ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
81
O'ZBEK TILIDA SIFAT YASOVCHI KATEGORIYALAR
Abduvoitova Maftuna
Rustam Bosimov xususiy maktabi o'qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.13922750
Annotatsiya
. Maqolada o'zbek tilida sifat va uning kategoriyalari ko’rib chiqildi. Davr
o‘tishi bilan til vositalarining nutqda qo‘llanish imkoniyatlari kengayib borganidek, sifatlar ham
yangi okkazional semalari bilan nutqiy ta’sirchanlik doirasini oshiradi. Bu esa kelgusida
sifatlarga oid kuzatishlarni yana yangi materiallar asosida davom ettirish zarurligini ko‘rsatadi.
Kalit so’zlar:
o'zbek tili, sifat va uning kategoriyalari, daraja kategoriyasi, usul,
tilshunoslik.
Sifat (tilshunoslikda) — predmet belgisini bildiruvchi soʻzlar turkumi.
Grammatikada belgi soʻzi keng
tushunchali
boʻlib,
u
belgini
rang-tus,
hajm,
shaklkoʻrinish, xususiyatga koʻra bildiradi: qizil, keng, yoqimli va boshqa [3]. Shu
xususiyatlariga koʻra, sifatlar maʼnosiga qarab bir necha turga boʻlinadi: rang-tus bildiruvchi
sifatlar — oq, sariq, qizil, nimrang kabi; mazataʼm bildiruvchi sifatlar — shirin, nordon, achchiq,
bemaza kabi; xususiyat bildiruvchi sifatlar — mehribon, sodda, mugʻambir, yuvosh kabi;
shaklkoʻrinish bildiruvchi sifatlar — gavdali, novcha, uzunchoq, yassi kabi; hajmoʻlchov
bildiruvchi sifatlar — keng, tor, katta, ogʻir, yengil kabi va boshqa
Sifat turkumi oʻziga xos soʻz yasalishi va morfologik tizimiga ega. Oʻzbek tilida yasama
sifatlar, asosan, sifat yasovchi affikslar yordamida xreil qilinadi: aqlli (akl+li), hosildor
(hosil+dor), serqirra (serqirra) va sh.k. Sifatning morfologik belgisi — daraja kategoriyasiga
egaligidir. Sifat bildiradigan belgi daraja nuqtai nazaridan 3 xil boʻlishi mumkin: meʼyoriy,
meʼyordan ortiq (yuqori) va meʼyordan oz (kuchsiz, past) [1]. Shunga koʻra, sifatning 3 xil
daraja kategoriyasi farqlanadi: oddiy daraja —maxsus koʻrsatkichi yoʻq va u belgining meʼyoriy
(ortiq — kamlik, kuchli — kuchsiz) holatini bildiradi: yaxshi, katta, shirin, xunuk kabi; orttirma
daraja — bu darajaning ham maxsus morfologik koʻrsatkichi yoʻq. Belgining ortikligi maʼnosi
oʻzbek tilida bir necha usul bilan ifodalanadi. Mas, fonetik usul: sapsariq, koʻmkoʻk, baland
(unlini choʻziq talaffuz etish); leksik usul (maxsus soʻzlar yordamida): juda kuchli, nihoyatda
goʻzal kabi; analitik usul: shirindan shirin, qoʻpoldan qoʻpol kabi; ozaytirma daraja shakli roq
affiksi yordamida yasaladi: yaxshiroq, balandroq, shoʻrroq kabi. Sifatlar otlashuvi mumkin
(qarang Otlashuv): Yaxshi topib gapirar, yomon qopib gapirar. Qozonga yaqin yursang, qorasi
yuqar; yomonga yaqin yursang, balosi yuqar [2].
Shu asosda sifatning UGMsini «asosan predmetning, qisman haakatnjng belgisini bildirib,
gapda asosan sifatlovchi aniqlovchj ba'zan kesim, ayrim hollarda hol vazifasida kelish»
ko'rinishida tiklash mumkin.
Belgi tushunchasi o'z ichiga rang-tus, hajm-shakl, xarakter, vazn, maza kabilarni qamrab
oladi. Belgining xususiyatiga ko'ra sifatlar ikkjga bo'linadi:
asliy sifatlar
va
nisbiy sifatlar
[1].
Asliy sifatlar predmetning turg'un, nisbatlanmaydigan va darajalanagan belgisini
ifodalaydi:
qizil, sariq, katta, ko'p, oz.
Nisbiy sifatlar belgini qandaydir bir predmet, belgi, nnqdor, oj-jn va harakatga nisbatan
ifodalaydi:
moddiy yordam, siniq piyokf burchakdagi o 'tirgich.
Nisbiy sifatlarda darajalanish,
qiyoslanis bo'lmaydi
.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
82
Asliy sifatlarning barchasida daraja shakllari, ayrimlarida ozaytirma va kuchaytirma
shakllar bor [3].
Asliy sifat bildirgan belgining darajasi har xil bo'lishi mumkin. Daraja kategoriyasi sifat
ifodalagan belgining shu nuqtayi nazaridan tavsifini beradi.
Daraja kategoriyasining
«belgi darajasi» UGMsiga ega. Daraja turli (geterogen) shakllar
yordamida hosil qilinadi:
chiroyli-chiroyliroq-juda chiroyli.
Oddiy daraja
hech qanday vositasiz yuzaga chiqadi. Unda daraja kategoriyasi
UGMsi
«belgining ortiq-kamligiga munosabat bildirmaslik» tarzida yuzaga chiqadi:
yaxshi, qattiq,
semiz, keng, baland, to'g'ri, yumshoq
kabi.
Orttirma daraja
belgining me'yoriy holatdan ortiqligi, kuchliligini ifodalab, daraja
kategoriyasi UGMsini «belgining me'yordan ortiqligini ifodalash» tarzida xususiylashtiradi.
Orttirma daraja maxsus morfologik shaklga ega emas [1]. Daraja kategoriyasi ifodalovchisining
geterogenligi ushbu darajada yaqqol ko'zga tashlanadi. Orttirma daraja quyidagi usullar bilan
hosil qilinadi:
1.
Fonetik
usul.
Buning bir necha ko'nnishlari bor:
a)
qop-qora, yap-yapalok, dum-dumaloq;
b) urg'uli tovushning cho'zilishi:
u'zun, bala'nd, chiro'yli.
2.
Leksik usul:. juda
kuchli,
g'oyatda
qo'rqinchli,
nihoyatda
baland.
Belgining ortiq darajasi analitik shaklda ham ifodalanadi Bu shakl lkki uzvli bo'lib, birinchi
uzvini chiqish kelishigi shaklida qo'llash orqali hosil qilinadi:
uzundan uzoq, shirindan shirin.
Ozaytirma daraja
DK LJGMsini «belgining me'yordan kamligini ifodalash» ko'rinishida
xususiylashtiradi. Bu ma'no ikki usul bilan yuzaga chiqadi:
Leksik usul: sal
durust,
Mr ozyaxshi, xiyol
ochiq.
Morfologik usul:
kattaroq,ko proq, ozroq;
Shuni unutmasligimiz kerakki:
Rang-tus bidiruvchi ayrim sifatlarda qo'llanuvchi
-(i)sh, -
(i)mtir
affikslan belgining kuchsiz darajasini bildirmaydi. Masalan,
oqish
so'zi oq rangning,
qoramtir
so'zi qora rangning kuchsiz darajasi emas, balki oq, qora bo'lmagan, balki ularga
o'xshash bo'lgan rang turlaridir.
Sifatlarda sintaktik kategoriyalarning voqelanishi. Sifat turkumida sintaktik kategonyalar
keng bo'lmagan voqelanishga ega.
Egalik kategoriyasi
.
Sifat turkumi EK UGMsini «keyingi sifatni oldingi so'zga bog'lash. va
rnansublik, xoslik ma'nosini ifodalash» tarzida xususiylashtiradi. Matn va birikuvchi
Asliy sifatlarda belgining darajasim
ifodalashga ko'ra uch daraja ajratiladi:
oddiy
daraja;
orttirma daraja;
ozaytirma
daraja.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
83
so'zlarning semantikasiga bog'liq ravishda turli-tuman grammatik ma'nolar ifodalanishi
mumkin. Lekin «keyingi sifatni oldingi so'zga bog'lash» kategorial ma'no xususiylashmasi
sifatida o'zgannay qolaveradi. Quyida sifat turkumining EK UGMsini xususiy-lashtirishidagi
o'ziga xosliklarni ko'rib o'tamiz [2].
Egalik affiksi o'zi birikkan so'zning boshqa so'z bilan bog'lanishida ishlatiladi. Bu vaqtda
EK dagi so'z QK dagi so'z bilan keladi:
olmaning qizili, odamning aqllisi.
EK dagi so'z ba'zan CHK dagi so'z bilan ham birga qo'llanilishi mumkin:
odamlardan
aqllisi.
EK dagi so'zda affiks ma'nosi va vazifasi kuchsizlanib, ravishga o'tib ketadi:
yaxshisi.
EK ning birlik va ko'plik shakllari qo'llamlishda farq bor. Ko'pincha miqdor bildiruvchi
o'zaklarga birlik son shakli qo'shilmaydi:
aqllingiz, ko'pimiz.
O‘zbek tili morfologiyasida sifat kategoriyasi boshqa so‘z turkumlari qatori muhim o‘rinni
egallaydi. Sifat mustaqil so‘z turkumi bo‘lib, shaxs va predmedlarning belgisini bildiradi.
Sifatning o‘ziga xos maxsus morfologik belgisining yo‘qligi, sifat yasovchi affikslarning
nihoyatda turli-tumanligi, ba’zan sifatlarni aniqlashda ma’lum qiyinchilk tug‘diradi. Shunga
ko‘ra sifat so‘z turkumining algoritmini tuzishda uchrashi mumkin bo‘lgan barcha holatlarning
lisoniy qolipi aniqlanishi, omonimlik keltiruvchi qo‘shimchalar va so‘zlar bazasi yig‘ilishi kerak.
References:
1.
Abdullayeva O., Bozorqulova O‘. Korpus lingvistikasida lingvistik tahlillar: muammo va
yechimlar // O‘zbek tili tadqiqi va ta’limi muammolari. Toshkent, 2021.27.10. 296-302-b.
2.
Sayfullayeva R. va b. Hozirgi o`zbek adabiy tili. O`quv qo`llanma. – T.: Fan va texnologiya,
2009.
3.
Mengliyev B. Hozirgi o’zbek tili. Darslik. T:. “Tafakkur bo’stoni” 2018.