Авторы

  • Zikrillo Djabbarov
    Toshkent davlat agrar universiteti dotsenti
  • Bobosher Nortojiyev
    Toshkent davlat agrar universiteti dotsenti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.scin.46075

Ключевые слова:

nok meva meva о‘lchami morfometrik rang shkalasi saqlash ombori harorat nisbiy namlik.

Аннотация

Ilmiy maqola Nok mevalarini sovutkichli omborxonalarda saqlashning yakuniy bosqichida ushbu qishki nok navlarida biologik faol moddalarning tahlili mos ravishda Zimnyaya nashvati navida mevalarni saqlashdan oldin meva tarkibidagi faol moddalrdan R vitamin 1,1%, ni tashkil etgan bо‘lsa, saqlashdan keyin 0,7%, kо‘rsatkichda bо‘lgaligi kuzatildi. Ushbu navda leykoantotsinov faol moddasi saqlashdan oldin 0,8%, saqlashdan sо‘ng tahlil etilganda esa 0,6 % ni tashkil etganligi aniqlandi.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

54

KUZGI VA QISHKI NOK NAVLARI MEVALARINI SAQLASHDA BIOKIMYOVIY

О‘ZGARISHLAR TAHLILI

Djabbarov Zikrillo Abdumaxsudovich

1

Toshkent davlat agrar universiteti dotsenti

Nortojiyev Bobosher Sheraliyevich

2

Toshkent davlat agrar universiteti dotsenti

https://doi.org/10.5281/zenodo.13925496

Annotatsiya:

Ilmiy maqola Nok mevalarini sovutkichli omborxonalarda saqlashning

yakuniy bosqichida ushbu qishki nok navlarida biologik faol moddalarning tahlili mos ravishda
Zimnyaya nashvati navida mevalarni saqlashdan oldin meva tarkibidagi faol moddalrdan R
vitamin 1,1%, ni tashkil etgan bо‘lsa, saqlashdan keyin 0,7%, kо‘rsatkichda bо‘lgaligi kuzatildi.
Ushbu navda leykoantotsinov faol moddasi saqlashdan oldin 0,8%, saqlashdan sо‘ng tahlil
etilganda esa 0,6 % ni tashkil etganligi aniqlandi.

Kalit sо‘zlari –

nok, meva, meva о‘lchami, morfometrik, rang shkalasi,, saqlash ombori,

harorat nisbiy namlik.

Kirish

Bugungi kunda urug‘li meva turlaridan nok mevasini yetishtirish hajmini oshirish

va uni sifatli saqlashga katta e’tibor qaratilmoqda. Shu jumladan, dunyo bо‘yicha jami 27 mln.
tonnadan ortiq nok mevalari yetishtirilib, eng kо‘p nok mevalarini yetishtiruvchilar Xitoy (mos
holda 19,4 mln. tonna), Argentina (905 ming tonna), AQSH (738 ming tonna), Italiya (701 ming
tonna) va Turkiya (472 ming tonna) davlatlari hisoblanadi Respublikamizda 2022 yili nok
mevalarini yetishtirish 8756 gektardan ortiq maydon, shundan hosil beradigan bog‘lar 7392
gektar, yig‘ilgan yalpi hosil 117546 tonna, hosildorlik esa 161,2 s/ga ni tashkil etgan. Aholi
sonini ortib borishi va mahsulot eksport hajmini kengayishi nok mevalariga bо‘lgan talabni
ham ortishiga olib keladi. Hozirda nok mevalarini yetishtirish hajmini oshirish, ekologik toza
sifatli mevalarni saqlash dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi.

Tadqiqotning obekti

sifatida

nokning qishgi “Zimnyaya nashvati”, “Royal zimnyaya”

navlari tanlab olingan.

Kirish

hozirgi vaqtda dunyo miqyosida nok mevalarini yetishtiruvchi ko‘plab davlatlarda,

jumladan; Xitoy, Argentina, AQSH, Italiya va Turkiyada nok mevalarini yetishtirish, hosildorligi
va hajmini oshirish, sifatli va ekologik sof mevalarni ko‘paytirish va ularni saqlab ozuqaviyligi
hamda shifobaxshligini yo‘qotmagan holda aholiga yetkazish bo‘yicha olimlar tomonidan
ko‘plab ilmiy-tadqiqotlar olib borilmoqda. Shunday bo‘lsada, hozirda nok mevalarini
saqlashning resurstejamkor, xalqaro standartlarga mos, samarali elementlarini ishlab chiqish,
saqlashga mos nok navlarini saqlanuvchanligini oshirish, biokimyoviy tarkibini saqlangan
holda sifat ko‘rsatkichlarini oshirish bo‘yicha tadqiqotlarga alohida e’tibor qaratilgan.

Tadqiqotning obekti

sifatida

nokning qishgi “Zimnyaya nashvati”, “Royal zimnyaya”

navlari tanlab olingan.

Tadqiqotning predmeti.

Nok mevalarini agrotexnologik yetishtirish sharoitini saqlash

jarayoniga ta’siri va navlar kesimida nok mevalarini sifat ko‘rsatkichlariga, tabiiy yo‘qotish
darajasiga, saqlash jarayonida yuzaga keluvchi turli ta’sir etuvchi omillar va uzoq muddat
saqlash davomida sovutgichli omborxona havosining nisbiy namligi, harorati va havo
aylanishini boshqarish hisoblanadi.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

55

Tadqiqotning usullari.

Tadqiqotlarda nok mevalarini GOST 25999-83 standarti, nokni

saqlashgacha va saqlashdan keyingi tarkibidagi mono va disaxaridlar, organik kislotalar, pektin
moddalari – karbazol usuli bilan; nokni tatib ko‘rish orqali organoleptik baholash
koeffitsiyentlarini aniqlashda YE.P.Shirokov va V.I.Polegayevlarning uslubi bo‘yicha tahlil
etilgan.

Tadqiqot natijalari:

Bizga ma’lumki nok mevalarini sifatli saqlashda, meva sifatining

biokimyoviy kо‘rsatkichlari bilan baholanadi. Toshkent viloyati tuproq-iqlim sharoiti nok
mevalari tarkibida turli miqdorda quruq moddalarni tо‘plash imkonini berishi tajribalarimizda
kuzatildi. Nok mevalarini saqlash davridagi о‘zgarishlar, kuzgi navlarda turlicha bо‘lishi
aniqlandi.

Tajribalarimizda kuzgi nok navining mevalari sovutkichli omborxona-larga saqlashga

qо‘yish oldidan ular о‘rtacha 14,2% quruq moddalarni tо‘plagan holda saqlashga
joylashtirilgan bо‘lsa, mevalarni 2 oy saqlash davomida ularda polisaxaridlarning
gidrolizlanishi tufayli 14,9% gacha quruq moddalar kо‘payishi kuzatildi. Bunda eng yaxshi
kо‘rsatkich tajribalarimizda о‘rganilayotgan kuzgi nok navlaridan Vilyams navida bо‘lganligi
aniqlandi.

Kuzgi navlarimizdan Mramornaya rassoshansk navida shunga о‘xshash о‘zgarishlar yuz

bermadi va mevalar 2 oylik saqlash davomida ulardagi quruq moddalar tarkibi 0,2% ga
kamaygan, eruvchan qattiq moddalarning 1,3 va 1,5 % yо‘qotilishi va ularning dinamikasi
chiziqli ravishda kamayib boruvchi tendensiyaga ega ekanligi aniqlandi. Mevalar tarkibidagi
qandning umumiy miqdori esa bu navlar uchun quruq moddalar kabi о‘zgarish dinamikasiga
ega bо‘lganligi kuzatildi.

Tajribalarimizda о‘rganilgan kuzgi nok navlaridan yuqori kislotalilik Mramornaya

rassoshansk navida bо‘lib, 0,49 % ni tashkil etdi. Qolgan navlarning umumiy kislotalilik qiymati
saqlash davrida 0,26-0,34 % dan iborat bо‘lib, о‘zgarib bordi va fiziologik jarayonlar davomida
kamayganligi kuzatildi. Bundan tashqari, kislotalarning maksimal kamayishi Vilyams navida
bо‘lib 0,14% gacha pasayganligi kuzatildi.

Nok mevalarini saqlash natijasida qand va kislotalarning umumiy miqdorining о‘zgarishi

mevadagi qand-kislota indeksining о‘zgarishiga sabab bо‘ldi. Nok mevalari 2 oy saqlangandan
sо‘ng ular tarkibidagi qand miqdori 21,6-33,5 % ni tashkil etdi.

Kuzgi nok navlarida ikki oylik saqlashdan sо‘ng tinim davrini о‘tab bо‘lgan, meyorida

yetilgan nok mevalaridagi S vitamini kamaygan, bu esa ushbu kо‘rsatkichning mevalarni
saqlash haroratiga bog‘liqligini aks ettiradi. Nok mevalarini saqlashning yakuniy bosqichida
ushbu navlar uchun biologik faol moddalarning tahlili mos ravishda Vilyams navida 1,1%, 0,5%,
0,8%, 0,6% ni, Mramornaya rassoshansk navida esa 1,1%, 0,6%, 0,9%, 0,7% ni, tashkil etganligi
kuzatildi.

Ushbu kuzgi nok navlari sovutkichli omborxonalarda havo harorat 5-6°S va nisbiy namligi

80-85 % bо‘lganda mevalarni saqlanuvchanlik davomiyligi 75-80 kun davomida sifatli
saqlanganligi kuzatildi

.

Kuzgi nok mevalarini sovutkichli omborxonalarda saqlash davrida ular

tarkibidagi qand va kislotalarning umumiy miqdorini о‘zgarishi mevadagi qand-kislota
indeksining о‘zgarishiga sabab bо‘ldi. Nok mevalari 3-4 oy saqlangandan sо‘ng ular tarkibida
qand miqdori 22,4-34,3 % dan iborat bо‘lishi va ularni tovarlik hamda anatomik kо‘rsatkichlari
qо‘yidagicha bо‘lganligi kuzatildi (1-rasm).


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

56

1-rasm. Nokning kuzgi navining saqlashdan keyin о‘zgarish jarayoni va tovarlilik

kо‘rsatkichi.

Kuzgi nok navlarini sovutgichli omborxonalarda 3-4 oylik saqlashdan sо‘ng tinim davrini

о‘tab bо‘lgan, meyorida yetilgan nok mevalari tarkibidagi S vitamini oddiy omborxonada
saqlangan nok mevalariga nisbatan qisman kamaygan, bu esa ushbu о‘zgarishning mevalarni
saqlash haroratiga bog‘liqligini kо‘rsatadi.

Nok mevalarini sovutkichli omborxonalarda saqlashning yakuniy bosqichida ushbu

qishki nok navlarida biologik faol moddalarning tahlili mos ravishda Zimnyaya nashvati navida
mevalarni saqlashdan oldin meva tarkibidagi faol moddalrdan R vitamin 1,1%, ni tashkil etgan
bо‘lsa, saqlashdan keyin 0,7%, kо‘rsatkichda bо‘lgaligi kuzatildi. Ushbu navda leykoantotsinov
faol moddasi saqlashdan oldin 0,8%, saqlashdan sо‘ng tahlil etilganda esa 0,6 % ni tashkil
etganligi aniqlandi.

Xulosa:

Texnik pishib yetilgan nok navlari mevalarini sovutkichli omborxonalarda

harorat 4-6

0

S va havoning nisbiy namligi 80-85 % da saqlash jarayonida meva tarkibidagi faol

moddalar o‘zgarishi jadallashmaydi va saqlanuvchanligi uzoq muddat bo‘ladi. Nok mevalarini
Ushbu kuzgi nok navlari sovutkichli omborxonalarda havo harorat 5-6°S va nisbiy namligi 80-
85 % bо‘lganda mevalarni saqlanuvchanlik davomiyligi.

References:

1.

Кожина, Л. В. Влияние условий хранения на восприимчивость к загару яблок сорта

Антоновка обыкновенная / Л. В. Кожина, В. Л. Урнев // Хранение и переработка
сельхозсырья. - 2014. - № 1. - С. 39-43.
2.

Криворот, A.M. Экономическая эффективность длительного хранения плодов /

А.М.Криворот: сб. науч. тр., Самохваловичи, Республика Беларусь. - 2006. - Т. 18, 4.2. -
С.252-256
3.

Криворот А.М. Прогнозирование сроков уборки и лежкости плодов яблони

белорусского сортимента. А.М. Криворот: Автореф. дис. канд. с-х. наук. -Самохваловичи,
-2001. – С. 20.
4.

4.Nortojiyev B. Sh., Narqulova I. F., Sheraliyev H., «LIMON MEVALARINI SAQLASHDA

TABIIY KAMAYISH KО‘RSATKICHLARI» Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi
www.tadqiqotlar.uz 6-to’plam 1-son aprel 2024 -Б. 291-294.

Мева уруғи

Эндосперм

Эмбрион

Уруғ қобиғи

Перикарпий

Эндокарпий

Мезокарпий

Экзокарпий

Библиографические ссылки

Кожина, Л. В. Влияние условий хранения на восприимчивость к загару яблок сорта Антоновка обыкновенная / Л. В. Кожина, В. Л. Урнев // Хранение и переработка сельхозсырья. - 2014. - № 1. - С. 39-43.

Криворот, A.M. Экономическая эффективность длительного хранения плодов / А.М.Криворот: сб. науч. тр., Самохваловичи, Республика Беларусь. - 2006. - Т. 18, 4.2. - С.252-256

Криворот А.М. Прогнозирование сроков уборки и лежкости плодов яблони белорусского сортимента. А.М. Криворот: Автореф. дис. канд. с-х. наук. -Самохваловичи, -2001. – С. 20.

Nortojiyev B. Sh., Narqulova I. F., Sheraliyev H., «LIMON MEVALARINI SAQLASHDA TABIIY KAMAYISH KО‘RSATKICHLARI» Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi www.tadqiqotlar.uz 6-to’plam 1-son aprel 2024 -Б. 291-294.