ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
38
XALQARO BAHOLASH DASTURLARI ASOSIDA
INTEGRATSIYALASHTIRILGAN TA’LIMNI TASHKIL ETISH MASALALARI
ALIBAYEVA DILDORA RAXMATILLA QIZI
Oqoltin tumani 16-umumiy oʻrta taʼlim maktabi boshlang'ich sinf o'qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.13893166
Annotatsiya:
Rivojlanayotgan texnika asrida o‘quvchilarimizni yoshligidan ta’lim va
fanning hozirgi zamon talablariga mos ravishda tarbiyalash mamlakatning rivojlanishi va
o‘sishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Ayniqsa, iqtisodiy- ijtimoiy rivojlangan mamlakatlar o‘quvchi-
yoshlarning ta’lim olishiga yetarli darajada e’tibor qaratib, kelajak avlodni yetuk bo‘lishi
uchun imkoniyatlar yaratib berishga harakat qilinadi hamda Davlat ta’lim standartlari va
Davlat tomonidan qo‘yilgan talablarning bajarilishi doimiy ravishda tahlil qilib borilishining
ahamiyati katta hisoblanadi. Ushbu maqolada xalqaro baholash dasturlari asosida
integratsiyalashgan ta`limni tashkil etish masalalari muhokama etiladi.
Kalit so‘zlar:
jahon ta’limi, integratsiya, PIRLS xalqaro baholash dasturi, xalqaro
baholash dasturlari, kompetensiya, sinov topshiriqlar, ta’lim sifati.
Abstract:
In the age of developing technology, educating our students from a young age
in accordance with the modern requirements of education and science has an impact on the
development and growth of the country. In particular, economically and socially developed
countries pay enough attention to the education of students and young people, and try to
create opportunities for the next generation to mature, and the implementation of state
education standards and requirements set by the state is continuous. It is important to
analyze it. This article discusses the issues of organizing integrated education based on
international assessment programs.
Keywords:
global education, integration, PIRLS international assessment program,
international assessment programs, competence, test tasks, quality of education.
Аннотация:
В век развития технологий воспитание наших школьников с юных
лет в соответствии с современными требованиями образования и науки оказывает
влияние на развитие и рост страны. В частности, экономически и социально развитые
страны уделяют достаточно внимания образованию студентов и молодежи, стараются
создать возможности для взросления подрастающего поколения, а реализация
государственных образовательных стандартов и требований, установленных
государством, идет непрерывно. важно его проанализировать. В данной статье
рассматриваются вопросы организации интегрированного образования на основе
международных программ оценивания.
Ключевые слова:
глобальное образование, интеграция, международная
программа
оценивания
PIRLS,
международные
программы
оценивания,
компетентность, тестовые задания, качество образования.
KIRISH
Hozirgi rivojlanayotgan zamonda davlatlar ta’lim sohasidagi o‘zgarish va o‘sishlarni
tahlil qilish va solishtirish hamda ta’limda integratsiyalashuvni amalga oshirish davlatlararo
ta’limdagi islohotlarni yaratishga imkoniyatlarni kengaytiradi.
Ushbu dolzarblikni inobatga olgan holda O‘zbekiston ta’limining jahon ta’limi bilan
integratsiyalashuvida xalqaro baholash dasturlarini qo‘llashning ahamiyati o‘ziga xos bo‘lib,
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
39
bunda asosiy e’tibor Milliy dasturdan kelib chiqqan holda jahon standartlari darajasiga
tenglashish muammosiga urg‘u berilganligidir.
O‘zbekiston ta’limi sifatini oshirish va jahon ta’limi bilan integratsiyalashgan holda
Xalqaro baholash dasturlarini o‘quv jarayonida qo‘llash davlat siyosati darajasidagi muhim
muammo hisoblanadi.
ADABIYOTLAR SHARHI
Integratsiya (lot. integratio — tiklash, to‘ldirish, integer — butun) fanlarning
yaqinlashishi va o‘zaro aloqa jarayoni, ikki va undan ortiq davlatlarning yo‘nalishlar bo‘yicha
tegishli muammolarni sifatli va natijadorligini ta’minlagan holda hal qilishda o‘zaro
muvofiqlashtirish va birlashtirish degan ma’noni bildiradi.
Xalqaro baholash tizimiga o‘tishning ayni vaqtdadolzarbligi vaharsohada
rivojlanayotganO‘zbekistonRespublikasidaxalqta’limitiziminingo‘sishiga ta’sirini kuchaytirish
bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida kiritilgan, “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini
yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF- 4947-sonli,
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 15 martdagi “Umumiy o‘rta ta’lim
to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 140-sonli, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 2017 yil 6 apreldagi “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining
davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 187-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2018 yil 5 sentabrdagi “Xalq ta’limini boshqarish tizimini takomillashtirish
bo‘yicha qo‘shimcha chora- tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5538-sonli farmoni, O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 sentabrdagi “Xalq
ta’limi tizimiga
boshqaruvningyangitamoyillarinijoriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3931-sonli
qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 8 dekabrdagi “Xalq ta’limi
tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi 997-sonli, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 29 apreldagi
«O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini
tasdiqlash to‘g‘risida»gi PF-5712- son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019
yil 3 maydagi “Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz
tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4306-son Qarorlari tasdiqlanib, ijroga
yo‘naltirilgan [1-4].
TADQIQOT METODOLOGIYASI
Bilamizki, butun jahonda eng mashhur xalqaro ta’lim tadqiqotlarining asosi o‘qish
savodxonligi bo‘lib, boshlang‘ich ta’lim bitiruvchilarining jahon standartlariga mosligini
aniqlash, PIRLS xalqaro monitoringida aynan o‘qish savodxonligi kichik yoshdan
o‘quvchilarning o‘zlashtirganlik darajasini baholab boradi.
Ya’ni, biz milliy ta’lim tizimimizda 4-sinf o‘quvchilarining ona tili va o‘qish savodxonligi
BKMlarini o‘zlashtirish darajasini aniqlashda diktant yoki o‘quv dasturi taqvim-mavzu rejasi
asosida DTSlarni shakllantirib, shu asosda 20 ta ochiq va yopiq test topshiriqlari berilar edi.
Xalqaro tadqiqotlar monitoringiga tayyorlash buyicha tajriba-sinovlar boshlangandan
so‘ng, boshlang‘ich sinflarda PIRLS monitoringi jarayonining oldingi sikllarida foydalanilgan
materiallardan ishlatila boshlandi. Adabiy va axborot matnlarida to‘liq material taqdim etilib,
so‘ngra qiyinlik darajasiga qarab topshiriqlar berib boriladi, jarayonda berilgan materiallarni
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
40
o‘quvchi nafaqat yuzaki o‘qishi, balki, uni o‘qib, mushohadali (kreativ) fikrlashi zarurligi talab
etiladi.
Bunda o‘qituvchi mahoratidan kelib chiqib, o‘quvchiga aynan matndagi obrazlar o‘rniga
o‘zini qo‘yib ko‘rishi, hayotda bunga o‘xshash voqealar qaerlarda sodir bo‘lishi mumkinligini
faraz qilishi, shunday vaziyatda nima qilish zarurligi va hattoki, asar muallifi o‘rnida bo‘lganda
asarni qanday nomlashi yoki matnni qanday tugatishi mumkinligi bo‘yicha xulosa chiqarishga
undaydigan turli topshiriqlar beriladi.
Topshiriqlar murakkablik darajasiga ko‘ra:
1-darajadagi - esda saqlash va takrorlay olish;
2-darajadagi - g‘oya va ko‘nikmalarni bildirishga undaydigan;
3-darajali - strategik fikrlash;
4-darajadagi - kengaytirilgan fikrlashga undaydigan topshiriqlarga ajratiladi.
Topshiriqlar biz ishlatgan ochiq yoki yopiq testlar (4 ta javobli) qolipidan chiqariladi.
Bunday turdagi topshiriqlar avval xorijiy tajriba namunalaridan to‘g‘ridan-to‘g‘ri tarjima
qilingan holda olinib, o‘quvchi savodxonligini baholash uchun o‘qituvchilar tomonidan
qo‘llanildi.
Bugungi kunda xalqaro tajribalarni Milliy dastur bilan integratsiyalashtirib, o‘quvchi
savodxonligini aniqlash va baholashga oid o‘zimizning topshiriqlar tizimini yaratish
bo‘yicha ilmiy-metodik izlanishlar olib borilmoqda. Ilg‘or tajribalarga asoslangan holda
mahoratli o‘qituvchilar tomonidan zamonaviy tavsiyalar ishlab chiilmoqda va ta’lim
jarayonlarida foydalanish uchun amaliyotga tadbiq etilmoqda.
Biz boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘qish savodxonligini oshirish, uning darajasini
aniqlash va baholashga doir muammolarni yechish maqsadida o‘z tadqiqot ishimiz va ilmiy
izlanishlarimiz natijasida quyidagi vazifalarni amalga oshirishga harakat qildik:
Ta’lim jarayonida RIRLS xalqaro baholash dasturi topshiriqlariga o‘xshash o‘quv va
sinov topshiriqlarini tayyorlash orqali o‘quvchilarning fanga oid va tayanch
kompetensiyalarini rivojlantirishni takomillashtirish.
1-shakl. RIRLS xalqaro baholash dasturi asosida o‘quvchilarning o‘qib tushunish
kompetensiyalarini shakllantirish modeli [6]
Kommunikativ
asos
Topshiriq
shakli va
mazmuni
MAQSAD
Sohaning
qamrov maydoni
Beriladigan
topshiriqning
murakkablik
darajasi
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
41
TAHLIL VA NATIJALAR
Doimiy ravishda boshlang‘ich ta’lim o‘qish savodxonligining jahon standartlari
talablariga mosravishda integratsiyalashuvi islohotlari sababli PIRLS tadqiqotlarining keyingi
3 ta siklida Rossiya davlati yetakchilikni qo‘ldan boy bermayapti. Shu bilan birga PISA, TIMSS,
ICLIS va birqancha xalqaro tadqiqotlarda ham boshlang‘ich sinflardan o‘qish savodxonligi
jahon standrtlariga integratsiyalashuvi islohotlari o‘znatijasini ko‘rsatib borayapti [5].
O‘qituvchilarning dars berish metodlarini xorijiy tajribalar bilan integratsiyalash
jarayonini tahlil etish va yangi metodikalar ishlab chiqish:
PIRLS xalqaro monitoringi natijalari asosida boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining milliy
ta’lim metodlarini butun dunyo o‘qish savodxonligidan dars beruvchi pedagog xodimlarining
ta’lim uslublari bilan solishtirish imkonini yaratib, ijobiy va salbiy tomonlaridan kelib chiqib
milliy metodlar va jahon metodlari o‘zaro bir-birini to‘ldirib boradi.
Masalan, matnni o‘qishda matndagi har bir so‘zning ahamiyati borligini tushuntirish
uchun ona tili va o‘qish savodxonligi mashg‘ulotlarida milliy adabiyot hamda jahon adabiyoti
namunalaridan keltirilgan mavzularda ushbu metodlardan milliy modul sifatida keng
qo‘llanilyapti.
XULOSA VA MUNOZARA
Xulosa qilib shuni aytish kerakki, O‘zbekiston ta’limining jahon ta’limi bilan
integratsiyalashuvida xalqaro baholash dasturlarini qo‘llashning nazariy va amaliy asoslari
tayangan holda boshlang‘ich sinf bitiruvchilari orasida o‘tkazilayotgan Xalqaro baholash
dasturlaridan biri Xalqaro Ta’lim Tadqiqoti Assosatsiyasi (IEA- International Association for
the Evaluation of Educational Achievement) tomonidan o‘tkaziladigan PIRLS xalqaro baholash
dasturi qo‘llash va samarali natijalar olish milliy mentalitetni hisobga olgan holda amaliy
mexanizmlarini ishlab chiqilib, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari tomonidan matnni o‘qish va
tushunishni, shuningdek, milliy ta’lim tizimidagi farqlar borasida tahliliy natijalarga
asoslangan PIRLS dasturlari doirasida 8 nomdagi o‘quvchi bilan ishlashga mo‘ljallangan
maqsadli mashqlar ishlab chiqildi va o‘qituvchilarga tavsiya etildi.
References:
1.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 apreldagi “Umumiy o‘rta va
o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 187-
sonli Qarori.
2.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 sentabrdagi “Xalq ta’limini
boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-
5538-sonli Farmoni
3.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 sentabrdagi “Xalq ta’limi tizimiga
boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3931-sonli
Qarori
4.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 8 dekabrdagi “Xalq ta’limi
tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi 997-sonli Farmoni
5.
Altinok N., Diebolt C., Demeulemeester JL, Ta'lim bo'yicha yangi xalqaro ma'lumotlar
bazasi. Sifat: 1965-2018 , 2013, 14-noyabr.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
42
6.
Sjøberg S., PISA va Global ta'lim boshqaruvi – Loyihaning tanqidi, undan foydalanish va
Implications , Eurasia Journal of Mathematics, Science & Technology Education, 2015.
7.
www.natlib.uz
8.
www.ziyonet.uz