ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
113
KO‘ZI OJIZ VA ZAIF KO‘RUVCHI BOLALAR UCHUN IXTISOSLASHTIRILGAN
MAKTAB-INTERNATLARDA TA’LIM BERISH SIFATINI OSHIRISH
Yaxshiyev Dilshod
Samarqand shahar 59 son "Nurli maskan"
maktab-internati oʻqituvchisi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.13904180
Annotatsiya
Ushbu maqola ko'zi ojiz va zaif bolalarga internat maktablarida texnologiya va maxsus
mashg'ulotlardan foydalanishni o'rganishga yordam berish haqida. Unda o'qituvchilar bu
bolalarga o'z darslarida hunarmandchilik va boshqa amaliy ko'nikmalarni o'rganishga qanday
yordam berishlari haqida gapiradi. Shuningdek, u o'rganish uchun to'g'ri muhitni qanday
yaratishni tushuntiradi.
Kalit so‘z:
Dars, o‘quvchi, hunarmand, xalq hunarmandchiligi, kasb ta’lim-tarbiya tizimi,
ixtisoslashtirilgan maktab-internat.
Kirish
Respublikamizda keyingi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlarda jamiyatda amalga
oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar barcha sohalarda, siyosiy, g‘oyaviy, ma’naviy,
mafkuraviy sanoat va san’atda, madaniyatda, tibbiyot va fan, maorifda, turli tiklanishlar va sifat
samaradorliklar oshirishiga erishilmoqda. So‘nggi yillarda mamlakatimizda “Inson qadri
uchun” tamoyili asosida nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada
takomillashtirish, xususan ko‘zi ojiz va ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan bolalarning jamiyatdagi
o‘rnini mustahkamlash yuzasidan zarur chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Mazkur yo‘nalishdagi islohotlarning izchilligi va tizimliligini ta’minlash, ko‘zi ojiz va zaif
ko‘ruvchi bolalarning ta’lim olishi uchun yaratilgan shart-sharoitlarni yanada yaxshilash,
ularning jamiyatga moslashuviga ko‘maklashish hamda qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ishlarni
yangi bosqichga olib chiqish maqsadida PQ-209 raqamli O‘zbekiston respublikasi
prezidentining “Ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-
internatlarda ta’lim berish sifatini oshirish hamda ular faoliyatini yanada takomillashtirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori1- bandida sifatli ta’lim va tarbiya berishga, ularning maishiy
sharoitlarini yaxshilashga, shuningdek, o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish
hamda intellektual, jismoniy va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga, 3- bandi a) qismida
2022/2023 o‘quv yilidan boshlab: “Nurli maskan” maktablarining Brayl yozuvidagi darsliklar
va o‘quv qo‘llanmalar, badiiy hamda bolalar uchun mo‘ljallangan adabiyotlar, turli ixtisoslik va
yo‘nalishlardagi bosma va audiokitoblarga bo‘lgan ehtiyoji har olti oyda o‘rganiladi va shu
asosda adabiyotlar ro‘yxati shakllantirib boriladi.“Nurli maskan” ixtisoslashtirilgan maktab-
internatlarining shart-sharoitlarini bosqichmabosqich yaxshilash bo‘yicha“yo‘l xaritasi”da
belgilangan 5-vazifada Maktab-internatlar va oliy ta’lim muassasalarining kutubxonalari
sharoitlarini yaxshilash va ularni ko‘zi ojizlar hamda zaif ko‘ruvchi bolalar uchun turli
adabiyotlar bilan bosqichma-bosqich to‘ldirib borish to‘grisida ko‘rsatma berilgan.
Metod va ishning tahlili
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 20.01.2023 sanasida maktablarda xorijiy tillar va
kasb o‘rgatish tizimini rivojlantirish masalalari bo‘yicha kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazildi.
Kengaytirilgan yig‘ilish da xorijiy tillarni o‘qitish sifatini oshirish va o‘quvchilarni kasbga
yo‘naltirish masalalari muhokama qilindi. O‘zbekistonda 11 yil maktabda o‘qigan bola chet
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
114
tilini mukammal bilmaydi. Sharoit va mutaxassislar yo‘qligi sababli yoshlarni kasblarga
qiziqtirish muhiti shakllanmagan. Maktab bitiruvchilarining 50 foizi mehnat bozoriga hech
qanday kasbga ega bo‘lmasdan kirib kelmoqda.
«Maktabdan kasb va tilni bilib chiqqan bola jamiyatimizning katta yutug‘i, bilmagani
muammo», dedi Shavkat Mirziyoyev.
Uchrashuvda turli yo‘nalishlarda tahsil olayotgan talabalarga yangi ish o‘rinlarini
egallashga qanday yordam berish haqida gapirildi. Ular 64 nafar ishchi-xizmatchini turli kasb-
hunarga tayyorlashga qaror qildilar. Buning uchun ular maktablarda maxsus ustaxonalar
tashkil etishni va o'rganish uchun zarur bo'lgan asboblar va materiallarni ta'minlashni
tanladilar. Ular, shuningdek, yosh yetakchilar va tadbirkorlarni jalb qilishni rejalashtirgan va
buning uchun maxsus jamg‘arma mablag‘larini sarflashga qaror qilgan.
«Hozir tadbirkorlar, ishlab chiqaruvchilarni shu masala qiynayapti: bo‘sh ish joyi ko‘p,
oyligi ham yaxshi, lekin o‘quvi va ko‘nikmasi bor ishchi yo‘q. Agar bu tizim to‘g‘ri tashkil qilinsa,
bizdagi demografik o‘sish bilan katta natijalarga erishsa bo‘ladi», dedi davlat rahbari.
1.
Ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar
texnologiya darslarida o’quvchilarni xalq hunarmandchiligi asosida tarbiyalash tarixiy
manbalarda yoritilgan mutafakkir, donishmand va allomalarning asarlari mazmunini
talabalarga yetkazish o‘rganish va tahlil qilish orqali ushbu sohaning dolzarb ilmiy-nazariy
asoslarini yaratish kerak
2.
Ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar
texnologiya darslarida o’quvchilarni xalq hunarmandchiligi asosida tarbiyalash
hunarmandchilikning milliy, mahalliy va mintaqaviy imkoniyatlarini hisobga olgan holda,
talabalar faol ishtirok etadigan sohalarni tanlash va ularning ta'lim jihatlarini rivojlantirish
zarur;
3.
Ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarida amalda
qo‘llanilayotgan o‘quv dasturlari mazmunini tanlashda o‘quvchilarni xalq hunarmandchiligi
asosida tarbiyalashda, xalq hunarmandchiligi asoslarini o‘rganishini tarkib toptirish hamda
ularga xalq hunarmandchiligining zamonaviy sohalari misolida o‘rgatish lozim;
4.
O‘quv jarayonida o‘quvchilarni xalq hunarmandchiligi asosida tarbiyalashda ta’limning
maqsad va vazifalarini belgilashda, albatta, ularning o‘ziga xos pedagogik usullari va
vositalaridan foydalanish lozim bo‘ladi.
Ayni damda odamlarga butun umri davomida ta’lim beradigan maktablarda biz asosiy
e’tiborni mamlakatimiz tarixi, madaniyati va qadriyatlaridan muhim narsalarni o‘rganishga
qaratamiz. Bizning asosiy maqsadlarimizdan biri bu fanlarni o‘rgatishning eng yaxshi yo‘llarini
topish va ulardan hamma o‘rganishi mumkinligiga ishonch hosil qilishdir.
Xulosa
Respublikamiz ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlardan kelib chiqqan holda
qo‘yilgan talablar Ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-
internatlari o‘quvchilarni mehnatga tayyorlashning muammolari echimini topishga qaratilgan
izlanishlar faollashuviga sabab bo‘ldi. Bu boradagi tadqiqotlarlarning yosh avlodni kasb
tanlashga tayyorlashning amaliy echimini topishga qaratilgan quyidagi asosiy yo‘nalishlarini
qayd etish mumkin:
•
Ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internati
o‘quvchilarning kasblar olamida yo‘nalish olishiga yordam beruvchi hamda o‘z individual
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
115
imkoniyatlarini haqqoniy baholay olish ko‘nikmalari zarur darajasini ta’minlovchi axborotlar
tizimini yaratish;
•
Ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internat
o‘quvchilarini mehnat tarbiyasiga yordam berish maqsadida shaxsni o‘rganishning tashxis
metodlarini ishlab chiqish;
•
yoshlarga kasbiy konsultatsiyalar uyushtirishning nazariy va metodik asoslari;
•
mehnatga tayyorlashning ijtimoiy ahamiyatli motivlarini asoslash;
Ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarida
to‘garak ishini tashkillashtirish va tarbiyaviy tadbirlarni amalga oshirishda quyidagi asosiy
vazifalarga e’tibor qaratish lozim bo‘ladi.
References:
1.
O‘zbekiston respublikasi prezidentining 19.04.2022 sanadagi PQ-209 raqamli “Ko‘zi ojiz
va zaif ko‘ruvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarda ta’lim berish sifatini
oshirish hamda ular faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori.
2.
Qo‘ysinov O.A. Kasb ta’limi yo‘nalishi bakalavr o‘qituvchilarini tayyorlashda mustaqil
ta’limning ilmiy -metodik asoslari: Dis. ... ped. fan. nom. – T: TDPU, 2008. – 160 b
3.
Sharipov Sh.S. va b. Texnologiya ta’limi: Darslik, 5- sinf. -T.: “SHarq”, 2015. -237 b.
4.
Zaripov L.R. Innovatsion yondashuv asosida 5-7-sinf o‘quvchilarida texnologik
kompetensiyalarni shakllantirish metodikasi. Dis. … p.f.f.d. (PhD) .–T.: 2020. - 150 b
5.
Igamov S.S. Umumta’lim maktablarining texnologiya darslari jarayonida xalq
hunarmandchiligini o‘rganishdagi ayrim muammolar va echimlar //Xalq ta’limi jurnali –
T:2021, №6. 73-75 b
6.
Igamov S.S. O‘quvchilarni xalq hunarmandchiligiga o‘rgatish jarayonida ijodkorlik
kompetensiyalarini shakllantirishning innovatsion texnologiyalari Dis. … p.f.f.d. (PhD) .–
Samarqand.: 2022. - 144 b.