Авторы

  • Go’zalxon Abdusattorova
    Farg’ona viloyati “Yuksalish” nodavlat ta’lim tashkiloti boshlang’ich sinf o’qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.scin.46080

Ключевые слова:

Loyihalash texnologiya metod ta’lim jarayoni talabalarning bilish protsessi.

Аннотация

Ushbu maqola zamonaviy ta’limda yangicha usullar, jumladan loyihalash metodidan foydalanish orqali o’quv jarayoni samaradorligini oshirish xususida  bo’lib, unda bu metodning eng afzal tomonlari ko’rsatib o’tilgan.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

40

LOYIHALASH TEXNOLOGIYASINI O’QUV JARAYONIDA QO’LLASH ORQALI

TA’LIM SAMARADORLIGINI OSHIRISH

Abdusattorova Go’zalxon

Farg’ona viloyati “Yuksalish” nodavlat ta’lim tashkiloti boshlang’ich sinf o’qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.13925101

Annotatsiya:

Ushbu maqola zamonaviy ta’limda yangicha usullar, jumladan loyihalash

metodidan foydalanish orqali o’quv jarayoni samaradorligini oshirish xususida bo’lib, unda bu
metodning eng afzal tomonlari ko’rsatib o’tilgan.

Kalit so’zlar:

Loyihalash, texnologiya, metod, ta’lim jarayoni, talabalarning bilish

protsessi.

Bugungi kun zamonaviy ta’limini zamonaviy usul va metodlarsiz tasavvur etib bo’lmaydi.

Shu jumladan, bir qarashda oddiydek ko’ringan loyihalash texnologiyasi ham o’quv jarayonida
samardorlikni yanada oshirishga atroflicha xizmat qilmoqda. Shu o’rinda bu texnologiyaning
asl negizi, uni amalga oshirish shakllari, ko’zlanadigan natija va bu metod orqali ta’limga olib
kiriladigan unsurlar haqida fikr yuritamiz.

Loyihalash (lotincha, projectus – olg’a tashlangan fikr, g’oya, obraz ) metodi o’z nomi bilan

kelgusidagi ishlarni amalga oshirishda rejalashtirish bo’lib, proyekt ma’lum bir hisob-
kitoblarga, chizmalarga va boshqalarga asoslangan holda tavsiflash, bayon qilish shaklida
mujassamlashgan g’oya, fikrning ifodasidir.

1

Loyihalash texnologiyasi ta’limda o’qituvchi va talabani birdek ishlashga, talabada

mustaqillikni yanada oshirishga xizmat qilar ekan, bu o’rinda undan kutiladigan natijalar ham
yangilik sifatida qaralishga munosib ishlar bo’lishini nazarda tutadi. Loyihalash metodlari
orqali o’qitishda quyidagi natijadorliklar hosil bo’ladi:

-

O’qituvchining kuzatuvchi va yo’l boshlovchi sifatidagi ishtiroki, talabalarning esa asosiy

loyiha mualliflari, loyihani bajaruvchilari bo’lib ishlashlari;

-

Har bir talabaning ma’lum dolzarb yoxud kichik muammoni aniqlab, uning uchun

bajariladigan ishlar rejasi hamda yechimini topishiga alohida o’qituvchi tomonidan e’tibor
berilishi;

-

Birgina katta muammoga ham turlicha usullar orqali yondashuvni ta’minlash zamirida

mukammal loyiha ishlarini yarata olish tajribalari paydo bo’lishi;

-

Fikrlashi, qobiliyati, bilim darajasi bir-biriga yaqin talabalardan kichik guruhlarni tashkil

etish. Va bu asosida lohiyalash jarayonidagina emas, balki boshqa jamoaviy ishlarda ham bir xil
tipdagi talaba guruhi bilan ishlashni osonlashtirish.

Loyihalash texnologiyasidan foydalanish shuningdek, talabalarga individual va

differensial yondashish imkonini beradi. Metod amalga oshirilish jarayonida qamrab oladigan
jihatlar, doimiy muhim hisoblanuvchi unsurlar ham bo’lib, ular shulardan iborat:

-

Loyiha tuzilishi yaxshi ishlangan bo’lishi;

-

Loyihada ishtirok etadigan qatnashchilar uchun tadqiqot predmeti, dolzarbligi, ijtimoiy

ahamiyati, foydalaniladigan metodlar, tajribalar o’tkazish;

-

Natijalarni rasmiylashtirish metodlari aniq bo’lishi lozimligi.

2

1

A.Qayumov, I.Parmonova “Innovatsion ta’lim texnologiyasida loyihalash metodi imkoniyatlari va uni amalga oshirish

bosqichlari.”

2

N.Raxmanova “ Biologiyani o’qitishda loyihalash texnologiyasidan foydalanish afzalliklari” T.: “Nauchniy impuls”

2003. 5-bet.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

41

Talabalarga bu texnologiya nima beradi? Savolga javob esa juda oddiy. Bajariladigan ishi

nima maqsadda amalga oshirilayotgani, unda qanday metodlarni qo’llay olishni planlashtirish.
Ishdan kutilayotgan natijani oldindan diagnostlashtirishni uddalay olish qobiliyatlarini
shakllantirish singari ijobiy sifatlar rivojlantirib boriladi.

Ta’lim tizimidagi yangicha burilishlar, bu sohada anchayin tajribaga ega davlatlar

o’qitishidagi talabani mustaqil yangiliklar yarata oluvchi kadrga aylantirib beradigan
pedagogik texnologiyalar bilan bir qatorda loyiha ishlari, loyihalashtirish texnologiyalari
bugungi kunning eng zarur metodikalaridan biri ekanligini ko’rsatib bermoqda.

References:

1.

A.Qayumov, I.Parmonova “Innovatsion ta’lim texnologiyasida loyihalash metodi

imkoniyatlari va uni amalga oshirish bosqichlari.” 2023
2.

N.Raxmanova “Biologiyani o’qitishda loyihalash texnologiyasidan foydalanish

afzalliklari” T.: “Nauchniy impuls” 2003. 5-bet.
3.

M.Mahmudov “Talim natijasini loyihalash” Pedagogik mahorat. 2002. 1-son

4.

Z.T.Nishonova ”Oliy maktab psixologiyasi”. Toshkent.2003.

Библиографические ссылки

A.Qayumov, I.Parmonova “Innovatsion ta’lim texnologiyasida loyihalash metodi imkoniyatlari va uni amalga oshirish bosqichlari.” 2023

N.Raxmanova “Biologiyani o’qitishda loyihalash texnologiyasidan foydalanish afzalliklari” T.: “Nauchniy impuls” 2003. 5-bet.

M.Mahmudov “Talim natijasini loyihalash” Pedagogik mahorat. 2002. 1-son

Z.T.Nishonova ”Oliy maktab psixologiyasi”. Toshkent.2003.