ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
149
QASHQADARYO VILOYATIDA SANOAT KORXONALARI RIVOJLANISHINING
ISHLOVCHILAR MEHNATI BILAN BOG‘LIQ KO‘RSATKICHLARI TAHLILI
Utkirov Anvar Utkirovich
Qarshi davlat universiteti mustaqil tadqiqotchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.13341969
Annotatsiya:
Mazkur maqolada Qashqadaryo viloyatida sanoat korxonalari
rivojlanishining ishchilar mehnati bilan bog‘liq ko‘rsatkichlari tahlil qilingan. Ishchi kuchi
samaradorligi, bandlik darajasi va mehnat unumdorligi viloyat sanoatining rivojlanishiga ta’sir
qiluvchi asosiy omillar sifatida ko‘rib chiqilgan. Mehnat bozori sharoitlari va korxonalarning
ishchi kuchiga bo‘lgan talab va takliflari ham tahlil qilingan. Maqolada sanoat korxonalarida
mehnat sharoitlarini yaxshilash va iqtisodiy ko‘rsatkichlarni oshirishga qaratilgan tavsiyalar
keltirilgan.
Kalit so‘zlar:
Sanoat korxonalari, ishchilar mehnati, mehnat samaradorligi, ishchi kuchi,
sanoat rivojlanishi, mehnat ko‘rsatkichlari, iqtisodiy tahlil.
Qashqadaryo viloyati iqtisodiyoti rivojlanishi ma’lumotlari tahlilidan ko‘rinmoqdaki,
viloyatda 2017 yilda sanoat mahsuloti hajmi 6353,1 mlrd. so‘mni yoki o‘sish sur’ati o‘tgan
yilning shu davriga nisbatan 100,8 foizni tashkil etdi. 2017 yilda 2866,3 mlrd. so‘mlik iste’mol
tovarlari ishlab chiqarilib, o‘sish sur’ati 97,4 foizni tashkil etdi. Jumladan, 1617,4 mlrd. so‘mlik
oziq-ovqat mahsulotlari va 2037,2 mlrd. so‘mlik nooziq-ovqat mollari ishlab chiqarilib,
ularning ulushi 44,3 foiz va 55,7 foizni tashkil etdi
1
.
1-jadval
Qashqadaryo viloyatida sanoat korxonalari rivojlanishining ishlovchilar mehnati
bilan bog‘liq ko‘rsatkichlari tahlili
2
№
Ko‘rsatkichlar
2019 y.
2020
y.
2021 y. 2022 y.
2023
y.
2023 y.
2019 y.ga
nisb-n %
1.
Korxonalar soni
1853
2057
2244
2457
2590
139,7
2.
Mahsulot hajmi
(mlrd. so‘m)
3073,9
3972,6
5143,9
5569,6
6353,1
206,6
3.
Ishlovchilar soni
(ming kishi)
27,0
28,7
30,4
31,6
32,3
119,6
4.
O‘rtacha oylik ish
haqi (ming so‘m)
1159,2
1391,9
1407,3
1518,7
1591,1
137,2
5.
Mehnat unumdorli-
gi, ming so‘m
31996,2 37841 47797,1 52074,1
59183,
4
184,9
6.
Mehnat unumdorli-
gining o‘sishi, %
108,3
107,6
109,5
104,5
105,3
- 3,0 p
Viloyatda 2019-2022 yillarda yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish, mavjudlarini
modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan yangilash bo‘yicha umumiy qiymati 1 trillion
200 milliard so‘mlik 1000 dan ziyod investitsiya loyihasini amalga oshirish rejalashtirilgan.
1
Қашқадарё вилояти Статистика бошқармаси маълумотлари.
2
Қашқадарё вилояти Статистика бошқармаси маълумотлари асосида муаллиф ҳисоб-китоби.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
150
Qashqadaryo viloyatida sanoat tarmoqlarini ishlovchilarning ichki imkoniyatlaridan
samarali foydalanish asosida rivojlantirishni tahlil qilishda sanoat korxonalarida ishlab
chiqarilgan mahsulot hajmi, ulardagi ishlovchilar soni, ish haqi va mehnat unumdorligi kabi
ko‘rsatkichlar o‘rganildi. Qashqadaryo viloyati sanoat korxonalaridagi mazkur ko‘rsatkichlar 2-
jadvalda tahlil qilindi.
Jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, Qashqadaryo viloyatida o‘rganilgan yillar
davomida sanoat korxonalari soni, sanoat mahsulotlari hajmi va ularda ishlovchilarning soni
oshib borgan. O‘rtacha oylik ish haqining miqdori o‘sishi mahsulot ishlab chiqarish hajmi va
mehnat unumdorligi oshishidan orqada qolgan. Bu viloyatdagi sanoat korxonalarida
ishlovchilarga beriladigan ish haqini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish
zarurligini bildiradi.
Viloyatdagi sanoat tarmoqlari orasida mahsulot ishlab chiqarish, ish haqi to‘lash va
mehnat unumdorligi bo‘yicha yoqilg‘i sanoati yetakchi bo‘lib turibdi. Ishlovchilarni ish bilan
band etish bo‘yicha yengil sanoat yuqori ko‘rsatkichga ega, lekin yengil sanoat korxonalarida
o‘rtacha ish haqi miqdori juda past. Shuningdek, oziq-ovqat sanoatida ham mahsulot ishlab
chiqarish, ish haqi va mehnat unumdorligi nisbatan past darajada.
Qashqadaryo viloyatida asosan, yoqilg‘i, yengil va oziq-ovqat sanoatlari rivojlangan bo‘lib,
ularda viloyatdagi jami sanoat mahsulotlarining 80 foizdan ko‘prog‘i ishlab chiqariladi.
Viloyatdagi sanoat tarmoqlari bo‘yicha yuqorida keltirilgan ko‘rsatkichlarning o‘zgarishi
holatini o‘rganish maqsadida viloyatdagi oziq-ovqat, yengil va yoqilg‘i sanoati korxonalarining
ko‘rsatkichlari solishtirib tahlil qilindi. (3-jadval).
2-jadval
Qashqadaryo viloyatidagi asosiy sanoat tarmoqlarining iqtisodiy ko‘rsatkichlari
solishtirma tahlili
3
Ko‘rsatkichlar
O‘lchov
birligi
Oziq-ovqat
sanoati
Yengil
sanoat
Yoqilg‘i
sanoati
Mahsulot hajmi
mlrd. so‘m
764,8
1564,7
3271,4
Ishlovchilar soni
kishi
6744
18748
7288
O‘rtacha oylik ish haqi
ming so‘m
1462,4
768,9
2572,3
Mehnat unumdorligi
ming so‘m
1132,8
834,6
4488,5
Demak, viloyatdagi oziq-ovqat va yengil sanoat korxonalarining samaradorligini oshirish
bo‘yicha zaruriy chora-tadbirlarini ishlab chiqish lozim.
3-jadval
Qashqadaryo viloyati yalpi hududiy mahsulotining tarmoqlar bo‘yicha tuzilmasi,
foizda
4
Кўрсаткичлар
2019 й. 2020 й. 2021 й. 2022 й. 2023 й.
I. Ялпи ҳудудий маҳсулот
100,0
100,0
100,0
100,0
100,0
3
Қашқадарё вилояти Статистика бошқармаси маълумотлари асосида муаллиф ҳисоб-китоби.
4
Қашқадарё вилояти Статистика бошқармаси маълумотлари асосида муаллиф ҳисоб-китоби.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
151
Тармоқларнинг ялпи қўшилган
қиймати
88,8
89,2
90,6
89,4
90,1
Маҳсулотларга соф солиқлар
11,2
10,8
9,4
10,6
9,9
II. Тармоқларнинг ялпи қўшилган
қиймати
100,0
100,0
100,0
100,0
100,0
Қишлоқ хўжалиги
36,0
33,0
32,0
32,0
31,0
Саноат (қурилишни қўшган
ҳолда)
24,0
27,0
30,0
29,0
20,0
Хизматлар
40,0
40,0
38,0
39,0
40,0
Jumladan, 2017 yilda qiymati 1024,5 mlrd. so‘mlik 408 ta loyiha amalga oshirildi, 2018
yilda 1274,1 mlrd.so‘mlik 362 ta loyihani amalga oshirish nazarda tutilgan. 2017-2021 yilda
davlat dasturi tadbirlarini amalga oshirishning jami xarajatlari 2523,8 mlrd. so‘m va 164,9 mln.
AQSH dollarini tashkil etadi, shundan budjet va maqsadli jamg‘armalar mablag‘lari 385,8 mlrd.
so‘m, ya’ni 15,3 foiz, ijrochilar va xayriya tashkilotlari mablag‘lari 1183,7 mlrd. so‘m, 46,9 foiz,
kreditlar 954,3 mlrd. so‘m, ya’ni 37,8 foiz, moliya institutlari mablag‘lari va beg‘araz yordam
164,9 mln. AQSH dollarini tashkil etmoqda.
So‘nggi yillarda sanoat tarmoqlarining kichik bo‘laklarga bo‘linishi, yangi sanoat
tarmoqlarining vujudga kelishi, tarmoqlar orasida integratsiya jarayonlarining rivojlanishi,
tarmoqlararo majmualarning shakllanishi, fan-texnika yutuqlari bilan bevosita bog‘liq
tarmoqlarning yuqori sur’atlarda rivojlanishi ro‘y bermoqda
5
.
Bugungi kunda tarkibiy islohotlarning eng muhim yo‘nalishlaridan biri sanoat
tarmoqlarida tub tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish hamda eng maqbul sanoat tuzilmasini
shakllantirish hisoblanadi. Hozirgi kunda sanoatning shakllangan tuzilmasi bozor mezonlariga
qanchalik mos kelishini baholash, qaysi tarmoqlar talab darajasida rivojlanmayotganini
aniqlash tarkibiy siyosatning maqsadlaridan biri hisoblanadi. Viloyatda sanoat
mahsulotlarining o‘sish ko‘rsatkichlari 5-jadvalda keltirilgan.
4-jadval
Qashqadaryo viloyatida sanoat tarmog‘ida ishlovchilarning iqtisodiyotda bandlar
tarkibidagi ulushi
6
Ko’rsatkichlar
2019
y.
2020
y.
2021
y.
2022 y.
2023
y.
2023 y.
2019 y.
ga nisbat,
%
Aholi soni, ming kishi
1756,0 1785,4 1816,1
1843,5
1878,7
106,9
Iqtisodiyot tarmoqlarida
band-lar soni, ming kishi
818,4
823,2
824,2
825,3
827,2
101,1
Sanoatda bandlar soni,
ming kishi
96,6
98,8
100,5
103,1
105,0
108,7
5
Батурина В.В. Ўзбекистон саноатининг ривожланиши: таркибий ўзгаришлар ва устувор йўналишлар. Ўзбекистон
иқтисодиёти. Таҳлилий шарҳ. 2004. 97-104-б.
6
Қашқадарё вилояти Статистика бошқармаси маълумотлари асосида муаллиф ҳисоб-китоби.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
152
Sanoatda bandlarning jami
bandlar tarkibidagi ulushi,
%
11,8
12,0
12,2
12,5
12,7
+0,9
Jadval ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, keyingi yillarda viloyatdagi sanoat tarmoqlarida
ishlovchilarning iqtisodiyotda bandlar tarkibidagi ulushi oshib bormoqda. Bu sanoatni
rivojlantirish va korxonalarda ishlovchilarning ichki imkoniyatlaridan foydalanish tadbirlari
samarali amalga oshirilayotganidan dalolat beradi.
References:
1.
Ishmuhamedov A.E. va bosh. Milliy va xalqaro iqtisodiyot: Darslik. - Т.: 2010.-316 b.
2.
Максимова В.Ф. Микроэкономика: учебник. - М.: Маркет ДС, 2010.-368 с.
3.
В.Я. Горфинкеля, В.А. Швандара. Экономика предприятия. Учебник для вузов. - М.:
ЮНИТИ-ДАНА, 2007.- 456 с.
4.
Фаррух Қодиров. АҲОЛИГА ТИББИЙ ХИЗМАТ КЎРСАТИШДАН ОЛИНГАН ДАРОМАД
ВА ХАРАЖАТЛАРНИ ИМИТАЦИОН МОДЕЛИ. TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT
UNIVERSITETI “O’ZBEKISTON IQTISODIYOTINI RIVOJLANTIRISHNING ILMIY. 922
5.
Qodirov, F. E. "Methodological aspects and importance of development of medical services
through econometric modeling and forecasting options."
6.
Фаррух Қодиров. Аҳолига хизмат кўрсатиш соҳасининг моделлаштиришни
тизимли имитация қилиш. Biznes-Эксперт. 2022, Biznes-Эксперт ЭКОНОМИЧЕСКИЙ
НАУЧНО-ПРАКТИЧЕСКИЙ ЖУРНАЛ 173б №5б ст 102-106
7.
Ergash o’g’li, Qodirov Farrux. "CREATION OF ELECTRONIC MEDICAL BASE WITH THE
HELP
OF
SOFTWARE
PACKAGES
FOR
MEDICAL
SERVICES
IN
THE
REGIONS."
Conferencea
(2022): 128-130.
8.
Ergash o’g’li, Qodirov Farrux. "IMPORTANCE OF KASH-HEALTH WEB PORTAL IN THE
DEVELOPMENT OF MEDICAL SERVICES IN THE REGIONS."
Conferencea
(2022): 80-83.
9.
Qodirov, Farrux, and Muxlisa Mavlonova. "RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA
HUDUDLARDA XIZMAT KO ‘RSATISH TURLARINI OSHIRISH."
Молодые ученые
2.6 (2024):
110-113.