Авторы

  • Suxrob Safarov
    Tarix fani o‘qituvchisi, erkin tadqiqotchi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.scin.46122

Аннотация

Birinchi jahon urushi tugaganidan so‘ng Sharq dunyosida milliy ozodlik va mustaqillik uchun kurashlar avj oldi. Ma’lumki, Turkiya (Usmoniylar saltanati) Germaniya tomonidan urush harakatlariga kirib, Uchlar ittifoqi yengilganidan so‘ng o‘z milliy birligini yo‘qotish xavfi ostida qoldi. Hatto mamlakat poytaxti Istambulni Angliya egallab oldi. 1918-yil oxiridan Turkiyadagi ozodlik kurashiga turkiy xalqlarning buyuk farzandi Mustafo Kamol Posho boshchilik qilib, 1920-1923-yillarda u tuzgan «Anqara muvaqqat hukumati» mustamlakachilarni (asosan Angliya va Italiya harbiy kuchlari) ona-Vatan tuprog‘idan haydab chiqardi.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

34

BXSR VA TURKIYA O‘RTASIDAGI DIPLOMATIK MUNOSABATLAR

Safarov Suxrob Safarovich

Tarix fani o‘qituvchisi, erkin tadqiqotchi

https://doi.org/10.5281/zenodo.13917486

Birinchi jahon urushi tugaganidan so‘ng Sharq dunyosida milliy ozodlik va mustaqillik

uchun kurashlar avj oldi. Ma’lumki, Turkiya (Usmoniylar saltanati) Germaniya tomonidan
urush harakatlariga kirib, Uchlar ittifoqi yengilganidan so‘ng o‘z milliy birligini yo‘qotish xavfi
ostida qoldi. Hatto mamlakat poytaxti Istambulni Angliya egallab oldi. 1918-yil oxiridan
Turkiyadagi ozodlik kurashiga turkiy xalqlarning buyuk farzandi Mustafo Kamol Posho
boshchilik qilib, 1920-1923-yillarda u tuzgan «Anqara muvaqqat hukumati»
mustamlakachilarni (asosan Angliya va Italiya harbiy kuchlari) ona-Vatan tuprog‘idan haydab
chiqardi.

Turkiyada siyosiy voqealar keskin kechayotgan bir davrda BXSR (1920-1924) o‘zining

faol ichki va tashqi siyosatini yuritayotgan edi. Buxoro Respublikasining istiqbolli rejasida
xorijiy mamlakatlar bilan do‘stona diplomatik, iqtisodiy, madaniy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va
rivojlantirish masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Avvalo, asriy-an’anaviy aloqalarda bo‘lgan
Turkiya bilan hamkorlik munosabatlariga kirishildi. Umuman XX asr boshlarida Turkiya «yosh
turklari» bilan Buxoro jadidlari o‘rtasida do‘stona, ma’rifiy-madaniy aloqalar o‘rnatilgandi.
Buxorolik jadidlar Turkiyada nashr qilingan «Siratul mustaqim» («To‘g‘ri yo‘l») jurnalini o‘qib
borgan. Undagi maqolalarda ko‘tarilgan masalalar omma orasida keng targ‘ib qilingan. Buyuk
adib Sadriddin Ayniy (1878-1954-yillar) ushbu jurnalni o‘qib «parlament» atamasining
mohiyatini anglagani haqida fikr bildirgandi. Uzoq vaqt Yevropa mamlakatlari va Turkiyada
yashagan asli buxorolik keyinchalik sibirlik o‘zbek bo‘lib qolgan Abdurashid Abdurahim
jadidchilik harakatida birinchi marta milliy, madaniy, siyosiy mustaqillik masalasini kun
tartibiga qo‘ygandi.

Buxoro jadidlaridan Abdurauf Fitrat, Abdulvohid Munzim, Hamidxo‘ja Mehri, U.

Po‘latxo‘jayevlar 1908-1910-yillarda Turkiyaga tahsil olish uchun borishgan edi.

1910-yilda Turkiyada A. Fitratning (1886-1938-yillar) «Sayha» she’riy to‘plami,

«Munozara» va «Hind sayyohi» kabi falsafiy asarlari yozilgandi. «Muxtasari tarixi islom»
(«Islomning qisqacha tarixi») kitobi ham ushbu mamlakatda dunyo yuzini ko‘rgandi. A.Fitrat
asarlarining asosiy g‘oyasi-Turkiston hozir turg‘unlikda, Ovro‘paga ergashib iqtisodiy
islohotlar o‘tkazishi kerak, undan namuna olishi kerak.

«Turkistonliklar birinchi jahon urushi yillari arafasida va urush davrida Turkiyaga

qardoshlik yordamini ko‘rsatish maqsadida mablag‘ ham to‘plaganlar.. 1913-yil 13-aprelda
28000 so‘m miqdorida Turkiya uchun «Xayriya» to‘planadi»-deb yoziladi manbalardan birida.

Yangi tarixiy vaziyatda, haqiqatdan ham BXSR tashkil topgan 1920-yilda Turkiya siyosiy

hayotida istiqlol uchun kurash avj olgandi. Turkiy xalqlarning asl vatani bo‘lgan Turkistonda
Turkiyadagi tarixiy jarayonlarni e’tibor bilan kuzatib borish, turklarni imkon qadar ma’naviy-
moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash yo‘lini tanlanishi tabiiy hol edi. Yuqorida qayd qilinganidek,
birinchi jahon urushidan mag‘lub bo‘lib chiqqan Turkiya 1920-yil 10-avgustda Parij yaqinidagi
Sevr shaharchasida Antanta davlatlari bilan imzolangan shartnomaga ko‘ra, amalda yarim
mustamlakaga aylantirildi. Fransiya va Angliya o‘rtasida taqsimlangan Usmoniylar saltanati
faqatgina Kichik Osiyo yarim oroli hamda Istambul bilan cheklanishga majbur bo‘ldi. Istambul
ingliz istilochilari tomonidan egallanib, progressiv kuchlar Anqarada Mustafo Kamol raisligida


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

35

«Yangi Anqara muvaqqat hukumati»ni tuzib ozodlik va mustaqillik uchun kurash maydoniga
kiradilar. Antanta davlatlari, ayniqsa, Angliyaning qo‘llab-quvvatlashi bilan yunonlar «Buyuk
Gretsiya» davlatini tuzish bayrog‘i ostida turklar shahri Izmirni istilo qiladilar.

Hayot – mamot jangiga kirgan «Anqara xukumati» va uning yulboshchisi Mustafo Kamol

haqida «Buxoro axbori»: «1921-yil 16-iyulda turklar Mustafo Kamol posho boshchiligida butun
front buyicha yunonlarga qarshi qat’iy va umumiy harakatlar boshlag‘onlar. Shul vaqtda turklar
dushmonning 3-4 barobar ko‘p bo‘lg‘on kuchlariga qarshi qat’iyat bilan kurashib, ular hujumini
to‘xtaturlar. Yashasin o‘zlarining qahramonlik va g‘ayratlari orqasinda Yevropa tahlikasiga
(Yunoniston va Angliyaga) qarshi turib g‘arb maydonida umumiy g‘alaba qozonib, o‘z
vatanlarini mudofaa qilg‘on turk askarlari!»[1] deb yozgandi.

Turkiya va yunon urushlari ikki yil (1920-1922) davom etib, 1922-yil 9-sentabr

Muddaniya jangida turklar hal qiluvchi g‘alabaga erishdi va Izmirdan yunonlarni haydab
chiqardi. «Anqara hukumati» qo‘shinlari Mustafo Kamol posho rahbarligida turk shaharlari
hisoblangan Bursa, Ardaxon, Ig‘dir, Eskishaharlarni ham egalladilar.

Turklarning adolatli urushdagi muvaffaqiyati haqida: «Nihoyat turklar o‘z ozodliklari

yo‘lida harakat qilib, zarba berdilar. O‘zlarining ozodligi uchun butun islom dunyosi Angliya va
uning mamlakatlari bilan muqaddas urushga kirishdilar. Turklar ozodlik bayrog‘ini baland
ko‘tarib, o‘z istiqlollarini qo‘lga kiritmishlar»[2] - deb yoziladi ma’lumotlardan birida.

«Anqara hukumati»ning ozodlik uchun kurashi Buxoroda muhim diqqat markazda

bo‘lgan. Turkiya hukumati 1921-yil 16-martida RSFSR bilan diplomatik va hamkorlik
shartnomasini imzolaydi. Sovet hukumatining mutassadilari V. I. Lenin, Chicherin,
Karaxanlardan Mustafo Kamol poshoning Moskvadagi vakili Bekir Samibey moliyaviy yordam
so‘raydi. Sovet davri tarixiy adabiyotlarida 1920-yil sentabrdan 1922-yil may oyiga qadar Sovet
hukumati uchun og‘ir va mashaqqatli yillar bo‘lib, Mustafo Kamol hukumatiga BXSR
hukumatida avval moliya noziri, keyin esa Markaziy Ijroiya Qo‘mita Raisi lavozimida ishlagan
Usmonxo‘ja Po‘latxo‘jayev (1878-1986-yillar) shaxsiy jamg‘armasidan 100 mln. oltin mablag‘
bilan moddiy yordam ko‘rsatgan. Ushbu mablag‘ning asosiy qismi Moskvada saqlab qolinib,
10|1 ulushigina Onato‘li (Turkiyaga) yuborilgan. Turk tarixchi olimlardan Mehmet Saroy 1990-
yilda Istambulda chop ettirgan «Otaturkning sovet siyosati» nomli kitobida: «Sovetlarning
Turkiyaga yordami to‘liq bo‘lmasada, ammo o‘sha paytda milliy ozodlik harakati g‘alabasida
muhim rol o‘ynagan»-deb yozadi. Usmonxo‘ja Po‘latxo‘jayev muhojirlikka ketganidan so‘ng
1922-1923-yillarda Mustafo Kamol posho bilan muloqotda bo‘lgan. Turkiyaning bo‘lajak
prezidenti unga o‘z hukumati organlarida ishlashni taklif etgan.

U. Po‘latxo‘jayev unga Turkiston tarixi, madaniyati qo‘lyozma asarlarini tadqiq qilish

masalalari bilan shug‘ullanishini aytgan. Shundan keyin Turkiya hukumati tomonidan
vatandoshimizga Mustafo Kamol bo‘yrug‘i bilan umrining oxirigacha katta miqdorda nafaqa
tayinlanadi. U. Po‘latxo‘jayev vafotidan keyin bu nafaqa turmush o‘rtog‘iga berib turilgan.

Buxoro xalqi turk-yunon urushi maydonida turklar qo‘li baland kelganligi munosabatila

shodlik va xursandchilik bilan 1922-yil 12-oktabrda miting va namoyishlar o‘tkazgan. Ularda
davlat rahbarlari, islom peshvolari, oddiy mehnatkash aholi, maktab o‘quvchilari va madrasa
talabalari ishtirok qilishgan. Turk shahidlarining ruhiga xatmi Qur’on qilinib, motamona kuylar
chalingan. Bu tadbirlarda BXSR Xalk Nozirlar SHo‘rosi muvaqqat raisi Ato Xo‘ja, BXSR Markaziy
Ijroiya Qo‘mitasi raisining birinchi muovini Aminov, maorif noziri Qori Yo‘ldosh Po‘latov, hatto,
Rossiyaning Buxorodagi vakili Fonshteyn ham nutq so‘zlagan. O‘sha kuni kechga yaqin


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

36

mitingda ishtirok qilganlar. Buxoro xalqidan Turkiya hukumati nomiga tabrik telegrammasi
tayyorlab yuborishadi. Telegrammadan: «Dushmonni tor-mor qilib buyuk maydon
muhorabadagi Turkiyaning matlubini hal etib, ushbu porloq tarixiy g‘alabangizni, uch million
nufuzinda bo‘lg‘on va ikki yildan buyon sizni jahongir sarmoyadorlarni yengishingizni tilog‘on
Buxoro xalqi nomidan samimiylikdan tabrik etadur, olqishlarla ushbu shodligingizga sherik
bo‘lamiz. Sizning g‘alabangiz munosabati bilan butun Buxoro aholisi va inqilobiy sho‘rolar
hukumati 12-oktabrda o‘zining ma’murlari, ziyolilari, talabalari bilan buyuk bir miting tartibila
o‘tkazdi. Aholimizning ruhli shodligi maksadi ila Buxoroning «Masjidi Kaloni»da xatmi Qur’on
o‘qilib, shahidlarning ruhiga hadya etdi [3].

Ikki hukumat o‘rtasidagi diplomatik aloqalar esa ancha oldinroq, 1920-yilning qishidayoq

boshlangan edi. Bu yo‘nalishda tashabbus «Anqara muvaqqat hukumati» tomonidan boshlanib,
1920-yil BXSR hukumati tashkil topganidan 4 oy o‘tar-o‘tmas M. Kamolning hukumati BXSRga
birinchi bo‘lib o‘zining elchilarini yuboradi. Buxoroda birinchi bo‘lib xorijiy mamlakatlardan
Turkiya elchixonasi ish boshlaydi. Mustafo Kamol yuborgan Turkiya elchilari guruhiga /olib
posho boshchilik qilgan. Anqara hukumatining Buxoro Respublikasidagi elchixonasi birinchi
kotibi, taniqli turk yozuvchisi Rushen Ashraf bo‘lgandi

1922-yilning mart oyida Buxoro Respublikasidan Mustafo Kamol posho hukumatini

rasmiy suratda tanish va o‘zaro munosabatlar o‘rnatish uchun Mahmud Nazar xamda Mahmud
Rajab afandilar boshchiligida buxorolik vakillar Anqaraga tashrif buyurishadi. Buxoro hay’atini
rasmiy suratda «Muvakkat Ankara hukumati» tashqi ishlar vazirining muovini Ziyodbek hamda
xorijiy ishlar vakili Yusuf Kamolbeklar kutib oladilar. Turk tarixchisi Mehmet Saroyning
ma’lumoticha, Mahmud Nazar xamda Mahmud Rajablar bir paytlar Istambulda tahsil olishgan.
Mehmet Saroyning yozishicha, ular elchilik vazifasini uddalab, ortga qaytganlarida rus
ayg‘oqchilari (bolsheviklar) tomonidan xoinona o‘ldirilganlar.

BXSRning favqulotda siyosiy vakillari sharafiga ziyofat uyushtirilib, unda Mustafo Kamol

posho ham shaxsan ishtirok etgan. «Buxoro axbori» gazetasida Turkiya hukumati boshlig‘i
Mustafo Kamol hamda Buxoro vakili Maxmud Nazar afandi nutqlari to‘la holda keltirilgan.
Mustafo Kamol nutqida: «Dindosh va qondosh Buxoro xalqining orzusini yuzaga chiqarishi
uchun bu qardosh millatga o‘zimning fotihamni beraman»[4],-degan fikri bayon qilingan.

Buxoro hay’ati vakillari Mustafo Kamol poshoga hurmat va ehtirom ramzi sifatida

yurtimizdan olib borilgan oltin dastali qilich, Amir Temur zamonida ko‘chirilgan Qur’oni
Karimning nodir nusxalaridan birini, hamda Turkiya xalk askarlari uchun Buxoro tasviri
tushirilgan nishonlar takdim etadi.

Hozir ushbu buyumlar Turkiya Buyuk millat majlisi (parlamenti) binosidagi muzeyning

asori-atiqalari qatoridan joy olgan.

Turkiyada ozodlik yo‘lida turk zobit va askarlarigina emas, xotin-qizlar, bolalar ham

kahramonona kurash olib borayotganligi, istiqlol oliy ne’mat ekanligi Buxoro xalqi tomonidan
chuqur idrok qilingan. Muhimi shuki, o‘z mustaqilligi yo‘lida kurash olib borayotgan Buxoro
Respublikasi harbiy va moddiy jihatdan Turkiyaga yordam berolmasa ham, uning ozodligini
butun vujudi bilan qo‘llab-quvvatlayotganligi aniq edi.

Turkiyaga olib borilgan sovg‘alar orasida yuqorida qayd qilingan, shaxsan Mustafo Kamol

poshoga atalgan oltin dastali qilich bilan birga bir sira ko‘rk (buxorocha sarupo) va yana ikki
qilichning topshirilishi yuqoridagi fikrimiz to‘g‘riligini to‘la isbotlaydi. Mustafo Kamolga va
uning shonli g‘oziy (g‘olib) armiyasiga atalgan qilichlar jasoratga chorlab, porloq g‘alabaga


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

37

qadar ruhan tetik bo‘lishga da’vat qilishi o‘z-o‘zidan ayon edi. Ikki qilichdan biri qahramon
Ismat poshoga hadya etilgan. Yunonlar istilo qilgan Izmirni ozod qilishda alohida jasorat
ko‘rsatgan va shaharga dushman mudofaasini birinchi bo‘lib yorib kirgan otliq qo‘shin zobiti
SHerifbeyga Buxorodan yuborilgan uchinchi qilich nasib etadi. Uni Mustafo Kamolning o‘zi
SHerifbey beliga taqib qo‘ygan[5]. Mustafo Kamol ushbu sovg‘alarni Buxoro vakillaridan qabul
qilib olar ekan, ajdodlari yurti Turkistonga e’tiqodi yuksakligini o‘z nutqida oshkor etib
minnatdorchilik tuyg‘ularini bayon qiladi. Ehtimolki, o‘sha og‘ir damlarda besh millionli
buxoroliklarning ma’naviy qo‘llab-quvvatlashi Mustafo Kamolni Turkiya ozodligi kurashidagi
qat’iyatiga bir qadar madad bergandir. Zeroki, u ajdodlar yurti Turkistonga, ya’ni ildizga umid
ko‘zlari bilan qaragan. Chunki ildiz ko‘kartuvchi, yashnatuvchi va yuksaklikka eltuvchi, ilhom
beruvchi omildir. Bejiz bu ulug‘ inson «biz ham Turkistonning jujuqlarimiz (bolalarimiz)»
demagandir.

XX asr buyuk shaxslari qatoridan Mustafo Kamol nomi mustahkam o‘rin oldi. Mustafo

Kamol Otaturk bilan Buxoro Respublikasi vakillari uchrashgan tarixiy sanadan ham yuz
yillikning 4-choragi o‘tib bormoqda. Turkiya xalqi Otaturk nomini abadiylashtirish uchun uning
jasadi qo‘yilgan poytaxt Anqarada etnografiya muzeyini tashkil qilishgan. Muzeyda Mustafo
Kamol Otaturk hayot yo‘li va faoliyati bilan bog‘lik yuzlab asori-atiqalar, buyumlar, kitob va
nashrlar, harbiy kiyim, qurol-yarog‘ kabilar qo‘yilgan. Ular orasida buxoroliklar tomonidan
Turkiya rahbariga hadya qilingan nishonlar va buyumlar ham bor. Bu esa xalqlarimiz
o‘rtasidagi sinovdan o‘tgan mustahkam qavm-qarindoshchilik, oltin singari zanglamas do‘stona
aloqalarning umrboqiyligidan dalolatdir.

References:

1.

Зиё Усмоний. Туркия хамда юнон мухорабаси, «Бухоро ахбори», 50-сон, 1921 йил

25 сентябр.
2.

Г.Хасаний. Туркларнинг галабаси муносабатила, «Бухоро ахбори», 101-сон.,

1922йил 28сентябр.
3.

«Бухоро ахбори». Туркларнинг ғалабаси муносабатила Бухорода байрам, 103-сон.,

1922 йил 19 октябр.
4.

«Бухоро ахбори». Бухоро хайъати Мустафо Камол пошо хузурида, 77-сон, 1922 йил

4 апрел.
5.

Mehmet Saray. Milli Mucadele Villarinda Buhara Cumhuriyetinin Turkieye Vardimi.

Turkistonda Venilik Hareketleri ve ihtilaller: 1900-1924. Haarlem. 2001: 341, 342.

Библиографические ссылки

Зиё Усмоний. Туркия хамда юнон мухорабаси, «Бухоро ахбори», 50-сон, 1921 йил 25 сентябр.

Г.Хасаний. Туркларнинг галабаси муносабатила, «Бухоро ахбори», 101-сон., 1922йил 28сентябр.

«Бухоро ахбори». Туркларнинг ғалабаси муносабатила Бухорода байрам, 103-сон., 1922 йил 19 октябр.

«Бухоро ахбори». Бухоро хайъати Мустафо Камол пошо хузурида, 77-сон, 1922 йил 4 апрел.

Mehmet Saray. Milli Mucadele Villarinda Buhara Cumhuriyetinin Turkieye Vardimi. Turkistonda Venilik Hareketleri ve ihtilaller: 1900-1924. Haarlem. 2001: 341, 342.