ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
66
TEXNIKA OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA FIZIKANI O‘QITISHDA ELEKTRON
TA’LIM RESURSLARDAN FOYDALANISH METODIKASINI
TAKOMILLASHTIRISH
Irkinov Ma’murjon Botirjon o‘g‘li
Islom Karimov nomidagi
Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali assistenti
https://doi.org/10.5281/zenodo.13919813
Annotatsiya:
Ushbu maqolada texnika oliy ta’lim muassasalarida fizikani o‘qitishda
elektron ta’lim resurslardan foydalanish metodikasini takomillashtirishning bir qator ilmiy
masalalari o‘rin olgan.
Kalit so‘zlar:
fizika, elektron ta’lim, axborot texnologiyalari, multimediya, texnika,
pedagogik, internet texnologiya, o‘quv dasturlar.
Elektron ta’lim o‘zida ta’limning innovatsion yondashuvini qo‘llagan holda ta’lim sifati va
imkoniyatlarini oshirish uchun multimediya va internet-texnologiyalarni qo‘llashga asoslanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2021 yil 19 martdagi № PQ-5032
qarori asosida «Fizika sohasida ta’lim sifatini oshirish va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida o‘quv jarayoni va uni takomillashtirishda axborot
texnologiyalari va kompyuterlarni jamiyat hayotiga, kishilarning turmush tarziga, umumiy
o‘rta ta’lim maktablari, o‘rta maxsus, kasb-xunar ta’limi va oliy ta’lim muassasalari o‘quv
jarayoniga jadallik bilan olib kirish g‘oyasi ilgari surilgan. Fizika ta’limida axborot va kompyuter
texnologiyasini qo‘llanishning istiqbolli yo‘nalishlaridan biri bu fizikaviy jarayonlarni va
tajribalarni kompyuterda modellashtirish hisoblanadi. Kompyuter modellari bu an’anaviy va
noan’anaviy dars jarayonlarini faollashtiradi va o‘qituvchining dars o‘tishiga ko‘pgina
yengilliklar tug‘diradi, fizikaviy jarayonlarni oydinlashtiradi, effektlarni saqlashga, monitorda
talabalarga namoyish etib va bir necha marta takrorlab ko‘rsatish uchun katta imkoniyatlar
yaratadi. Hozirgi globallashuv va raqamlashtirish davrida elektron ta’limning ta’lim jarayoniga
kirib kelishi muhim ahamiyatga ega. An’anaviy va elektron ta’lim jihatlari ma’lum bir
xususiyatlari jihatidan uzviylik kasb etmoqda. Elektron ta’lim o‘zida ta’limning innovasion
yondashuvini, jumladan multimediya va internet texnologiyalarni qo‘llagan holda ta’lim sifati
va imkoniyatlarini oshirishga xizmat qiladi. Shularni e’tiborga holda elektron ta’lim talabalarga
qulay tashkillashtirilgan muhitda bilim olish imkonini beradi deb hisoblash mumkin. Elektron
ta’lim metodikasini ishlab chiqish elektron ta’limning masofali kurslari o‘quv dasturlariga
muvofiq holda tizimli yondashgan holda yaratilishi, innovasion ta’lim texnologiyalarini
qo‘llagan holda zamonaviy bilimlar va qarashlarga ega bo‘lishini talab etadi. Texnika oliy ta’lim
muassasalarida fizikani o‘qitishda axborot texnologiyalaridan foydalangan holda fizika
ta’limini va ta’lim-tarbiya jarayonini noan’anaviy o‘qitish metodlari va texnologiyasi asosida
tashkil etish o‘quvchilarda politexnik bilimlarni mustaqil egallash ko‘nikmalarini shakllantiradi
va rivojlantiradi, ularning fanni o‘zlashtirishga bo‘lgan qiziqishini yanada oshiradi. Shuningdek,
internet tarmog‘ini mustaqil o‘zlashtirishga va undan olingan yangi mavzularni o‘rganishga
bo‘lgan o‘ziga xos tadqiqot sifatidagi yondashishiga zamin hozirlaydi. Fizika fanini o‘qitishda
an’anaviy uslublardan yuz o‘girmagan holda ularni zamonaviy o‘qitish texnologiyalari va
dasturlashtirilgan pedagogik vositalar bilan boyitib, faollashtirib virtual laboratoriya ishlarini
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
67
yaratib, ulardan unumli foydalanish metodlari bilan fizika ta’limi mazmunini takomillashtirish
imkoniyati yaratiladi.
Yuqorida keltirilgan ilmiy fikrlar natijasida, elektron ta’lim metodikasini quyidagi jihatlari
bo‘yicha ko‘rib chiqish mumkin.
1.
Elektron ta’limning umumiy masalalari. Bunda elektron ta’limni asosini tashkil etuvchi
masalalar ko‘rib chiqiladi. Ularga quyidagi masalalar kiradi: pedagogik masalalar, texnologik
masalalar, pedagogik loyihalash, pedagogik loyihalash maqsadi, pedagogik loyihalash
xususiyatlari.
2.
Elektron ta’limga jarayonli yondashuv. Bunda elektron ta’limni yaratish jarayoni va uning
pedagogik asoslari ko‘riladi. Ularga quyidagilar kiradi: jarayon modeli, jarayonli yondashuvni
pedagogik loyihalash.
3.
O‘qituvchilarni tayyorlash. Elektron ta’lim sohasini tashkil etishda o‘qituvchilar faoliyati
va kasbiy tayyorgarligi muhim o‘rin egallaydi.
4.
Elektron ta’limni tashkillashtirish shakllari. Elektron ta’limni tashkillashtirishning
quyidagi shakllarini ajratib ko‘rsatish mumkin: ma’ruza, amaliy mashg‘ulotlar, mustaqil
ta’limni tashkillashtirish.
5.
Elektron ta’limning faol usullari. Bunda elektron ta’limni tashkil etishning faol usullari
ko‘rib chiqiladi. Ularga quyidagilar kiradi: pedagogik faoliyatga umumiy tizimli qarash, elektron
ta’limning faol usullari, vebinarlar o’tkazishga uslubiy ko’rsatmalar.
6.
Elektron ta’limda multimediyani qo’llash. Bunda elektron ta’limni tashkil etishning
muhim jihatlari sifatida multimediyaning qo‘llanish sohalari ko‘rib chiqiladi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, fizika ta’limida foydalanishi mumkin bo‘lgan
darsliklar, metodik qo‘llanmalar va bir qancha bajarilgan ilmiy tadqiqotlar tahlil qilinib, fizikani
o‘qitishni axborot texnologiyalari asosida takomillashtirish muhim omillardan biri ekanligi
aniqlandi.
References:
1.
Irkabayev Dj.U. Information technologies in teaching physics in a technical higher
education institution. Multidisciplinary Research Journal (Double Blind Refereed & Peer
Reviewed Journal) ISSN: 2249-7137 Vol. 11, Issue 4, April 2021.
2.
Sheraliyev S.S. Tebranish va to’lqinlarni o’qitishda zamonaviy axborot texnologiyalarini
joriy etishning ilmiy-metodik va amaliy jihatlari. Monografiya. – T.: Fan va texnologiya, 2017. –
B.6-116.
3.
Sheraliyev S.S., Yuldashev B.E., Tursunmetov K.A. “Mexanik tebranishlar va to‘lqinlardan
virtual laboratoriya ishlari” elektron o‘quv majmuasi // O‘zbekiston Respublikasi intellektual
mulk agentligi. DGU 03628. – Т.: 2016.
4.
Safarmatov U.S Sheraliyev S.S, Irkaboyev Dj.U, Abdullayev B.I, Irkinov M.B, Kuchkharov
Sh.H. FACTORS OF ORGANIZING PHYSICAL PRACTICUM BASED ON NON TRADITIONAL
TECHNOLOGIES. African Journal of Biological Sciences.