ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
68
TEXNIK OLIY TA’LIMDA MUAMMOLI TA’LIM TEXNOLOGIYALARINI
QO‘LLASH
Tursunova Gulbahor Sharofovna
Buxoro muhandislik-texnologiya instituti “Yengil sanoat muhandisligi va dizayni”
kafedrasi dotsenti v.v.b., texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
https://doi.org/10.5281/zenodo.13897999
Annotatsiya.
Ushbu maqolada
talabalarning bilish faolligi hamda ijodiy mustaqilligini
oshirishda muammoli ta’lim metodlaridan foydalanishning ahamiyati, muammoli ta’limning
maqsadi, “keys” va “Muammoli vaziyat” metodlarini tashkil etish bosqichlari, o‘qituvchi va
talabalarning birgalikdagi faoliyati, mazkur metodlar asosida dars jarayonini tashkil etish
algoritmlari kabi masalalar yoritilgan.
Tayanch so‘zlar:
muammoli ta’lim, o‘qituvchi, talaba, keys metodi, muammoli vaziyat
metodi, pedagogik faoliyat, jarayon algoritmi.
Zamonaviy sharoitda talabalarning o‘quv-bilish faolliklarini kuchaytirish, o‘qitish sifatini
oshirish va samaradorligini yaxshilash maqsadida innovatsion xarakterga ega ta’lim
shakllaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Jumladan, ta’lim-tarbiya jarayonida har bir
shaxsning qobiliyatini rivojlantirish, uni ijodkorlikka undashda muammoli ta’lim
texnologiyalarini qo‘llash yuqori samara berishini bugun jahon ta’limi ta’kidlamoqda.
Muammoli ta’lim – bu talabalarning bilish faolligi hamda ijodiy mustaqilligini oshiradi.
Muammoli ta’limning mohiyati muammoli vaziyatlarni yaratish va ularni talaba va o‘qituvchi
hamkorligida hal etishdan iborat. Bunda, talabalarning mustaqil ishlashi, fikr yuritishi,
masalalarni hal etishi va boshqalar iloji boricha maksimal darajada bo‘lishi hamda
o‘qituvchining faoliyati imkon qadar yo‘naltiruvchi bo‘lishi shart. Keys – ishlab chiqarishda
sodir bo‘ladigan, aniq muammoli vaziyatning tafsilotidir. Keys metodi ishlab chiqarish
masalalarini mashg‘ulotlarda tahlil qilish va hal qilish metodi hisoblanadi. Unda
ishtirokchilarga haqiqiy hayotiy vaziyat bo‘yicha fikr yuritish taklif qilinadi, bu vaziyat
bayonida faqat amaliy masala ifodalanib qolmasdan, undagi muammoni yеchish jarayonida
o‘zlashtirilishi zarur bo‘lgan o‘quv materiali ham ifodalanadi.
Muammoli ta’limning bosh maqsadi – muammoni to‘liq tushunib yеtishga erishish va uni
hal eta olishga o‘rgatish. Muammoli o‘qitish yеtarli darajada bo‘lishi uchun – yaxlit o‘quv-
tarbiya jarayonining uzviy qismi bo‘lishi kerak. Muammoli ta’lim texnologiyalarining turlari:
shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyasi;
hamkorlikda o‘qitish ta’lim texnologiyasi;
evristik (tadqiqotchilik) ta’lim texnologiyasi;
loyihaviy ta’lim texnologiyasi;
tanqidiy fikrlashni rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyasi.
Bugungi kundagi dolzarb muammolardan biri insonni subyekt sifatida uzluksiz
rivojlanishi g‘oyasi, butun hayot davomida ta’lim olishi, ta’lim oluvchilar ta’lim faoliyatini
nafaqat olamni anglash, inson qobiliyatlarini rivojlantirish uchun, balki olamni yaxshilik
tomonga o‘zgartirish uchun olib borishi kerakligini o‘zida mujassam etadi. Olamni yaxshilik
tomonga o‘zgartirish bu ijodkorlik tushunchasi bilan bog‘liq jarayondir. Ijodkorlik – bu shunday
faoliyatki, bunda insonning samaradorlilik, yuqori fikrlash darajasi, muammoni ko‘ra bilish,
tadqiqotchilik, intuitsiya, aqliy reaksiyaning tezkorligi kabi sifatlari namoyon bo‘ladi. Aynan,
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
69
ta’lim-tarbiya jarayonida har bir shaxsning qobiliyatini rivojlantirish, uni ijodkorlikka
undashda muammoli ta’lim texnologiyalarini qo‘llash yuqori samara berishini bugun jahon
ta’limi ta’kidlamoqda.
Keys metodini qo‘llash jarayonida talabalarni vaziyatni tahlil qilishga o‘rgatish
maqsadida, vaziyatni quyidagi tartibda bayon qilish mumkin:
muammoli (qo‘yilgan muammo bo‘yicha muammoli vaziyatlar majmuasini ajratish talab
qilinib, ularning turlari, yеchilish metodlariga muvofiq holda tanlanadi);
tizimli (vaziyatlar tarkibining tavsiflari va vazifalarini aniqlash);
sabab-oqibatli (vaziyatni keltirib chiqargan sabablarni aniqlash);
tavsiyali (vaziyatni keltirib chiqargan sabablarni aniqlash);
dasturiy-maqsadli (joriy vaziyatlar uchun tadbirlar dasturini ishlab chiqish);
tashhisli (vaziyatdagi faoliyat mazmunini tashhislash, uni modellash).
1-rasm. O‘quv mashg‘ulotlarida keyslarni hal qilish algoritmi
O‘quv mashg‘ulotlarida keyslarni hal qilish algoritmi quyidagicha (1-rasm):
1.
Topshiriqni berish (topshiriqni bajarish muddatini belgilash, keysning yеchimini
baholash tizimi bilan tanishtirish, mashg‘ulotning texnologik modelini aniqlash).
2.
Ta’lim beruvchining kirish so‘zi. Asosiy savollarning qo‘yilishi.
3.
Talabalarni 4-6 kishidan iborat mikroguruhlarga ajratish.
4.
Talabalarning mikroguruhlardagi faoliyatini tashkil qilish (mikroguruh-larni nomlash,
yеtakchilarni va ekspert guruhini aniqlash).
5.
Mikroguruhlardagi javoblar bilan tanishishini tashkil qilish.
6.
Mikroguruhlararo munozarani tashkil qilish.
7.
Ta’lim beruvchining umumlashtiruvchi so‘zi, uning vaziyat yеchimi to‘g‘risidagi fikri.
8.
Talabalarning ekspertlar tomonidan baholanishi.
9.
Talabalarning mashg‘ulot haqidagi fikrlari.
Topshiriqni berish
savollarning qo‘yilishi
4-6 kishilik mikro-
guruhlarga ajratish
mikroguruhlardagi
faoliyatini tashkil qilish
mikroguruhlardagi javoblar
bilan tanishishi
mikroguruhlararo
munozarani tashkil qilish
o‘qituvchining vaziyat yechimi
to‘g‘risidagi fikri
ekspertlar tomonidan
baholanishi
talabalarning mashg‘ulot
haqidagi fikrlari
xulosalar chiqarish
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
70
10.
Ta’lim beruvchining yakunlovchi so‘zi. Mashg‘ulot bo‘yicha xulosalar chiqarish.
Keyslarni hal qilishda ta’lim beruvchi talabalarni yo‘naltirib turishi va ulardagi faollikni
qo‘llashi, hal qilinayotgan muammoga nisbatan qiziqish uyg‘otib turishi darkor. Keyslar o‘z
mazmuniga qarab – mikrokeys, minikeys va umumiy keyslarga, maqsadi bo‘yicha taktik,
strategik keyslar kabi turlarga bo‘linadi.
Keyslardan ta’lim jarayonida foydalanish talabalar shaxsida quyidagi kasbiy-pedagogik
zaruriy sifatlarni shakllantiradi:
mustaqil, ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi;
haqqoniy bo‘lishiga o‘rgatadi;
nazariya va amaliyot o‘rtasida uzviy bog‘liqlikni shakllantiradi;
muammoli vaziyatni yangicha shakllantirishga yordam beradi;
vaziyatlarni hal etishda, unga tasir etuvchi omillarning mavjudligi va ularning ta’sirini
e’tiborga olishga imkon beradi;
boshqalar fikrini ham qabul qila olish malakasini shakllantiradi;
savol berish madaniyatini tarkib toptiradi;
qabul qilingan qaror uchun mas’ullik hissini tarbiyalaydi.
Keyslardan yakka tartibda, mikroguruhlarda va so‘ngra umumiy guruhda muhokama,
rolli o‘yinlar va h.k.da foydalanish mumkin.
Jahon pedagogikasida keng miqyosda samarali qo‘llanayotgan keyslardan foydalanish –
birinchidan, talabalarning fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi, ikkinchidan esa, o‘quv jaraynini
bevosita ishlab chiqarish bilan bog‘laydi, angliyalik faylasuf va sotsiolog Gerbert Spenser
ta’kidlaganidek: “Ta’limning buyuk maqsadi bilim berish emas, balki xatti-harakatlarga
o‘rgatishdir”. Yoxud, mavjud ta’lim tizimimizda aksariyat hollarda ta’lim berishdan maqsad,
bilim berish yakuniy natija sifatida qaralsa, jahon miqyosida esa, o‘zlashtirilgan bilimlarni
amalda qo‘llash ta’limning yakuniy
natijasi deb qaralishini e’tirof etish lozim. Garvard (AQSh)
universitetida moliyaviy menejment mutaxassisligi bo‘yicha tahsil olayotgan magistrantlar
o‘qish davrida, banklarda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan 2,5 mingta keysga javob topgandan
so‘ngina, diplom olish huquqiga ega bo‘lishi fikrimizning dalilidir. Keyslarni hal qilishda
quyidagilarga e’tibor berish zarur:
asosiy muammoni va unga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash;
asosiy va ikkinchi darajali omillarni ajratish;
muammoni hal qilishning muqobil yеchimini ham ko‘rib chiqish;
eng maqbul qaror qabul qilish. Keyslarni hal qilishda yozma metodda tahlil qilish, unda
etilgan muammoni yanada chuqurroq anglashga yordam beradi.
“Muammoli vaziyat” metodi
– talabalarda muammoli vaziyatlarning sabab va oqibatlarini
tahlil qilish hamda ularning yеchimini topish bo‘yicha ko‘nikmalarini shakllantirishga
qaratilgan metoddir. “Muammoli vaziyat” metodi uchun tanlangan muammoning murakkabligi
talabalarning tajriba darajalariga mos kelishi kerak. Ular qo‘yilgan muammoning yеchimini
topishga qodir bo‘lishlari kerak, aks holda yеchimni topa olmagach, talabalarning qiziqishlari
so‘nishiga, o‘zlariga bo‘lgan ishonchlarining yo‘qolishiga olib keladi. “Muammoli vaziyat”
metodini qo‘llashda talabalar mustaqil fikr yuritish, muammoning yеchimini topishni
o‘rganadilar. Quyidagi 2-rasmda “Muammoli vaziyat” metodining tuzilmasi keltirilgan.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
71
2-rasm. “Muammoli vaziyat” metodining tuzilmasi
“Muammoli vaziyat” metodining bosqichlari quyidagilardan iborat:
1.
Ta’lim beruvchi mavzu bo‘yicha muammoli vaziyatni tanlaydi, maqsad va vazifalarni
aniqlaydi. Ta’lim beruvchi talabalarga muammoni bayon qiladi.
2.
Ta’lim beruvchi talabalarni topshiriqning maqsad, vazifalari va shartlari bilan
tanishtiradi.
3.
Ta’lim beruvchi talabalarni kichik guruhlarga ajratadi.
4.
Kichik guruhlar berilgan muammoli vaziyatni o‘rganadilar. Muammoning kelib chiqish
sabablarini aniqlaydilar va har bir guruh taqdimot qiladi. Barcha taqdimotdan so‘ng bir xil
fikrlar jamlanadi.
5.
Bu bosqichda berilgan vaqt mobaynida muammoning oqibatlari to‘g‘risida fikr-
mulohazalarini taqdimot qiladilar. Taqdimotdan so‘ng bir xil fikrlar jamlanadi.
6.
Muammoni yеchishning turli imkoniyatlarini muhokama qiladilar, ularni tahlil qiladilar.
Muammoli vaziyatni yеchish yo‘llarini ishlab chiqadilar.
7.
Kichik guruhlar muammoli vaziyatning yеchimi bo‘yicha taqdimot qiladilar va o‘z
variantlarini taklif etadilar.
8.
Barcha taqdimotdan so‘ng bir xil yеchimlar jamlanadi. Guruh ta’lim beruvchi bilan
birgalikda muammoli vaziyatni yеchish yo‘llarining eng maqbul variantlarini tanlab oladi.
“Muammoli vaziyat” metodining afzalliklari:
talabalarda mustaqil fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish;
talabalar muammoning sabab, oqibat va yеchimini topishni o‘rganadilar;
talabalarning bilim va qobiliyatlarini baholash uchun yaxshi imkoniyat yaratiladi;
talabalar fikr va natijalarni tahlil qilishni o‘rganadilar.
“Muammoli vaziyat” metodining kamchiliklari:
talabalarda yuqori motivatsiya talab etiladi;
Guruhlarning muammoli vaziyatning yechimini ishlab chiqishi
Muammoli vaziyat tavsifini keltirish
Guruhlarga bo‘lish
Guruhlarning muammoli vaziyatning kelib chiqish sabablarini aniqlashi
Guruhlarning muammoli vaziyatning oqibatlari to‘g‘risida fikr yuritishi
To‘g‘ri yechimlarni tanlash
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
72
qo‘yilgan muammo talabalarning tajriba darajasiga mos kelishi kerak;
ko‘p vaqt talab etiladi.
Demak, ko‘rinib turibdiki, texnik oliy ta’limda talabalar muammoni hal etish jarayonida
o‘zlari uchun yangi muhit ochadilar, ya’ni javoblarni mustaqil qidirish ularni bilim olishga
bo‘lgan qiziqish va ehtiyojlarini qondirishga va o‘stirishga olib keladi. Shu sababli oliy ta’lim
muassasalarida talabalarga ta’lim berib kelinayotgan ixtisoslik fanlarini o‘qitish jarayonida har
bir mavzu yuzasidan muammoli ta’lim texnologiyalarini qo‘llash yuqori salohiyatli kadrlar
tayyorlashga zamin yaratibgina qolmay, ularni kelajakda o‘z fikr va mulohazalarini mustaqil
ravishda bayon etishlariga katta omil bo‘lib xizmat qiladi. Muammoli texnologiyalardan o‘quv
jarayonida foydalanish nafaqat muammoni tahlil qilishga, balki, vaziyatni to‘g‘ri baholash va
muammolarni bartaraf etishda bir necha maqbul yеchimlarni shakllantirishga ijobiy yordam
beradi.
References:
1.
Abdurahimova M.O. va boshqalar. Muammoli ta’lim texnologiyalarini tashkil etishning
nazariy asoslari. Raqamli texnologiyalar davrida tillarni intensiv oʻqitishning
psixologikpedagogik jihatlari respublika ilmiy-amaliy anjumani 2023-yil 2-iyun. – 371 b.
2.
Ashurova Z.M. Muammoli ta’lim texnologiyalari, ularning o‘ziga xos xususiyatlari.
SCIENTIFIC PROGRESS. VOLUME 2 ǀ ISSUE 7 ǀ 2021. – P. 796.
3.
Gimush R.I., Matmurodov F.M. Innovatsion menejment. O’quv qo’llanma. –Toshkent:
O’zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashryoti, 2008. - 143 b.
4.
Komiljonov B.I. “Innovatsiyaviy menejment uslublarini takomillashtirish”. Monografiya.
– Tashkent, FAN, 2007. – 186 b.
5.
Nishonqulov, S.F., & Solidjonov, D.Z. (2021). Ta’lim biznesida raqamli innovatsion
texnologiyalar. Science and Education, 2(6). – 233-238 b.
6.
Petrov Yu.N. Muhandislik – pedagogik ta’limning dual tizimi – innovatsion zamonaviy
kasbiy ta’lim. Novgorod, 2009. – 280 b.
7.
Saidjonova, P.S. (2024). Oliy ta’lim tizimida pedagogik faoliyatning mazmuni va
maqsadi. Educational Research in Universal Sciences, 3(4 SPECIAL), 270-274.
8.
Sh, T. Z., & Kh, S. K. (2020). Innovative forms of education in Uzbekistan. International
journal of innovations in engineering research and technology. IJIERT, 7(4), – P. 258-261.
9.
Siddiqova, S. G. (2019). Elektron ta’lim resurslarining yangi avlodi: tahlillar, arxitektura,
innovatsion sifatlar. Ta’lim, fan va innovatsiya. Ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy-uslubiy jurnal, 1, – 91-
95 b.
10.
Xayrullo, D., Olim, A., & Bekzod, I. (2023). Mashinali oʻqitish texnologiyalarini Co
2
yordamida ekstraksiyalash jarayonida qoʻllash. Innovations in Technology and Science
Education, 2(9), 470-476.