ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
29
RAQOBAT HUQUQIDA KAMSITUVCHI SHART-SHAROITLAR
Razzaqova E’zoza Yusup qizi
Toshkent davlat yuridik universitreti magistri
https://doi.org/10.5281/zenodo.13893131
Annotatsiya.
Mazkur tezisda raqobat maydonida ma’lum bir ustun mavqega ega bo’lgan
subyektlarning shartnoma shartlariga kamsituvchi bandlari kiritish holatlari va ularning
oqibatlari haqida, kamsituvchi shart sharoitlarga misol keltirgan holda ko’rib chiqamiz.
Kalit so’zlar:
Raqobat huquqi, ustun mavqe, kamsituvchi shart sharoitlar, bozor
subyektlari, kartel.
Bugun iqtisod jadal bilan rivojlanib borar ekan, raqobat maydonida ham yangidan yangi
subyektlar o’z faoliyatini olib boradi va bozor gullab yashnashi uchun o’z hissalarini qo’shadi.
Biroq hammasi biz o’ylaganchalik oddiy kechmaydi. Raqobat maydonida maqsadga erishish
uchun qisqa biroq qonunni cheklab o’tuvchi yo’llardan foydalanadiganlar ham topiladi. Ular
sirasiga shartnoma shartlariga kamsituvchi bandlarni qo’shuvchi, bozorda kamsituvchi shart-
sharotlar yaratishga harakat qiluvchi ustun mavqega ega subyektlar ham kirishi mumkin. O’zi
aslida kamsituvchi shartlar nimalar va unga qonunchilikda qanday ta’rif berilgan. kamsituvchi
shart-sharoitlar — tovar yoki moliya bozoriga kirish, tovarni ishlab chiqarish, iste’mol qilish,
olish, realizatsiya qilish yoki o‘zgacha tarzda boshqa shaxsga o‘tkazish shart-sharoitlari bo‘lib,
ular boshqa teng shart-sharoitlarda bitta yoki bir nechta xo‘jalik yurituvchi subyektni o‘zga
xo‘jalik yurituvchi subyektga (raqobatchiga) nisbatan teng bo‘lmagan holatga solib qo‘yadi
1
.
Kamsituvchi harakatlarni esa faqat bozorda ma’lum bir mavqega ega bo’lgan
subyektlargina amalga oshira oladi va bunday subyektlarga ustun mavqega ega subyektlar
deyiladi. Qonunchilikda bunday subyektga ega shaxslar quyidagicha tavsiflangan.
13-modda. Ustun mavqe Tovar yoki moliya bozoridagi xo‘jalik yurituvchi subyektning
yoxud shaxslar guruhining unga o‘z faoliyatini raqobatlashuvchi xo‘jalik yurituvchi
subyektlarga bog‘liq bo‘lmagan holda amalga oshirish va raqobatning holatiga hal qiluvchi
ta’sir ko‘rsatish, tegishli bozorga boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarning kirishini
qiyinlashtirish yoxud ushbu boshqa subyektlarning iqtisodiy faoliyat erkinligini boshqacha
tarzda cheklash imkoniyatini beradigan holati ustun mavqeydir.
Tovar yoki moliya bozorida quyidagilar ustun mavqe deb e’tirof etiladi:
agar xo‘jalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar guruhining raqobatchilari mavjud
bo‘lmasa;
agar xo‘jalik yurituvchi subyektning yoxud shaxslar guruhining bozordagi ulushi 40
foizni va undan ortiqni tashkil etsa; agar xo‘jalik yurituvchi subyekt yoki shaxslar guruhi
tabiiy monopoliya subyekti deb e’tirof etilsa;
agar xo‘jalik yurituvchi subyektga yoki shaxslar guruhiga muayyan tovarlarni ishlab
chiqarish yoki realizatsiya qilish yoxud olish uchun qonunchilikda belgilangan tartibda
mutlaq va (yoki) eksklyuziv huquq berilgan bo‘lsa.
1
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI RAQOBAT TO‘G‘RISIDA Qonunchilik palatasi tomonidan 2023-yil
14-fevralda qabul qilingan Senat tomonidan 2023-yil 2-martda ma’qullangan 4-modda. Asosiy tushunchalar
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
30
Oxirgi kalendar yilda tovarlarni realizatsiya qilishdan olingan tushumi bazaviy hisoblash
miqdorining o‘ttiz ming baravaridan kamroqni tashkil etuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektning
yoki shaxslar guruhining (bundan tabiiy monopoliya subyektlari, mahsulotlarining narxlari
davlat tomonidan tartibga solinadigan xo‘jalik yurituvchi subyektlar mustasno) tovar yoki
moliya bozoridagi holati ustun mavqe deb e’tirof etilmaydi. Xo‘jalik yurituvchi subyektning
yoki shaxslar guruhining tovar yoki moliya bozoridagi ustun mavqeyi e’tirof etilgan kundan
e’tiboran uch kunlik muddatda vakolatli davlat organi bu haqda ularga xabarnoma yuboradi,
mazkur xo‘jalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar guruhining tovarlariga nisbatan narxlar
davlat tomonidan tartibga solingan taqdirda esa bu haqda narxni tartibga soluvchi organga
ham xabar beradi.
Tovar yoki moliya bozorida xo‘jalik yurituvchi subyektning yoxud shaxslar guruhining,
raqamli platforma operatorining ustun mavqeyini aniqlash va e’tirof etish tartibi O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
2
Demak, yuqoridagidan shu ko’rinib
turibdiki, ustun mavqega ega bo’lgan subyektlar bozor ulushining 40% va undan ko’piga
egalik qiluvchi va bevosita bozorga o’z ta’sirini o’tkazuvchi bozor subyektlari ekan. Endi
ularning kamsituvchi shartlari haqida so’z yuritamiz.
Ustun mavqega yoki ustun muzokara kuchiga ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektning
yoki bir guruh shaxslarning pirovard natijada raqobatni cheklashga va (yoki)
iste’molchilarning, boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarning huquqlari va qonuniy
manfaatlarini kamsitishga olib keladigan harakatlari, shu jumladan quyidagi harakatlari ustun
mavqeni yoki ustun muzokara kuchini suiiste’mol qilish deb e’tirof etiladi hamda taqiqlanadi:
tovarlarning muomalasi hajmini tovar yoki moliya bozorida taqchillikni keltirib
chiqarish yoki saqlab turish maqsadida narxlarning oshishiga va (yoki) iste’molchilarning
huquqlari va qonuniy manfaatlariga zarar yetkazilishiga olib keladigan tarzda qisqartirish;
iste’molchilarning zarur hajmdagi tovarni va lozim darajadagi sifatli tovarni olishga
bo‘lgan huquqlari kamsitilishiga yo‘l qo‘yish; tovarning monopol yuqori yoki monopol past
narxlarini belgilash;
shartnoma predmetiga taalluqli bo‘lmagan shartlarni, shu jumladan moliyaviy
mablag‘larni, boshqa mol-mulkni, mulkiy huquqlarni o‘zga shaxsga o‘tkazishga doir asossiz
talablarni majburan qabul qildirish;
tovarni realizatsiya qilishda yoki olishda kamsituvchi shart-sharoitlarni belgilash, shu
jumladan tovardan foydalanish shartlarini majburan qabul qildirish;
shartnoma tuzishga faqat kontragent tomonidan boshqa tovarni olish yoki realizatsiya
qilish yoxud kontragentning tovarni o‘zga xo‘jalik yurituvchi subyektlardan olishdan yoki
boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarga realizatsiya qilishdan o‘zini tiyishi sharti bilan rozilik
berish;
tegishli tovarni ishlab chiqarish yoki realizatsiya qilish imkoniyati bo‘la turib, shartnoma
tuzishni asossiz ravishda rad etish; tovar yoki moliya bozoriga boshqa xo‘jalik yurituvchi
subyektlarning kirishi uchun to‘siqlar yaratish;
narxlarni davlat tomonidan tartibga solish qo‘llaniladigan tovarlar uchun belgilangan
narxdan ortiq haq olish yoki narxlarni davlat tomonidan tartibga solish tartibini buzish,
2
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI RAQOBAT TO‘G‘RISIDA Qonunchilik palatasi tomonidan 2023-yil 14-
fevralda qabul qilingan Senat tomonidan 2023-yil 2-martda ma’qullangan 13-modda. Ustun mavqe
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
31
shuningdek ko‘rsatilmagan xizmatlar yoki bepul ko‘rsatilishi kerak bo‘lgan xizmatlar uchun
haq olish;
boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlar (raqobatchilar) tomonidan ishlab chiqarilgan
tovarlarni olishni yoki realizatsiya qilishni taqiqlash yoxud cheklash. Ustun mavqega ega
bo‘lgan deb e’tirof etilgan raqamli platforma operatoriga ma’lumotlar, texnologiyalar va
raqamli mahsulotlardan foydalanish haqidagi talablarni belgilash orqali raqobatni
cheklaydigan harakatlarni bajarish taqiqlanadi.
3
Qonunchilik ustun mavqeni suiiste’mol qilish holatiga yuqoridagicha yondashgan.
Nazariy adabiyotlarda ham bu haqida ko’plab ma’lumotlar uchraydi.
Raqobat qonunchiligida ustun firmalar yoki bozorda ustun mavqega ega bo'lgan
firmalarning kamsituvchi harakatlari turli shakllarda bo'lishi mumkin, masalan:
1.
Yirtqich narxlar: Raqobatchilarni bozordan haydash uchun nohaq past narxlarni
belgilash, monopoliya holatiga olib keladi.
2.
Exclyuziv cheklov: Raqobatchilarning yetkazib beruvchilar, mijozlar yoki tarqatish
kanallariga kirishini cheklovchi shartlarni kiritish.
3.
Shartnomani rad etish: Bozorda samarali faoliyat yuritish uchun raqobatchilarga zarur
bo'lgan muhim ob'ektlar yoki resurslarga kirishni rad etish.
4.
Narxlarni kamsitish: bir xil mahsulot yoki xizmat uchun turli xil mijozlarga turli
narxlarni asossiz qo'yish va bu bilan ma'lum raqobatchilarni nohaq ravishda noqulay ahvolga
solib qo'yish.
5.
Bog‘lash va to‘plash: raqobat va innovatsiyalarni bo‘g‘ib qo‘yishi mumkin bo‘lgan
boshqasini olish uchun mijozlardan bitta mahsulot yoki xizmatni sotib olishni talab qilish.
Ushbu harakatlar raqobatga zarar etkazishi, iste'molchilarning tanlovini cheklashi va
oxir-oqibat bozorda narxlarning oshishi va sifatning pasayishiga olib kelishi mumkin. Shu
sababli, raqobat organlari bozorning barcha ishtirokchilari uchun teng shart-sharoitlarni
ta'minlash uchun bunday xatti-harakatlarni diqqat bilan kuzatib boradi va tartibga soladi.
Demak, ustun mavqega ega bo’lgan subyektlar o’z mavqelarini suiiste’mol qilish yo’li
bilan kamsituvchi shart-sharoitlarni yuzaga keltiradi va raqobatga qarshi kurashuvchi
organlar, bozordagi kartel va boshqa ustun mavqeni suiiste’mol qiluvchi jolatlarni oldini olish
uchun harakat qiladi.
References:
1.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI RAQOBAT TO‘G‘RISIDAGI QONUN •
https://lex.uz/uz/docs/-6518381
2.
WWW.LEX.UZ
3.
The Ideological Roots of America’s Market Power Problem The Yale Law Journal - Lina
M. Khan
3
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI RAQOBAT TO‘G‘RISIDA Qonunchilik palatasi tomonidan 2023-yil
14-fevralda qabul qilingan Senat tomonidan 2023-yil 2-martda ma’qullangan 18-modda.