ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
145
O’ZBEKISTONDA IJTIMOIY SOHANING MUHIM YO’NALISHLARI
Rashidova Aziza Aminboyevna
Toshkent davlat pedagogika universiteti, Tarix fakulteti o’qituvchi
https://doi.org/10.5281/zenodo.13904435
ANNOTATSIYA
Ushbu ish ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo’naltirilgan ijtimoiy masalalar aholi bandligi
va real daromadlarini izchil oshirib borish, ijtimoiy himoyasi va sog’lig’ini saqlash tizimini
takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, arzon uy-joylar barpo
etish, yo’l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish
hamda modernizatsiya qilish bo’yicha maqsadli dasturlarni amalga oshirish, ta’lim, madaniyat,
ilm-fan, adabiyot, san’at va sport sohalarini rivojlantirish, yoshlarga oid davlat siyosatini
takomillashtirish kabi ustuvor masalalarni qisman bo’lsada yoritishga bag’ishlanadi.
Kalit so’zlar:
matbuot, milliy g‘oya, ijtimoiy soha, siyosiy faollik, infratuzilma, bandlik,
ta’lim, madaniyat, ijtimoiy himoya, yoshlarga oid davlat siyosati.
IMPORTANT DIRECTIONS OF THE SOCIAL SPHERE IN UZBEKISTAN
Rashidova Aziza Aminboyevna
Tashkent State Pedagogical University, Faculty of History teacher
ABSTRACT
This work is aimed at the development of the social sphere, the gradual
increase in employment and real incomes, the improvement of social protection and health
care, increasing the socio-political activity of women, the construction of affordable housing,
road transport. , implementation of targeted programs for the development and modernization
of engineering and communication and social infrastructure, development of education,
culture, science, literature, arts and sports, improvement of state youth policy. lsada is
dedicated to lighting.
Keywords:
press, national idea, social sphere, political activity, infrastructure,
employment, education, culture, social protection, state youth policy.
ВАЖНЫЕ НАПРАВЛЕНИЯ СОЦИАЛЪНОЙ СФЕРЫ В УЗБЕКИСТАНЕ
Рашидова Азиза Аминбоевна
Ташкентский Государственный Педагогический Университет, исторический
факультет учитель
АННОТAЦИЯ:
Эта работа направлена на развитие социальной сферы, постепенное
увеличение занятости и реальных доходов, улучшение социальной защиты и
здравоохранения,
повышение
социально-политической
активности
женщин,
строительство доступного жилья, автомобильного транспорта., Реализация целевых
программ развития и модернизации инженерно-коммуникационной и социальной
инфраструктуры, развития образования, культуры, науки, литературы, искусства и
спорта, совершенствования государственной молодежной политики.
Ключевые слова:
пресса, национальная идея, социальная сфера, политическая
активность, инфраструктура, занятость, образование, культура, социальная защита,
государственная молодежная политика.
KIRISH
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
146
Bugungi kunda ijtimoiy hayot soha jamiyatning tizimli ravishda tashkil etilgan qismi
sifatida tavsiflash mumkin, bunda odamlarning tarixiy va ijtimoiy guruhlari ularning ijtimoiy
mavqei, jamiyat hayotidagi o'rni va roli to'g'risida o'zaro ta'sir o'tkazadilar. U o'z ichiga
quyidagilarni oladi: sinflar va ijtimoiy qatlamlar, guruhlar, millatlar va millatlarning
manfaatlari, jamiyat va shaxs o'rtasidagi munosabatlar, mehnat va yashash sharoitlari, sog'liq
va bo'sh vaqt. Jamiyatning ijtimoiy hayoti sohasi - bu nisbatan mustaqil, ajralmas quyi tizim
bo'lib, u odamlarning muayyan ijtimoiy hamjamiyatlar a'zosi sifatida faoliyati va ularning
jamiyatdagi mavqeining tengligi va tengsizligi nuqtai nazaridan ular o'rtasida yuzaga keladigan
munosabatlar bilan tavsiflanadi. Jamiyatning boshqa sohalari qatorida ijtimoiy hayot
sohasining muhim roli ijtimoiy faoliyat va munosabatlarda turli ijtimoiy jamoalarning hayotiy
vaziyatida tenglik yoki tengsizlik o'lchovi amalga oshirilayotganligi bilan belgilanadi. Bu
to'g'ridan-to'g'ri ijtimoiy adolat tamoyilini amalga oshirish darajasida aks etadi. Shu sababli
ijtimoiy hayot sohasini yanada rivojlantirish - chuqur o'zgarish yo'liga qadam qo'ygan
jamiyatimizni takomillashtirishning asosiy vazifalaridan biridir.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR
Tadqiqot jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev asarlari, tarixiylik
va xolislik tamoyillariga suyangan holda, qiyosiy – tarixiy, mantiqiy tahlil va davrlashtirish
usullaridan foydalanildi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Aholiga majburiy ijtimoiy kafolatlarni ta’minlash, aholining ehtiyojmand qatlamlarini
ijtimoiy himoyasiga nihoyatda katta e’tibor berilayotgani hamda keksalar va imkoniyati
cheklangan shaxslarni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlashni kuchaytirish, ijtimoiy xizmat
ko’rsatishni yaxshilash, aholiga ijtimoiy xizmatlar ko’rsatishda davlat-xususiy sherikligini
rivojlantirishga davlatimiz timonidan katta e’tibor berib kelmoqda. Aholiga tibbiy va ijtimoiy-
tibbiy xizmat ko’rsatish qulayligi hamda sifatini oshirishga, aholi o’rtasida sog’lom turmush
tarzini shakllantirishga, tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga
yo’naltirgan holda sog’liqni saqlash sohasini, eng avvalo, uning dastlabki bo’g’inini, tez va
shoshilinch tibbiy yordam tizimini yanada isloh qilish kabi muhum vazifalar belgilab berilgan:
- aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirish; - aholi bandligi va real daromadlarini izchil
oshirish; - yangi ish o‘rinlari yaratish hamda aholining, eng avvalo, o‘rta maxsus va oliy o‘quv
muassasalari bitiruvchilari bandligini ta’minlash, mehnat bozori infratuzilmasining mutanosib
rivojlanishini ta’minlash, ishsizlik darajasini kamaytirish; - mehnatga layoqatli aholining
mehnat va tadbirkorlik faolligini to‘liq amalga uchun sharoitlar yaratish, ishchi kuchi sifatini
yuksaltirish, ishga joylashtirishga muhtoj shaxslarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va
malakasini oshirish tizimini kengaytirish. O`zbekiston Respublikasi aholisining turmush
darajasi va farovonligini o`rganish maqsadida, davlat statistika organlari tomonidan har yili uy
xo`jaliklarida tanlama usulda kuzatuvlar o`tkaziladi. "Aholi turmush darajasi" tushunchasi juda
murakkab va ko'p qirrali bo'lib, uni tavsiflash uchun biror indikatorni tanlash qiyin, shuning
uchun bu atamaning turli jihatlarini tavsiflaydigan bir qator statistik ko'rsatkichlar hisoblab
chiqiladi. Bugungi kunda aholining turli guruhlari manfaatlari hisobga olinmoqda, ish bilan
bandlikning samarali tizimi va ish haqi to’lash tizimi, aholini ijtimoiy muhofaza qilish bo'yicha
chora-tadbirlarni ko’rish orqali har bir insonga munosib hayot bilan ta’minlanmoqda. So`nggi
yillarda hukumatimiz tomonidan aholi daromadlari va turmush darajasini yanada oshirish,
fuqarolarni ijtimoiy qo`llab-quvvatlash maqsadida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
147
natijasida aholi jon boshiga to`g`ri keladigan daromadlar, ish haqi va pensiyalar izchil ravishda
o`sib borgani yaqqol namoyon bo`lmoqda. Aholini ijtimoiy himoya qilish – bu davlatning
bevosita aniq maqsadli, aholining normal yashash sharoitlarini ta'minlovchi kafolatlar
tizimidir. Aholini ijtimoiy himoya qilish va sog’liqni saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-
qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, keksalikni, mehnatga layoqatliligini yoki
boquvchisini yo’qotishni sug’urtalash (pensiya ta’minoti), kam “Uchinchi renessans: ilm-fan va
ta’lim taraqqiyoti istiqbollari” ISSN 2181-1784 229 w 2021 December www.oriens.uz
ta'minlangan oilalarga ijtimoiy to’lovlar (bolalar uchun nafaqalar), vaqtinchalik ishsizlarni
ijtimoiy qo'llab-quvvatlash (ishsizlik nafaqalari), moddiy ta’minlanganligi va xizmatlarini
hisobga olgan holda aholining ayrim toifalari uchun imtiyoz va qulayliklar (patronaj xizmatlari
ko'rsatish, mahsulot, dori-darmonlarni etkazib berish va h.) berish, onalikni himoya
qilish(tug’ruqgacha va tug’ruqdan keyingi mehnat ta’tillari), salomatlikni sug'urtalash
(vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik nafaqalari), ta’lim olayotgan yoshlarni moddiy qo’llab-
quvvatlash (stipendiyalar), nogironlikning oldini olish va mehnat qobiliyatini tiklash
(nogironlarni reabilitatsiya qilish, protez ortopedik markazlar) tizimi orqali ta'minlanadi.
Davlat qonunlar va qonunosti hujjatlar tizimi orqali aholini ijtimoiy himoya qilish darajasini
tartibga soladi, eng kam yashash minimumini aniqlaydi va undan kelib chiqqan holda, eng kam
oylik ish haqi, ijtimoiy to’lovlar, sug'urta mukofotlari va ijtimoiy yordam (imtiyozlar) turlarini
belgilaydi, ijtimoiy himoya qilishda ishtirok etuvchi xizmat (idora) larning faoliyatini
muvofiqlashtiradi. Shu bilan birga, aholini ijtimoiy himoya qilish darajasini tartibga solish
bo'yicha davlatning eng samarali roli aholini kasbiy tayyorgarlikka, qayta tayyorlash va malaka
darajasini oshirishga ko’maklashish uchun aholiga, shu jumladan nogironligi bo’lgan shaxslarga
qo'shimcha ish o’rinlari yaratishni rag’batlantirishdan iborat.
Aholining ijtimoiy himoyasi quyidagi ijtimoiy yordam turlari orqali ta'minlanadi:
- pensiyalar;
- ijtimoiy nafaqalar;
- imtiyozlar, afzalliklar va xizmatlar;
- bir martalik (tizimli bo'lmagan) moliyaviy yordamlar.
Kam ta'minlangan oilalar farzandlari – bu jami daromadlari har bir oila a’zosiga
taqsimlanganda rasmiy belgilangan eng kam miqdorga etmaydigan oilalardagi mehnatga
layoqatli yoshga yetmagan bolalardir. Ushbu turdagi shaxslarning ijtimoiy himoyasi bolalarga
beriladigan nafaqalar tizimi orqali amalga oshiriladi. Kam ta'minlangan oilalarga moddiy
yordam berish, yosh bolali oilalarga farzandi 2 yoshga yetguncha nafaqalar berish, shu bilan
birga 14 yoshga to'lmagan bolali oilalar uchun ijtimoiy nafaqalar belgilandi. Mahallalarda
Respublika va mahalliy byudjetlar mablag'lari hisobiga, shuningdek korxonalar, tashkilotlar va
alohida jismoniy shaxslar tomonidan ixtiyoriy ravishda o’tkaziladigan mablag'lar hisobiga
maxsus fondlar tashkil etildi. Ta’lim va fan sohasini rivojlantirish ya’ni uzluksiz ta’lim tizimini
yanada takomillashtirish, sifatli ta’lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining
zamonaviy ehtiyojlariga mos yuqori malakali kadrlar tayyorlash siyosatini davom ettirishni
ko’zda tutadi. Shuningdek, maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog’ini kengaytirish va ushbu
muassasalarda bolalarning har tomonlama intellektual, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun
shart-sharoitlarni tubdan yaxshilash, bolalarning maktabgacha ta’lim bilan qamrab olinishini
jiddiy oshirish va foydalanish imkoniyatlarini ta’minlash, pedagog va mutaxassislarning malaka
darajasini yuksaltirish oliy maqsadlarimizdan hisoblanadi. Ta’lim tizimi eng katta
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
148
kontingentlardan biri. Uni yagona maqsadga yo‘naltirish, yo‘naltira olish – bu chinakam baxt,
farovon kelajak degani.
XULOSA VA TAKLIFLAR
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak harakatlar strategiyasining “ijtimoiy sohani rivojnantirish”
deb nomlangan to’rtinchi yo’nalish aholi badligini oshirish, fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish
va ularning salomatligini saqlash, yo’l-transport, muhandislik kommunikatsiya hamda ijtimoiy
ijtimoiy infra tuzulmani rivojlantirish va modernizatsiyalash va aholini elektr energiya gaz
bilan ta’minlashni yaxshilash, aholining muhtoj qatlamlariga ko’ratiladigan ijtimoy yordam
sifatini oshirish, xotin qizlarning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi maqomini oshirish hamda
Mamlakat iqtisodiyotining transformatsiyasi xo’jalik tarmoqlari bo’yicha ish bilan bandlik
tarkibi o’zgarishiga olib keladi. Bu o’rinda yangi hodisalargagina emas, balki ish bilan to’liq
bandlikka, xodimlarning tarmoqlar va sohalar bo’yicha rejali taqsimlanishiga asoslangan
oldingi munosabatlar buzilishiga duch kelinadi. Mana shu nuqtai nazardan ish bilan bandlik
tarkibida yuz berayotgan o’zgarishlarni tahlil qilish birinchi darajali nazariy va amaliy ahamiyat
kasb etadi. Shunday qilib, ushbu muammoni tadqiq etishning dolzarbligi aholini ish bilan
ta’minlash tarkibini takomillashtirishning nazariy, metodologik va amaliy bazasini ishlab
chiqish tugallanmaganligi bilan belgilanadi. Shu bilan birga, aholini ijtimoiy himoya qilish
darajasini tartibga solish bo'yicha davlatning eng samarali roli aholini kasbiy tayyorgarlikka,
qayta tayyorlash va malaka darajasini oshirishga ko’maklashish uchun aholiga, shu jumladan
nogironligi bo’lgan shaxslarga qo'shimcha ish o’rinlari yaratishni rag’batlantirishdan iborat.
References:
1.
Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan quramiz. –
T.:O‘zbekiston, 2017.
2.
Mirziyoyev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga
ko‘taramiz. /1-jild/ –T.: O‘zbekiston NMIU, 2017. 592-b.
3.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi “Oliy ta’lim muassalarida
ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli
islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi
qarori.
4.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “O‘zbekiston
Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF- 4947-
son Farmoni. // O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami. 2017- yil,6-son ,70-modda.