Авторы

  • Muhammadjon Bobonazarov
    Toshkent davlat yuridik universiteti “Xalqaro huquq va inson huquqlari” mutaxassisligi magistranti.

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.scin.46097

Ключевые слова:

Favqulodda vaziyat inson huquqlari cheklov qonuniylik maqsadga muvofiqlik.

Аннотация

Ushbu tezisda favqulodda holatlarda inson huquqlarini cheklashning asoslari muhokama qilingan. Shuningdek, inson huqulari eng oliy qadriyatligiga qaramasdan nima uchun ba’zi vaqtlarda cheklanishi va bu cheklovlar boshqa insonlarning huquqlariga zarar yetkazmaslik uchun qo’llanilishiga atforlicha to’xtalamiz.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

122

FAVQULODDA HOLATLARDA INSON HUQUQLARINI CHEKLASHNING

NAZARIY-HUQUQIY MASALALARI

Bobonazarov Muhammadjon Muzaffar o’g’li

Toshkent davlat yuridik universiteti “Xalqaro huquq va inson huquqlari”

mutaxassisligi magistranti.

muzaffarovichmuhammadjon@gmail.com

Telefon raqami: +998936806165

https://doi.org/10.5281/zenodo.13923440

Annotatsiya:

Ushbu tezisda favqulodda holatlarda inson huquqlarini cheklashning

asoslari muhokama qilingan. Shuningdek, inson huqulari eng oliy qadriyatligiga qaramasdan
nima uchun ba’zi vaqtlarda cheklanishi va bu cheklovlar boshqa insonlarning huquqlariga zarar
yetkazmaslik uchun qo’llanilishiga atforlicha to’xtalamiz.

Kalit so’zlar:

Favqulodda vaziyat, inson huquqlari, cheklov, qonuniylik, maqsadga

muvofiqlik.

THEORITICAL-LEGAL ISSUES OF HUMAN RIGHTS RESTRICTION IN

EMERGENCIES

Bobonazarov Muhammadjon Muzaffar’s son

The master student of Tashkent State University of Law,

majoring in International Law and Human Rights.

muzaffarovichmuhammadjon@gmail.com

Telephone number:+998936806165

Annotation:

This thesis will discuss the reasons for limiting human rights in emergency

situations. We will also discuss why human rights are sometimes limited, despite their highest
value, and why these restrictions are used in order not to harm the rights of other people.

Key words:

Emergency situation, human rights, limitation, legality, expediency.

Kirish:

Barchamizga ma’lumki, Inson huquqlari bu eng oliy qadriyat hisoblanadi. Endi esa

“inson huquqlari” jumlasining ma’nosiga to’xtalsak bu quyidagicha, G.Yuldashova, N.Gafurova
inson huquqlari tushunchasiga quyidagicha ra’rif beradi. Inson huquqlari – insonlarning millati,
irqi, tili, dini, jinsi va ijtimoiy kelib chiqishidan qat’i nazar tengligiga asoslangan huquq va
erkinliklar majmui. Inson huquqlari yashash, erkinlik va shaxsiy daxlsizlik, fikrlash, so‘z va
e’tiqod erkinligi kabi huquqlarni o‘z ichiga qamrab oladi.

1

Bu olimalarning fikriga qo’shimcha

tarzda men “inson hquqlari” tushunchasiga quyidagi ta’rifni berdim, inson huquqlari -milliy va
xalqaro huquq me’yorlarida ko‘zda tutilgan (ruxsat berilgan), insonlarga tegishli bo‘lgan
qonuniy harakatlar va imkoniyatlardir. Birinchidan, Inson huquqlari ma’lum bir qonun
hujjatlarida e’tirof etilgan bo’lishi kerak, bu mamlakatning bosh qomusi hisoblangan
Konstitutsiya bo’lishi mumkin, yoki xalqaro huquq me’yorlarida keltirilishi mumkin. Nega
aynan imkoniyatlar degan tushunchaga ham to’xtaladigan bo’lsak, huquqlar insonlarga
imkoniyatlar taqdim qiladi. Inson huqulari Mutlaq ya’ni uni hech qachon cheklab bo’lmaydi
degan tushuncha kelib chiqmasligi kerak. Ular ham ma’lum vaqtlarda cheklanishi mumkin.
Masalan, favqulodda holatlarda inson huquqlariga ma’lu bir cheklovlar o’rnatilishi mumkin.

1

G.Yuldasheva., N.Gafurova “Inson huquqlari” darslik. Toshkent-2023. B.17.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

123

Asosiy qism:

Favqulodda vaziyatlarda inson huquqlari cheklanishining nazariy-huquqiy

asoslariga to’xtaladigan bo’lsak, 1948-yili qabul qilingan Inson huquqlari bo’yicha Umumjahon
deklaratsiyasi, “Inson hquqlari va asosiy erkinliklarini himoya qilish to’g’risidagi xalqaro
konvensiya” ning 2-moddasi, 1966-yili qabul qilingan “Fuqarolik va siyosiy huquqlar huquqlar
to’g’risidagi xalqaro pakt” ning 12,13-moddalari

2

larda inson huquqlari va erkinliklari va ularni

muayyan holatlarda cheklash bo’yicha ha qoidalar aks ettirilgan. 12-moddaga to’xtaladigan
bo’lsak, u yerda quyidagi jumlalar nazarda tutilgan “Biror bir davlat hududida qonuniy ravishda
turgan har bir kishi ushbu hudud doirasida erkin ko’chib yurish va yashash joyini erkin tanlash
huquqiga ega. Har bir kishi har qanday mamlkatni, jumladan o’z mamlakatini tark etish
huquqiga ega. Yuqorida qayd etilgan huquqlar hech qanday cheklash obyekti bo’lishi mumkin
emas, qonunda nazarda tutilgan davlat xavfsizligini, jamoat tartibini, aholi salomatligi yoki
ma’naviyatini yoki boshqalarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish uchun nazar bo’lgan
va ushbu paktda e’tirof etilgan boshqa huquqlarga mos keladigan cheklashlar bundan
mustasno”.

3

Bu moddada ham ko’rishimiz mumkinki, davlat xavfsizligini, jamoat tartibini,

aholi salomatligini, boshqalarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish uchun insonlarning
huquqlariga ma’lum cheklashlar o’rnatilishi mumkin. Endi favqulodda holatlar qanday
vaqtlarda kuztilishi mumkin degan savolga javob beradigan bo’lsak, “Favqulodda holat
to’g’risida” gi qonunda quyidagicha ta’rif berilgan

favqulodda holat

— O‘zbekiston

Respublikasi fuqarolarining, chet el fuqarolarining hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning
huquq va erkinliklariga, shuningdek yuridik shaxslarning huquqlariga nisbatan ushbu
Konstitutsiyaviy Qonunda nazarda tutilgan ayrim cheklovlar belgilashga yo‘l qo‘yadigan hamda
ularning

zimmasiga

qo‘shimcha

majburiyatlar

yuklaydigan,

O‘zbekiston

Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq O’zbekiston Respublikasining butun hududida yoki
ayrim joylarida vaqtincha joriy qilinadigan davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat
hokimiyati organlari, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat
tashkilotlari hamda tashkiliy-huquqiy va mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, boshqa tashkilotlar,
ularning mansabdor shaxslari faoliyatining alohida huquqiy rejimi”

4

. Mana shu ta’rifda

ko’rishimiz mumkinki, cheklovlar vaqtinchalik bo’ladi, ya’ni ma’lum vaqt oralig’ida, keyin
hamma uchun bir xil bo’ladi, ya’ni tli, dini, millati, yoki egallab turgan mansabidan qat’iy nazar
hamma uchun bir xil. Favqulodda vaziyatlar qanday holatlarda joriy qilinishi mumkin, masalan
tabiiy ofatlar vaqtida, pandimiyalar vaqtida, davlat xavfsizligiga xavf tug’ilayotgan vaqtlarda. Va
aynan mana shu vaqtlarda inson huquqlarining ma’lum bir ko’rinishlari cheklanishi mumkin.
Endi O’zbekiston Respublikasi hududida favqulodda holat joriy qilinishining huquqiy asosiga
to’xtaladigan bo’lsak, “Favqulodda holat to’g’risida” gi qonunning 6-moddasi asos bo’ladi. “
Favqulodda holat O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan O’zbekiston
Respublikasining butun hududida yoki ayrim joylarida joriy etiladi”. Va farmon O’zbekiston
Respubliakasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senatining qo’shma majlisida ko’rib
chiqiladi.

5

Yuqoridagilar asosida O’zbekistonda favqulodda holat joriy qilinish mumkin va

2

“Fuqarolik va siyosiy huquqlar to’g’risidagi pakt”. https://lex.uz/docs/-2640479

3

“Fuqarolik va siyosiy huquqlar to’g’risidagi pakt”. https://lex.uz/docs/-2640479

4

O’zbekiston Respublikasi “Favqulodda holat to’g’risida” gi qonuni. https://lex.uz/docs/-5774840

5

O’zbekiston Respublikasi “Favqulodda holat to’g’risida” gi qonuni. https://lex.uz/docs/-5774840


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

124

fuqarolarning huquqlari cheklanishi mumkin, boshqa holatlarda O’zbekiston Respublikasida
fuqarolarning huquqlarini cheklashga yo’l qo’yilmaydi.

Xulosa:

Xulosa qilib aytadigan bo’lak, inosnlarning huquqlari ma’lum vaziyatlarda

cheklanishi mumkin, lekin ba’zi talablarga javob berishi kerak, ya’ni ma’lum bir vaqt oralig’ida
joriy qilinishi kerak bu bir nech kunlarni yoki oylarni o’z ichiga olishi mumkin. Hamda
qonuniylik talablariga javob berishi kerak, ya’ni hamma uchun bir xilda va barcha uchun
majburiy bo’lishi kerak. Shuningdek, davlat har qanday favqulodda vaziyatni aholiga e’lon
qilishi kerak.

References:

1.

G.Yuldasheva., N.Gafurova “Inson huquqlari” darslik. Toshkent-2023. B.17.

2.

“Fuqarolik va siyosiy huquqlar to’g’risidagi pakt”. https://lex.uz/docs/-2640479

3.

O’zbekiston Respublikasi “Favqulodda holat to’g’risida” gi qonuni. https://lex.uz/docs/-

5774840.

Библиографические ссылки

G.Yuldasheva., N.Gafurova “Inson huquqlari” darslik. Toshkent-2023. B.17.

“Fuqarolik va siyosiy huquqlar to’g’risidagi pakt”. https://lex.uz/docs/-2640479

O’zbekiston Respublikasi “Favqulodda holat to’g’risida” gi qonuni. https://lex.uz/docs/-5774840.