘allikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirish borasidagi chora-
tadbirlarni yangi bosqichga olib chiqish to‘g‘risida”
[4] gi Prezident Farmonida shu
muammolarni hal qilishning amaliy jihatlari batafsil bayon qilingan. “Kambag‘allikdan
farovonlik sari” Dasturi asosida 2024-yil 1-noyabrdan boshlab “Kambag‘al oilalar uchun yettita
imkoniyat va mas’uliyat” tamoyilini amalga oshirishga kirishish belgilandi.
Xulosa o’rnida aytishimiz mumkinki, yurtimiz taraqqiyoti, ertangi kuni, tom ma’noda,
bugungi kunda amalga oshirilayotgan islohatlarga chambarchas uzviy bog’liqdir. Biz endi
aqlimizni, ilmiy salohiyatimizni, tajriba va bilimimizni oshirishimiz kerak. Aynan shu omillarni
ijtimoiy-iqtisodiy o’sish nuqtalari va resurs manbalariga aylantirishimiz zarur.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
103
References:
1.
Mirziyoyev Sh.M., “Yangi O’zbekiston Demokratik o’zgarishlar, keng imkoniyatlar va
amaliy ishlar mamlakatiga aylanmoqda”, “O’qituvchi” MU, 2021, 18-bet
2.
Lex.uz. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni, 28.01.2019-yil. PF-5644-son
3.
Mirziyoyev Sh.M., “Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz”,
T., “O’zbekiston”, 2017. 261-bet
4.
Lex.uz. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni, 23.09.2024-yil. PF-143-son