ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
71
FOTOSINTEZNING KUNLIK VA MAVSUMIY JADALLIGI
Atamuratov Bekmurat Berdimuratovich
Samarqand davlat veterinariya meditsina institute
Nukus filiali metodist
https://doi.org/10.5281/zenodo.13927554
Fotosintez' foto va sintez — yuksak oʻsimliklar, suvoʻtlar va ayrim fotosintezlovchi
bakteriyalarda xlorofill va boshqa fotosintetik pigmentlar oʻzlashtiradigan yorugʻlik energiyasi
hisobiga oddiy birikmalardan murakkab moddalar hosil boʻlishi. Fotosintez tabiatda sodir
boʻladigan eng, muhim biologik jarayonlardan biri. Fotosintezda quyosh energiyasi organik
birikmalardagi kimyoviy energiyaga aylanadi. Fotosintezda hosil boʻlgan organik birikmalar
barcha tirik organizmlar uchun asosiy hayot manbai hisoblanadi. Fotosintezda barcha tirik
organizmlarning nafas olishi uchun zarur boʻlgan kislorod atmosferaga ajralib chikadi.
Fotosintez haqidagi dastlabki maʼlumotlar ingliz botanigi va kimyogari S. Geyls (1727), rus
olimi M.V.Lomonosov (1753) ishlarida keltiriladi. Ammo Fotosintezni tajribalar orqali
oʻrganish ingliz kimyogari J.Pristli (1771), golland tabiatshunosi J.Senebye (1782),
shveysariyalik olim T. Sossyur (1804) va boshqalarning ishlari bilan boshlandi. Nemis fiziologi
Yu.Saks (1863) barglardagi xloroplastlarda kraxmal sintezlanishini koʻrsatadi. Fotosintezda
kislorod hosil boʻlishi jarayonini nemis fiziologi T.V.Engelman (1881) oʻrgangan. Fotosintezda
yorugʻlik nurining ahamiyati 19-asrning oʻrtalaridan oʻrganila boshlandi. Rus olimi
K.A.Timiryazev (1875) yorugʻlik energiyasining oʻsimlikdagi xlorofill orqali fotosintetik
oʻzgarishlar jarayonida ishtirok etishini koʻrsatdi. XIX asrning oʻrtalaridan boshlab fotosintezni
oʻrganishda yangi metodlar gaz analizi, izotop metodi, spektroskopiya, elektron mikroskopiya
usullari va boshqalar qoʻllanila boshlangandan soʻng fotosintezda xlorofillning qatnashish
mexanizmlari ishlab chiqildi.
Fotosintez rivojlanishi uchun yorugʻlik miqdori kompensatsion nuqtadagiga nisbatan
birmuncha yuqori boʻlishi lozim. Fotosintezda nurlarning spektral tarkibi ham katta
ahamiyatga ega. Katta energiyaga ega boʻlgan kizil nurlar taʼsirida fotosintez juda tezlashadi.
Koʻk nurlar energiyaga boy boʻladi, lekin oʻsimlik bu nurlardan fotokimyoviy reaksiyalarda
foydalangunicha energiyaning bir qismi issiklik energiyasiga aylanib tarqalib ketadi. Shuning
uchun koʻk nurlarning samaradorligi past boʻladi. Agar oʻsimlikka qizil va koʻk nurlar 1:4
nisbatda taʼsir ettirilsa, fotosintez jadallashib, uning samaradorligi oshadi. Fotosintez uchun
zarur boʻlgan CO2 gazining atmosfera havosidagi miqdori nisbatan kam (0,03%). Atmosferada
SO2 miqdori 0,008% boʻlganda fotosintez boshlanadi. Bu gaz miqdori oshib borishi bilan
fotosintez ham jadallashib 0,3% koʻrsatkichda eng yuqori darajaga yetadi. Shuning uchun
issiqxona oʻsimliklarini CO2 bilan qoʻshimcha oziqlantirish hisobiga hosildorlikni oshirish
mumkin.
Suv — fotosintezda ishtirok etuvchi moddalardan biri, O2 va N2 ning manbai hisoblanadi.
Oʻsimlikning suv bilan doimiy taʼminlanishi barg ogʻizchalarining faoliyatini belgilaydi. Barcha
biokimyoviy va fiziologik jarayonlarning jadalligi hujayralarning suv bilan taʼminlanishiga
bevosita bogʻliq. Suv yetishmasligi fotosintezda elektronlarning halqali va halqasiz tashilishiga
hamda fosforlanishga salbiy taʼsir etadi.
Ildiz tuprokdan turli xil oziq elementlarini oʻzlashtiradi. Bu elementlar hujayra va uning
tuzilmalari tarkibiga kiradi. Oʻsimlikning havodan va ildizdan oziqlanishi oʻzaro uzviy bogʻliq.
Masalan, azot va fosfor xloroplastlarning shakllanishida hamda ularda kechadigan jarayonlarda
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
72
faol ishtirok etadi. Bu elementlar yetishmasa xloroplastlar tuzilishida va funksiyasida chuqur
oʻzgarishlar sodir boʻladi. Fotosintez aerob sharoitda oʻtishi tufayli ushbu jarayonda kislorod
muxim ahamiyatga ega. Bu esa oʻsimlikning kislorod bilan muqobil taʼminlanishini talab qiladi.
Ammo havoda kislorodning koʻpayib ketishi fotosintezga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin.
Hosildorlikni koʻpaytirish uchun oʻsimlikning quyosh nuridan foydalanish koeffitsiyentini
oshirish zarur. Bunda har bir oʻsimlik uchun CO2 suv va tuproqdagi oziq moddalar yetarli
miqdorda boʻlishi zarur.
Fotosintezning jadalligi bargning anatomik tuzilishi, ferment sistemasining faolligi va
boshqa omillarga bogʻliq. Fotosintez jadalligini oshirishda oʻsimliklar seleksiyasining ham
ahamiyati katta. Chunki SO2 ni tez oʻzlashtira oladigan va hosil boʻlgan organik moddalardan
samarali foydalanadigan yangi navlarni yaratish mumkin.
Fotosintez tabiatda eng muxim biologik jarayonlardan biri. Fotosintez tufayli har yili
quruqlikda 100—172 mlrd. t, dengiz va okeanlarda 60—70 mlrd. t (quruq ogʻirlikka nisbatan)
organik modda hosil boʻladi. Fotosintez tufayli atmosferadagi CO2 miqdori doimiy (0,03%)
saqlanib turadi. Fotosintez natijasida bir yil davomida atmosferaga tirik organizmlar nafas
olishi uchun zarur boʻlgan 70— 120 mlrd. t. ga yakin erkin kislorod ajraladi. Bu jarayonda
oʻrmonlar, ayniqsa katta ahamiyatga ega. Mas, 1 ga oʻrmon daraxtlari bahor va yoz oylarida 1
kishi nafas olishi uchun yetarli miqdorda kislorod ajratadi. Kislorod atmosferaning yuqori (25
km) qatlamida ozon (O3) halqani hosil qilib, tirik organizmlarni ultrabinafsha nurlardan
himoya qiladi (qarang Ozon). Fotosintez energetikasi hamda mexanizmini oʻrganish kelajakda
kishilik jamiyatini energiya va oziq-ovqat, ishlab chiqarishni xom ashyo bilan taʼminlash
masalasini hal etishda juda katta ahamiyatga ega.
1
Yuqorida ko‘rib o‘tilgan tashqi sharoit omillari fotosintezga birgalikda kompleks holatda
ta’sir etadi. Ayniqsa, yorug‘lik, harorat va suv miqdori kuchli ta’sir etib, ularning kun davomida
o‘zgarishi natijasida fotosintezning kunlik jadalligi tavsiflanadi . Yertalab quyoshning chiqa
boshlashidan fotosintez ham boshlanadi. Kunning o‘rta qismigacha fotosintez jadalligi ortib
boradi. Chunki yorug‘likning va xharoratning ortib borishi bunga sabab bo‘ladi. Eng yuqori
fotosintez kunning o‘rta qismida (soat 12-14 larda) sodir bo‘ladi. Kechga tomon yana fotosintez
jadalligi pasayib boradi, bu ham yorug‘likning va haroratning o‘zgarishi asosida sodir bo‘ladi.
Fotosintezning bu turi bir cho‘qqili (yoki bir maksimumli) deyiladi. Bir cho‘qqili fotosintez ko‘p
o‘simliklarda va ayniqsa, o‘rta iqlim sharoitlarida sodir bo‘ladi.
Fotosintezning ikkinchi turi ikki cho‘qqili (maksimumli) deyiladi. Fotosintezniig bu turi
juda issiq sharoitda yashaydigan o‘simliklarda sodir bo‘ladi. Masalan, buni O‘zbekiston
sharoitida yoz kunlarida kuzatish mumkin . Yertalab yorug‘likning boshlanishi bilan fotosintez
jarayoni ham boshlanib, soat 10-11 larda eng yuqori jadallikka erishadi. Chunki bu vaqtlarda
o‘simliklar eng qulay yorug‘lik, harorat va suv bilan ta’minlangan bo‘lib, og‘izchalar ochiq va
CO2 ning yutilishi ham jadallashgan bo‘ladi. Kunning o‘rta qismlarida (ayniqsa, soat 13-14
larda) fotosintez sekinlashgan yoki to‘xtagan bo‘lishi mumkin. Chunki kunning o‘rta qismiga
yaqinlashganda harorat maksimalga yaqinlashgan yoki undan oshgan bo‘lishi mumkin. Bundan
tashqari suvning kam bo‘lishi sababli (kamchilligining ko‘tarilishi) og‘izchalarning yopilishi va
CO2 ning yutilishi kamayadi. Bunday kunning o‘rta qismida fotosintezning sekinlashishi yoki
to‘xtab qolishiga fotosintez depresiyasi deyiladi. Kunniig ikkinchi yarmida fotosintez yana
1
Beknazarov В.О. O'simliklar fiziologiyasi. - Т.: “Aloqachi”, 2009. - 536 b.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
73
jadallashib, yuqori nuqtaga ko‘tarila boshlaydi va kechga tomon yana pasaya boradi.
O‘simliklarning ontogenezida ham fotosintez jadalligi o‘zgaradi. Ko‘pchilik o‘simliklarda
fotosintez jadalligi o‘sishning boshlanishidan to shonalash-gullash fazasigicha ortib boradi va
maksimal darajaga erishadi. Keyinchalik esa asta-sekin pasaya boradi. Bu asosan
o‘simliklarning modda almashinuvi jarayonining faolligi natijasidir.
Ulosa qilib aytganda, vegetatsiya davri qisqa bo‘lgan efemer o‘simliklari fotosintez
jadalliginiig maksimal darajasi mart oyining oxiri — aprel oyining boshlariga, yani meva
tugishning boshlanish davriga to‘g‘ri keladi. Butasimon va daraxtsimon ko‘p yillik
o‘simliklarning boshlanishidan oldin sodir bo‘ladi. Kuzga tomon fotosintez jadalligi pasaya
boradi.
References:
1.
Beknazarov В.О. O'simliklar fiziologiyasi. - Т.: “Aloqachi”, 2009. - 536 b.
2.
Хўжаев Ж. Ўсимликлар физиологияси. -Т.: «Mehnat», 2004.-223 б.
3.
Полевой В.В. Физиология растений. - М.: «Высшая школа», 1989. - 464 с.
4.
Имомалиев А. Зикиряев А. Ўсимликлар биохимияси. –Тошкент. Меҳнат. 1987.-458
б.
5.
Тўрақулов Ё.Х. Биохимия. Тошкент. Ўзбекистон. 1996.-426 б.
6.
Avutxonov B.S. O‘simliklar biokimyosi. O‘quv qo‘llanma.- Samarqand: SamDU nashri,
2020. -312 b.