ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
12
ZAMONAVIY TABIATSHUNOSLIK FANINI O‘QITISHDA ILG‘OR PEDAGOGIK
ISHLAR
Pazliddinova Odinaxon
Namangan davlat universiteti.
https://doi.org/10.5281/zenodo.13893070
Respublikamiz xalq ta’limi o‘ziga xos rivojlanish davrini boshdan kechirmoqda. Bu o‘ziga
xoslik, eng avvalo, ta’lim-tarbiya mazmunini milliylashtirish, ya’ni o‘zimizning juda boy
o‘tmish tariximiz, madaniyatimiz, fanimiz, tilimiz o‘z mohiyati bilan juda chiroyli, yuksak
insoniy, axloqiy mazmunga ega bo‘lgan milliy urf-odatlarimiz asosida jamiyatimiz kelajagi
bo‘lgan yosh avlodni o‘qitish baxtiga muyassar bo‘lganimizda ko‘rinadi. Bu narsa
hammamizning qalbimizda g‘urur hislarini to‘lqinlantiradi. Mana shu sharoit barchamizdan
juda katta ko‘tarinkilik bilan jamiyatimizning yosh avlodini yuksak vatanparvarlik,
xalqparvarlik, milliy g‘urur ruhida tarbiyalashimizni taqozo etadi. Yuksak axloqiy sifatlarni
tarbiyalash, eng avvalo, o‘zimizda bu sifatlarni mujassamlashtirishni talab qiladi. Shu bilan
birga ta’lim-tarbiyaga yangicha yondashish, yangicha uslub va mazmun, shakl va vositalardan
foydalanishni ham taqozo etadi. Bugun eski uslub bilan yangi vazifalarai amalga oshirib
bo‘lmaydi. Har kuni talaygina yangilik, yangi texnologiyalar yurtimizga kirib kelmoqda. Yangi
texnologiyalar o‘z tushunchalari, “tili” bilan kirib kelib, Vatan iqtisodiyoti, fan-texnika
taraqqiyotining darajasini asta-sekin yuksaltirmoqda. Vatanimizning pedagogik taraqqiyoti
ham bundan mustasno emas, albatta.
Tabiatshunoslikni o‘qitish jarayonida dunyoni ilmiy tushunish asoslarini shakllantirish
uchun tabiatga muruvvatli munosabatni, vatanparvarlikni va go‘zallikni tushunishni
tarbiyalash kerak.
Zamonaviy pedagogika ta’lim va tarbiyaga, tarbiyalovchi ta’lim deb atalmish yagona
jarayonning ikki tomoni deb qaraydi. Ta’limning tarbiyalovchilik xarakteri uning mazmuni
bilan belgilanadi. Shuning uchun ham tabiatshunoslikni o‘qitish o‘qituvchiga o‘quvchilar
tafakkurini, ularning ijodiy va bilish faolligini rivojlantirish uchun boy material beradi.
Tabiatshunoslik bo‘yicha barcha mavzular kompleks tarbiya masalalarini aks ettiradi.
O‘quvchilarga bilimni bayon qilish metodlari ham tarbiyaviy ahamiyatga ega,
o‘quvchilarning barcha faoliyatlari bilimlarni o‘zlashtirish jarayoni bilan bog‘liqdir. Shu
munosabat bilan tabiatshunoslikni o‘qitish o‘qituvchilar uchun tarbiyaviy ishlarda katta
imkoniyatlar beradi. Tabiatshunoslikni o‘qitishda og‘zaki, ko‘rgazmali, amaliy va boshqa
metodlardan foydalaniladi. Bolalarning ijodiy faolligi, individual qobiliyatlarini ochishga
qaratilgan metodlar tobora ko‘proq qo‘llanilmoqda.
Tabiatshunoslik bo‘yicha mashg‘ulotlarni sinfdan va maktabdan tashqari tadbirlar,
ochiq havodagi o‘yinlar, o‘lkashunoslik ekskursiyalari, uy ishlari bilan chambarchas
bog‘lamoq zarur.
Bularning hammasi o‘qituvchiga tabiatshunoslik bo‘yicha o‘quvchilar bilan shug‘ullana
borib, ularni faqat yaxshi bilim olishgagina emas, balki ular shaxsining shakllanishiga ta’sir
ko‘rsatishga ham imkon beradi. Boshlang‘ich sinflarda tabiatshunoslikni o‘qitishning maqsadi
botanika, zoologiya, anatomiya , fiziologiya, gigiyena, geografiya fanlarining elementar
asoslarini berishdir.
Tabiatshunoslik darslari o‘quvchilarning aqliy jihatdan rivojlanishi uchun, jumladan,
tafakkurning rivojlanishi uchun boy material beradi. Til va tafakkur ajralmasdir, tilsiz inson
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
13
tafakkurining, tafakkursiz tilning bo‘lishi mumkin emas. O‘quvchilar tabiat jismlarining
nomlarini atab, ular to‘g‘risida o‘z fikr-mulohazalarini izhor qilib, shu narsalarni idrok
qiladilar va ularga o‘z munosabatlarini ko‘rsatadilar. O‘quvchilarning nutqi ustida ish olib
borish bilan bir vaqtda, o‘qituvchi ularning tafakkuri ustida ham ish olib boradi, o‘quvchilar
fikrining aniqligi, tushunarliligi, izchilligi va asoslanganligini tarbiyalaydi. Tabiatshunoslik
darslarida ma’lum miqdordagi tabiatshunoslik bilimlarini o‘zlashtirish jarayonida muayyan
fikrlash faoliyati amalga oshadi va mantiqiy tafakkur rivoj topadi. Aqliy operatsiya (ish)lar
tahlil qilish va sintezlash tufayli o‘quvchida uning ongidagiga asoslanib, yangi fikrlar,
tabiatshunoslik tasvirlari vujudga keladi. Bu mazmun jihatidan bir- biriga zid bo‘lgan fikrlash
operatsiyalari ajralma – birlikda bo‘ladi.
Tabiatshunoslik darslarida o‘qituvchi muayyan joyning mavsumiy xususiyatlarini
hisobga olib, qachon va qanday tarqatma-material to‘plashi, tirik burchak uchun qaysi vaqtda
va qanday o‘simlik xayvonlarni kuzatish, tabiatga qachon va qanday ekskursiya uyushtirish
kerakligini belgilaydi. Maktab yer uchatskasini: parrandachilik, chorvachilik, fermalari,
xayvonot va botanika bog‘larini yaqin joylarga ekskursiyuyushtirib tabiatni kuzatish joylarni
va muddatlarini aniqlaydi.
O‘quvchilar uchun botanikadan qanday jonsiz tabiat va tajribalar, kuzatishlami darsda
o‘z vaqtida ko‘rsatish uchun qachon qo‘yish kerakligini, qachon va qanday bayramlarni
(paxta; xosil; gul va tabiatga oid boshqa) shu kabi kechalar o‘tkazishni oldindan aniqlab olishi
kerak. Har bir kursning mazmuniga va o‘quvchilaming yoshiga mos keladigan metod va
shakllar bilan tabiatshunoslikni planli ravishda amalga oshirish uchun yillik zaramiyati
tug‘iladi. bunday plan o‘qituvchining ish sifatini yaxshi bo‘lishi uchun zamindir.
1
Tabiatshunoslik fan materiallarini amaliy o‘zlashtirishda xarita-sxemalarni chizish
katta o‘rin tutadi. Ularni qo‘llanish yo‘lida (ufq tomonlarini aniqlashda)maktab hovlisidagi
narsalarning joylashishining oddiy rasmini chizish birinchi qadam bo‘ladi. Kartografik
tasvirlarni o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirishni tekshirish uchun xarita-sxemalardan
foydalanish qulay. O‘quvchilarni amaliy bilimlarini sinash maqsadida 4-sinflarda quyidagi
muammoli savollarni o‘rtaga tashlash mumkin.
Yozning jazirama issig‘ida cho‘lda turibsiz. Amaliy kuzatish bilimlaringizga tayanib,
turgan joyingizdan orientir olib, janub tomonni belgilang.
Amaliy tabiatni kuzatish natijasida quyidagi faktorlar asosida janubni aniqlash mumkin:
1) sudralib yuruvchi hayvonlar o‘z inini kirish yo‘lini doim janubga qaratadi;
2) qushlar o‘z uyasini doimo janub tomonga qo‘yadi;
3) o‘simliklar shoxlari doimo janub tomonga egilgan;
4) o‘simlik poyasining janub tomoni doimo yog‘onlashgan bo‘ladi;
5) barxan qumlar bir uchi shimolda ikkini uchi esa janubga yotgan bo‘ladi.
Xulosa qilib aytganda, o‘quvchilarga har xil narsalarni berib rasm, fotosurat va gugurt
qutisi, kubik, stakan boshqa narsalarni olib chiqib, o‘xshashlik farqlarini topishni
topshiradi, so‘ng geometrik figuralarni tarqatadi, uni o‘quvchilar daftar varag‘iga ustiga
qo‘yib atrofini qalam bilan qog‘ozga chizadilar. Topshiriq bajarilgandan keyin narsaning
yuqoridan ko‘rinishini plan deyiladi degan xulosaga olib keladi. Undan keyin stolning plani
chizdiriladi. Agar o‘quvchilar narsalarning kattaliliga qiynalsalar tasvirlanadigan narsani
1
Yoziyeva U. (2020). Tabiatshunoslik darslarida amaliy ishlarni tashkil etish metodikasi. Uslubiy qo’llanma. Qarshi: Nasaf. – B.
112.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
14
shartli ravishda kichraytirish mumkinligini tushuntiradi. (Masalan 10, 20 marta) Grafik
topshiriqlarini bajarayotganda o‘quvchilarga « —» noto‘g‘ri javob, «1» —to‘g‘ri javob
ekanligini tushuntirish lozim.
References:
1.
Nuriddinova M.I. (2004). Tabiatshunoslikni o ‘qitish metodikasi. T.: “Cho‘lpon” – 2005.
2.
Baxramov A., Sharipov Sh., Nabiyev M. (2019). Tabiatshunoslik. Umumiy o‘rta ta’lim
maktblarining 3-sinf uchun darslik. – T.: Cho‘lpon nomidagi NMIU. – B. 28.
3.
Umumta’lim maktablarining o‘quv dasturlari (boshlang‘ich sinflar) 2018.
4.
Yoziyeva U. (2020). Tabiatshunoslik darslarida amaliy ishlarni tashkil etish metodikasi.
Uslubiy qo’llanma. Qarshi: Nasaf. – B. 112.
5.
Yoziyeva U.L. (2021). The Role And Role Of The Media In The Formation Of The Natural
Scientific World Of Preschool Children. Turkish Journal of Computer and Mathematics
Education (TURCOMAT), 12(7), 963-967.