ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
137
MO‘G‘UL IMPERYASINI TASHKIL ETILISHI VA DASTLABKI BOSHQARUV
TIZIMI
Zokirov Zohidjon Toxirjon o‘g‘li
Namangan to‘qimachilik sanoat instituti
https://doi.org/10.5281/zenodo.13904399
O‘rta asrlar manbalarining ma'lumotlariga ko‘ra, XII asr oxiri XIII asr boshlarida mo‘g‘ul
qabilalari va elatlarining qudratli davlatga birlashuvi jarayonlari bo‘lib o‘tadi. Yozma
manbalarda mo‘g‘ullar menu(menva) nomi bilan ilk marotaba Xitoyning Tan sulolasi (618-908
y.y.) solnomasida tilga olinadi. Aksariyat manbalarda mo‘g‘ullarning birlashuv jarayonlari
Temuchin nomi bilan bog‘lanadi.Temuchin, bo‘lg‘usi Chingizxon ayrim tarixiy manbalarda
1162-yilda, yana ayrimlarida 1155-yilda tug‘ilgan deb ko‘rsatiladi
1
. U tug‘ilgan vaqtda otasi
Yesugey-bahodir tatarlar yo'lboshchisi Temuchin – ugeni mag‘lub etgani sabab, o‘z o‘g‘liga
o‘sha mag‘lub dushman nomini beradi
2
.
Temuchin 1200-yillar atrofida o‘ziga va Vanxonga qarshi tuzilgan taychiut, xatakin,
saljiut, dorben va xungirat (qo‘ng‘irot) qabilalarini alohida-alohida mag‘lubiyatga uchratadi.
1201-yilda Kann va Argun daryolari oralig‘idagi qurultoyda Jamuxa Temuchinga qarshi tuzgan
qabilalarning kuchli ittifoqi, tomonidan xon deb e'lon qilinadi va unga «gurxon» degan unvon
beriladi.
Mo‘g‘uliston hududidagi barcha kuchli raqiblarini yengib, mo‘g‘ul davlatlaridagi yagona
qudratli yo'lboshchiga aylangan Temuchin 1206-yilda Onon daryosi bo‘yida barcha mo‘g‘ul
qabilalari aslzodalari ishtirokida qurultoy chaqiradi
3
. Rashididdin asarida Chingizxonni xon
qilib ko‘tarish marosimida uning bahodirlari Chingizxonga nisbatan sodiqlik to‘g‘risida qasam
ichganlar. O‘sha qurultoyda Temuchin barcha mo‘g‘ul qabilalarining xoni deb e'lon qilinadi va
unga Chingizxon nom beriladi. «Chingiz» so‘zi xitoy tilidagi Tyan szi - “osmon o‘g‘li” so‘ziga
to‘g‘ri keladi.
Xon hokimyatining belgisi sifatida to‘qqizta oq ot dumlari ifodalangan bayroq joriy
etilgan. Xitoy ma'lumotlariga ko‘ra, ushbu bayroqda qora oy tasvirlangan edi
4
. Chingizxon o‘z
harbiy kuchlarini isloh qilib, davlati sarhadlarini kengaytirish harakatini boshladi. Qoraqurum
shahri yangi davlatning poytaxti sifatida tanlandi. Mo‘g‘ul davlati – yeke Mo‘ng‘ol ulus (buyuk
mo‘g‘ul davlati) deb atalgan. Bu davlat harbiylashgan tizimga asoslangan. Qo‘shinlar o‘nlik,
yuzlik, minglik va o‘n minglik (tuman)ka bo‘lingan. O‘nlikka o‘nboshi, yuzlikka yuzboshi,
minglikka mingboshi va o‘n minglikka tumanboshilar boshchilik qilgan
5
. Mo‘g‘ullar davlatining
asosiy qonunlar to‘plami «Yasoq» deb atalgan. Uning asosida butun mamlakatda qattiq tartib
o‘rnatildi. «Yasoq» qonunlarining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat bo‘lgan:
1.
Saylangan xon, «Yasoq»ga rioya qilishi to‘g‘risida qasam ichgan. Xalqqa «Yasoq»qa
xiyonat qilgan xonni taxtdan ag‘darish va umrbod qamoq jazosiga hukm qilish huquqi berilgan.
1
Genghis
Khan|Biography,
Conquests,
Achievements,
&
Facts|Britannica
(https://www.britannica.com/biography/Genghis-Khan) (англ.).www.britannica.com. Дата обращения:9 июля2022.
2
Genghis Khan // Encyclopædia Britannica (https://www.britannica.com/biography/Genghis-Khan)
3
Монгольский обыденный изборник. 203 (http://www.vostlit.info/Texts/rus10/Sokr_skaz/text3.phtml?id=4415) //
Сокровенное сказание /Пер. С. А. Козина. – М.–Л., 1941.
4
Бартольд В.В. Работы по истории и филологи тюрских и монголских народов. Восточная литература.
– М.2002.615-б.
5
Бартольд В.В. Работы по истории и филологи тюрских и монголских народов. Восточная литература.
– М.2002.615-б.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
138
2.
Yagona Xudo (Tangri)ni tan olish belgilangan.
3.
Turli din peshvolari, darveshlar, qozilar, tabiblar soliq to‘lashdan va og‘ir ishlardan ozod
qilingan.
4.
Buyruqsiz dushmanni talon-taroj qilganlik uchun o‘lim jazosi belgilangan.
5.
Urush davrida ayollarning gunohlarini afv etish lozimligi qayd etilgan.
6.
O‘g‘rilarga nisbatan qattiq jazo belgilangan.
7.
«Yasoq»da askarga yalpi qirg‘in uslubi faxrli ish ekanligi alohida uqtirilgan
6
.
XIII asr muallifi Juvayniyning yozishicha, osoyishtalik davrida chorvachilik bilan mashgʻul
boʻlgan barcha moʻgʻul aholisi muqoraba (harbiy yurish) eʼlon qilinishi bilan tezda oʻn, yuz,
ming, oʻn ming jangchi – tuman boʻlinmalaridan iborat muntazam qoʻshinga aylantirilardi. Har
bir jangchi harbiy yurish vaqtida oʻziga zarur boʻladigan qurol-yarogʻ, turli anjomlar va ot-
ulovlarini oldindan tayyorlab qoʻyishga majbur boʻlgan. Qoʻshin yuzboshi, mingboshi,
tumanboshilar tomonidan boshqarilgan. Tuman boʻlinmalariga, odatda, shahzodalar
qoʻmondonlik qilgan. Asosiy qoʻshindan tashqari, Chingizxon ixtiyorida harbiy zodagonlardan
tuzilgan maxsus gvardiya („keshik“) ham tashkil etiladi. Bu gvardiya faqat favqulodsa sodir
boʻladigan xavf-xatarga qarshi tashlanardi. Davlat maʼmuriyatini markazlashtirish maqsadida
Chingizxon Qoraqurum qalʼasini oʻz imperiyasining poytaxtiga aylantiradi. Keyinchalik u
ko‘chmanchilarning kundalik hayoti va siyosiy ishlarining ko‘p qismini qamrab olish uchun uni
kengaytirdi. U ayollarni sotishni, oʻgʻirlikni, moʻgʻullar oʻrtasida urush-janjal qilishni, naslchilik
davrida hayvonlarni ovlashni man qilgan. Oila, oziq-ovqat va armiyaga oid qonunlardan
tashqari, Chingiz diniy erkinlikni ham qaror qildi va ichki va xalqaro savdoni qo‘llab-quvvatladi.
U kambag‘al va ruhoniylarni soliqdan ozod qildi.
1206-1211 yillar bepayon Go‘bi sahrosidagi qavm–qabilalar itoatga keltirilgan, undan
so‘ng Shimoliy Xitoyda erishgan muvafaqiyatlarini mustahkamlab olgandan so‘ng Chingizxon
1207–1211 yillarda Sibir va Sharqiy Turkiston xalqlarini bo‘ysundirish uchun harakat
boshlaydi. 1210-yilda Chingizxon uyg‘urlarni va ular bilan birga Qora Xitoyga tobe bo‘lgan
kichik qabilalarni o‘z fuqarologiga oladi
7
.
1210-yil naymanlar yo'lboshchisi Kuchluk Chingizxon ta'qibidan qochib Mo‘g‘ulistondan
qochib ketib, Gurxon qo‘shiniga zarba berib, O‘zgandagi G‘aznani egallaydi. 1219-yil Chingizxon
qo‘shini Sharqiy Turkiston va Yettisuvga kirib, Kuchlukning davlatini parchalab tashlaydi.
Kuchluk qoraxitoylar davlati xarobalarida Xo‘tan, Yorkent, Qoshg‘ar Yettisuv va Farg‘ona
viloyatlaridan ancha katta, ammo mustahkam bo‘lmagan davlat tuzgan edi. U aholining
musulmon qismi bilan til topisha olmay ularni quvg‘in qilishga o‘tadi. Chingizxon bundan
foydalandi. Kishilarni diniy mansubligi uchun taqib etmaganligi sababli Kuchlukka yordam
bergan musulmonlar unga yordam bera boshladi. O‘zlarining musulmon vassallari bilan jangda
qoraxitoyliklar hukumati avvalida muvafaqqiyat qozondi. Faqatgina Chingizxon tomonidan
Mo‘g‘ulistondan siqib chiqarilgan ko‘chmanchilar imperiyaning sharqiy chegarasiga o‘tgach
vaziyat o‘zgardi. Ular boshida g‘arbiy mo‘g‘ul qabilasining eng qudratli naymanlarning so‘ngi
xonining o‘g‘li Kuchluk turgan. Ba'zi ma'lumotlarga ko‘ra, Kuchluk Yettisuvga yetib kelganidan
so‘ng (1209) o‘z ixtiyori bilan Go‘rxon huzuriga keladi. Boshqa ma'lumotlarga ko‘ra esa u qora
xitoy qo‘shinlari tomonidan qo‘lga olingan. Juvayniyning ma'lumot berishicha, go‘yoki Kuchluk
va qo‘zg‘olon ko‘targan musulmon hukmdorlardan Xorazmshoh Muhammad o‘rtasida kelishuv
6
Eshov B. O‘zbekistonda davlat va mahalliy boshqaruv tarixi. –Toshkent: Yangi asr avlodi, 2012. – B. 253.
7
Eshov B. O‘zbekistonda davlat va mahalliy boshqaruv tarixi. –Toshkent: Yangi asr avlodi, 2012. – B. 253..
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
139
tuziladi. Unga ko‘ra, Sharqiy Turkiston, Kuljin o‘lkasi, Yettisuv Go‘rxonni mag‘lub etadigan bir
odamga o‘tishi kerak edi
8
. Ma'lumotlarga ko‘ra, Kuchluk mo‘g‘ullardan jangsiz qochib ketdi. Bir
qator hikoyalarga asosan, shuni tahlil qilish mumkinki, mo‘g‘ullar Kuljin o‘lkasidan yettisuvga
kirib, o‘sha joydan Qoshg‘arga bostirib kiradi. Yettisuv poytaxti Bolasog‘un ular tomonidan
qarshiliksiz egallandi, ular tomonidan Gobaliq, ya'ni yaxshi shahar nomini oladi. Qoshg‘arda
balki, yettisuvda ham Kuchluk tomonidan olib qo‘yilgan jamoviy e'tiqod qilish huquqini
musulmonlarga qaytarish to‘g‘risida Jebe buyruq beradi. Aholi mo‘g‘ullarni og‘ir jabr –
zulmlardan xalos etuvchilar sifatida kutib olishda va qisqa vaqt ichida ularning uyida
joylashgan Kuchluk qo‘shinlarni chiqaradi. Kuchluk Sariko‘lda qo‘lga olinib, o‘diriladi. Shundan
so‘ng shaharlar mo‘g‘ullarga itoatkorlik bildiradilar. Tinch aholining mol–mulklariga tegmay
mo‘g‘ullar ma'lum miqdorda o‘ljani qo‘lga kiritadi. O‘sha davrda Kuchluk davlatining
egallanishi shunchalar muhim voqea bo‘lgan ediki, endilikda Chingizxon o‘z sarkardasining o‘z
g‘alabalaridan g‘ururlanib, itoatkorlikdan chiqib ketishidan hayiqa boshlaydi. Shubhasiz,
mo‘g‘ullar tomonidan Sharqiy Turkistonning egallanishi to‘g‘risidagi xabar Sulton fuqarolariga
yetib boradi va ularda kuchli taassurot qoldiradi
9
. Shu tariqa XIII asr o‘ninchi yillari oxiriga
kelib Sharqda ikkita yirik davlat -Xorazmshoh -Anushteginlar va Chingizxon davlatlari mavjud
bo‘lib, ular o‘rtasida urush bo‘lishi muqarrar edi.
Xulosa
Xulosa qilib aytganda, dastlab Chingizxon o‘zi yaratgan ko‘plab imperiyani
boshqarishdagi tartib-qoidalari farzandalari davrida qattiq rioya etildi. Biroq ularning
vafotidan ko‘p ham o‘tmay imperiyada bosh-boshdoqlik sezildi. Bunda aynan Botu bilan Tulu
va O‘qtoy bilan Chig‘atoy xonadonlari o‘zaro hamkorlikda bir-birlariga qarshi chiqa boshladilar.
Bu esa tomonlarning ko‘proq yutuqlarga ega bo‘lishi ilinjida kerak bo‘lsa avlodlar qadriyatidan
ham voz kechish holatiga va uluslarning ichki hayotiga bilvosita aloqador bo‘lgan boshqaruvini
amalga oshirish tomon zamin tayyorladi.
References:
1.
B.Ahmedov. Tarixdan saboqlar. – T.: O’qituvchi, 1994. 427b.
2.
André Wink-Al-Hind. the Making of the Indo-Islamic World. – Svatopluk Soucek:
Cambridge University Press, 2000. – 202p.
3.
Бартолд В.В. Туркестан в эпоху монгольского нашествия. – М.: 1963. – 755с.
4.
Бартольд В.В. Работы по истории и филологи тюрских и монголских народов. – М .:
2002. – 757c
5.
Бартолд В.В. Очеркь истории Семиречья. – М .: 1963. –190с.
6.
Ибн ал-Асир. Ал-камил фи-т-та’рих. – Ташкент: Узбекистан, 2006. – с.346-347
7.
Давидович Е. А. Денежное хозяйство Средней Азии после монгольского завоевания
и реформа Масуд-бека – М.: Наука, 1972. – 97c.
8.
Егоров В. Л. Историческая география Золотой Орды в XIII –XIV веках. – М.: Наука,
1985. – С. 111 –112.
9.
http://www.vostlit.info/Texts/rus16/Rasidaddin_perepis
10.
Rashīd ad-Dīn
http://www.britannica.com/EBchecked/to
8
Бартолд В.В. Очеркь истории Семиречья. – М .: 1963. – 190
9
Бартолд В.В. Туркестан в эпоху монгольского нашествия М. Сочинения том 1. 1963. 470-б
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
140
11.
https://www.webcitation.org/65V5y4Cz
R?url=http://www.britannica.com/EBchecked
/topic/4916 90/Rashid-ad-Din/#
12.
https://web.archive.org/web/201001
08010302/http://www.newadvent.org/См.
также Примечанияcathen/12071c.html