Авторы

  • N.M. Qo'shnazarova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.scin.46104

Ключевые слова:

zamonaviy texnologiyalar texnologik yondashuv texnologik ko’nikmalar kommunikatsiya animatsion shakl multimedia interaktiv metod korreksion mashg’ulotlar.

Аннотация

Ushbu tezisda boshlang’ich ta’lim jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish istiqbollari, kompyuter savodxonligini rivojlantirish usullari, axborot texnologiyalarining ta’lim samaradorligidagi o’rni, multimedia vositalaridan foydalanishdagi ahamiyati hamda barcha ta'lim bosqichlari va ta'lim muassasalari bilan samarali natijaviylikni ta'minlash yo’llari asoslab berilgan.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

94

BOSHLANGICH SINFLARDA ZAMONAVIY AXBOROT

TEXNOLOGIYALARINI JORIY ETISH ISTIQBOLLARI

Qo'shnazarova N.M.

https://doi.org/10.5281/zenodo.13923047

Annotatsiya

. Ushbu tezisda boshlang’ich ta’lim jarayonida zamonaviy axborot

texnologiyalarini joriy etish istiqbollari, kompyuter savodxonligini rivojlantirish usullari,
axborot texnologiyalarining ta’lim samaradorligidagi o’rni, multimedia vositalaridan
foydalanishdagi ahamiyati hamda barcha ta'lim bosqichlari va ta'lim muassasalari bilan
samarali natijaviylikni ta'minlash yo’llari asoslab berilgan.

Kalit so’zlar:

zamonaviy texnologiyalar, texnologik yondashuv, texnologik ko’nikmalar,

kommunikatsiya, animatsion shakl, multimedia, interaktiv metod, korreksion mashg’ulotlar.

Axborotni taqdim etishning vositalari va usullarini qo'llash - hozirgi axborot texnologiya

vositalari kuchli rivojlangan sharoitda ulardan to'g'ri va samarali foydalanish, axborotlarni
tanlash, saralash, saqlash, qayta ifodalash ko'nikmalari hosil qilinadi. Bu jarayonda kompyuter
savodxonligi alohida ahamiyat kasb etadi. O'qitishning maqsadlari, mazmuni, metodlari,
vositalari va formalari metodik sistemaning asosiy komponentlaridir. Bugungi kunda
o'qitishning metodi va mazmuni muammosini hal etish oldingilardan farq qiladi.

Boshlang'ich sinf o'quvchilari timsolida ularning kompyuter savodxonligini oshirishda

fanlar misolida oladigan bo'lsak, masalan, matematik tafakkurni o'stirishda informatikani
qo'llash bugungi kun muammolaridan biridir, o'quvchilar matematikani o'rganishni davom
ettirishga tayyorlanadilar. Son tushunchasi, geometrik figura, ifoda, funksiya, tenglama,
geometrik shakl yasash, koordinata va vektor haqida boshlang'ich tushunchalar boshlang'ich
sinfda o'rgatiladi. Boshlang'ich ta'lim o'quv darslarida axborot majmui ma'lumotnomalar,
ensiklopediyalar, virtual kutubxonalar, geografik xaritalar, rasmlar, chizmalar, animatsiyalar,
matnlar, tasviriy axborotning statistik va dinamik ifodalari, ovozli obrazlardan (yozilgan ovoz,
musiqa va boshqalar) foydalanish mumkin. Yuqorida keltirilgan AKT savodxonlik
elementlariga ega bo'lishlik - ta'lim jarayoniga AKTni samarali joriy etishning tashkiliy bir qismi
hisoblanadi. Bugungi kunda o'qituvchilarning AKT sohasiga oid kasbiy mahoratini oshirish
yo'nalishida asosiy e'tibor ularning kompyuterdan foydalanuvchi sifatida tayyorlashga
qaratilgan.

O'qituvchilar AKT savodxonligiga ega bo'lish bilan chegaralanib qolmasdan, AKT

vositalaridan ta'lim samaradorligini oshirish yo’lida to'g'ri foydalanish metodikasi bilimiga
ham ega bo'lishlari zarur. Ya'ni, har bir fan o'qituvchisi o'zining darsida AKT vositalaridan
didaktik vosita sifatida foydalana olishlari zarur. Shu sababli, malaka oshirish kurslarida
muammo yechimi hal etish uchun nafaqat kompyuter savodxonligiga oid mashg'ulotlarni, balki
AKTdan foydalanish metodikasiga oid mavzularni "Fanni o'qitishda AKTdan foydalanish"
mutaxassislik darslarida ham o'qitish va amaliy mashg'ulotlar orqali tinglovchilarning bajarish
imkoniyatlariga zamin yaratmog'imiz maqsadga muvofiq bo'ladi.

AKTdan dars jarayonida foydalanish metodikasiga oid ko'nikmalarga matn va jadval

muharrirlari yordamida pedagogik vositalar yaratishda ularning didaktik imkoniyatlaridan
foydalanishni (matn muharririda son va raqamlar kiritish, jadval muharririda geometrik
grafiklarini yaratish va b.) ta'kidlab o'tish mumkin. Bundan tashqari ushbu metodika darsning
qaysi qismida, qancha vaqt davomida foydalanishni nazarda tutadi.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

95

Ushbu fikrlarni tasdig'i sifatida YUNESKO tomonidan ishlab chiqilgan O'qituvchilarning

axborot kommunikatsiya texnologiyalariga oid bilimlarga ega bo'lishlik bo'yicha tavsiyalarini
keltirish mumkin. Zamonaviy o'qituvchining texnologik jihatdan savodxon bo'lishligi va
o'quvchilarda ushbu ko'nikmalarni shakllantirish yetarli emasligi alohida ta'kidlanadi.

Zamonaviy axborot texnologiyalarini qo'llashda maktabgacha va boshlang'ich ta’lim

tizimida ta'lim mazmunining maqsadini ko'zlagan holda uning muvaffaqiyatga erishishning
asosiy omili sifatida quyidagicha amallarni to'g'ri tashkil etishga e'tibor berish lozim
- mutaxassis kadrlar salohiyatining zamon talabiga mos bo'lishi;
- barcha ta'lim bosqichlari va ta'lim muassasalari bilan samarali natijaviylikni ta'minlay olish
darajasidagi uzviy hamkorlikning to'g'ri yo’lga qo'yilishi va nazoratganolinishi;
- metodist va fan o'qituvchilari o'zaro hamkorlikda ijobiy natijani ko’zlagan va mazkur
tavsiyalarda ham samaradorlilik ko'rsatkichlarini oshirish;
- kafolatlagan holda ta'lim- tarbiya jarayoniga yondashishi;
- zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan muntazam xabardor bo'lishi va uni
ijodkorlik, mohirlik san'ati ila amaliyotga joriy etishi;
- yuksak intellektual salohiyatli yoshlarni tarbiyalashni bosh maqsad etgan holda ularning ham
imkoniyat darajalari va qobiliyatlarini hisobga olishi;
- o'qituvchi kasbiga innovatsion yondashgan holda jarayonlarga ko'rgazma va didaktik
jihozlarni foydalanishda xilma - xillikka e'tibor qaratishi;
- o'quvchilarning bo'sh vaqtini to'g'ri taqsimlay olishi;
- axborot texnologiyalari haqida ma'lumotlarni mazmunan maqsadga muvofiq fanlar kesimida
to'g'ri taqdim etish mahoratiga ega bo'lishi;
- malaka oshirish tizimida doimiy ravishda o'qituvchilarning kursdan keying faoliyatini
o'rganish va ularning yutuqlarini namuna sifatida tatbiq etish;
- muntazam ravishda reja asosida shahar va tumanlar kesimida ilmiy - amaliy konferensiya va
seminarlarni tashkil etish;
- tarbiyachi va o'qituvchilarning ish - tarjibalarini ommalashtirish va ularni malaka oshirish
tizimida kurs tinglovchilari bilan davra suhbati, uchrashuvlar o'tkazish orqali faolligini
rag'batlantirishga e'tibor berish;
- umumta'lim maktablarida boshlang'ich ta'lim o'qituvchilari tomonidan fan oyliklarini
o'tkazishda axborot texnologiyalardan foydalana olish darajalariga e'tibor berish va baholash;
- tarbiyachi va o'qituvchilar tarafidan tayyorlangan tavsiya, ishlanmalarning zamon talabiga
mosligini tahlil etgan holda mualliflik huquqini saqlab, amaliyotga tatbigini nazoratga olish
lozim.

Zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan kichik maktab yoshidagi

bolalarda o'yin darslarini tashkil etish va fan xonalarining jihozlangan holatini moslash,
internet va axborot vositalaridan ma'lumotlar olish va ulardan foydalanish, chet tilini
o'rganishda, shuningdek, bugungi kunda 1 - sinfda 7 ta fan kesimida multimediyali ta'lim
dasturlari asosida unumli qo’llash kabi dolzarb muammolar o'z yechimini topmoqda. Fanlar
kesimida yaratilgan elektron darslik va qo'llanmalar sonini qozoq tilida ham namunalarini
multimediya va animatsion shakllarda ishlab chiqish, uni amaliyotga joriy etish - yechimini
kutayotgan dolzarb masalalardan biridir.

Qishloq joylarda maktabgacha ta'lim muassasalarining ko'pchiligida mavjud

bo'lmaganligi vajidan l - sinf o'quvchilari orasida nuqsoni bor bolalar ham uchramoqdaki, bu


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

96

holat o'qituvchi faoliyatiga salbiy ta'sir ko'rsatib, ular bilan ko'proq mashqlar bajarishni taqoza
etmoqda. Modomiki, texnologiyalar o'qitishning samarali vositasi bo'lib, ta'lim tizimidan
korreksion mashg'ulotlar o'tkazishning qo'shimcha interaktiv materiali sifatida xizmat qilar
ekan, nutqida nuqsoni bor maktabgacha yoshdagi bolalar ta'limining samaradorligi axborot-
kommunikatsiya texnologiyalari asosidagi logopedik mashg'ulotlarga ham bog'liq. Kichik
maktab yoshidagi bolalarning nutqining asosiy komponentlari: fonetik, fonematik, leksik -
grammatik, nutqni rivojlantirish, shakllantirish va korreksiyalash uchun mo'ljallangan bo'lishi
maqsadga muvofiq. Animatsion dasturlarda berilgan mashg'ulotlar ularning havas va rang
barangliklarga bo’lgan qiziqishlarini orttirib, bevosita qo'l harakatlari bilan mashqlar
bajarishga intiladi.

Xulosa qilib aytish kerakki, zamonaviy o'qituvchi AKTdan foydalanishda hamkorlik qilish,

vujudga kelgan muammolarni hal etish, bilimlarni izlash, turli manbalardan olgan
ma'lumotlarni tanqidiy nuqtai nazardan tahlil qila olish va umumlashtirish kabi ko'nikmalani
shakllantirishda "har bir bola alohida bir sayyora" degan tushuncha mohiyatiga bugungi
kunning eng dolzarb masalasi sifatida kompetensiyaviy yondashsa - bu asosiy yutug'imiz bo’lib
qoladi.

References:

1.

R. Ishmuhamedov, M. Yuldashev. Ta' lim va tarbiyada innovatsion pedagogik

texnologiyalar. - Toshkent. 2013.
2.

Barkamol avlod - 0'zbekiston taraqqiyotining poydevori. - T.: Sharq, 1998. 64b.

3.

Umumta'lim fanlari metodikasi. Ma'naviy - ma'rifiy, ilmiy, metodik nashr. 2013-yil sonlari

Библиографические ссылки

R. Ishmuhamedov, M. Yuldashev. Ta' lim va tarbiyada innovatsion pedagogik texnologiyalar. - Toshkent. 2013.

Barkamol avlod - 0'zbekiston taraqqiyotining poydevori. - T.: Sharq, 1998. 64b.

Umumta'lim fanlari metodikasi. Ma'naviy - ma'rifiy, ilmiy, metodik nashr. 2013-yil sonlari