Авторы

  • Zulfizar Abdullayeva

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.scin.46079

Ключевые слова:

“Sabot ul-ojizin” Qur’on komil inson Robiya Adaviya Hasan Basriy Abdulloh ibn Muborak.

Аннотация

Ushbu tadqiqot So‘fi Olloyorning “Sabot ul-ojizin” asari tarkibida kelgan hikoyatlardagi obrazlarni tahlil qiladi. Badiiy obrazlar tasnifida shoirning o‘ziga xos uslubi, so‘z qo‘llash mahorati ochib beriladi. Tadqiqotda obraz yaratishdagi an’naviylik, mushtaraklik bilan birgalikda farqli jihatlari ham aks ettirilgan.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

42

“SABOT UL-OJIZIN” ASARI HIKOYATLARIDA OBRAZLAR TALQINI

Zulfizar Abdullayeva Oybek qizi

zulfizarabdullayeva6gmail.com

+998 99 384 46 42

https://doi.org/10.5281/zenodo.13925117

Annotatsiya:

Ushbu tadqiqot So‘fi Olloyorning “Sabot ul-ojizin” asari tarkibida kelgan

hikoyatlardagi obrazlarni tahlil qiladi. Badiiy obrazlar tasnifida shoirning o‘ziga xos uslubi, so‘z
qo‘llash mahorati ochib beriladi. Tadqiqotda obraz yaratishdagi an’naviylik, mushtaraklik bilan
birgalikda farqli jihatlari ham aks ettirilgan.

Abstract:

This study analyzes the images in the stories of Sufi Olloyar's "Sabot ul-ojizin".

In the classification of artistic images, the poet's unique style and skill of using words are
revealed. In the research, the traditionality and commonality of creating an image are reflected
as well as the different aspects.

Аннотация:

В данном исследовании анализируются образы в рассказах Суфия

Оллояра «Сабот ул-оджизин». В классификации художественных образов раскрываются
неповторимый стиль и мастерство использования слова поэта. В исследовании
отражены традиционность и общность создания образа, а также различные аспекты.

Kalit so‘zlar:

“Sabot ul-ojizin”, Qur’on, komil inson, Robiya Adaviya, Hasan Basriy,

Abdulloh ibn Muborak.

Key words:

"Sabot ul-Ojizin", Qur'an, perfect human being, Rabia Adaviya, Hasan Basri,

Abdullah ibn Mubarak.

Ключевые слова:

«Сабот уль-Оджизин», Коран, совершенный человек, Рабия

Адавия, Хасан Басри, Абдулла ибн Мубарак.

“Sabot ul-ojizin” asaridagi barcha hikoyatlar Allohni taniydigan komil inson darajasiga

yetishda ko‘mak beradi. Jumladan, quyidagi hikoyatlar: “Hikoyati Robiya”, “Hikoyati Hajjoj”,
“Hikoyati Savbon”, “Hikoyati dev”, “Hikoyati shayx Imom Basriy”, “Hikoyati badbaxton”,
“Hikoyati hazrati Luqmon”, “Hikoyati shayx Bastom”, “Hikoyati Ismoil alayhissalom”, “Hikoyati
Saidu Sa’d”, “Hikoyati Rasuli akram (s. a. v.)” va boshqa bir qancha hikoyatlar.

Hikoyatlarning har biri orqali Qur’ondagi biror jumla oydinlashayotgandek bo‘ladi.

Xususan, asarning “Xavf-u rajo xususida” bo‘limidan keyin kelgan payg‘ambarimiz haqidagi
hikoyat har bir musulmon bandasini mushohada qilishga majbur qiladi. Allohning quli sifatida
Unga toat-ibodat qilish, tavakkul qilish buyurilgandir. Biror savob amali bilan g‘ururlanmasligi
yoki gunohi sabab Alloh marhamatidan noumid bo‘lmasligi lozim. Zero, Alloh Bilguvchi va
Ko‘rguvchi. Hikoyatda payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomning qo‘rquvi ko‘rsatilgan
bo‘lib, “rahmatan dil olamin” deya jannatlarda joyi bo‘lsa-da, Allohga qo‘rquvidan ibodat
paytida hushidan ketadi. Bundan ayon bo‘ladiki, ming savob qilgan ham, ibodati mukammal
bo‘lganlar ham bir aybi bilan do‘zaxga tushib qolishdan, Allohdan qo‘rqishi lozim.

So‘fi Olloyorning “Sabot ul-ojizin” asari tarkibidagi hikoyatlarda turli davrlardagi so‘fiy

alloma va shayxlar obraz darajasiga ko‘tarilgan. Xususan, Robia’tul Adaviyya, Hajjoj ibn Yusuf,
Savbon ibn Bajdad, Shayx imom Basriy, Abdulloh ibn Muborak, Ahmad Hanbal, Luqmoni hakim,
Boyazid Bistomiy, Abdulloh Ansoriy, Said-u Sa’d nomlari asarda keltirilgan. Bundan tashqari,
asarning ko‘pgina joylarida payg‘ambarlar hamda sahobalar ismi berib o‘tilgan.

So‘fi Olloyorning hikoyatlari so‘nggida pushaymonlik, Allohni taniydigan banda bo‘lish

umidi sezilib turadi. Zero, asarning ko‘p joylarida “Havoyi nafs ila ovoradurmiz” yoki


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

43

“Yetushmas erta qilg‘on tavbamiz tushka” misralari takror-takror kelgan bo‘lib, shoir bu bilan
nafsini tarbiyalash orqali komillikka intilishidan darak beradi. Hikoyatlarda yuqori taqvo
egalari bo‘lmish Robiya Adaviya, Boyazid Bistomiy singari shayx va oriflar zarra gunohi uchun
Allohdan, oxiratidan bu qadar qo‘rqsa, tavba qilib, tavbasidan qaytadigan biz kabi bandalar
holiga voy.

Robiya Adaviya ayol bo‘lsa-da, eranlar – tariqat ulug‘lari unga “Tojur rijol” ya’ni “Er

kishilar toji” degan nomni berdilar. Ayol bo‘lishiga qaramasdan, turli-tuman azoblar ichida
yayov yo‘l bosib, xasta tan-u jonlarini sudrab, yetti yilda Ka’ba ziyoratiga yetishdi. Uningdek
himmatli ayolning kasb-kamoloti, yuksak did va holoti hisobdan tashqaridir

1

.

Rоbiyа аl-Аdаviyа Аllоhgа nimаdаndir qо‘rqib, yоki birоr nаrsа ilinjidа ibоdаt qilmаgаn,

bаlki mаhbub sifаtidа, yа’ni qаlb bilаn muhаbbаt izhоr qildi. Аllоh hаm о‘z о‘rnidа insоnni
аyrichа bir muhаbbаt bilаn mukаrrаm qilib yаrаtgаn. Tаsаvvufning mоhiyаti ikki tоmоnlаmа
muhаbbаtni tаlqin qilish bо‘lib, tаsаvvuf аxlоqshunоsligidа muhаbbаt his-tuyg‘ulik mаqоmidаn
tushunchа dаrаjаsigа kо‘tаrilgаn. Аllоhni sеvish, Uning zоti sifаtini tаnish vа bilish kо‘ngilni
nаfs-u hirs g‘ubоridаn tоzаlаb, bоtiniy musаffо bir hоlаtdа ilоh vаsligа yеtishish vа bundаn
lаzzаtlаnish g‘оyаsini kеng tаrg‘ib qilаdilаr. Insоn ruhi ilоhiydir vааsоsiy mаqsаd ruhiy-
mа’nаviy yuksаlishdir

2

.

Tasavvufiy asarlarning deyarli barchasida

Hasan Basriy

obrazi uchraydi, chunki o‘n

yoshida Qur’onni yod olgan bu shayx haqida juda ko‘plab iliq fikrlar mavjud. Jumladan,
Muhammad ibn Sa’d shunday degan: “Hasan Basriy faqih, ishonchli, hujjati mustahkam, ilmi
ko‘p, dunyoga mehri yo‘q, so‘zlari fasih, ko‘rinishi yoqimli inson edi”. So‘fi Olloyor shayx Basriy
haqidagi hikoyatni “Shayxi komil istamakning bayoni” bo‘limidan keyin keltiradi. Hikoyatda
yuqorida aytilgan sifatlarni namoyon etgan shayx va uning shogirdi orasidagi vaziyat ochib
berilgan.

“Savdogarlar ustozi” nomini olgan

Abdulloh ibn Muborak,

Ahmad ibn Hanbalning

yozishicha, fiqhda, naxvu lug‘atda, adabu fasohat ilmida, zuhdu taqvoda zamonasining tengsiz
olimi bo‘lgan ekan. So‘fi Olloyor ham bu inson haqidagi qiziqarli hikoyat bilan asarini boyitadi.
“Tavakkul bayoni” bo‘limidan keyin kelgan bu hikoyatda sahroda holdan toygan Abdulloh ibn
Muborak qarshisidan bir quduq chiqadi, suvdan ichish uchun dili “dalvu rasanga”, ya’ni chelak
va arqonga ketadi. Ko‘z oldida esa bir ohu quduqdan suv ichadi, ibn Muborakka kelganda suv
yana qaytib ketadi. Aynan shu hikoyat orqali Allohga tavakkul qilish, Undan yaxshilik kelsa rozi
bo‘lish, yomonlik kelsa sabr qilish, faqat O‘zigagina ishonish zarurligi ochib beriladi.

Ayon bo‘ladiki, har bitta hikoyat Qur’ondagi sura va oyatlarning mag‘zini chuqurroq

anglashga xizmat qiladi. Bejizga “Sabot ul-ojizin” asarini “mag‘zi Qur’on” deb nomlashmagan.
“Banda ahdida turmog‘i bayoni” bo‘limidan keyin Ibrohim alayhissalomning o‘g‘li

Ismoil

alayhissalom

haqidagi hikoyat keltiriladi. Ushbu hikoyat esa “Maryam” oyati asosida

shakllangan bo‘lib, Ismoil alayhissalom kutib turishini aytgan odamni olti yil qish-u yoz kutadi.
Tezda kelishini aytgan kishining esidan chiqqan bo‘lishiga qaramasdan, u bergan ahdiga
sodiqligini ko‘rsatadi. Zero, Qur’onda ham u “sodiqul va’d” (va’dasi rost) deya zikr etilgan. Bu

1

Rashid Zohid. “Sabot ul-ojizin “sharhi. Ravoyihur rayhon. – Toshkent: “Matbaachi”, 2022. 186-bet.

2

Rahmonberdiyev I. Tasavvufda zohidlik, oshiqlik va oriflik tushunchalari. Oriental Renaissance: Innovative,

educational, natural and social sciences. 2021.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

44

hikoyatda ahdiga sodiqlik, rostgo‘ylik, shirinsuxanlikning har bir banda uchun naqadar kerak
ekanligi uqtiriladi.

Agar tuzluk bila barpo bo‘lursan,
Alifdek jon ichinda jo bo‘lursan.
Agar kaj bo‘lsa af’oling bu dundek,
Qolursan, balki qon ostinda nundek.
Har bir hikoyat keltirishdan maqsad – inson qalbiga chuqurroq kirib borish, keltirilgan

fikr-mulohazalarni tasavvur qilish va xulosa chiqarishdir. Obrazlar orqali nafsga qarshi
kurashish (nafsi ammora, nafsi lavvoma, nafsi mulhtama, nafsi mutmainna, nafsi roziya, nafsi
marziya, nafsi so‘fiyya) hamda komillikka yetish yo‘lidagi sa’y-harakatlar ochib berilgan.

References:

1.

Rahmonberdiyev I. Tasavvufda zohidlik, oshiqlik va oriflik tushunchalari. Oriental

Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences. 2021.
2.

So‘fi Olloyor. Sabot ul-ojizin. –Toshkent: “Mehnat”, 1991. –115 b.

3.

Rashid Zohid. “Sabot ul-ojizin” sharhi. Ravoyihur rayhon. – Toshkent: “Matbaachi”, 2022

–576 b.

Библиографические ссылки

Rahmonberdiyev I. Tasavvufda zohidlik, oshiqlik va oriflik tushunchalari. Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences. 2021.

So‘fi Olloyor. Sabot ul-ojizin. –Toshkent: “Mehnat”, 1991. –115 b.

Rashid Zohid. “Sabot ul-ojizin” sharhi. Ravoyihur rayhon. – Toshkent: “Matbaachi”, 2022 –576 b.