ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
149
ELEKTRON TIJORATDA SHARTNOMA TUZISHGA QO‘YILADIGAN UMUMIY
TALABLAR
Aliyeva Marjona Obid qizi
Toshkent davlat yuridik universiteti biznes huquqi yo‘nalishi magistri
https://doi.org/10.5281/zenodo.13904445
O‘zbekistonda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha amalga
oshirilayotgan chora-tadbirlar iqtisodiyot tarmoqlarini raqamlashtirishda, shu jumladan
elektron tijoratni rivojlantirishda muayyan natijalarga erishish imkonini berdi. Shunga
qaramay, mamlakatda elektron tijoratning to‘laqonli bozorini yaratishga, tovarlar, xizmatlar
ishlab chiqaruvchi mahalliy korxonalarning tashqi bozorlarga chiqishiga to‘siq bo‘layotgan
qator muammo va kamchiliklar saqlanib qolmoqda.
Elektron tijoratda tuziladigan shartnoma va uning tuzilishi tartibiga doir talablar deyarli
odatiy shartnomalardan farq qilmaydi. Bunday turdagi shartnomalarni tuzish yuqorida aytib
o‘tilganidek, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksi, “Elektron tijorat to‘g‘risida”gi qonun
va shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-iyundagi
“Elektron tijoratda bitimlarni amalga oshirish tartibini yanada takomillashtirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi 185-sonli qarorlari orqali huquqiy jihatdan tartibga solinadi. Xususan,
axborot tizimlaridan foydalangan holda tuzilgan shartnoma yozma shaklda tuzilgan va taraflar
tomonidan imzolangan, shu jumladan taraflarning muhrlari bilan tasdiqlangan shartnomaga
tenglashtiriladi.
Shuningdek, ushbu qarorda shartnoma tuzish qoidalari atroflicha tahlil qilingan bo‘lib,
qoidalarning 24-bandiga ko‘ra, shartnoma oferta va akseptdan iborat bo‘ladi. Shartnoma, agar
shartnomada o‘zgacha hol nazarda tutilmagan bo‘lsa, oferta yuborgan taraf tomonidan boshqa
taraf yuborgan aksept olingan paytdan boshlab tuzilgan deb e’tirof etiladi. Oferta o‘zida
elektron hujjatni ifodalaydi, uning vositasida elektron tijorat ishtirokchisi bitta shaxsga, bir
nechta aniq shaxslarga va shaxslarning nomuayyan doirasiga shartnoma tuzishni taklif etadi va
ularning shartnoma shartlari mavjud bo‘lgan, shu jumladan, ushbu Qoidalarga muvofiq
majburiy shartnoma shartlari mavjud bo‘lgan matndan foydalanilishini ta’minlaydi. Elektron
tijorat ishtirokchisidan chiquvchi ofertada shartnomaga kiritilishi kerak bo‘lgan barcha
shartlar yoxud bunday shartlar mavjud bo‘lgan elektron hujjatlar yoki elektron xabarlarga
havolalar bo‘lishi kerak
1
.
Shartnoma uning elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanishini nazarda tutuvchi elektron
hujjat tarzida, matnida elektron tijorat ishtirokchisining roziligi bildirilgan matn bo‘lgan
elektron xabar tarzida, ofertada ko‘rsatilgan shartlarni bajarish bo‘yicha harakatlarni sodir
etish orqali akseptni amalga oshirish yo‘li bilan tuzilishi mumkin. Aksept o‘zida elektron
hujjatni yoki elektron xabarni, shuningdek ofertadagi mavjud shartlarni bajarish bo‘yicha
harakatlarni ifodalaydi, uning orqali shaxs ofertada taklif etilgan shartlarda shartnoma tuzishga
to‘liq va so‘zsiz rozilikni ifodalaydi. Akseptda oferent tomonidan taklif etilgan shartnomaning
1
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 02 iyundagi “Elektron tijoratda bitimlarni amalga oshirish
tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 185-sonli qarori. O‘zbekiston Respublikasi qonun
hujjatlari to‘plami, 2016 y., 23-son, 266-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.07.2018 y.,
09/18/583/1582-son, 16.10.2018 y., 09/18/825/2052-son; 23.11.2019 y., 09/19/943/4066-son; 14.12.2020 y.,
09/20/777/1620-son, 28.12.2020 y., 09/20/810/1673-son.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
150
barcha shartlari o‘zgartirilmasligi kerak. Oferentga shartnomaning o‘zgartirilgan shartlari bilan
javob yuborilgan taqdirda, bunday javob aksept hisoblanmaydi va yangi oferta hisoblanadi.
Qoidalarning 37-bandiga ko‘ra, shartnomada quyidagi majburiy shartlar, ya’ni:
shartnoma predmeti; taraflarning asosiy huquqlari va majburiyatlari; tovarlarning, ishlar,
xizmatlarning narxi va tavsifi hamda taraflar o‘rtasida hisob-kitob qilish tartibi, kafolat
muddati, agar bu aniq bir tovar uchun belgilangan bo‘lsa, yetkazib berish joyi va shartlari,
yetkazib berish xizmatlari mavjud bo‘lganda, taraflarning javobgarligi, majburiyatlarni
bajarish tartibi va muddatlari, shartnomaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish imkoniyati va
tartibi, bitimni rad etish shartlari, tovar va pul mablag‘larini qaytarish shartlari va tartibi,
shartnoma tuzilgan til to‘g‘risidagi ma’lumot, elektron hujjatga va elektron xabarga havola
qilish vositasida shartnomaga kiritiladigan shartlar va tegishli havoladan foydalanish tartibi
(ular mavjud bo‘lganda), shartnomaning amal qilishini to‘xtatish shartlari; nizolarni hal etish
tartibi; taraflarning joylashgan joyi (pochta manzili), elektron manzili va bank rekvizitlari,
taraflar tomonidan kelishilgan boshqa shartlar bo‘lishi kerak
2
.
Shartnoma unga hamma foydalanishi mumkin bo‘lgan axborot resursida joylashtirilgan
elektron hujjatga havola qilish yo‘li bilan kiritiladigan alohida shartlarni o‘z ichiga olishi
mumkin. Bu holda elektron hujjatni joylashtirgan elektron tijorat ishtirokchisi qonun
hujjatlarida yoki shartnomada belgilangan muddat mobaynida undan erkin foydalanish
imkoniyatini ta’minlashi, bu muddat o‘tganidan keyin esa mazkur elektron hujjatning qonun
hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda saqlanishini ta’minlashi shart. Shartnomaga kiritiladigan
o‘zgartirishlar shartnomaning ajralmas qismi hisoblangan elektron hujjat va (yoki) elektron
xabar sifatida rasmiylashtiriladi.
Shartnomaga ilova sifatida tovarlarni, ishlar va xizmatlarni jismoniy shaxslarga,
shuningdek chakana savdo bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslarga elektron tijorat shaklida
ulgurji va mayda turkumlar bilan sotishda xaridor (buyurtmachi) joylashgan joy bo‘yicha davlat
soliq xizmati organining turg‘un savdo shoxobchasi mavjudligi va nazorat-kassa mashinasi
ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomasi talab qilinmaydi.
Shartnomani tuzishda ERIlar kalitlarini ro‘yxatdan o‘tkazishning bir yoki bir nechta
markazlari tomonidan berilgan ERI kalitlari qo‘llanilishi mumkin. Elektron hujjatlarni, elektron
xabarlarni va elektron tijoratda tuziladigan shartnomalar bilan bog‘liq boshqa ma’lumotlarni
saqlash O‘zbekiston Respublikasi hududida amalga oshirilishi kerak. Elektron tijorat
ishtirokchilari va axborot vositachilari, agar qonun hujjatlarida o‘zgacha hol belgilanmagan
bo‘lsa, ushbu Nizomga muvofiq elektron tijoratni amalga oshirish davomida shakllantiriladigan
elektron hujjatlar va elektron xabarlarni saqlash tartibiga rioya etishlari shart.
Agar tuzilgan shartnomada hamma foydalanadigan axborot resursida joylashtirilgan
elektron hujjatga havola qilish yo‘li bilan unga kiritilgan alohida shartlar mavjud bo‘lsa,
elektron hujjatni joylashtirgan elektron tijorat ishtirokchisi qonun hujjatlarida yoki
shartnomada belgilangan muddat mobaynida unga erkin kirish imkoniyatini, bunday muddat
tamom bo‘lgach esa — ushbu elektron hujjatni ushbu Nizomga muvofiq saqlashni ta’minlashi
shart. Sotuvchi axborot vositachisi bilan axborot vositachisiga elektron tijoratni amalga
2
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 02 iyundagi “Elektron tijoratda bitimlarni amalga oshirish
tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 185-sonli qarori. O‘zbekiston Respublikasi qonun
hujjatlari to‘plami, 2016 y., 23-son, 266-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.07.2018 y.,
09/18/583/1582-son, 16.10.2018 y., 09/18/825/2052-son; 23.11.2019 y., 09/19/943/4066-son; 14.12.2020 y.,
09/20/777/1620-son, 28.12.2020 y., 09/20/810/1673-son.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
151
oshirish davomida shakllantiriladigan elektron hujjatlar va elektron xabarlarni saqlash
huquqini beradigan ikki tomonlama shartnoma tuzish huquqiga ega.
Elektron tijoratdagi elektron hujjatlar, shuningdek elektron shaklda qayd etilgan, o‘z
yuboruvchisini identifikatsiya qilish imkonini beradigan axborot (bundan buyon matnda
elektron xabarlar deb yuritiladi) qog‘ozda rasmiylashtirilgan va o‘z qo‘li bilan imzolangan
hujjatlarga tenglashtiriladi hamda ulardan shartnoma tuzilganligining dalili sifatida
foydalanilishi mumkin. Shartnoma faqat axborot tizimlaridan foydalanilgan holda
tuzilganligiga asoslanib, haqiqiy emas deb topilishi mumkin emas. Elektron tijorat
ishtirokchisining ofertani qabul qilganligi to‘g‘risidagi javobi (aksept) elektron hujjat yoki
elektron xabar tarzida yoxud ofertadagi shartlarni bajarish bo‘yicha harakatlarni bajarish yo‘li
bilan amalga oshirilishi mumkin.
Yuqoridagilarni umumlashtirgan holda, O‘zbekistonda elektron tijoratni rivojlantirish
imkoniyatlari yildan-yilga o‘sib borayotganligini alohida ta’kidlab o‘tish lozim. Uning
rivojlanishi milliy ishlab chiqaruvchilarga yangi bozorlar ochish, yangi mijozlar topish
imkoniyatlarini yaratadi. Elektron tijoratni rivojlantirish bo‘yicha tanlangan va amaldagi
yo‘ldan to‘g‘ri borish, kelajakda O‘zbekiston iqtisodiyotini jahon bozorining yetakchi
vakillaridan biriga aylantiradi. O‘zbekistonda elektron tijorat bo‘yicha mavjud muammolarni
hal qilishning to‘g‘ri yo‘li tanlanganligi xalq farovonligida, jamiyatimizning taraqqiy topishida,
iqtisodiy rivojlanishida o‘z aksini topadi.
References:
1.
Ro‘zinazarov.Sh, Askarov.J, Tursunov.A Elektron tijoratni huquqiy tartibga solish. Mas’ul
muharrir: y.f.d., prof. Sh.N.Ro‘zinazarov. – T., TDYU, 2021.
2.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 14 maydagi “Elektron tijoratni jadal
rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3724-sonli qarori. Qonun hujjatlari
ma’lumotlari milliy bazasi, 15.05.2018 y., 07/18/3724/1261-son, 31.10.2018 y.,
06/18/5564/2137-son,
09.11.2019
y.,
06/19/5870/4010-son;
28.09.2020
y.,
06/20/6075/1330-son.
3.
O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 29-sentabrda qabul qilingan “Elektron tijorat
to‘g‘risida”gi 792-son Qonuni. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2022-y.,
03/22/792/0870-son.